Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №16 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №16 InfoMaster Mart 31, 2022 103 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 6-sinf Ona tili №16 RAVISHLARNING YASALISHI .TUB VA YASAMA RAVISHLAR RAVISH YASOVCHI QO’SHIMCHALAR RAVISHLARNING MA’NO TURLARI HOLAT RAVISHLARI PAYT RAVISHLARI O’RIN RAVISHLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 54 Qaysi qatordagi so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’inga tushmagan? A) vaholanki, fizika, ba’zan B) qishloq, ertalab, bugun C) kitobxon, darsxona, ziyo D) doston, piyoda, marjon 2 / 54 Boshlangich ta’lim bilimlar poydevori hisoblanadi. Berilgan gapda jami nechta qo‘shimcha qo’llangan? A) 9 ta B) 10 ta C) 8 ta D) 11 ta 3 / 54 Holat fe'llarini aniqlang 1 qizardi 2 yashardi 3 chopdi 4 sug'ordi 5 qichqirdi 6 qimirladi 7 yugurdi A) 1,2 B) 3,4,5,6,7 C) 2,4,5 D) 1,3,4 4 / 54 Qaysi so‘zda orttirma nisbat qo‘shimchasi mavjud, lekin undabu nisbatga xos ma’no ifodalanmagan? A) surishtirmoq B) ko‘rsatmoq C) o‘g‘irlatmoq D) oqizmoq 5 / 54 Qaysi qatordagi fe’lga bir yo’la ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) Boy shum bolani bozorga choptirdi B) Ahmadjon polkovnikni chaqirtirdi C) Kampir bemorning og’ziga suv tomizdi D) Chol maktubni Xayrinisoga o’qittirdi 6 / 54 Harakatning holatini anglatuvchi ravishdoshlar qaysi qo’shimchalar yordamida hosil qilinadi? 1)-(i) b 2- a(-y); 2) –gancha; 3) –gani; A) 3,4 B) 2,3 C) 1,4 D) 1,2 7 / 54 Qo'shma fe'llar berilgan javobni toping. A) oshib qolgan B) yig 'ishtirib oldi C) olib keldi D) charaqlab ketdi 8 / 54 Fe'l asosiga zamon va shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilangina hosil qilinadigan fe'l maylini ko'rsating A) xabar mayli B) buyruq-istak C) shart D) A va B. 9 / 54 Buyruq-istak maylidagi fe’llarning qaysi birida istak ma’nosi bo’lmay, faqat buyruq mavjud bo’ladi? A) 2 va 3 shaxslarda B) I shaxs birlik va ko’plikda C) II shaxsda D) IIIshaxsda 10 / 54 Kampir Tolibjonni bag’ridan bo’shatib hovli tomonga qichqirdi: Nima qilib turibsanlar, ayangni chaqirmaysanlarmi? Dadalaringga xabar qilmaysanlarmi? Yugur, pochchangga chop, tog’am keldi, deb ayt, Berilgan matida nechta shaxs oti bor ? A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta 11 / 54 Kichraytirish ,erkalash otlari qaysi qo’shimchalar bilan yasaladi ? A) –xon ,-bibi ,-iston ,-kash B) –cha , -oy ,-zor ,-ak C) –chak ,-aloq , -boy ,-boz D) –loq ,-gina , -cha , -poshsha, jon 12 / 54 Qoshi sal qoraroq yigit edi. Ushbu gapdagi sifatning darajasini va daraja hosil qiluvchi vositani aniqlang. A) orttirma, leksik. B) ozaytirma, leksik. C) qiyyosiy, leksik. D) ozaytirma, leksik, morfologik 13 / 54 Erkalash, suyish qo’shimchalari sifatlarga qo’shilgan gapni toping. A) Oyqizginam, sen bilan maslahatlashadigan ishlarim ko’payib ketdi. B) Kechir, arslonim, hozir uyingga bormoqchi edim. C) Tentakkinangiz savlatlikkina yigit bo’lib qaytdi-da, sallotlikdan. D) Kelinglar, qizaloqlarim, gullolalarim, o’tiringlar. 14 / 54 Dona son hosil qiluvchi –ta qo’shimchasi o’rniga qaysi so’zlarni keltirish mumkin? A) bosh B) yuqoridagilarning barchasi C) nafar D) tup 15 / 54 U har tomondan tushayotgan savollarga peshma pesh javob berdi Ushbu gapda qo’llangan ravishning ma’no turlarini aniqlang A) o’rin va holat B) o’rin va daraja miqdor C) o’rin D) o’rin va payt 16 / 54 Kampir xiyla uzoqlshganda ,Nurmatjon qichqirdi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) sabab B) holat C) payt D) daraja miqdor 17 / 54 Tarz (holat) ravishi qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Qodirjon otasi yonida turib atrofga qaradi B) Oyqiz uning qo’qqisdan g’oyib bo’lgani to’g’risida o’ylab vahimaga tushdi C) Kechagi topshiriq o’z vaqtida bajarildi D) Sayohatchilar yuqoriga ko’tarilib qarag’ayzor va archazorga yetdilar 18 / 54 Ravishlar haqidagi barcha to’g’ri fikrlarni aniqlang 1) qo’qqisdan, to’satdan, birdaniga , birdan singari ravishlar harakatning kutilmagan paytda tez yuzaga kelishini bildiradi; 2) to’satdan ravishi ayrim shevalarda to’sindan holida talaffuz qilinadi; 3) yaqinda ,uzoqda ravishlari harakatning bajarilish paytini yoki o’rnini bildiradi; 4) ravishlar tub va yasama bo’ladi ; A) 1,2 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,4 19 / 54 Ertasiga ertalab Nayman ona yana yo’lga tushdi .Uyur bu yerdan xiyla uzoqlashib ketgan edi .Izlab ,aylanma yo’llardan ehtiyotkorona o’tib ,uzoq yo’l bosdi. Ushbu gaplardagi ravishlarning miqdorini aniqlang A) 8 B) 6 C) 5 D) 7 20 / 54 Qaysi qatorda qo’shma ravish ishtirok etgan? A) Suvonqul nabirasiga qimmatbaho uzuk hadya qildi. B) Qayvaqt uyga kirmang, kitob ustida o’tirgan bo’ladi C) Bog’imizda chiroyli gulkaramlar pishib yetildi. D) Men bir ming to’qqiz yuz yetmish sakkizinchi yilda tug’ilganman. 21 / 54 Kishi о 'z fazilatlari haqida qancha kam bilsa, bizga shuncha yoqadi. Ushbu gapdagi ravishlar miqdorini aniqlang. A) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 4 ta 22 / 54 Ravishlar tarkibida uchraydigan ko’plik, egalik va kelishik qo’shimchalari qanday qo’shimcha sanaladi? A) Bu qo’shimchalar ravishning o’zak qismiga kirib, shu qo’shimcha bilangina u so’z ravish hisoblanadi. B) so’z shakli yasovchi qo’shimchalari C) so’z o’zgartiruvchi qo’shimcha D) so’z yasovchi qo’shimcha 23 / 54 O’rin ravishi qo’llangan gapni toping A) Qudrat bilan G’ulomjon ham bir necha odim ilgari yurdi B) Bular yaqinda ko’chib kelishdi C) Yo’lchi boshini quyi solib jim o’tirdi D) B,C 24 / 54 0‘rin ravishili gaplarni toping. 1 Ular hech ikkilanmay olg'a yurishdi. 2 Yo’lchi boshini quyi solib, jim о ‘tirdi. 3 Kechasi bilan yog ‘ib chiqqan qor tongotar paytida tinib qoldi. 4. Bularyaqinda Toshkentga kelishdi. A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) faqat 1 D) 1,2 25 / 54 0‘rin ravishi qoilangan gap qaysi qatorda keltirilgan? A) Chet ellami ko‘rib kelgan odamsiz-u, fikrlashingiz juda jo‘n. B) Ariq chetida o‘tirib, momaqaymoqlami tomosha qilardi. C) Bizning litsey chet tillami o‘qitishga ixtisoslashgan boiib, yaqinda ta’mirdan chiqarildi. D) 0‘zingiz harakat qilmasangiz, sizga chetdan birov yordam bermaydi. 26 / 54 Yasama ravishlar qanday usul bilan hosil qilinadi? A) so’zga qo’shimchalar qo’shib B) A, B, C C) asos qismini juft qo’llash orqali D) asos qismini takror qo’llash orqali 27 / 54 Qaysi qatordagi gapda yasama ravish qo’llangan? A) Bayramga taraddud hozirdanoq qizib ketdi B) Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib yo’rtib ketishdi. C) Yig’ilishga faollardan vakillar kirib kelishdi. D) U o’z vazifasini vijdonan bajarar edi . 28 / 54 Quyidagi qo’shimchalarning qaysilari ravish tarkibida yaxlitlanib qolishi mumkin? 1)–ga; 2) –dan 3) –da; 4) (-si); 5) –lar A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 3,6 29 / 54 Payt ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi hushxabarni topshirmoqchi. B) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . C) Bular piyoda asta-sekin o’rdaga bordilar . D) Idoraga yaqin qolganda, Nuriddin otga qamchi urdi . 30 / 54 Qaysi qo‘shimcha orqali ravish turkumiga mansub so‘z yasalganda bu qo'shimcha juft so‘z qismlarining har biriga alohida qo‘shiladi? A) -(a)siga B) -in C) -cha D) -an 31 / 54 O’rin ravishi qaysi qatordagi gapda mavjud? A) Atrofga kulrang harir parda bo’lib yoyila boshlagan oqshom qorong’iligi quyuqlashib borardi B) Buloqdan nariroqda do’nglik bo’lib ,atrofga shox otib ketgan tok Shoxlari ko’zga tashlanar C) Osmon bulut. D) Nihoyat ,kichik bir qiyalikda so’qmoq ko’rindi 32 / 54 Ravish gapda asosan qanday gap bo’lagi vazifasida keladi? A) ega B) hol C) aniqlovchi D) kesim 33 / 54 Har yerni qilma orzu ,har yerda bordir tosh-u tarozi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) holat B) o’rin C) payt D) daraja miqdor 34 / 54 Holat ravishi qatnashgan gapni belgilang A) Nihoyat ,Ahmadjon askariy hizmatga chaqirildi B) Oldinda juda jiddiy murakkab hayot borligini qayoqdan bilaman C) U jo’shib gapirdi D) U bilan jiddiy suhbatlashdik 35 / 54 Ba’zi ravishlar tarkibida qaysi kelishik qo’shimchalari yaxlitlanib qolgan? A) Tushum, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi qo’shimchalari B) Jo’nalish, o’rin-payt kelishigi qo’shimchalari C) Qaratqich, tushum, jo’nalish, chiqish kelishigi qo’shimchalari D) Jo’nalish, chiqish, o’rin –payt kelishigi qo’shimchalari 36 / 54 Ravish ishtirok etmagan gapni toping. A) Baqirmay gapirishning iloji yo‘qmi?! B) Vaqt butunlay sezilmasdan o‘tdi. C) Barcha birday tinmay ishlardi. D) Rajab o'sha zamonoq javob berdi. 37 / 54 Holat ravishi qatnashgan gapni belgilang A) “Daryo ” kechuviga yetay deganimizda haydovchi mashinani to’xtatdi B) Tashqarida shamol qo’zg’alib ,deraza qanotlari qattiq ochilib yopildi C) Qayerdandir bolalarning shodon qichqirig’I eshitildi D) Momaqaldiroq tingan ,ahyon ahyonda chaqmoq arqoni simobrang bulutlar ichidan otilib chiqar 38 / 54 .Ravishlarning ma’no turlarini belgilang. 1.holat 2.payt 3.o’rin 4.daraja-miqdor 5.maqsad-sabab A) 1,2,3,5 B) 2,3,4,5 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3,4,5 39 / 54 Sharofat bibi ro’molini salgina tuzatib ,so’ri tomon asta yurib bordi Ushbu gapda qo’llangan ravishning ma’no turlarini aniqlang A) o’rin ,holat,daraja miqdor B) daraja miqdor C) holat,o’rin D) daraja miqdor ,holat 40 / 54 Ravishdan qaysi so’z turkumlari yasalganini tartib bilan belgilang .1.tezlik 2.ko’pay 3.kechagi 4.anchagacha A) sifat, ot, fe’l, ot B) fe’l, ot sifat, ravish C) ot, fe’l, sifat, ravish D) sifat, fe’l, sifat, ravish 41 / 54 Chang va tutundan mashina va odamlar zo’rg’a ko’rinar edi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) daraja miqdor B) holat C) payt D) sabab 42 / 54 Ravish tarkibida qaysi egalik qo’shimchalari yaxlitlanib kelishi mumkin? A) III shaxs birlik qo’shimchalari B) Barcha egalik qo’shimchalari C) II shaxs birlik qo’shimchalari D) I shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari 43 / 54 Qaysi qatorda yasama ravish ishtirok etgan gap berilgan ? A) Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib yo'rtib ketishibdi B) Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda. C) Bu yerda hamma unga do'stona munosabatda bo’lishar edi D) Ulardan biri akamning qayerdaligini so'ragan edi, men ertalab uloqqa ketganligini aytdim. (Abdulla Qodiriy) 44 / 54 Ravishlar qaysi so’z turkumlaridan yasalishi mumkin? 1.ot 2.sifat 3.olmosh 4.fe’l 5.ravish A) 1,3 B) 1,2,4 C) 1,2,3,5 D) 1,2,3,4,5 45 / 54 1 Ertalab 2 yillab 3 do 'stlarcha 4 so’ngra 5 qahramonona 6 xushta’m 7 taxminan 8 yana 9 majburan. 10 bafurja Berilganlardan yasama ravishlarni aniqlang A) 2.3, 5, 7, 9 B) 1,2,4,5,6,7,9 C) 1,4,5,9,10 D) 3,5,6,7,9 46 / 54 Holat ravishlarini aniqlang? A) tez, darhol B) xiyol,oz C) arang, qasddan D) dastlab, hanuz 47 / 54 Berilgan so’zlardan o’rin ravishlarini aniqlang A) quyi,chetda ,oldinga B) pastga ,Toshkentdan,oldinga C) majburan,tez ,uyda D) aniq,mardlarcha ,o’rtada 48 / 54 Payt ravishi qo’llangan gapni aniqlang A) Sizga aytadigan ajoyib gapim bor B) Xalqimiz ulug’ kunlarga yetib keldi C) Komil uyda bir o’zi qoldi D) Ilgari bu yerlar juda xarob edi 49 / 54 Holat ravishi qatnashgan gap berilgan qatorni toping A) Tashqariga chiqib G'ofurjon boydan ketishga izn so'radi B) O'rtancha botjr qo'rqmadijim turdi C) Yarim kechadan keyin olmon otaning uyqusi butunlay qochdi D) A,B 50 / 54 Payt ravishlari berilgan qatorni toping . A) yakkama-yakka, yonma-yon B) hamon, doimo, dastlab C) xiyol, sal, picha D) nari, uzoqdan, oldinda 51 / 54 1.Ajdodlar yodi hamisha qalbimizda. 2.Jo’raboyev ham jimgina o’tirib, hammaga quloq solardi. 3.U naridan beri, yuvindi-yu, ishga ketdi. 4.Normatjon dastlab tog’asini ko’rgani bordi. Yuqoridagi gaplarda ishtirok etgan ravishlarning ma’no turini tartibi bilan aniqlang. A) payt, holat, holat, payt B) miqdor-daraja, miqdor-daraja, holat, payt C) miqdor-daraja, holat, payt, payt D) payt, miqdor-daraja, holat, payt 52 / 54 Holat ravishi berilgan qatorni toping A) zo’rg’a, arang, bafurja B) tashqari, ichkari, olg’a C) kecha-kunduz, qishin-yozin D) ancha, kam, ko’p 53 / 54 Qizning ko’kimtir rang olgan lablari zo’rg’a qimirlardi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) daraja miqdor B) holat C) payt D) o’rin 54 / 54 O’rin ravishi qatnashgan gapni belgilang A) To’lagan chol noiloj o’rnidan turdi B) Xuddi … shu do’kondan ikki respublikaning chegarasi o’tardi C) Ko’pincha tog’ tomondan shamol esib turardi D) Shamol oldindan esardi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz