Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №16 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №16 InfoMaster Mart 31, 2022 96 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 6-sinf Ona tili №16 RAVISHLARNING YASALISHI .TUB VA YASAMA RAVISHLAR RAVISH YASOVCHI QO’SHIMCHALAR RAVISHLARNING MA’NO TURLARI HOLAT RAVISHLARI PAYT RAVISHLARI O’RIN RAVISHLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 54 Qaysi so’zlarda urg’u so’zning birinchi bo’g’iniga tushgan? A) barchasida birinchi bo’g’inga tushadi B) har kim, qaysi C) albatta, o’qiyman D) chollar, tollar 2 / 54 Suvoqchilarni so’zida nechta ko’makchi morfema bor ? A) 1 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 2 ta 3 / 54 Bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakli .... sanaladi. A) mayl shakli B) nisbat shakli C) ravishdosh shakli D) sifatdosh shakli 4 / 54 Qaysi qatordagi gapda majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan ? A) O’qituvchimiz ko’rsatmasi bilan safga tizildik B) Uylar ,klublar ,kutubxonalar qurildi C) Tiniq ko’kda oq bulut parchalari ko’rindi D) Erkin yosh havaskorlar to’garagiga yozildi 5 / 54 Harakat nomi berilmagan gapni toping A) Botirlar qo’rquvni bilmaydilar . B) Bilim o’qish va takrorlash mevasidir . C) O’qish,o’rganish—hammaning burchi D) Maqsadimiz – tinch yashash ,o’qish va ishlash 6 / 54 Qaysi qatorda payt ravishdoshi ishtirok etmagan ? A) Suv qaynayvermagach olovni pasaytirdi B) Aslida ,qosh qorayguncha yetib olish kerak C) Toqqa yetgach ,qo'ylarni o'z holiga tashlab qo'ydi D) Kechga yaqinlashgach ,havo aynib ,shamol turdi 7 / 54 1 Anchadan heri .shu joyda o'tiribman 2 Men sodda shuning gapiga ishonib o'tiribman Har ikkala gapdagi o'tirmoq fe'l qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l B) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l C) ikkala gapda ham mustaqil fe’l D) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l 8 / 54 So’zlovchining so’zlayotgan vaqtdan so’ng bajariladigan ish…. A) kelasi zamon. B) fe’l mayli C) o’tgan zainoa. D) hozirgi zamon. 9 / 54 Bir turdagi narsa, voqea-hodisa harakat-holat, o’rin-joylarning birini yoki umumiy nomini bildirishiga ko’ra otlar qanday tasniflanadi? A) Turdosh otlar, atoqli otlar B) Kishi otlari, narsa otlari C) Mavhum otlar, aniq otlar D) Qavm-qarindoshlik otlari kasb-ko’riga ko’ra shaxs otlari 10 / 54 Buyum ot yasovchi qo’shimchalar brilgan qatorni toping. A) -gich, - q, -k. B) -xon, - ist. C) -g, -q, -paz. D) -gar, -li, -chilik. 11 / 54 -lar qo’shimchasi qaysi gapda kesatiq, kinoya ma'nosini ifodalagan. A) U qanday azoblarni boshidan kechirmadi. B) O’zlariyam qadam ranjida qilibdilar-da. C) Bu yerda bir paytlar xaroba uylar bor edi. D) Og’a , sog’ borsangiz, avval dadamlarga solom ayting. 12 / 54 Qaysi gapda nisbiy sifat qo’llangan ? A) Tushki ovqatni yedik B) Yangi kitob o’qidim C) Kengroq yerni tanladi D) Bola shirin uyquda edi 13 / 54 1. Lobarxon oyoqlarida zo‘rg‘a tursa ham, nur ko'rganidanmi yo dimog'ini qitiqlayotgan yoqimli hiddanmi, har qalay tinmay jilmayar edi. 2. U juda dono qiz, Navoiy, Mashrab, Hofizlami, mayin, yoqimli ovozi bilan, chiroyli ohang berib juda ravon o'qiydi. Berilgan gaplardagi yoqimli so‘zi sifatning qaysi turiga mansub? A) 1-gapda hid, 2-gapda maza-ta’m B) 1-gapda hajm-o‘lchov, 2-gapda xususiyat C) 1-gapda xususiyat, 2-gapda maza-ta’m D) 1-gapda hid, 2-gapda xususiyat 14 / 54 Qaysi qatordagi gapda chama son qo’llangan ? A) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud B) kkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi C) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi D) Bu xola yillab kutdi 15 / 54 0‘rin ravishili gaplarni toping. 1 Ular hech ikkilanmay olg'a yurishdi. 2 Yo’lchi boshini quyi solib, jim о ‘tirdi. 3 Kechasi bilan yog ‘ib chiqqan qor tongotar paytida tinib qoldi. 4. Bularyaqinda Toshkentga kelishdi. A) faqat 1 B) 1,2 C) 1,3,4 D) 1,2,3,4 16 / 54 Ravishlar haqidagi barcha to’g’ri fikrlarni aniqlang 1) qo’qqisdan, to’satdan, birdaniga , birdan singari ravishlar harakatning kutilmagan paytda tez yuzaga kelishini bildiradi; 2) to’satdan ravishi ayrim shevalarda to’sindan holida talaffuz qilinadi; 3) yaqinda ,uzoqda ravishlari harakatning bajarilish paytini yoki o’rnini bildiradi; 4) ravishlar tub va yasama bo’ladi ; A) 1,2,3,4 B) 1,4 C) 1,3,4 D) 1,2 17 / 54 O’rin ravishi qaysi qatordagi gapda mavjud? A) Qo’qqisdan shovqin suron ko’tarildi B) Asta sekin ufq oqara kela boshladi C) Oldinda ketayotib ,orqangdagi odamlarni unutma D) Fidokorona mehnat samaralari yaqqol ko’rinib turibdi 18 / 54 Holat ravishlarini aniqlang? A) xiyol,oz B) tez, darhol C) dastlab, hanuz D) arang, qasddan 19 / 54 Holat ravishi qatnashgan gapni belgilang A) Kunduzlari quyosh saratondagiday qizdirib turdi B) Qodirjon otasi yonida turib atrofga qaradi C) Bahorda paxtakor uchun vaqt oz mehnat esa cheksiz mo’l D) Sayohatchilar yuqoriga ko’tarilib qarag’ayzor va archazorga yetdilar 20 / 54 Holat ravishi qatnashgan gapni belgilang A) U bilan jiddiy suhbatlashdik B) Nihoyat ,Ahmadjon askariy hizmatga chaqirildi C) U jo’shib gapirdi D) Oldinda juda jiddiy murakkab hayot borligini qayoqdan bilaman 21 / 54 Har yerni qilma orzu ,har yerda bordir tosh-u tarozi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) daraja miqdor B) o’rin C) payt D) holat 22 / 54 Qaysi qo‘shimcha orqali ravish turkumiga mansub so‘z yasalganda bu qo'shimcha juft so‘z qismlarining har biriga alohida qo‘shiladi? A) -in B) -cha C) -an D) -(a)siga 23 / 54 Payt ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) Idoraga yaqin qolganda, Nuriddin otga qamchi urdi . B) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi hushxabarni topshirmoqchi. C) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . D) Bular piyoda asta-sekin o’rdaga bordilar . 24 / 54 .Ravishlarning ma’no turlarini belgilang. 1.holat 2.payt 3.o’rin 4.daraja-miqdor 5.maqsad-sabab A) 1,2,3,5 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4,5 25 / 54 Tarz (holat) ravishi qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Ertaga ishxonada uchrashamiz B) Qari bilganni pari bilmas C) Bekatda juda ko’p odam to’plangan edi D) Adolat sekingina atrofga razm soldi 26 / 54 Holat ravishi qatnashgan gapni toping. A) Oldiga dasturxon yozibdi, kechqurun palov qilib olib chiqibdi . B) Bo’ying sal cho’zilsin, bironta duradgor usta topilsa, shogirdlikka topshiramiz. C) Buxoroga omon-eson yetib borganlaridan so’ng, uning tarixini yaxshilab qog’ozga chizajagini aytdi. D) U aravani Akmal minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . 27 / 54 To’satdan , tubdan ravishlarini ma’noli qimlarga ajratib bering. A) to’sat+dan, tubdan B) Bu ravishlarda –dan kelishik qo’shimchasi asos qism bilan mustahkam birikib, ajralmas holga kelib qolgan . C) to’sat+dan, tub+dan D) to’s+at+dan, tub+dan 28 / 54 Ba’zi ravishlar tarkibida qaysi kelishik qo’shimchalari yaxlitlanib qolgan? A) Tushum, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi qo’shimchalari B) Jo’nalish, o’rin-payt kelishigi qo’shimchalari C) Jo’nalish, chiqish, o’rin –payt kelishigi qo’shimchalari D) Qaratqich, tushum, jo’nalish, chiqish kelishigi qo’shimchalari 29 / 54 Ravishlar qaysi so’z turkumlaridan yasalishi mumkin? 1.ot 2.sifat 3.olmosh 4.fe’l 5.ravish A) 1,2,3,5 B) 1,3 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,4 30 / 54 Chang va tutundan mashina va odamlar zo’rg’a ko’rinar edi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) sabab B) payt C) daraja miqdor D) holat 31 / 54 Qaysi qatordagi gapda yasama ravish qo’llangan? A) Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib yo’rtib ketishdi. B) Bayramga taraddud hozirdanoq qizib ketdi C) U o’z vazifasini vijdonan bajarar edi . D) Yig’ilishga faollardan vakillar kirib kelishdi. 32 / 54 Quyidagi qo’shimchalarning qaysilari ravish tarkibida yaxlitlanib qolishi mumkin? 1)–ga; 2) –dan 3) –da; 4) (-si); 5) –lar A) 3,6 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,4 33 / 54 O’rin ravishi qaysi qatordagi gapda mavjud? A) Kechasi bilan yog’ib chiqqan qor tongotar paytida tinib qoldi B) Bular yaqinda Toshkentga ko’chib kelishdi C) Ular hech ikkilanmay olg’a yurishdi D) Yo’lchi boshini quyi solib ,birpas jimo’tirdi 34 / 54 Qaysi qatorda qo’shma ravish ishtirok etgan? A) Suvonqul nabirasiga qimmatbaho uzuk hadya qildi. B) Bog’imizda chiroyli gulkaramlar pishib yetildi. C) Men bir ming to’qqiz yuz yetmish sakkizinchi yilda tug’ilganman. D) Qayvaqt uyga kirmang, kitob ustida o’tirgan bo’ladi 35 / 54 Holat ravishi ishtirok etgan gapni aniqlang . A) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi xushxabarni topshirmoqchi . B) Oldiga dasturxon yozibdi, kechqurun palov olib chiqibdi. C) Birdan xayoliga kelgan fikrdan uning vujudi titrab ketdi D) Ko’p yaxshi, ammo saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak . 36 / 54 O’rin ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) O’rtancha botir qo’rqmadi, jim turdi . B) Sherqo’ziga ko’zi oldidan nari ketishi uchun ruxsat bermay qo’ydi . C) Men kecha akam bilan Samarqanddan keldim . D) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . 37 / 54 Payt ravishi qo’llangan gapni aniqlang A) Ilgari bu yerlar juda xarob edi B) Komil uyda bir o’zi qoldi C) Xalqimiz ulug’ kunlarga yetib keldi D) Sizga aytadigan ajoyib gapim bor 38 / 54 Ravishdan qaysi so’z turkumlari yasalganini tartib bilan belgilang .1.tezlik 2.ko’pay 3.kechagi 4.anchagacha A) fe’l, ot sifat, ravish B) sifat, ot, fe’l, ot C) sifat, fe’l, sifat, ravish D) ot, fe’l, sifat, ravish 39 / 54 Yasama ravishlar qanday usul bilan hosil qilinadi? A) so’zga qo’shimchalar qo’shib B) asos qismini juft qo’llash orqali C) A, B, C D) asos qismini takror qo’llash orqali 40 / 54 Qaysi javobdagi ravish morfologik usuli bilan yasalgan? A) Yo’lchi qahramonlarcha halok bo’ldi B) Birdan jala quyib yubordi. C) Ular bir partada o'n yonma -yon o'tirib o'qishdi. D) Етta-indin mehmonlar kelisharkan. 41 / 54 Qaysi qatorda yasama ravish ishtirok etgan gap berilgan ? A) Ulardan biri akamning qayerdaligini so'ragan edi, men ertalab uloqqa ketganligini aytdim. (Abdulla Qodiriy) B) Bu yerda hamma unga do'stona munosabatda bo’lishar edi C) Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib yo'rtib ketishibdi D) Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda. 42 / 54 Ravish yasovchi qo’shimchalarni aniqlang . A) -ona,-aki,-zor B) -larcha,-gi ,-ib C) -cha,-lab,-an D) -chi,-kor,-kash 43 / 54 Payt ravishi qo’llangan gapni aniqlang A) Pastda toshqin Amu pishqirib ,shag’illab ,ko’hna Orol tomon shoshilmoqda B) Balxdan qaytgach ,Navoiy yangi qazilgan ariqlarni ko’zdan kechirdi C) Ertagayoq Abduhalilni Quvasoyga jo’nataman D) Qishloqdan stansiyaga o’tayotganimda ,yuragimda chiroyli hislar g’alayon qiladi 44 / 54 O’rin ravishi qaysi qatordagi gapda mavjud? A) Atrofga kulrang harir parda bo’lib yoyila boshlagan oqshom qorong’iligi quyuqlashib borardi B) Buloqdan nariroqda do’nglik bo’lib ,atrofga shox otib ketgan tok Shoxlari ko’zga tashlanar C) Osmon bulut. D) Nihoyat ,kichik bir qiyalikda so’qmoq ko’rindi 45 / 54 Payt ravishlari berilgan qatorni toping . A) yakkama-yakka, yonma-yon B) hamon, doimo, dastlab C) xiyol, sal, picha D) nari, uzoqdan, oldinda 46 / 54 O’rin ravishlari ishtirok etgan qotorni toping A) qittay, jinday, ozgina B) ichkari, oldinda,orqada C) hozircha, endi, so’ngra D) eskicha, jim, yayov 47 / 54 Kishi о 'z fazilatlari haqida qancha kam bilsa, bizga shuncha yoqadi. Ushbu gapdagi ravishlar miqdorini aniqlang. A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 1 ta 48 / 54 Taxminan, xayolan so’zlaridagi — an qo’shimchasi qanday qo’shimcha? A) ot yasovchi B) sifat yasovchi C) ravish yasovchi D) shakl yasovchi 49 / 54 Qizning ko’kimtir rang olgan lablari zo’rg’a qimirlardi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) holat B) payt C) o’rin D) daraja miqdor 50 / 54 Kampir xiyla uzoqlshganda ,Nurmatjon qichqirdi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) holat B) sabab C) payt D) daraja miqdor 51 / 54 Ravishlar tarkibida uchraydigan ko’plik, egalik va kelishik qo’shimchalari qanday qo’shimcha sanaladi? A) so’z o’zgartiruvchi qo’shimcha B) so’z shakli yasovchi qo’shimchalari C) so’z yasovchi qo’shimcha D) Bu qo’shimchalar ravishning o’zak qismiga kirib, shu qo’shimcha bilangina u so’z ravish hisoblanadi. 52 / 54 U bizni qo’yarda-qo’ymay ayvoniga boshladi. Ushbu gapda ravishning qaysi turi qo’llangan? A) payt ravishi B) o’rin ravishi C) ravish qo’llanmagan D) holat ravishi 53 / 54 O’rin ravishi qatnashgan gapni belgilang A) Xuddi … shu do’kondan ikki respublikaning chegarasi o’tardi B) To’lagan chol noiloj o’rnidan turdi C) Shamol oldindan esardi D) Ko’pincha tog’ tomondan shamol esib turardi 54 / 54 -cha, -lab, -larcha, -ona, -an, -chasiga qo‘shimchalari qaysi turkumdagi so‘zlarga qo‘shilib ravish yasaydi? A) fe’l, ot, sifat, son B) ot, sifat C) ot, sifat, son D) fe’l, ot, sifat 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz