Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №1 6-sinf Ona tiliOna tili mavzulashtirilgan 6-sinf Ona tili №1 InfoMaster Mart 29, 2022 573 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №1 UNDOSH TOVUSHLAR O’ZBEK ALIFBOSI VA IMLO QOIDALARI BO’GIN VA URG’U LEKSIKOLOGIYA VA LUG’ATSHUNOSLIK Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Yopiq bo'g'inlarni toping A) gul-chi,so-at,pesh-voz B) qu-loq,so-ya,jang C) os-mon,mak-tab,tok-zor D) yu-bor,ham-dam,ol-ma 2 / 50 . h undoshiga to'g'ri tavsif berilgan javobni toping A) chuqur til orqa ,portlovchijarangsiz undosh tovush B) chuqur til orqa ,sirg'aluvchi jarangli undosh tovush C) bo'g'iz , sirg'aluvchi jarangsiz undosh tovush D) chuqur til orqa ,sirg'aluvchi jarangsiz undosh tovush 3 / 50 Yopiq bo'g'inlaridan biri faqat lab undoshlaridan tashkil topgan so'zni belgilang A) mafkura B) bodomzor C) bolg'a D) konduktor 4 / 50 Nihoyat ,Londondan Toshkentga uchadigan bo’ldik . Havo kemasiga chiqishimiz bilan osoyishta va yoqimli ovoz yangradi : “Assalom-u alaykum ,xonimlar va janoblar ! Sizlarni “O’zbekiston havo yo’llari “ milliy aviakompaniyasi nomidan muborakbod etamiz !” ..Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) tasviriy matn B) muhokama matn C) rivoyat matn D) hikoya matn 5 / 50 Arxaik so’zlar qatorini aniqlang A) ulus,handasa,cherik ,oraz B) me’mor,boj,yorg’uchoq ,paysa C) zindon,taxt,zebigardon, bo’noki D) jayhun,muarrix ,jallod,bitik 6 / 50 Shevaga xos so’zlar qaysi qatorda berilgan ? A) kecha,biz ,erta B) buvi ,shoti ,shakarob C) biz,siz ,men D) maktab ,non ,uzum 7 / 50 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqida xabar beriladigan matn …hisoblanadi ? A) muhokama matn B) tasviriy matn C) hikoya matn D) rivoyat matn 8 / 50 Old qator unlilar berilgan qatorni aniqlang. A) a,o,u. B) i, e, a. C) e, o, i. D) o, a, u. 9 / 50 Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) muhrdor, hamrox B) tehnika, raxbar C) jabha, juziy D) taajjub, masjid 10 / 50 Til oldi jarangsiz undoshlari berilgan қatorni aniқlang? A) k,q,x,h B) t,s,sh,ch C) b,p,m D) l,z,d,j 11 / 50 –a unlisining fonetik tasnifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A) old qator, o’rta keng, lablanmagan B) orqa qator, quyi keng, lablangan C) old qator, yuqori tor, lablanmagan D) old qator, quyi keng, lablanmagan 12 / 50 Qaysi jarangli undoshlar sirg'aluvchi tovushlarga mansub emas ? A) v,z B) m,g C) y.n D) j,g' 13 / 50 Qaysi so’zlarda urg’u so’zning birinchi bo’g’iniga tushgan? A) har kim, qaysi B) chollar, tollar C) barchasida birinchi bo’g’inga tushadi D) albatta, o’qiyman 14 / 50 G‘afur akaning o‘zi o‘sha buyuk ustozlar izidan borishga intilardi. Shuning uchun ham u tariximizni mukammal bilar, rasmlar chizar edi. U raqs tushganda , zo‘r raqqosalar ham davradan chiqib, tomosha qilardi. Qo‘liga taqsimcha olib, xalq termalarini aytganda, hamma jimib qolardi. Dutor chertganda, tinglovchilar bosh egib tebranishardi. G‘afur aka Yusuf qiziqlar bilan teng kelib askiya qilardi. Ushbu parcha matnning qaysi turiga mansub? A) tavsifiy matn B) hikoya matni C) tasviriy matn D) muhokama matni 15 / 50 Atama ishtirok etgan gapni toping A) Bo’zchi belbog’ga yolchimas B) Xullas, bor haqiqatni qayta kashf etdim C) Sifat va otdan yasalgan qo’shma otlarga misol keltiring D) Insonlar Alloh oldida bir biriga teng bo’lgandek ,bir birlari oldida ham teng bo’lishlari lozim 16 / 50 Qaysi qatordagi so‘zlar alifbo tartibida yozilmagan? A) agrotexnika, anjir, anor B) kattaqo'rg'on, kishmish, kuz C) telegraf, tipografiya, teploxod D) mayiz, mashina, mosh 17 / 50 Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) timsox, tuxmat B) tuxfa, tahlit C) tanbex, taxmin D) rahnamo, rayhon 18 / 50 Qaysi javobda ko'rsatilgan xususiyat unli tovushlarga xos emas? A) Urg'u,odatda unli tovushga tushadi B) unlilar jarangli va jarangsiz bo'ladi. C) Unli tovushlarsiz bo'gin bo'gin hosil bo'hnaydi D) Bo'g'inlar unli bilan tugasa, ochiq bo'g'in hisoblanadi 19 / 50 Bunday bo’g’in unli bilan tugaydi yoki bir unlidan iborat bo’ladi Ushbu izoh quyidagi qaysi tushunchaga taaluqli? A) yopiq bo’g’inga B) berkitilmagan bo’g’inga C) ochiq bo’g’inga D) berkitilgan bo’g’inga 20 / 50 aysi qatorda sport atamalari berilgan? A) chala, halol, yonbosh B) kilometr, tonna, vazn C) suv, baland, chuqur D) balli, dushman, maydon 21 / 50 Qaysi qatordagi barcha so’zlarda urg’u ma’no farqlaydi? A) fizik, yo’llar, gullar B) olma, surma, childirma C) oshiq, doston, ildizlar D) qoshlar,boshlar, yoshlar 22 / 50 Lotin alifbosi tartibida yozilgan so’zlar qatorini toping A) bog’,gul ,daraxt B) anor ,kuz ,hosil C) eshik ,fasl ,shimol D) jahon ,ilm ,shijoat 23 / 50 Qaysi so‘z imlosiga ko‘ra xato yozilgan? A) burushmoq B) boshboshdoq C) badhazim D) boshmaldoq 24 / 50 Quyidagi so'zlarning qaysi biri tarkibida ochiq bo'g'in mavjud? A) otlantirmoq. B) san’atkorlik. C) to'rtlikdan. D) ) biriktirmoq. 25 / 50 Lablanmagan unlilar qatiorini aniqlang A) e,o',a B) a,i C) o,u,o' D) i, e,a 26 / 50 Tarkibida faqat quyi keng unlilar qatnashgan so'zlar qatorini toping A) boy. qush B) o'rin, bel C) Narsa, vatan D) xomtok, ko'k 27 / 50 Yopiq bo'g'inlardan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so'zni belgilang A) ko'cha B) paxta C) sunbul D) kitob 28 / 50 Bo'g'inga ajralmaydigan so'zlar qatorini toping. A) qit'a, qal'a, yechim. B) yongan, singil, bong. C) ongi, yengil, yangi. D) hukm, gramm, ong. 29 / 50 jo’ja va jirafa so’zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o’zaro farqlanadi? A) portlovchi va sirg’aluvchiligiga ko’ra B) talaffuzida labning ishtirokiga ko’ra C) jarangli va jarangsizligiga ko’ra D) til qismlarining harakatiga ko’ra 30 / 50 dengiz so’zi tarkibida qanday undosh til tovushlar mavjud ? A) ) 3 ta til oldi ,1 ta til orqa undoshlari B) ) 2 ta til oldi ,1 ta til orqa undoshlari C) ) 2 ta til oldi ,1 ta til o’rta undoshlari D) ) 3 ta til oldi ,1 ta til o’rta undoshlari 31 / 50 Tarix fani birikmasining harflar tartibi to’g’ri berilgan qatorni toping. A) 19,1,17,22,8,5,1,13,8 B) 20,1,18,10,23,22,1,15,10 C) 19,1,17,7,22,5,1,13,18 D) 19,1,17,8,22,5,1,13,8 32 / 50 Javoblarning qaysi birida unli tovushlar ko'rsatilgan? A) a.u,o',i,e,o B) m,ng,n,r,l C) b,f,k,t,s D) yo,yu,ya ,a 33 / 50 Qaysi so'zlarda faqat o'rta keng unlilar bor ? A) elak, gulbeor B) bardam, shod C) tugma, non D) erk, kel, el 34 / 50 Qaysi qatordagi so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’inga tushmagan? A) doston, piyoda, marjon B) vaholanki, fizika, ba’zan C) kitobxon, darsxona, ziyo D) qishloq, ertalab, bugun 35 / 50 Ma’lum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilar tushunarli bo’lgan so’lar qanday nomlanadi. A) Atamalar B) Paronomlar C) Shevaga xos so’zlar D) Umumxalq ishlatiladigan so’zlar. 36 / 50 Tarixiy so ‘zlar qatorini aniqlang. A) vazir, mufti B) onhazrat, takyagoh C) sarf, nahv D) yo'qsil, avom 37 / 50 Olimlar kompyuterni inson miyasidan andaza olib yaratgan . O’ylaydi Hisob –kitob qiladi .Muammolar yechadi .Xulosa chiqaradi .Eslab qoladi …Faqat kompyuterning insondan bitta ustunligi bor :keraksiz axborotni xohlagan paytda xotirasidan o’chirib tashlash mumkin ... Odam esa yomon xotiralarni miyasidan o’chirib tashlolmay aziyat chekadi …( O’ Hoshimov ) Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) hikoya matn B) muhokama matn C) rivoyat matn D) tasviriy matn 38 / 50 Portlovchi undoshlar yonma-yon kelgan so'zni toping A) soxtalik B) hamfikr C) iqtisod D) qing'ir 39 / 50 Qanday tovushlar jarangli undoshlar deyiladi? A) Faqat shovqindan hosil bo'ladigan tovushlar B) Nutq organlarida to'siqqa uchramaydigan tovushlar C) Faqat un(ovoz) dan hosil bo'ladigan tovushlar D) Shovqin va unlardan hosil bo'ladigan tovushlar 40 / 50 Tasviriy matn haqida berilgan qaysi hukmlar to’g’ri ? 1 Tasviriy matn darsliklarda ko’proq qo’llaniladi . 2 Tasviriy matn badiiy adabiyotda ko’proq qo’llaniladi . 3 Tasviriy matn ilmiy adabiyotlarda ko’proq qo’llaniladi . A) faqat 2 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 1,3 41 / 50 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqidagi fikr mulohazalar bayon qilingan matn …hisoblanadi ? A) rivoyat matn B) muhokama matn C) tasviriy matn D) hikoya matn 42 / 50 Qaysi qatordagi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga h harfi qo‘yiladi? A) ar…eolog, mu…bir, i..tisos B) alo…ida, ba…o, ba…s C) asla…a, gazet…on, giyo… D) gul…an, a…ir, va…ima 43 / 50 Urg'u yordamida so'z ma'nolarini farqlash mumkin bo'lgan qatorni belgilang A) yangi, yigitcha , qishloqcha B) fizik, chog'lar , mudir C) surma, kitob , hovli D) olma , anjir ,muhit 44 / 50 Leksikografiya nimani o’rganadi? A) harf va belgilarni B) so’z va uning ma’nolarini C) lug’at va uning turlarini D) frazeologik iboralarni 45 / 50 Bo'gin...... A) bir havo zarbi bilan aytiladigan bir yoki bir necha toyushlar yig'indisidir B) gapdagi biror bo'lakning boshqasiga nisbatan alohida ta'kidlanib aytilishidir C) so'zdagi unlilarning alohida ohang (intonatsiya)bilan aytilishidir D) so'zda bir xil unlilarning kelishidir 46 / 50 Orol o’sha –o’sha . Uzoqdan turib qarasang ,ko’zing to’ymaydi .Ilon kabi buralib oquvchi daryo shu yerga kelganda ,ikkiga ajralgan ,uch chaqirimdan so’ng yana birlashadi .Qo’sh kokil yanglig’ irmoq orasidagi orol esa yashnab turadi . .. Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) rivoyat matn B) muhokama matn C) hikoya matn D) tasviriy matn 47 / 50 Lablangan unlilar qatorini aniqlang A) a,i B) o’,o,u C) barcha unlilar D) a,i e 48 / 50 Imlo lug’ati nima uchun kerak ? A) To’g’ri tallaffuzni o’rganish uchun B) So’zlarning to’g’ri yozilishini o’rganish uchun C) Shevaga xos so’zlarni bilish uchun D) Og’zaki nutqni o’stirish uchun 49 / 50 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar ta’riflangan , tavsiflangan matn …hisoblanadi ? A) hikoya matn B) tasviriy matn C) rivoyat matn D) muhokama matn 50 / 50 “Ona “ so’zidagi harflar o’rniga alifbodagi tartib raqami berilgan javob variantini aniqlang . A) 14,13,1 B) 14,15,1 C) 19,18,2 D) 14,21,1 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz