Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 8-sinf Adabiyot » 8-sinf Adabiyot 4-mavzu 8-sinf Adabiyot 8-sinf Adabiyot 4-mavzu InfoMaster Mart 23, 2022 174 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Adabiyot 4-mavzu yuzasida testlar 4 – MAVZU: NODIRA 1 / 23 “Kuntug’mish “ dostonida qaysi daryo nomi keltiriladi ? A) Amudaryo B) Tajang C) Mug’ol D) Sirdaryo 2 / 23 Lutfiy g'azaldan tashqari qaysi janrlarda ham ijod qilgan? A) qit'a, muxammas, muashshar va mustazod B) qit'a, ruboiy, tuyuq va fard C) mustazod, fard, tuyuq va ruboiy D) muashshar, ruboiy, mustazod, tuyuq va fard 3 / 23 Umrining so`nggi 10 yili mobaynida Navoiy qanday asarlar bunyod etdi? A) ilmiy B) badiiy C) tarixiy D) barchasi 4 / 23 Nodiraning forsiy she'rlari jamlangan devoni qanday nomlangan? A) «Devoni Макпипа» B) «Devoni forsiy» C) «Devoni Nodira» D) «Devoni Komila» 5 / 23 Nodiraning qaysi taxallus bilan ham o'zbekcha she'rlar bitgani ma'lum? A) Oyshabegim B) Maknuna C) Komila D) Mohlaroyim 6 / 23 Nodiradan nechta devon qolgan? A) beshta B) bitta C) uchta D) ikkita 7 / 23 Nodira qalamiga mansub «Eshit» radifli g'azalning radifi («eshit» so'zi) qaysi tilga mansub? A) turkiy tilga B) uyg'ur tiliga C) fors-tojik tiliga D) arab tiliga 8 / 23 Nodiraning qaysi g'azalida an'anaviy daraxt timsollari («sarvi ozod», «sarvi noz», «naxli oh», «shoxi shamshod»)dan keng foydalanilgan? A) «Eshit» radifli g'azalida B) «Etib ket» radifli g'azalida C) «Na gul sayr ayla, na fikri bahor et..» deb boshlanuvchi g'azalida D) «Oqibat» radifli g'azalida 9 / 23 Nodiraning qaysi g'azalida lirik qahramon gapni to'g'ridan-to'g'ri yorga murojaatdan boshlaydi, ammo g'azalning boshidan-oxirigacha biror joyda «yor» so'zi ishlatilmaydi? A) «Eshit..» radifli g'azalining B) «Oqibat» radifli g'azalining C) «Etib ket» radifli g'azalining D) «Na gul sayr ayla, na fikri bahor et..» deb boshlanuvchi g'azalining 10 / 23 Nodiraning qaysi g'azalida «sarvi ozodim», «sarvi nozim», «parizodim», «tab'i noshodim» undalmalari bir yo'la ikki obyektga qaratilgan holda qo'llangan? A) «Eshit» radifli g'azalida B) «Etib ket» radifli g'azalida C) «Ehtiyoj» radifli g'azalida D) «Oqibat» radifli g'azalida 11 / 23 Nodira qalamiga mansub «Oqibat» radifli g'azalning maqta'sida qaysi badiiy san'at qo'llanilgan? Nodira, bulbul kabi to nola insho ayladim, Navbahor o'tti, xazon o'ldi guliston oqibat A) mubolag'a B) tanosub C) tashbeh D) tazod 12 / 23 Nodiraning nisbatan to'la deb hisoblangan turkiy devonida (ayrimlari tojikcha) nechta g'azal mavjud? A) 156ta B) 174ta C) 140 ta D) 189ta 13 / 23 Nodiraning «Eshit» radifli g'azali qanday g'azal sanaladi? A) oshiqona B) rindona C) musalsal D) orifona 14 / 23 Nodirani zullisonayn shoiralar qatoriga kiritishimizning sababi nimada? A) ijodida ikki xil she'riy san'atning ko'p qo'llanilganligi B) arab va turk tillarida ijod qilganligi C) o'zbek va fors-tojik tillarida ijod qilganligi D) ijodida ikki xil janrning ko'p qo'llanilganligi 15 / 23 Nodiraning «Oqibat» radifli g'azalidagi eng muhim badiiy san'at qaysi? A) mubolag'a B) tashxis C) tazod D) tashbeh 16 / 23 Qaysi hukmdorning buyrug'i bilan Nodiraning o'zi, o'g'illari va nevaralari vahshiyona qatl etiladi? A) Buxoro amiri Nasrulloxonning B) Qo'qon xoni Nasrulloxonning C) Qo'qon xoni Isfandiyorxonning D) Xiva xoni Isfandiyorxonning 17 / 23 Nodiraning qaysi musammat (muashshar)i o'zbek so'z san'atining ajoyib namunasi hisoblanadi? A) «Jilva ko'rsatdi chu ul sarvi diloro bog' aro...» B) «Firoqnoma» C) «Kel, sanga, ey shahi jahon, mamlakati jahon fido...» D) «Na gul sayr ayla, na fikri bahor et...» 18 / 23 Nodiraning turmush o'rtog'i Umarxon qanday taxallus bilan ijod qilgan? A) Marg'iloniy B) Amiriy C) Xon D) Umarxon 19 / 23 Nodiraning qaysi g'azalida 2 karra undov so'z va 2 bor undalma ishlatilgan? A) «Jilva ko'rsatdi chu ul sarvi diloro bog' aro...» g'azalida B) «Etib ket» radifli g'azalida C) «Eshit» radifli g'azalida D) «Oqibat» radifli g'azalida 20 / 23 Nodiraning «Eshit» radifli g'azali qofiyasidagi so'zlar qaysi tilga mansub? A) turkiy B) arab C) uyg'ur D) fors-tojikcha 21 / 23 Nodira fors-tojik tilidagi asarlarini qaysi taxallus bilan yozgan? A) Maknuna B) Komila C) Nodira D) Mohlaroyim 22 / 23 Lutfiyning «Xoh inon, xoh inonma» radifli g'azalidan olingan quyidagi baytda qaysi badiiy san'atdan foydalanilgan? Yoqub bikin ko'p yig'idin qolmadi sensiz Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma A) talmeh B) husni ta'lil C) tajnis D) irsoli masal 23 / 23 Nodiraning qaysi g'azali lirik qahramonning (g'azal «Kel», - degan undov so'z bilan boshlanadi, maqta'da «Ey Nodira», - degan undalma keltiriladi) shoiraga murojaati tarzida bitilgan? A) «Oqibat» radifli g'azali B) «Na gul sayr ayla, na fikri bahor et..» deb boshlanuvchi g'azali C) «Etib ket» radifli g'azali D) «Eshit» radifli g'azali 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz