Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 10-sinf Adabiyot » 10-sinf Adabiyot 5-mavzu 10-sinf Adabiyot 10-sinf Adabiyot 5-mavzu InfoMaster Mart 25, 2022 23 Ko'rishlar 26 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Adabiyot 5-mavzu yuzasida testlar 5 – MAVZU: A.NAVOIY 1 / 24 “Rustamxon “ dostonida Rustam va Huroyimning tirikligini eshitib ,ularni qalandar qiyofasida qidiradi ? A) Huroyimning ikki kundoshi B) Sultonxon C) Momogul maston D) Qizil dev 2 / 24 Mamlakat mustaqilligi, el-yurt farovonligi yurt osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligi uchun tinimsiz kurash olib brogan qahramonlarni belgilang. A) To’nyuquq, Kultegin B) Kuntug’di, o’zg’urmish C) Alp Er To’nga, Yo’llug’ tegin D) Farhod, Iskandar 3 / 24 Ahmad Yassaviyning quyidagi she'rida qo'llanilgan «muqir» so'zi qanday ma'noni anglatadi?O'zim faqir, qildim muqir, bo'ldim haqir,Qanot qoqar uchar qushdek ko'nglim mening. A) qanoat hosil qilmoq B) iqror bo'lmoq, bo'yniga olmoq C) faqirona hayot kechirmoq D) qirot qiluvchi, qiroatxon 4 / 24 Atoyi yashagan qadimgi Balx shahri hozir qaysi davlat hududida joylashgan? A) Shimoliy Afg’oniston B) Qozog’iston C) Qirg’iziston D) O’zbekiston 5 / 24 Alisher Navoiy qalamiga mansub «Meni men istagan o'z suhbatig'a arjumand etmas» misrasi bilan boshlanadigan g'azalning «Buzug' ko'nglumdin o'zga yerda javloni samand etmas» va «Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra sipand etmas» misralarida qo'llangan «samand» va «sipand» so'zlarining ma'nolarini toping. A) «samand» - lochin, «sipand» - isiriq, isiriq urug'i B) «samand» - saman ot, tezyurar va chiroyli ot.; «sipand» - nopisandlik qilmoq, mensimaslik C) «samand» - baland parvo, «sipand» - nopisandlik qilmoq, mensimaslik D) «samand» - saman ot, tezyurar va chiroyli ot. ; «sipand» - isiriq, isiriq urug'i 6 / 24 Alisher Navoiy haqidagi quyidagi fikrlar muallifi kirn? «Alisherbek naziriyo'q kishi erdi. Turkiy til bila to she'r aytibturlar, hech kim oncha ko'p va xo'b aytqon emas». A) Muhammad Solih B) Mavlono Lutfiy C) Zahiriddin Muhammad Bobur D) Abdurahmon Jomiy 7 / 24 Alisher Navoiyning qaysi asari «Nafahot ul-uns min hazarot ul-quds» kitobining erkin tarjimasi hisoblanadi? A) «Munojot» B) «Siroj ul-muslimin» C) «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuwat» D) «Arba'in» 8 / 24 Quyidagi fikrlar muallifi kim? «Bu aziz kitob hazrati xoqon Shohruh mirzo podshohligi davridan boshlab, shu zamonga qadar yer yuzini ravshan vujudlari bilan bezagan va bezab turgan olim va shoirlardan ko'plarining ba'zi sifatlaridan va ahvollaridan bayon qiladi». A) Xondamir B) Bobur C) Bayoniy D) Mirxond 9 / 24 . Alisher Navoiyning qaysi g'azalida bir qarashda oshiqning dil izhoriga oid tuyg'ular ifodasi aks etayotganday ko'rinsa-da, aslida, obyektiv voqelikka bo'lgan estetik munosabat ifodasi bosh o'rinda turganligini payqash qiyin emas? A) «Ko'zung ne balo qaro bo'lubtur» deb boshlanadigan g'azalida B) «Ey sabo...» deb boshlanadigan g'azalida C) «Наг gadokim...» deb boshlanadigan g'azalida D) «Meni men istagan...» deb boshlanadigan g'azalida 10 / 24 Alisher Navoiyning qaysi qit'asi ayrim bandalarning noshukurligi hamda behuda ta'magirligi haqida? A) «Haq taolo xoni in'omi-yu karami omi borida o'zgadin nima tilagonning tamayi xomi-yu zoti nofarjomi» B) «UI bobdakim jahon ahli bevafodur va alardin vafo ko'z tutmoq xatodur» C) «Shohni ajdahoga nisbat qilib tururkim, ganj umidi ham andin boru ranj biymi (xavfi, vahimasi) ham» D) «Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak» 11 / 24 Mashhur tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy yashaydigan qaysi shaharda olimning yosh Alisher bilan tanishuvi yuz beradi? A) Taft shahrida B) Hirot shahrida C) Samarqand shahrida D) Balx shahrida 12 / 24 Alisher Navoiy haqida bildirilgan quyidagi fikrlar muallifi kim? «Hech kim turkiy she'rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan». A) Abdurahmon Jomiy B) Rashidiy C) Xondamir D) Hakimshoh Qazviniy 13 / 24 Alisher Navoiyning falsafiy-didaktik qarashlarini ancha yorqin ifodalashi bilan ajralib turadigan «Meni men istagan o'z suhbatig'a arjumand etmas» misrasi bilan boshlanadigan g'azali qaysi devonga kiritilgan? A) «Badoye' ul-vasat» devoniga B) «Favoyid ul-kibar» devoniga C) «Navodir ush-shabob» devoniga D) «G'aroyib us-sig'ar» devoniga 14 / 24 Alisher Navoiy «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va hakimlar tarixi») kitobida ma'lumot bergan Jolinus kim? A) Ptolemey B) Pifagor C) Gippokrat D) Galen 15 / 24 «Majolis un-nafois» asarining nechanchi majlisi birgina Husayn Boyqaroga bag'ishlangan? A) sakkizinchi majlisi B) ikkinchi majlisi C) yettinchi majlisi D) to'qqizinchi majlisi 16 / 24 Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug'atayn» asarida so'z malnolari orasidagi tafovutlarga alohida urg'u berib, turkiylardagi qaysi so'zning ma'nosi ko'z va qoshlar orasini bildirishi bilan izohlanib, bu ma'noni ifodalaydigan alohida so'zning fors tilida mavjud emasligini aytarkan, quyidagi baytni dalillovchi misol sifatida keltiradi? Mengizlah gul-gul, mijalari xor, Qaboqlari keng-keng, og'izlari tor. A) mija B) qabog' C) xor D) mengiz 17 / 24 Alisher Navoiyning «Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg'a ayt» misrasi bilan boshlanadigan g'azalida lirik qahramon nimaga qarata: «Yorning zulfi zunnorida dinim hosili kufrga almashganini nomusulmonimga ayt», - deya yolvoradi? A) gulga B) saboga C) zunnorga D) dahrga 18 / 24 Alisher Navoiyning qaysi g'azalida yor «shohi suxandon» sifatida ta'riflanadi va birinchi marotaba shu o'rinda oshiq ham o'zining asl qiyofasini oshkor etishga jazm etib, o'zining «xushnavo bulbul» ekanligini bildirib o'tadi? A) «Ko'zung ne balo qaro bo'lubtur» deb boshlanadigan g'azalida B) «Meni men istagan...» deb boshlanadigan g'azalida C) «Ey sabo...» deb boshlanadigan g'azalida D) «Наг gadokim...» deb boshlanadigan g'azalida 19 / 24 Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug'atayn» asarida so'z ma'nolari orasidagi tafovutlarga alohida urg'u berib, yig'lamoq fe'lining eng baland va doimiy ma'nosini qayd etar ekan, turkiylarda bor qaysi fe'lning «muqobalasida forsiy tilda lafz yo'qtur» deydi? A) o'kurmak B) yig'lamsinmoq C) ingramoq D) singramak 20 / 24 Alisher Navoiyning qaysi misra bilan boshlanuvchi qit'asini shoirning faxriyalaridan biri deyish mumkin? A) «Haq taolo xoni in'omi-yu karami omi borida o'zgadin nima tilagonning tamayi xomi-yu zoti nofarjomi» B) «Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak» C) «UI bobdakim jahon ahli bevafodur va alardin vafo ko'z tutmoq xatodur» D) «Navoiy she'ri to'qquz bayt-u, o'n bir bayt, o'n uch bayt» 21 / 24 Alisher Navoiyning turli kishilarga yozilgan maktublardan tuzilgan kitobini toping. A) «Arba'in» B) «Vaqfiya» C) «Xamsat ul-mutahayyirin» D) «Munshaot» 22 / 24 Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va hakimlar tarixi») kitobining nechanchi qismi obidlar haqida? A) ikkinchi qismi B) birinchi qismi C) beshinchi qismi D) uchinchi qismi 23 / 24 Alisher Navoiy qaysi qit'asida saxiylik va baxillik haqida fikr yuritadi? A) «Ul bobdakim jahon ahli bevafodur va alardin vafo ko'z tutmoq xatodur» B) «Shohni ajdahoga nisbat qilib tururkim, ganj umidi ham andin boru ranj biymi (xavfi, vahimasi) ham» C) «Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak» D) «Haq taolo xoni in'omi-yu karami omi borida o'zgadin nima tilagonning tamayi xomi-yu zoti ofarjomi» 24 / 24 Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va hakimlar tarixi») kitobida nechanchi qism Allohga toat-ibodat qiluvchilar haqida? A) ikkinchi qism B) uchinchi qism C) beshinchi qism D) birinchi qism 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz