Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 10-sinf Adabiyot » 10-sinf Adabiyot 5-mavzu 10-sinf Adabiyot 10-sinf Adabiyot 5-mavzu InfoMaster Mart 25, 2022 127 Ko'rishlar 26 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Adabiyot 5-mavzu yuzasida testlar 5 – MAVZU: A.NAVOIY 1 / 24 «Rustamxon» dostonida: «Botmon nosvoyni to'rt bo'lib otar edi, yurish-turishi odamlarga xatar edi, ne er yigitlami uch pulga olmay, qayerda yomonlik bo'lsa, izlab yetar edi», - deya ta'riflangan qahramon? A) ajdar B) Cho’ntoq jallod C) Surxayl D) Momogul maston 2 / 24 To’nyuquq bitiktoshidagi voqealar kimning tilidan hikoya qilingan? A) Kultegin B) Eltarish C) Bilga hoqon D) To’nyuquq 3 / 24 Ahmad Yassaviy har doim nimaga insonning kamolotiga xalaqit beradigan yovuz va yaramas kuch sifatida baho beradi va unga «shum» sifatini beradi? A) nafsga B) axloqsizlikka C) nodonlikka D) ilmsizlikka 4 / 24 Solib borma meni, ey Yusufl husn, Bukun Ya’qubtek bayt ul-hazanda Atoiyning „Jamoling vasfmi... “ deb boshlanuvchi g‘azaldan keltirilgan yuqoridagi parchada ostiga chizilgan birlikning ma’nosi qaysi jovobda to‘g’ri berilgan? A) Baland qad B) Quyosh uyi C) Gam uyi D) Shodlik uyi 5 / 24 Alisher Navoiy «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va hakimlar tarixi») kitobida ma'lumot bergan Jolinus kim? A) Pifagor B) Ptolemey C) Gippokrat D) Galen 6 / 24 Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va hakimlar tarixi») kitobida nechanchi qism Allohga toat-ibodat qiluvchilar haqida? A) ikkinchi qism B) uchinchi qism C) birinchi qism D) beshinchi qism 7 / 24 Alisher Navoiyning qaysi misra bilan boshlanuvchi qit'asini shoirning faxriyalaridan biri deyish mumkin? A) «UI bobdakim jahon ahli bevafodur va alardin vafo ko'z tutmoq xatodur» B) «Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak» C) «Haq taolo xoni in'omi-yu karami omi borida o'zgadin nima tilagonning tamayi xomi-yu zoti nofarjomi» D) «Navoiy she'ri to'qquz bayt-u, o'n bir bayt, o'n uch bayt» 8 / 24 Alisher Navoiyning «Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg'a ayt» misrasi bilan boshlanadigan g'azalida lirik qahramon nimaga qarata: «Yorning zulfi zunnorida dinim hosili kufrga almashganini nomusulmonimga ayt», - deya yolvoradi? A) saboga B) dahrga C) gulga D) zunnorga 9 / 24 Alisher Navoiy haqida bildirilgan quyidagi fikrlar muallifi kim? «Hech kim turkiy she'rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan». A) Xondamir B) Rashidiy C) Abdurahmon Jomiy D) Hakimshoh Qazviniy 10 / 24 Mashhur tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy yashaydigan qaysi shaharda olimning yosh Alisher bilan tanishuvi yuz beradi? A) Balx shahrida B) Hirot shahrida C) Samarqand shahrida D) Taft shahrida 11 / 24 Alisher Navoiy qaysi qit'asida saxiylik va baxillik haqida fikr yuritadi? A) «Ul bobdakim jahon ahli bevafodur va alardin vafo ko'z tutmoq xatodur» B) «Haq taolo xoni in'omi-yu karami omi borida o'zgadin nima tilagonning tamayi xomi-yu zoti ofarjomi» C) «Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak» D) «Shohni ajdahoga nisbat qilib tururkim, ganj umidi ham andin boru ranj biymi (xavfi, vahimasi) ham» 12 / 24 Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug'atayn» asarida so'z malnolari orasidagi tafovutlarga alohida urg'u berib, turkiylardagi qaysi so'zning ma'nosi ko'z va qoshlar orasini bildirishi bilan izohlanib, bu ma'noni ifodalaydigan alohida so'zning fors tilida mavjud emasligini aytarkan, quyidagi baytni dalillovchi misol sifatida keltiradi? Mengizlah gul-gul, mijalari xor, Qaboqlari keng-keng, og'izlari tor. A) mija B) mengiz C) qabog' D) xor 13 / 24 Alisher Navoiy qalamiga mansub «Meni men istagan o'z suhbatig'a arjumand etmas» misrasi bilan boshlanadigan g'azalning «Buzug' ko'nglumdin o'zga yerda javloni samand etmas» va «Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra sipand etmas» misralarida qo'llangan «samand» va «sipand» so'zlarining ma'nolarini toping. A) «samand» - lochin, «sipand» - isiriq, isiriq urug'i B) «samand» - baland parvo, «sipand» - nopisandlik qilmoq, mensimaslik C) «samand» - saman ot, tezyurar va chiroyli ot.; «sipand» - nopisandlik qilmoq, mensimaslik D) «samand» - saman ot, tezyurar va chiroyli ot. ; «sipand» - isiriq, isiriq urug'i 14 / 24 Alisher Navoiyning turli kishilarga yozilgan maktublardan tuzilgan kitobini toping. A) «Xamsat ul-mutahayyirin» B) «Arba'in» C) «Munshaot» D) «Vaqfiya» 15 / 24 Alisher Navoiyning qaysi g'azalida yor «shohi suxandon» sifatida ta'riflanadi va birinchi marotaba shu o'rinda oshiq ham o'zining asl qiyofasini oshkor etishga jazm etib, o'zining «xushnavo bulbul» ekanligini bildirib o'tadi? A) «Наг gadokim...» deb boshlanadigan g'azalida B) «Ey sabo...» deb boshlanadigan g'azalida C) «Meni men istagan...» deb boshlanadigan g'azalida D) «Ko'zung ne balo qaro bo'lubtur» deb boshlanadigan g'azalida 16 / 24 Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va hakimlar tarixi») kitobining nechanchi qismi obidlar haqida? A) birinchi qismi B) ikkinchi qismi C) uchinchi qismi D) beshinchi qismi 17 / 24 «Majolis un-nafois» asarining nechanchi majlisi birgina Husayn Boyqaroga bag'ishlangan? A) ikkinchi majlisi B) sakkizinchi majlisi C) yettinchi majlisi D) to'qqizinchi majlisi 18 / 24 Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug'atayn» asarida so'z ma'nolari orasidagi tafovutlarga alohida urg'u berib, yig'lamoq fe'lining eng baland va doimiy ma'nosini qayd etar ekan, turkiylarda bor qaysi fe'lning «muqobalasida forsiy tilda lafz yo'qtur» deydi? A) o'kurmak B) singramak C) yig'lamsinmoq D) ingramoq 19 / 24 Alisher Navoiy haqidagi quyidagi fikrlar muallifi kirn? «Alisherbek naziriyo'q kishi erdi. Turkiy til bila to she'r aytibturlar, hech kim oncha ko'p va xo'b aytqon emas». A) Abdurahmon Jomiy B) Muhammad Solih C) Zahiriddin Muhammad Bobur D) Mavlono Lutfiy 20 / 24 . Alisher Navoiyning qaysi g'azalida bir qarashda oshiqning dil izhoriga oid tuyg'ular ifodasi aks etayotganday ko'rinsa-da, aslida, obyektiv voqelikka bo'lgan estetik munosabat ifodasi bosh o'rinda turganligini payqash qiyin emas? A) «Ey sabo...» deb boshlanadigan g'azalida B) «Meni men istagan...» deb boshlanadigan g'azalida C) «Наг gadokim...» deb boshlanadigan g'azalida D) «Ko'zung ne balo qaro bo'lubtur» deb boshlanadigan g'azalida 21 / 24 Alisher Navoiyning falsafiy-didaktik qarashlarini ancha yorqin ifodalashi bilan ajralib turadigan «Meni men istagan o'z suhbatig'a arjumand etmas» misrasi bilan boshlanadigan g'azali qaysi devonga kiritilgan? A) «G'aroyib us-sig'ar» devoniga B) «Badoye' ul-vasat» devoniga C) «Favoyid ul-kibar» devoniga D) «Navodir ush-shabob» devoniga 22 / 24 Alisher Navoiyning qaysi qit'asi ayrim bandalarning noshukurligi hamda behuda ta'magirligi haqida? A) «Shohni ajdahoga nisbat qilib tururkim, ganj umidi ham andin boru ranj biymi (xavfi, vahimasi) ham» B) «Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak» C) «UI bobdakim jahon ahli bevafodur va alardin vafo ko'z tutmoq xatodur» D) «Haq taolo xoni in'omi-yu karami omi borida o'zgadin nima tilagonning tamayi xomi-yu zoti nofarjomi» 23 / 24 Quyidagi fikrlar muallifi kim? «Bu aziz kitob hazrati xoqon Shohruh mirzo podshohligi davridan boshlab, shu zamonga qadar yer yuzini ravshan vujudlari bilan bezagan va bezab turgan olim va shoirlardan ko'plarining ba'zi sifatlaridan va ahvollaridan bayon qiladi». A) Bayoniy B) Xondamir C) Bobur D) Mirxond 24 / 24 Alisher Navoiyning qaysi asari «Nafahot ul-uns min hazarot ul-quds» kitobining erkin tarjimasi hisoblanadi? A) «Munojot» B) «Siroj ul-muslimin» C) «Arba'in» D) «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuwat» 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz