Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 11-sinf Adabiyot » 11-sinf Adabiyot 10-mavzu 11-sinf Adabiyot 11-sinf Adabiyot 10-mavzu InfoMaster Mart 26, 2022 87 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Adabiyot 10-mavzu yuzasida testlar 10 – MAVZU: CHO'LPON “ KECHA VA KUNDUZ” 1 / 29 «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Rayhon arabni izlab yo'lga chiqqan Go'ro'g'li qaysi buloqqa yetib boradi? A) Ko'kbuloq B) Oyna C) Qorabuloq D) Oydin buloq 2 / 29 Mahmud Qoshg'ariy "Devonu lug'otit-turk" asarida nazariy jihatdan qaysi tur va janrlarga to'xtamagan? A) qo'shiq, she'r, qasida B) hikmat, masnaviy, marsiya C) g'azal, noma, she'rlar D) masnaviy, marsiya, maqol 3 / 29 Yusuf Xos Hojibning "Qutadg’u bilig" asari qaysi bahrda yozilgan? A) mutaqorib B) mujtass C) hazaj D) ramal 4 / 29 «Sulaymon qarinchqa bilan so'zlashgani» hikoyatida qahramonlar- ning o'zaro munosabati qanday oydin- lashgan? A) dialoglarda B) muallif izohi orqali C) monologlarda D) tabiat tasviri orqali 5 / 29 Navoiyning “ Xamsa ” si necha baytdan iborat? A) 51 ming B) 20 ming C) 27 ming D) 60 ming 6 / 29 Boburning hukmdor sifatidagi oqilona siyosatini ochib beradigan quyidagi fikrlar muallifi kim?«Bobur nainki mamlakatda siyosiy ahvolni o'zgartirdi, balki saltanatni g'arbiy viloyatlar bilan birlashtirdi. Kushon rojaliklaridan keyin Afg'oniston va Hindistonning o'zaro aloqalari uzilgan va sobiq «Тигк sultonlari» hukmronligida chegaralar qarovsiz holga tushgan edi. Bobur esa Afg'oniston va Hindiston o'rtasida o'z saltanatini barpo qilib, so'ng o'rtadagi shimoliy va janubiy chegaralarini mustahkamladi. Qachonlardir jang-u jadal maydoni bu sarzamin savdo-tijorat hamda madaniy-ma'rifiy markazga aylandi». A) Sayid Sabohiddin Abdurahmon B) N.G'. Nizomiddinov C) Pirimqul Qodirov D) Denison Ross 7 / 29 Mashrab she’rlarning katta qismida qaysi san’atning yorqin namunalari namoyon bo’Iadi? A) Raddul-matla B) Tajohuli orifona C) Sahli mumtane D) Saj va saraxbori navo 8 / 29 «Risolayi falsafayi siyohon» («Qarolar falsafasi risolasi»)ning «uchinchi fasl»ida kimlar yoki nima haqida bayon qilinadi? A) farqi qarolar B) barcha qarolar C) qora zulmat D) baxti qarolar 9 / 29 Abulfayzxonga sotqinlik qilib,Nodirshohga o'z niyatini amalga oshirishda yordamlashgan xiyonatchilar... A) Ulfat va Davlat B) Farfod otaliq va Ibrohimbiy C) Hakimbiy va uning o'g'li Rahimbiy D) Mirvafova Qozi Kalon 10 / 29 "Zebi sekingina bo'ynini cho'zib gapga quloq soldi. U faqat Qumrining so'zini-"bittasi o'zimizning aravakash" degan so'nggi so'zini eshitib qoldi. Asardagi bu aravakash kim edi ? A) Xolmatjon B) O'lmasjon C) Mamatqul D) Zununboy 11 / 29 «Kecha va kunduz» romanida Akbarali mingboshining«bir o‘q bilan ikki quyonni o'ldirmoqchi» bo‘lgan xotinining ismini aniqlang. A) Xadichaxon B) Poshshaxon C) Sultonxon D) Enaxon 12 / 29 «Kecha va kunduz» romanida Razzoq so‘fini ona qomidan sihat-salomat tushirtirgan va birinchi dafa yo'rgaklagan, hazilkashligi va sho'xligi bilan xotin-xalaj o‘rtasida dong chiqargan ayol kim edi? A) Qurvonbibi B) Sarvibibi ena C) Halima ena D) Hamro ena 13 / 29 «Kecha va kunduz» romanida: «Oydinko‘ldagi Xalfa eshonimizning kichik qizlari bir-ikkita o‘rtog‘ini: «Bahorlashib ketinglar», deb chaqirtirgan ekanlar», - deb kim aytadi? A) Zebi B) Saltanat C) Sarvibibi D) Qurvonbibi 14 / 29 «Kecha va kunduz» romanida Enaxonnikiga ketayotgan qizlarga kimni qo‘shib yuborishadi? A) Qurvonbibini B) Soraxon enani C) hamro enani D) Savribibini 15 / 29 Roman qahramonlari to'liq ko'rstilgan javobni toping? A) Zaynab;Saida,Akbarali,Miryoqub B) Zebi,Sultonxon.Ergash,Safarqul C) Zebi, Miryoqub,Noibto'ra, Akbarali,Razzoq so'fi D) Poshshaxon,Zebi,Ra'no,Nigor oyim 16 / 29 Enaxonning onasi nima uchun o‘limligiga atalgan matolardan bir nechtasini sotishga qaror qiladi? A) Akbarali ming boshiga pora berish uchun B) Qizining sepini toidirish uchun C) Qizining o‘rtog‘i Saltanatni mehmon qilish uchun D) Kelinini davolatish uchun 17 / 29 «Kecha va kunduz» romani qahramonlaridan qaysi biriga «makkor va sharmsiz» xotin deya ta’rif berish mumkin? A) Enaxonga B) Mariyaga C) Saltanatga D) noyib to‘raning xotiniga 18 / 29 «Kecha va kunduz» romanida shaharliklardan eng yaxshi raqsga tushgan qaysi mehmon birdaniga tutning tagiga borib qolib, u yerda ikki erkakning o‘ziga qarab kulib turganini ko‘rgach, «voy, o‘la qolay!» deb, uyalib orqasiga qaytadi? A) Fazilat B) Enaxon C) Qumrixon D) Salti 19 / 29 «Kecha va kunduz» romanining boshlanmasida tasvirlangan shamsiy yil hisobiga ko‘ra bahorning birinchi oyini toping. A) asad B) hamal C) dalv D) shavvol 20 / 29 «Kecha va kunduz»da «yangi, begona va shirin hislarni» anglayolmay «hayron bo'lgan», «ko'kdagi oyga qarab, yerdagi «toy»ni o‘ylagan va yuzlari anorday» qizargan obraz qaysi? A) Salti B) Enaxon C) Zebi D) Sultonxon 21 / 29 ”Kecha va kunduz “asarining bosh qahramoni kim ? A) Zaynab B) Nuri C) Zebi D) Gulnor 22 / 29 Romandagi "kulishi kasal odamning kulishiday og'ir, toshday qattiq va buyumday harakatsiz. yuzli, kamgap. indamas, ziqna odam" kim ? A) Qurvonbibi B) Akbaraii C) Razzoq so'fi D) Miryoqub 23 / 29 «Kecha va kunduz» romanining boshlanmasidan olingan quyidagi parchada tasvirlangan Zebining mamnuniyati kim uchun ekanligini topib, nuqtalar o'miga qo‘ying.«Ko'ngil, orzu, sevgi, sevinch... bular hammasi ... да tomon uchadi, unga tomon otiladi, uni o'rab, uni aylantirib, uni quchadi!» A) Enaxon B) Fazilat C) Qumrixon D) Salti 24 / 29 «Kecha va kunduz» romanida Saltining dugonasi Enaxon qayerdan edi? A) Bildirsoydan B) Shodasoydan C) Yoyilma soydan D) Kichiksoydan 25 / 29 «Kecha va kunduz» romanining boshlanish qismida necha yoshga qadam qo'ygan yoshgina Zebining bahor fasliga mos ochila boshlagan ko'ngil mayl-istaklari tasvirlanadi? A) o’n uch yoshga B) o’n yetti yoshga C) o‘n besh yoshga D) o’n to’qqiz yoshga 26 / 29 “ Kecha va kunduz" romanida "ko'rgazmaga qo'yilaturg'on antiqa mahluq" "xotini va qizi oldida ishining oqini ko'rsatmaydigan" qahramon nomi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan ? A) Eshon B) Akbarali mingboshi C) Razzoq so'fi D) Miryoqub 27 / 29 «Kecha va kunduzu» romanida Miryoqubni kim amerikalikka o‘xshatgan? A) Hokim To‘ra B) Noyib To'ra C) Sokolov D) Akbarali mingboshi 28 / 29 ”lshlamay tishlovchi. ta'magirlik va tekinxo'rlik orqasida kun ko'ruvchi inson. U boshliq bo'lgan uy - qizi va xotini uchun zindon, uning o'zi esa shu zindonning ko'zi ko'r, qulog'I kar qorovuli" Ushbu ta'rif egasi bo'lgan qahramon qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan ? A) Solih mahdum B) Oshpaz Zunnun C) Yormat D) Razzoq so'fi 29 / 29 "Qafasning darichasi ochildi ... " Romandan olingan bir so'zlarda muallif naimaga ishora qilgan? A) Zebixon uchun Enaxonnlarnikiga borishga ruxsat berilganligiga. B) Milliy ozodlik uchun kurashning boshlanganiga. C) Razzoq so'fi ayvondagi bedana qafasiga D) Rus mustamlakachiligining barham topishiga. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz