Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 11-sinf Adabiyot » 11-sinf Adabiyot 10-mavzu 11-sinf Adabiyot 11-sinf Adabiyot 10-mavzu InfoMaster Mart 26, 2022 83 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Adabiyot 10-mavzu yuzasida testlar 10 – MAVZU: CHO'LPON “ KECHA VA KUNDUZ” 1 / 29 “Shirin so‘zli, qizil yuzli, jodu ko'zli, saraton yulduzli, la’l munchoqli, oydan suluv, oftobdan ortiq, oy desa og‘zi bor, кип desa ko‘zi bor. Har bir narsa deguday, har bir barno ко ‘rguday... ” U shbu tasvirlangan go’zal kim? A) Gulshan B) Xoljuvonoyim C) Bibi Hilol D) Xumoroy 2 / 29 "Devoni ug’otit turk"da qaysi band shakli ko’p uchraydi? A) musamman B) murabba C) musaddas D) musabba 3 / 29 Yusuf xos Hojibning "Qutadg’u bilig" dostoni qaysi vaznda yozilgan? A) aruz B) barmoq C) erkin D) sarbast 4 / 29 Hazrat Sulaymon chumolining qaysi gapidan so‘ng “Maning bilganim bu mo‘rchaning oldida hech nimarsa ekan”, - deb tavba qiladilar? A) “Man bu zaif holim birla har kecha uxlamay, hamma lashkarimning atrofmi aylanib, agar ag‘riqi boisa, borib ko‘rub sihatligiga munojot qilurman...”. B) “Mening askarim senikidan ko‘p”. C) “Qo‘shinim otlarning tuyog'i ostiga kirmasin deb, yer ostiga kiritib yubordim”. D) “Marifat otini minsang bo‘lardi, bir zumda dunyoning narigi chetiga yetarding”. 5 / 29 XXXIX bob deganda qanday tartib raqami ifodalanadi? A) 42 B) 39 C) 31 D) 30 6 / 29 Bobur g'azallaridagi qofiyalarning qaysi so'z turkumidan tashkil topganligi uni og'zaki nutqqa yaqinlashtiradi? A) ot so'z turkumidan B) sifat so'z turkumidan C) fe'l so'z turkumidan D) olmosh so'z turkumidan 7 / 29 Mashrab qalamiga mansub «0'rtar» g'azalining yuqori darajadagi ohangdorlikka ega bo'lgan matla'sini toping. A) Kishiga ishq o'tidin zarraye yetsa, bo'lur giryon, Bo'lub besabr-u betoqat, yurak-bag'ri chunon o'rtar. B) Meni bexonumon tinmay kuyub-yondim firoqingda, Oting tutsam, nigoro debki, zavqidin zabon o'rtar. C) Qayu til birla. ey jono, seni vasfing bayon aylay, Tilim lol-u ko'zum giryon, so'ngaklarni nihon o'rtar. D) Agar oshiqlig'im aytsam, kuyub jon-u jahon o'rtar, Bu ishq sirrin bayon qilsam. taqi ul xonumon o'rtar. 8 / 29 «Qarolar falsafasi risolasi»da keltirilishicha, din peshvolari o'z aqidalari bilan dunyoda faqat mehnat va mashaqqat bilan kun o'tkazib, toat va ibodatni maromiga yetkazmagan va yana pir xizmatini munosib qilib, pir yo'llanmasini olmaganlarni nima deb atashadi? A) ilmsiz B) nodon C) iymonsiz D) baxti qaro 9 / 29 «Abulfayzxon» dramasida zamon ahvolidan oshkora norozi, yurt tinchligi uchun kuyingan kishilar qaysi obraz orqali tasvirlanadi? A) Hakimbiy B) Ibrohimbiy C) Abulfayzxon D) Rahimbiy 10 / 29 «Kecha va kunduz» romanida Razzoq so‘fini ona qomidan sihat-salomat tushirtirgan va birinchi dafa yo'rgaklagan, hazilkashligi va sho'xligi bilan xotin-xalaj o‘rtasida dong chiqargan ayol kim edi? A) Hamro ena B) Qurvonbibi C) Sarvibibi ena D) Halima ena 11 / 29 «Kecha va kunduz» romanining boshlanmasidan olingan quyidagi parchada tasvirlangan Zebining mamnuniyati kim uchun ekanligini topib, nuqtalar o'miga qo‘ying.«Ko'ngil, orzu, sevgi, sevinch... bular hammasi ... да tomon uchadi, unga tomon otiladi, uni o'rab, uni aylantirib, uni quchadi!» A) Qumrixon B) Enaxon C) Fazilat D) Salti 12 / 29 Roman qahramonlari to'liq ko'rstilgan javobni toping? A) Zebi, Miryoqub,Noibto'ra, Akbarali,Razzoq so'fi B) Poshshaxon,Zebi,Ra'no,Nigor oyim C) Zaynab;Saida,Akbarali,Miryoqub D) Zebi,Sultonxon.Ergash,Safarqul 13 / 29 “ Kecha va kunduz" romanida "ko'rgazmaga qo'yilaturg'on antiqa mahluq" "xotini va qizi oldida ishining oqini ko'rsatmaydigan" qahramon nomi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan ? A) Akbarali mingboshi B) Razzoq so'fi C) Miryoqub D) Eshon 14 / 29 "Zebi sekingina bo'ynini cho'zib gapga quloq soldi. U faqat Qumrining so'zini-"bittasi o'zimizning aravakash" degan so'nggi so'zini eshitib qoldi. Asardagi bu aravakash kim edi ? A) Mamatqul B) Zununboy C) O'lmasjon D) Xolmatjon 15 / 29 «Kecha va kunduz» romanida Akbarali mingboshining«bir o‘q bilan ikki quyonni o'ldirmoqchi» bo‘lgan xotinining ismini aniqlang. A) Enaxon B) Xadichaxon C) Sultonxon D) Poshshaxon 16 / 29 «Kecha va kunduz»da «yangi, begona va shirin hislarni» anglayolmay «hayron bo'lgan», «ko'kdagi oyga qarab, yerdagi «toy»ni o‘ylagan va yuzlari anorday» qizargan obraz qaysi? A) Sultonxon B) Zebi C) Enaxon D) Salti 17 / 29 «Kecha va kunduz» romanining boshlanish qismida necha yoshga qadam qo'ygan yoshgina Zebining bahor fasliga mos ochila boshlagan ko'ngil mayl-istaklari tasvirlanadi? A) o’n uch yoshga B) o’n yetti yoshga C) o‘n besh yoshga D) o’n to’qqiz yoshga 18 / 29 Enaxonning onasi nima uchun o‘limligiga atalgan matolardan bir nechtasini sotishga qaror qiladi? A) Qizining o‘rtog‘i Saltanatni mehmon qilish uchun B) Akbarali ming boshiga pora berish uchun C) Qizining sepini toidirish uchun D) Kelinini davolatish uchun 19 / 29 «Kecha va kunduzu» romanida Miryoqubni kim amerikalikka o‘xshatgan? A) Hokim To‘ra B) Sokolov C) Akbarali mingboshi D) Noyib To'ra 20 / 29 ”lshlamay tishlovchi. ta'magirlik va tekinxo'rlik orqasida kun ko'ruvchi inson. U boshliq bo'lgan uy - qizi va xotini uchun zindon, uning o'zi esa shu zindonning ko'zi ko'r, qulog'I kar qorovuli" Ushbu ta'rif egasi bo'lgan qahramon qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan ? A) Razzoq so'fi B) Yormat C) Solih mahdum D) Oshpaz Zunnun 21 / 29 ”Kecha va kunduz “asarining bosh qahramoni kim ? A) Zebi B) Zaynab C) Gulnor D) Nuri 22 / 29 «Kecha va kunduz» romanida: «Oydinko‘ldagi Xalfa eshonimizning kichik qizlari bir-ikkita o‘rtog‘ini: «Bahorlashib ketinglar», deb chaqirtirgan ekanlar», - deb kim aytadi? A) Saltanat B) Qurvonbibi C) Sarvibibi D) Zebi 23 / 29 «Kecha va kunduz» romani qahramonlaridan qaysi biriga «makkor va sharmsiz» xotin deya ta’rif berish mumkin? A) Mariyaga B) Enaxonga C) noyib to‘raning xotiniga D) Saltanatga 24 / 29 «Kecha va kunduz» romanining boshlanmasida tasvirlangan shamsiy yil hisobiga ko‘ra bahorning birinchi oyini toping. A) asad B) hamal C) shavvol D) dalv 25 / 29 «Kecha va kunduz» romanida Enaxonnikiga ketayotgan qizlarga kimni qo‘shib yuborishadi? A) Soraxon enani B) hamro enani C) Savribibini D) Qurvonbibini 26 / 29 "Qafasning darichasi ochildi ... " Romandan olingan bir so'zlarda muallif naimaga ishora qilgan? A) Zebixon uchun Enaxonnlarnikiga borishga ruxsat berilganligiga. B) Rus mustamlakachiligining barham topishiga. C) Milliy ozodlik uchun kurashning boshlanganiga. D) Razzoq so'fi ayvondagi bedana qafasiga 27 / 29 «Kecha va kunduz» romanida shaharliklardan eng yaxshi raqsga tushgan qaysi mehmon birdaniga tutning tagiga borib qolib, u yerda ikki erkakning o‘ziga qarab kulib turganini ko‘rgach, «voy, o‘la qolay!» deb, uyalib orqasiga qaytadi? A) Qumrixon B) Salti C) Fazilat D) Enaxon 28 / 29 Romandagi "kulishi kasal odamning kulishiday og'ir, toshday qattiq va buyumday harakatsiz. yuzli, kamgap. indamas, ziqna odam" kim ? A) Razzoq so'fi B) Miryoqub C) Akbaraii D) Qurvonbibi 29 / 29 «Kecha va kunduz» romanida Saltining dugonasi Enaxon qayerdan edi? A) Bildirsoydan B) Shodasoydan C) Yoyilma soydan D) Kichiksoydan 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz