Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 11-sinf Adabiyot » 11-sinf Adabiyot 17-mavzu 11-sinf Adabiyot 11-sinf Adabiyot 17-mavzu InfoMaster Mart 26, 2022 486 Ko'rishlar 185 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Adabiyot 17-mavzu yuzasida testlar 17 – MAVZU: RASHOD NURI GUNTEKIN “CHOLIQUSHI” 1 / 36 Xudo degan murodiga yetadi, Tuya mingan odam tog"dan o'tadi Ushbu so’zlarni dostonda kim aytadi? A) Go’ro’g’libek B) Ravshanbek C) Gajdumbek D) Rustambek 2 / 36 "Devoni lug’otit turk" she'riy parchalar qofiyasida qaysi so’z turkumidagi so’zlar ko’proq uchraydi? A) ot B) olmosh C) sifat D) fe'l 3 / 36 «Qutadg'u bilig» asarida qaysi kasb kishilari haqida «ulardan qimirlagan jonga naf bor, ular qo'li ochiq bo'ladi, ko'nglini xudo bergandan ziyod keng tutadi» deya ta'rif berilgan? A) chorvadorlar B) dehqonlar C) savdogarlar D) olimlar 4 / 36 Hazrat Sulaymon uzukni qayerdan olgan edi? A) Rafiqasi sovg‘a qilgan. B) O'ynab o‘tirsin deb, buvisi bergan. C) Haq taolo bergan. D) Otasidan meros qolgati. 5 / 36 Hisoriy so`zining ma’nosi nima? A) xushxabar B) tugal, to`la C) o`rab olingan D) qochqin 6 / 36 Boburning qaysi g'azalida matla'dagi har ikki misra to'ldiruvchi, aniqlovchi, to'ldiruvchi, kesim tarzidagi o'xshash sintaktik tuzilishga ega? A) «Ko'pdin berikim, yor-u diyorim yo'qdur» B) «Xating aro uzoring - sabza ichinda lola...» C) «Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim...» D) «Xazon yaprog'i yanglig'» 7 / 36 Mashrabning «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!» g'azalidagi qaysi obraz oshiq (solik) qalbida sodir bo'layotgan ilohiy ma'rifat darajasining ortib borishi bilan aloqador? A) pir B) do'st C) jonon D) ag'yor 8 / 36 «Risolayi falsafayi siyohon» («Qarolar falsafasi risolasi»)da kimlar o'zi qora yog' va kuyundiga giriftor bo'lgani holda nuri bilan kulbani ravshan qiluvchi «qaro charog'»ga qiyoslanadi? A) farqi qarolar B) qaro yuz, oq ko'ngillilar C) qora dehqonlar D) baxti qarolar 9 / 36 "Abufayzxon"dramasidagi Abulfayzxon obrazida mujassamlashgan tavsif qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? A) Insonparvar,iste'dodli ma'rifatchi,shoir tabiat inson B) Shafqatsiz,zolim,yovuz va qo'rqoq,maishiy buzuq C) Yovuz va xudbinlikka qarshi kurashuvchi odil hukmdor D) Yumshoq tabiatli,el-yurt uchun qayg'uradigan,irodali shaxs 10 / 36 “ Kecha va kunduz" romanida "ko'rgazmaga qo'yilaturg'on antiqa mahluq" "xotini va qizi oldida ishining oqini ko'rsatmaydigan" qahramon nomi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan ? A) Akbarali mingboshi B) Miryoqub C) Eshon D) Razzoq so'fi 11 / 36 “Ruhlar isyoni” dostonida qaysi ota-o’g’il o’rtasida taxt uchun kurash berilgan? A) Shohi Jahon va Avrangzeb B) Bobur va Humoyun C) Yusufbek hoji va Otabek D) Ulug’bek va Abdulatif 12 / 36 Rauf Parfining qaysi she'rida shoirning umidlari, yorqin tuyg'ulari o'z ifodasini topgan? A) «Tong otmoqda» B) «Yurak» C) «Yana qaytib keldim...» D) «Yoz yomg'iri» 13 / 36 «Asr bilan vidolashuv» she'rida nima «jahannam elchisi» deb ataladi? A) miltiq B) porox C) atom D) o'q 14 / 36 «Sohibqiron o'ylari»da Dodxoh ko'pdan beri Rum yurti parchalab yuborilmay, yaxlit holida saqlanib, qaysi amirzodaga topshirilishi lozimligi haqidagi fikrni ko'ngliga tugib yurgan edi? A) Shohrux Mirzoga B) Muhammad Sultonga C) TJY D) Xalil Sultonga 15 / 36 «Tanho qayiq» dramasida deputat bo'lmoqchi bo'lib yurgan obraz qaysi? A) O'tagan maxsum B) Gulxadicha C) Qalimbet D) Rohat Sobirovna 16 / 36 «Garov» hikoyasida to'rt yil ichida tutqunning talabiga muvofiq necha jilddan iborat har xil kitoblar sotib olinadi? A) ikki yuz jilddan B) uch yuz jilddan C) sakkiz yuz jilddan D) olti yuz jilddan 17 / 36 «Choliqushi» romanida Faridaning tinib-tinchimas ekanligini ko'rib kim: «Bu odam bolasi emas, choliqushi», - deb aytadi? A) mudira B) qorovul C) xizmatkor D) muallima 18 / 36 «Choliqushi» romanida hamma bolalar bilan bemalol janjal-g'avg'olar ko'taradigan Farida qarindosh bolalar orasida faqat kimdangina tortinar,o'shandangina hayiqar edi? A) Komrondan B) Segendan C) Husayndan D) Nizomiddindan 19 / 36 «Choliqushi» romanida Faridaning fransuz tili o'qituvchisi kim edi? A) Aleksi B) Oysha C) Basima D) Janna 20 / 36 «Choliqushi» so'zining ma'nosini toping. A) cho'l qushi B) butazor qushi, chittak C) cholning qushi D) baliqchi qush 21 / 36 Turkiyada Rashod Nuri Guntekinning (1958-1961-yillarda) necha jilddan iborat asarlari bosilgan? A) 22 jilddan B) 20 jilddan C) 30 jilddan D) 24 jilddan 22 / 36 «Choliqushi» romanida Farida: «Qarindoshlarimning bolalari ichida hammasidan ko'proq o'shani yaxshi ко'rаman », - deb kimni aytadi? A) Komronni B) Najmiyani C) Mujgonni D) Mari Pirlantajiyanni 23 / 36 «Choliqushi» romani kim tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan? A) Jamol Kamol B) Mirzakalon Ismoiliy C) Jamol Kamol D) Mirzakalon Ismoiliy 24 / 36 “Choliqushi” romanida Farida fransuz o’qituvchisining topshirig’ini qanday bajaradi? A) Otasi Nizomiddin haqida yozdi B) o’zi yaxshi ko’rgan ko’l haqida yozdi C) Komronni qanday aldagani haqida yozdi D) Fransuz muallimasi haqida yozdi 25 / 36 «Choliqushi» romanida maktab ochilgan haftaning yakshanbasida murabbiylar o'quvchilarni qayerga olib chiqishar edi? A) Bag'dodga B) Diyorbakrga C) Musulga D) Qyag'itxonaga 26 / 36 Asarda kim kimni “sariq chayon” deydi? A) Xolasi Narimonni B) Farida Narimonni C) Komron Faridani D) Farida Komronni 27 / 36 «Choliqushi» romanida Farida tilidan berilgan quyidagi parchada qaysi qahramon tasvirlangan?«...sochlari jingalak, sarg'ich yuzi esa nozik, oppoq, yarqiroq. Shunchalar yarqiroqki, yuragim chopsa-yu, quloqlariga yopishib olib, yaqindan betlariga qarasam, xuddi oynadagi kabi o'zimni ko'rishimga ishonaman». A) Narimon B) Komron C) Mujgon D) Mishel 28 / 36 «Choliqushi» romanida Farida kimni: «Chorbog'imizda unga teng keladigan hech kim yo'q edi», - deydi? A) Mishelni B) Komronni C) Narimonni D) Najmiyani 29 / 36 «Choliqushi» romanida Farida kimni: «Hech jinim suymaydigan xotin.Ammo qutichalami uzatayotganida bo'yniga osilib betlarini o'pishdan o'zimni zo'rg'a ushlab qoldim», - deydi? A) Matild opani B) Mujgon opani C) Aleksi opani D) Oysha xolani 30 / 36 «Choliqushi» romanida kim Istanbuldan Faridaga bitta rasmli yapon soyapari, shoyi ro'molchalar, ipak paypoqlar, yuraksurat pardoz oynasi, chiroyli qo'l sumkasi olib kelib bergan edi? A) Mujgon B) Nizomiddin C) Basima D) Komron 31 / 36 «Choliqushi» romanida Komronning onasi kim? A) Oysha B) Basima C) Fotima D) Narimon 32 / 36 «Choliqushi» romanida Farida kimni: «... mening tamom aksim. Men qanchalik sho'x, qanchalik olov bo'lsam, u shunchalik og'ir, vazmin. Buning ustiga, sal zug'mi ham bor. Xohlaganini qildiradigan bitta shuning o'zi desam bo'ladi», - deydi? A) Najmiyani B) Mujgonni C) Mishelni D) Marini 33 / 36 “Choliqushi” romanida fransuz o’qituvchisi qanday* topshiriq bergan edi? A) sevgan kishingiz haqida iliq gaplar yozish B) hayotdagi ilk xotiralami yozish C) eng qiziq voqealardan yozish D) ota-onalarga samimiy xat yozish 34 / 36 Rashod Nuri Guntekinning dastlabki romani qaysi? A) «Uch ора-singil» B) «Chayka» C) «Sirli qo'l» D) «Olchazor» 35 / 36 «Choliqushi» romanida: «Daraxtlar mening koinotim», - deb kim aytadi? A) Komron B) Narimon C) Farida D) Mishel 36 / 36 «Choliqushi» romanida Farida o'zining ham boshqa qizlarga o'xshagan qalb egasi ekanini anglatish uchun kimlar o'rtasidagi uchrashuv sahnasiga o'z laqabini qo'yib gapirib beradi? A) Komron va Narimon B) Komron va Mujgon C) Husayn va Narimon D) Husayn va Mishel 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz