Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №2 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №2 InfoMaster Mart 29, 2022 552 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №2 MATN VA MAVZU II MORFOLOGIYA SO’Z TARKIBI ASOS VA QO’SHIMCHALAR SO’Z YASOVCHI QO’SHIMCHALAR TUB VA YASAMA SO’ZLAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 44 jo’ja va jirafa so’zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o’zaro farqlanadi? A) talaffuzida labning ishtirokiga ko’ra B) jarangli va jarangsizligiga ko’ra C) til qismlarining harakatiga ko’ra D) portlovchi va sirg’aluvchiligiga ko’ra 2 / 44 Orol o’sha –o’sha . Uzoqdan turib qarasang ,ko’zing to’ymaydi .Ilon kabi buralib oquvchi daryo shu yerga kelganda ,ikkiga ajralgan ,uch chaqirimdan so’ng yana birlashadi .Qo’sh kokil yanglig’ irmoq orasidagi orol esa yashnab turadi . .. Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) muhokama matn B) rivoyat matn C) hikoya matn D) tasviriy matn 3 / 44 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqida xabar beriladigan matn …hisoblanadi ? A) rivoyat matn B) tasviriy matn C) muhokama matn D) hikoya matn 4 / 44 Quyidagi fonetik tahlil qaysi qatordagi unliga xos? - yuqori tor, orqa qator, lablangan. A) e B) u C) a D) i 5 / 44 Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) muhrdor, hamrox B) tehnika, raxbar C) jabha, juziy D) taajjub, masjid 6 / 44 “o’ynatdim “so’zida nechta ko’makchi morfema bor ? A) 3 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 4 ta 7 / 44 Namgarchilikda so'zi nechta ma'noli qismga ajraladi? A) З B) 4 C) 5 D) 2 8 / 44 Quyidagi so'zlarning qaysisi uchta ma'noli qismlarga bo'linmaydi? A) sevinch B) o'tinch C) yupanch D) sog’inch 9 / 44 Kamtar bo’l, barchani etgil bahramand, Sening ham martabang bo‘lg‘usi baland. (A. Jomiy) Ushbu baytda nechta qo‘shimcha ishtirok etgan? A) 7ta B) 6ta C) 4ta D) 5 ta 10 / 44 Asosdosh so'zlar berilgan qatorni aniqlang. A) tinch, tintuv, tingan B) yig'im, yig'iq, yig'indi C) sig'gan, sig'inish, sig'im D) ) so'z, so'zim, so'zlar 11 / 44 Yasama so’z berilgan qatorni toping. A) to'latmoq B) o'sib bormoq C) bitirmoq D) sezmay turdi 12 / 44 to’quvchilik so’zida nechta ko’makchi morfema bor ? A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 1 ta 13 / 44 Quyidagi so’zlarning qaysilarida so’z yasovchi qo’shimcha mavjud? 1.so’lim 2. qo’lim 3. bo’lim 4. kesim 5. elim 6. bo’rim 7. bosim 8. bitim 9.tunim A) 3,7,8 B) 3,4,5,7.9 C) 3,4,7,8 D) 2,3,8,9 14 / 44 Qush qoidalari bilan yuksaklikka ucha olmaysan. Qo'shimchalar sonini aniqlang. A) 6 ta B) 5ta C) 7 ta D) 8ta 15 / 44 Qaysi qatorda o'zakdosh so'zlar berilgan ? A) yurtdosh ,yurtim ,yurtga B) namunali ,odobli ,zehnli C) guldon ,siyohdon ,qalamdon D) kasbdosh ,sinfdosh ,maslakdosh 16 / 44 Bilim bilan kishining martabasi oshadi , ilmsizlik kishini tubanlashtiradi Ushbu gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha ishtirok etgan ? A) 4 B) 3 C) 5 D) 2 17 / 44 Sodda yasama so'zlar berilgan qatorni aniqlang. A) serhosil, o'xshovsiz, noto'g'ri B) tok qaychi dunyoqarash tomorqa C) alirgul, o'rinbosar, oqqush D) yerto'la. belbog', mingoyoq 18 / 44 Bilimdon'likdan so'zida nechta morfema (ma'noli so'z) bor? A) 5 B) 2 C) З D) 4 19 / 44 Qaysi so'z tarkibida uchta so'z yasovchi qo'shimcha mavjud A) ko'pchilik B) etikdo'z C) ishlarmiz D) terimchilik 20 / 44 Insoniyat qadimdan go’zallikni ulug’lab kelgan.Ushbu gapda so’z yasovchilar soni nechta ? A) 2 B) 3 C) 5 D) 4 21 / 44 Siz eng tekis yo‘ldan kelasiz, biroq Sizning yo‘lingizdan so‘qmoq yaxshiroq. Berilgan jumlada jami nechta affiks qo‘llangan? A) 9 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 7 ta 22 / 44 qarsak so'zi o'zagini toping? A) qar B) qars C) qarsak D) qarsa 23 / 44 Boshlangich ta’lim bilimlar poydevori hisoblanadi. Berilgan gapda jami nechta qo‘shimcha qo’llangan? A) 11 ta B) 9 ta C) 10 ta D) 8 ta 24 / 44 Tub so'zni aniqlang. A) tunamoq B) sanamoq C) ushla D) ranjimoq 25 / 44 Tarkibida yasama so’z mavjud bo’lgan gapni toping. A) Uning so’zlaridan bezor bo’ldim B) Teg desam tegmaydi, tegma desam tegadi C) Musobaqa g’oliblariga yaxshi sovg’alar topshirildi D) Yurtimiz bog’lari doimo gullar 26 / 44 Qaysi qatorda tub so'z bor? A) iliq B) porloq C) savala D) sharshara 27 / 44 O'zak nima? A) So'z yasash va o'zgartirish uchun xizmat qiluvchi morfema B) Qo'shimchalar qabul qilmaydigan morfemaning yaxlit shakli C) Mustaqil holda lug'aviy ma'no ifodala olmaydigan morfema turi D) So'zda albatta ishtirok etadigan,lug'aviy ma'no ifodalaydigan morfemadir 28 / 44 Qanday so'zlar tub so'zlar deyiladi? A) tarkibida so'z o'zgartiruvchi qo'shimchasi bo’lmagan so'zlar B) tarkibida shakl yasovchi qo'shimchasi bo'lmagan so'zlar C) old qo’shimchasi bo’lgan so’zlar D) tarkibida so'z yasovchi qo'shimchasi bo'lmagan so'zlar 29 / 44 Tarkibida ikkita so'z yasovchi qo'shimchasi mavjud bo'lgan so'zni toping A) ozroq B) shildiroq C) chanqoq D) isitma 30 / 44 Asabiylashtirmoq so'zi tarkibidagi so'z yasovchi qo'shimchalar miqdorini toping, A) 2ta B) 3ta C) 1ta D) 4ta 31 / 44 Suvoqchilarni so’zida nechta ko’makchi morfema bor ? A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 1 ta 32 / 44 Tarkibida uchta qo’shimcha mavjud bo’lgan so’zni toping. A) odatlanmoq B) faxrlanmoq C) jonlanmoq D) sanalmoq 33 / 44 Tub so'zni aniqlang. A) aqlli B) boylik C) sana D) yuksak 34 / 44 Olaverasizmi so'zi nechta ma'noli qismga ajraladi? A) 6ta B) 3ta C) 5ta D) 4ta 35 / 44 Dehqonchilikdan so'zida nechta morfema (ma'noli qism) bor? A) 2 B) 4 C) 3 D) 5 36 / 44 Qaysi so'z tarkibida ikkita so'z yasovchi qo'shimcha mavjud? A) chidamli B) suvoqchilik C) qochirim D) qavariqroq 37 / 44 "qoramtir" so'zida nechta so'z yasovchi qo'shimch bor? A) 2ta B) 3ta C) 1 ta D) Bu tub so'z 38 / 44 Qaysi qatorda yasama so’z berilgan? A) iliqroq B) yaxshiroq C) maqtanmoq D) dasturxonimizda 39 / 44 Xato bilimdonlikdan bilimsizlik afzal. Ushbu gapdagi bilimdonlikdan so'zidagi so'z yasovchi qo'shimchalar miqdorini toping. A) 2 B) 5 C) 3 D) 4 40 / 44 Tub so'z qaysi qatorda berilgan? A) tiniq B) og'riq C) yamoq D) loyiq 41 / 44 Qaysi zo'z tarkibida ikkita so'z yasovchi qo'shimcha mavjud? A) mehnatkashlardan B) sersuvroq C) boshladik D) tinchlikni 42 / 44 Saylov ,uyum so'zlarini o'zagini aniqlang? A) saylov uyim B) sayl, uyum C) sayla, uy D) saylov , uy 43 / 44 Qaysi gapda sodda yasama so’z mavjud? A) Vatanni sevmoq iymondandir. B) Dunyoning ishlariga hayron qolmay ilojing yo’q. C) Mashina yigitcha turgan yerga kelib to’xtadi. D) Dor qurilgan maydonda bolalar arqonlarga osilib o’ynamoqda. 44 / 44 Tarkibida ikkita qo’shimcha mavjud bo’lgan so’zni toping. A) ishlashdi B) barcha so’zda uchta qo’shimcha mavjud C) odatlandi D) pullashdi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz