Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №11 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №11 InfoMaster Mart 31, 2022 106 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 6-sinf Ona tili №11 OTLARNING LUG’AVIY SHAKLLARI .SON SHAKLLARI OTLARNING KICHRAYTIRISH VA ERKALASH OTLARI MUSTAHKAMLASH SIFAT SIFATLARNING YASALISHI SIFAT YASOVCHI QO’SHIMCHALAR VA ULARNING IMLOSI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Urg'u yordamida so'z ma'nolarini farqlash mumkin bo'lgan qatorni belgilang A) yangi, yigitcha , qishloqcha B) fizik, chog'lar , mudir C) surma, kitob , hovli D) olma , anjir ,muhit 2 / 50 Suvoqchilarni so’zida nechta ko’makchi morfema bor ? A) 3 ta B) 1 ta C) 2 ta D) 4 ta 3 / 50 Asos+so’z yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi +sintaktik shakl yasovchi qolipli so’zni aniqlang. A) mevazorimizga B) do’kondorlarni C) beoqibatlilik D) daryolarimizga 4 / 50 Fe’lning otga xoslangan shakli ...... deyiladi? A) harakat nomi B) ravishdosh C) shart mayli D) sifatdosh 5 / 50 Qaysi qatordagi gapda otlashgan sifatdosh qo’llangan ? A) O’qigan olim ,o’qimagan o’ziga zolim . B) Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir . C) Bilim –qaytarish va takrorlash mevasidir . D) Ko’z bilan ko’rgan eshitgandan afzaldir . 6 / 50 Harakatning holatini anglatuvchi ravishdoshlar qaysi qo’shimchalar yordamida hosil qilinadi? 1)-(i) b 2- a(-y); 2) –gancha; 3) –gani; A) 3,4 B) 2,3 C) 1,2 D) 1,4 7 / 50 Ot, sifatlardan fe'l yasamaydigan qo'shimchalar berilgan javobni toping. A) -sa, sira B) - (a)y, -i, C) illa, -ira D) AvaB. 8 / 50 Kelasi zamon fe’llari yasaydigan qo’shimchalarni aniqlang A) -di, -ib B) -a, -y, -a (-r) C) -a, -yotib D) -yotir, -moqda 9 / 50 Buyruq istak maylidagi fe’l berilmagan qatorni belgilang A) Yaxshini yomon kunda sina B) Bugungi ishni ertaga qoldirma . C) Chin do’st uldurki ,do’stdin hech qachon ranjimaydi , ranjisa ham ,uzrini qabul qiladi D) Podsho saltanat ishlarida har kishinig so’zini eshitsin . 10 / 50 Shaxs oti yasovchi qo’shimchalar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? A) –gar, -chi, -k, -don B) –lik, -inch, -ch, -dosh C) –xon, -chi, -dosh D) –loq, -choq, -chi, -dosh 11 / 50 Erkalash otlari berilgan qatorni ko’rsating A) bolaginam ,onajonim B) Sardorbek,Manzuraxon C) Barnoxon ,kitobxon D) qizgina ,shugina 12 / 50 Erkalash qoshimchalari qaysi turkumga oid so’zlarga qo’shiladi ? A) sonlarga B) otlarga ,sifatlarga C) faqat sifatlarga D) faqat otlarga 13 / 50 -iq qo’shimchasi bilan yasalgan sifatlar qaysi qatorda berilgan? A) to’liq, yopiq B) qichqiriq, chiziq C) chiziq, yo’riq D) chiniq, yo’liq 14 / 50 Ko’plik ma'nosini ifoda etuvchi birlik sondagi ot berilgan gap qaysi qatorda ko’rsatilgan. A) Amakimlar dadamga juda o’xshaydilar. B) Og’riqdan ko’zlarim tinib ketdi. C) «Qutlug’ qon» romanida 1916 yilgi xalq qo’zg’oloni haqqoniy aks ettiriladi. D) Sayyoralar bizdan bir sinf yuqorida o’qishardi. 15 / 50 Kichraytirish qo'shimchasi qaysi o'z turkumiga qo'shilishi mumkin? 1 ot 2 sifat 3 ravshish 4 olmosh 5 fe'l A) 1,4 B) 1,2 C) 1 D) 1,2,3 16 / 50 Ko’plik qo’shimchasi chama tahmin ma’nolarni ifodalagan misolni aniqlang. A) Kechqurunlari bo’sh bo’laman, keling suhbatlashamiz. B) Vatandoshlarim bilan quvonaman. C) Onda-sonda ochilgan chanoqlar bu ko’k dengizda sadafdek yaltirardi. D) Quvnashdi havasdan ko’p bilan ko’ngillar. 17 / 50 Kichraytirish va erkalash otlari qaysi qatorda qo’llangan ? A) o’rdakcha , qizaloq , baliqcha B) dadamlar ,tog’amlar , ammamlar C) osmondagi ,qirdagi , qishloqdagi D) ko’chagacha , oyog’igacha , markazgacha 18 / 50 Otga bog’lanib uning belgisini bildiradigan so’z... A) ravishdosh B) sifat C) sifatdosh D) ravish 19 / 50 Bir to‘da odam Ko‘plik ma’nosi qanday usulda hosil qilingan? A) leksik usulda B) morfologik usulda C) leksik-morfologik usulda D) semantik usulda 20 / 50 Qaysi sifat yasovchi o'xshashlik ma'nosidagi sifat yasaydi ? A) -gi ,-ki B) li C) -(v ) iy D) -simon 21 / 50 Qaysi qatordagi ko’plik ma'nosi leksik morfologik usul bilan hosil bo’lgan. A) Majlisga ko’p ota-onalar kelishdi. B) Xalq dengizdir, xalq to’lqindir, xalq kuchdir. C) Dasta-dasta gul tutay. D) Ig’vo-yu , nizolar umr yo’lini qisqartiradi. 22 / 50 Kichraytirish va erkalash otlari berilgan qatorni aniqlang A) qo’zichoq , olchoq B) kulgancha , uycha C) kelinchak , kitobcha D) qizaloq , ovloq 23 / 50 Qaysi gapda fe’ldan yasalgan sifat qo’llangan? A) Qish kelib, zerikarli tunlar boshlandi. B) Sog’lom tanda sog’lom aql bo’ladi. C) Avval zaruriy ishlarni bajaringlar. D) Biz mehnatkash odamlarni mukofotlaymiz. 24 / 50 Faqat turdosh otlar asosida paydo bo’lgan atoqli otlar qatorini aniqlang A) Ulug’ ,Suluv ,Dilbar ,Go’zal B) Ergash ,Lobar , Gulchehra ,To’xtamurod C) Ortiq ,Quvonch , Xursand ,Vali D) Juma ,Bahri ,Rayhon ,Nilufar 25 / 50 Fe’ldan yasalgan sifatlar qatorini belgilang. A) siniq,sayroqi B) o’qigan ,termulgan C) terish ,sinish D) chiziq,ekin 26 / 50 Quyida berilgan gapdagi sifat turkumiga oid so’zlar sonini aniqlang. Auditoriyaga qomatli, xushbichim, o’ziga yarashgan kostum-shim, ustidan yupqa qavilgan beqasam to’n kiygan, oyog’ida zamonaviy tufli, bo’ynida chiroyli galstugi, ko’zida tilla gardishli ko’zoynagi bor, kalta mo’ylov qo’ygan, moshrang do‘ppili kishi viqor bilan kirib keldi. A) 10 ta B) 9 ta C) 8 ta D) 11 ta 27 / 50 Qaysi qo'shimcha xoslik belgisini.bildiruvchi sifat yasaydi ? A) -simon B) -gi ,-ki C) –(y )iy D) li 28 / 50 Faqat birlikda qo’llanadigan otlar qatorini toping. A) Toshkent, Farg’ona, Qo’qon, Qarshi. B) bola, o’quvchi, temir, mis. C) ko’z, quloq, burun, g’ildirak. D) sport, qo’zg’olon, muallim. 29 / 50 Kichraytirish va erkalash otlari qaysi javobda berilgan A) daryo , buloq , qalam B) Erkin ,Ahmad , Oyniso C) yulduzcha , qo’zichoq , kelinchak,bo’taloq D) archa ,chiroq , konfet , qo’ng’iroq 30 / 50 Ko’plik qo’shimchasi qaysi javobda nav (tur, hil) tushunchasini ifodalagan. A) Onizor bolalarga mehribon bolar ekan. B) Nonlarning yuzi issiq ekan. C) Odamlarning bolalarcha quvonishidan zavqim keldi. D) Ombordan choylarni tanlab olasiz, ogxayni. 31 / 50 Boshqa turkumga oid so’zlar asosida paydo bo’lgan atoqli otlar qatorini toping A) Asal ,Ra’no , Lola B) O’lmas ,O’tkir , Nodir C) Alisher , Akram ,Rustam ,Mosh D) Yupiter, Mars , Hulkar , Sotiboldi 32 / 50 Turdosh otdan vujudga kelgan atoqli otlar qatorini aniqlang A) rentgen , Bo’ston , Xosiyatxon ,amper B) To’xta , Turdi , Tursun , Berdi C) Olmos ,Yashin , Sulton ,Jo’ra D) Shirin , O’tkir , Majnun , Muborak 33 / 50 Jahonda nimaiki oq, unga ona suti timsol; nimaiki jo'shqin, unga ham ona mehri timsol; nimaiki chidamli, sabr-toqatli, unga ham ona irodasi timsol; kimki pok muhabbat, mehridaryolik da’vo qilsa, onaning pok qalbi timsol. Berilgan gapda sifat turkumiga oid so'zlar necha o'rinda qo'llangan? A) 6 B) 7 C) 5 D) 4 34 / 50 Sifat yasovchi -li qo'shimchasi quyidagi qaysi qo'shimchalar bilan ma'nodoshlik munosabatidabo'ladi ? 1 -dor 2 -mand 3 -zor 4 -ba 5-siz A) 1,3,5 B) 1.2.3.4 C) 1,2,4,5 D) 1,2,4 35 / 50 no-, -siz, be- qo’shimchalari qaysi belgiga egalik bildiruvchi qo’shimcha bilan ziddosh bo’la olmaydi? A) -dor B) -li C) ser- D) –mand 36 / 50 Qaysi qator faqat kichraytirish va erkalash otlaridan iborat ? A) kelinchak , bo’taloq , kitobcha B) ko’rpacha ,toychoq , qizilcha C) yulduzcha , archa , cho’pchak D) tugunchak, yalinchoq ,qo’g’irchoq 37 / 50 Qaysi javobda quyida berilgan gapi sifatga oid so'zlar soni to'g'ri ko'rsatilgan ? Samoning bulutlar siyrak, zangorsir sahnida ham to'lishmagan qandaydir beshakl oy xira, rangsiz yiltiraydi. A) beshta B) to'rtta C) oltita D) uchta 38 / 50 Faqat sifat yasovchi qo’shimchalar olgan so’zlarni toping A) ko’zik,bizbizak,suyanchiq B) butunlayin,qisqacha,o’tmas C) kuyunchak,yulg’ich,jannati D) kamchilik,arzonchilik,yo’qla 39 / 50 Ko’plik qo’shimchasini olmaydigan so’zlar qatnashgan qatorni belgilang. A) kun, baliq, ishchi, kiyim. B) safar, oqshom, u, olim. C) siz, kitob, qalam. D) quvonch, men, sen. 40 / 50 Kichraytirish ,erkalash otlari qaysi qo’shimchalar bilan yasaladi ? A) –loq ,-gina , -cha , -poshsha, jon B) –chak ,-aloq , -boy ,-boz C) –cha , -oy ,-zor ,-ak D) –xon ,-bibi ,-iston ,-kash 41 / 50 Un, yog’ ,suv kabi so’zlarga lar qo’shimchasi qo’shilganda qanday ma'no ifodalanadi? A) jamlik va to’da B) kuchaytirish va takid. C) hil, nav, mo’llik. D) grammatik ko’plik. 42 / 50 -lar qo’shimchasi qaysi gapda kesatiq, kinoya ma'nosini ifodalagan. A) U qanday azoblarni boshidan kechirmadi. B) O’zlariyam qadam ranjida qilibdilar-da. C) Og’a , sog’ borsangiz, avval dadamlarga solom ayting. D) Bu yerda bir paytlar xaroba uylar bor edi. 43 / 50 Erkalash qo'shimchasi qaysi so'z turkumiga qo'shilihi mumkin ?1 ot 2 sifat 3 ravshish 4 olmosh 5 fe'l A) 1,2,3 B) 1,2 C) 1,4 D) 1 44 / 50 Quyidagi gapda -lar qo’shimchasi qanday ma'noni anglatgan. O’rikning ertapishar navi may oylarining oxirlarida pishadi. A) sof ko’plik ma'nosini. B) taxmin, chama ma'nosini. C) kuchaytirish, takid ma'nosini. D) tur ma'nosini. 45 / 50 Qaysi qatorda sifat yasovchi sinonim qo’shimchalar berilgan? A) be-, bo-, ba- B) -ag’on,-qir, -simon C) -chan,-gir,-dor D) -li, ser-, ba 46 / 50 Atoqli ot asosida paydo bo’lgan turdosh otlar qatorini belgilang A) rentgen ,xosiyatxon ,michurinchilar B) yetmish , bultur , turdi , ra’no C) anor , lola , shirin , to’qson D) asal ,rayhon , arslon ,muhabbat 47 / 50 Ko’plik qo’ shimchasi -lar qaysi qatorda hurmat ma'nosini bildirmoqda. A) Katta opamlar zardo’zlik fabrikasida zardo’z bo’lib ishlaydilar. B) A, B, C C) Aya, aya dadamlar keldi. D) Togamlar bugun ertalab keldilar. 48 / 50 Ko’plik ma'nosi morfologik yo’l bilan ifodalangan qatorni belgilang. A) o’nta kitob B) uylar C) to’da D) dasta-dasta gul 49 / 50 Qaysi sifat yasovchi qo'shimcha payt bildiruvchi otlarga qo'shilib paytga xos belgini bikliradi ? A) li B) –(v )-iy C) -simon D) -gi ,-ki 50 / 50 Qaysi qatordagi so’z jamlovchi otlarga mansub emas? A) guruh B) daraxt. C) armiya. D) xalq 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz