Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 8-sinf Adabiyot » 8-sinf Adabiyot 6-mavzu 8-sinf Adabiyot 8-sinf Adabiyot 6-mavzu InfoMaster Mart 23, 2022 126 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Adabiyot 6-mavzu yuzasida testlar 6 – MAVZU: OYBEK 1 / 25 "Kuntug'mish" dostonida sahroriishin cho'ponlar "tojiki" va "o'zbaki" deganda nimani yoki kimni nazarda tutishar edi? A) "tojiki" deb g'azalni,"o'zbaki" deb jo'n so'zni B) "tojiki" deb baliqchini,"o'zbaki" deb cho'ponni C) "tojiki" deb boyni,"o'zbaki" deb kambag'alni D) "tojiki" deb ayyorni,"o'zbaki" deb jo'n odamni 2 / 25 Nodira Lutfiyning qaysi g'azaliga o'xshatma yozgan? A) «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur» B) «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» C) «Qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul» D) «Xoh inon, xoh inonma» 3 / 25 Bor- yo`g`i 13 ta so`z ishlatilgan ruboiy? A) “ Bo’lmas emish “ B) “ Ey umri aziz ” radifli ruboiy C) “ Ahbob, yigitlikni g`animat tutingiz… ” ruboiysi D) “ Yaxshi ” radifli ruboiy 4 / 25 Nodiraning qaysi g'azalida lirik qahramon gapni to'g'ridan-to'g'ri yorga murojaatdan boshlaydi, ammo g'azalning boshidan-oxirigacha biror joyda «yor» so'zi ishlatilmaydi? A) «Na gul sayr ayla, na fikri bahor et..» deb boshlanuvchi g'azalining B) «Eshit..» radifli g'azalining C) «Oqibat» radifli g'azalining D) «Etib ket» radifli g'azalining 5 / 25 G'afur G'ulomning qaysi she'rida ortiqcha nasihatbozlikdan, aql o'rgatishdan, yo'l ko'rsatishdan asar ham yo'q, aksincha, mehribon, jonkuyar otaning ezgu umidlari ko'ngilga xush yoquvchi ovozda farzandga izhor etiladi? A) «Sog'inish» she'rida B) «Kuzatish» she'rida C) «Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi» she'rida D) «Vaqt» she'rida 6 / 25 Quyidagi misralar Oybekning qaysi she'ridan olingan? Derdilarki: «uning ruhi injiq va xasta», Biroq, tomchi qoni uning bir kulcha oltin!.. A) «0'zbekiston» B) «Na'matak» C) «Qoraxat» D) «Kuz yomg'iri...» 7 / 25 Quyidagi misralar Oybekning qaysi she'ridan olingan? Bolg'alar-la parchalandi uyqu iloni, Mehnatkash el bukun belin ko'tardi mag'rur. A) «Qoraxat» B) «Kuz yomg'iri...» C) «0'zbekiston» D) «Na'matak» 8 / 25 Oybekning qaysi she'rida o'lkaning kechagi va bugungi kuni, tabiati, xalqi, shu xalq qilayotgan tinimsiz mehnat va uning natijalari bor rang-barangligida ko'z oldimizda gavdalantiriladi? A) «Na'matak» B) «Kuz yomg'iri...» C) «Qoraxat» D) «0'zbekiston» 9 / 25 Quyidagi to'rtlikda qo'llanilgan o'xshatishni toping. Bexosdan uzilgan shoda dur kabi To'kildi umidning rangli barglari. Osildi bir onda qo'llar madorsiz, Yer qochdi, qoraydi quyosh zarlari... A) «Yer qochdi» B) «Bexosdan uzilgan shoda dur kabi» C) «umidning rangli barglari» D) «quyosh zarlari» 10 / 25 Oybekning shoir sifatida shakllanishida qaysi barmoq va erkin vazndagi yangi o'zbek she'riyati asoschilaridan birining ta'siri juda kuchli bo'lgan? A) Cho'lponning B) Fitratning C) Abdulla Qodiriyning D) Furqatning 11 / 25 Oybekning qaysi she'ri erksizlik, tutqunlikka bo'ysunmagan ijodkor ruhning, olamni qutqaruvchi bezavol go'zallikning so'nmas timsoli bo'lib qoldi? A) «0'zbekiston» B) «Qoraxat» C) «Kuz yomg'iri...» D) «Na'matak» 12 / 25 Quyidagi to'rtlikda qo'llanilgan jonlantirishni toping Bexosdan uzilgan shoda dur kabi To'kildi umidning rangli barglari Osildi bir onda qo'llar madorsiz, Yer qochdi, qoraydi quyosh zarlari A) «Yer qochdi» B) «Bexosdan uzilgan shoda dur kabi» C) «umidning rangli barglari» D) «quyosh zarlari» 13 / 25 Oybekning qaysi she'ri Sobiq sho'rolar davlati, jumladan, O'zbekistonda ham «sotsialistik tuzumga qarshi kuchlar», «xalq dushmanlari»ni fosh qilish harakatlari avjga chiqayotgan bir pallada, xalq, millat qayg'usida ijod qilgan va qilayotgan jadid ziyolilari, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat singari erk kuychilarini yoppasiga qoralash oddiy holga aylangan davrda yozilgan? A) «Qoraxat» B) «0'zbekiston» C) «Kuz yomg'iri...» D) «Na'matak» 14 / 25 Quyidagi misralar Oybekning qaysi she'ridan olingan? Xonaqoni tashlab fikr fanlami mindi, Elektron tekshiradi kechagi cho'pon A) «Kuz yomg'iri...» B) «Na'matak» C) «Qoraxat» D) «0'zbekiston» 15 / 25 Oybekning 1922-yilda e'lon qilingan ilk she'rlaridan birini toping. A) «Cholg'u tovushi» B) «Tuyg'ular» C) «Front bo'ylab» D) «Ko'ngil naylari» 16 / 25 Oybekning «Na'matak» she'rida qaysi obrazning na'matakning poyida yum-yum yig'lashi tasvirlanadi? A) vahshiy toshlarning B) viqor-la o'shshaygan qoyalarning C) oq yulduzning D) kumush qorning 17 / 25 Quyidagi misralar Oybekning qaysi she'ridan olingan? Yaratildi bir shoh asar, go'zal bir doston, G'adir-budur mehnat qo'li bitgandir buni. A) «0'zbekiston» B) «Qoraxat» C) «Na'matak» D) «Kuz yomg'iri...» 18 / 25 Oybekning qaysi she'rida quvonchlarga baxil hayotdan ozor topgan lirik qahramon ko'nglidagi dardlar zalvori seziladi? A) «Na'matak» B) «Kuz yomg'iri...» C) «Qoraxat» D) «Cholg'u tovushi» 19 / 25 Oybek bir she'rida: «Viqor-la o'shshaygan qoya labida», «quyoshga ko'tarib bir savat oq gul», - deya qaysi obrazning mag'rur timsolini chizadi? A) qoyaning B) sharsharaning C) lolaning D) na'matakning 20 / 25 Oybekning «Na'matak» she'rida nimaning joyi qorong'I chakalakzorlarda, nur tushmas puchmoqlarda emas, «yuksakda, shamolning belanchagida» ekanligi tasvirlanadi? A) viqorli qoyaning B) na'matakning C) kumush qorning D) oppoq kabutarning 21 / 25 Oybekning Ikkinchi jahon urushi qurbonlari haqida uzluksiz kelayotgan shum xabarlar dahshatini o'zida ifoda etgan to'rtligi nomini toping A) «0'zbekiston» B) «Olovli уо'Иаг» C) «Front bo'ylab» D) «Qoraxat» 22 / 25 Oybekning boy adabiy merosi necha jildli «Mukammal asarlar to'plami»dan joy olgan? A) 18 jildli B) 20 jildli C) 10 jildli D) 28 jildli 23 / 25 Oybekning qaysi she'rida tasvirlangan ijodiy qudrat, so'nmas ruh Nasimiy va Mashrab nazmida, Pushkin va Lermontovning erkparvar she'rlarida, Cho'lpon va Musa Jalillar nidosida yangragan ruhdir? A) «0'zbekiston» B) «Na'matak» C) «Cholg'u tovushi» D) «Qoraxat» 24 / 25 «Na'matak» she'rida Oybek qaysi obraz haqida: «Mayin raqsiga hech qoniqmas ko'ngil», - deydi? A) shabada haqida B) lola haqida C) shalola haqida D) na'matak haqida 25 / 25 Oybek 1927-yilda qaysi ustozi haqidagi bo'htonlarga qarshi maqola yozgan? A) Fitrat B) Furqat C) Cho'lpon D) Abdulla Qodiriy 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz