Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 10-sinf Adabiyot » 10-sinf Adabiyot 4-mavzu 10-sinf Adabiyot 10-sinf Adabiyot 4-mavzu InfoMaster Mart 25, 2022 111 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Adabiyot 4-mavzu yuzasida testlar 4 – MAVZU: ATOYI 1 / 23 ”Rustamxon” dostonida “Ajab suratli bir qiz,jamoli kunni xira qilguday, aqli ketib otda yiqilib qolgudek”degan ta’rif kimga tegishli? A) Oftoboyim B) Ximcha C) Suluv D) Xuroyim 2 / 23 "To’nyuquq bitiktosh" da Xitoy davlati nima deb ataladi? A) Eltarish B) Bilga C) Tabg’ach D) Bo’dun 3 / 23 Ahmad Yassaviyning qaysi hikmati «Otim Ahmad, Turkistondur elim mening» satrlari bilan yakunlanadi? A) «Zohid bo'lma, obid bo'lma, oshiq bo'lg'il» misrasi bilan boshlanuvchi hikmati B) «Ishq da'vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi bilan boshlanuvchi hikmati C) «Rabbim yodi ulug' yoddur aytur bo'lsam» misrasi bilan boshlanuvchi hikmati D) «Turlik ayshim, turlik ishim, munglig' boshim» misrasi bilan boshlanuvchi hikmati 4 / 23 Atoyi g'azallari orasida vazni yengil, misralari qisqa, so'zlari oddiy, uslubi sodda va ravon bo'lgan aruzning qaysi bahrida yozilganlari ko'proq? A) ramalda B) solimda C) mutaqoribda D) hazajda 5 / 23 Atoyi kimlarning avlodlaridan hisoblanadi? A) Ahmad Yugnakiylar nasabiga mansub bo'lgan Ismoil Ota avlodlaridan B) Ahmad Yassaviylar nasabiga mansub bo'lgan Ibrohim Ota avlodlaridan C) Ahmad Yugnakiylar nasabiga mansub bo'lgan Ibrohim Ota avlodlaridan D) Ahmad Yassaviylar nasabiga mansub bo'lgan Ismoil Ota avlodlaridan 6 / 23 Atoyining «Ey do'st» radifli g'azalidan olingan quyidagi baytda qaysi zid ma'noli so'zlarning keltirilishi oshiq iztiroblarining mohiyatini ham, darajasini ham ko'rsatib turibdi? Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do'st, Shodlig'i ham mehnat-u g'amdur manga, ey do'st. A) «shodlik» va «aysh» B) «mehnat» va «g'am» C) «mehnat» va «jahon» D) «aysh» va «alam» 7 / 23 Atoyi devonining qo'lyozma nusxasi hozirda qayerda saqlanadi? A) Parijda B) Moskvada C) Londonda D) Sankt-Peterburgda 8 / 23 "Movlono Balxdin bo’lur erdi. Darveshvash va xushxulq munbasit kishi erdi. Turkiyon erdi". "Majolis un nafois"dan olingan parcha kim haqida? A) Atoyi B) Sakkokiy C) Gadoiy D) Lutfiy 9 / 23 Atoyining qaysi janrda yozilgan bir she'rida go'zal yor xokisor oshiqning yuziga oyoq bosar ekan, oyog'i og'riydi, «yuzing buncha bo'yradek dag'al bo'lmasa» deb nozlanadi? A) g'azal B) muxammas C) ruboiy D) murabba 10 / 23 Atoyi qaysi temuriy hukmdor saroyida xizmat qilgan? A) Umarshayx Mirzo B) Ulug’bek Mirzo C) Shohruh Mirzo D) Abu Said Mirzo 11 / 23 Atoyining bizgacha yetib kclgan she'riy devoniga nechta g’azal kiritilgan? A) 250 B) 260 C) 400 D) 300 12 / 23 Atoiyni adabiyotshunoslardan biri „Xushxulq va munbasit kishi erdi : deydi. Bu ta’rif muallifi va ostiga chizilgan so‘zning ma’nosi qaysi iovobda berilgan? A) Alisher Navoiy; oq ko‘ngil B) Alisher Navoiy; bo!ylari baland C) Alisher Navoiy; ko‘zi ojiz D) Mirzo Bobir; oliy nasab 13 / 23 Yusuf (s.a.v) haqidagi rivoyatlarga ko'ra, Yusuf tashlangan quduq uning husni tufayli yorishib turar edi. Mumtoz she'riyatimizda ko'p ishlatiladigan qaysi birikma shunga ishora qiladi? A) «chohi zaqan» - iyak ostidagi chuqurcha B) «chohi la'l» - qip-qizil la'ldek, o'ymoqdek lab C) «chohi shams-u qamar» - oy-u quyosh parvona bo'lgan choh D) «chohi moh» - oy yoritgan choh 14 / 23 Solib borma meni, ey Yusufl husn, Bukun Ya’qubtek bayt ul-hazanda Atoiyning „Jamoling vasfmi... “ deb boshlanuvchi g‘azaldan keltirilgan yuqoridagi parchada ostiga chizilgan birlikning ma’nosi qaysi jovobda to‘g’ri berilgan? A) Shodlik uyi B) Gam uyi C) Quyosh uyi D) Baland qad 15 / 23 Atoyi qaysi g’azalida qofiya uchun "chamanda", "baytul xazanda", "anda", "banda" so’zlarini kcltir»an edi? A) "Ul sanamki..." B) "Jamoling vasfini ... " C) "Qon bo’ldi ko’ngul..." D) "Ko’ngil olding ,." 16 / 23 Atoiyning qaysi g’azalida “suv parisi “ obrazli o’xshatmasi uchraydi ? A) “Soching chun laylatul qadru yuzing chun subhi sodiqur… “ B) “ Mengiz yo ravzai rizvonmudur bu C) “ Ul sanamkim suv yaqosinda paritek o’lturur “ D) “Jamoling vasfini qildim chamanda …” 17 / 23 Atoyi ijodida Umar Xayyom ruboiylari va Hofiz g'azallaridagi kabi hayot zavqi, uning barcha go'zalliklari va lazzatlari qaysi timsolda vasf etiladi? A) jom B) may C) soqiy D) mayxona 18 / 23 Atoyining bir she'rida yorini sog'ingan oshiqning ko'zidan yosh emas, daryo oqayotgani va uning nimalardan sol yasab, shu daryoda suzayotgani manzarasi chiziladi? A) tomirlaridan B) sochlaridan C) qobirg'alaridan D) kipriklaridan 19 / 23 G’azal adabiyot tarixidagi asosiy janrlardan biridir U 5 baytdan boshlanib 12-14 baytgacha bo’lishi mumkin Atoyi ijodida necha nbaytli g’azallar yetakchi mavqe tutadi? A) 5 B) 8 C) 6 D) 7 20 / 23 Atoyi yashagan qadimgi Balx shahri hozir qaysi davlat hududida joylashgan? A) Qirg’iziston B) O’zbekiston C) Qozog’iston D) Shimoliy Afg’oniston 21 / 23 Atoyi she'riyati haqidagi qaysi fikr to’g’ri? A) she'rlari ko’proq diniy-falsafiy yo’nalishda B) she'rlari ko’proq fors-tojik tilida yozilgan C) ko’proq she'r va shoirlar haqida D) kcyproq ishq-muhabbat haqida 22 / 23 Atoyining «Mengiz yo ravzayi rizvonmudur bu?» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalida mashuqaning yuzi (mengiz) oshiqqa nimani eslatadi? A) go'zal mohni B) g'unchayi xandonni C) subhi sodiqni D) jannat bog'ini 23 / 23 Atoyi qaysi g'azalining maqta'sida o'zining ibodati ham yor husnini ko'rishning tavallosidan iboratligini bildiradi? A) «UI sanamkim su(v) yaqosinda paritek o'lturur» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalining maqta'sida B) «Begim» radifli g'azalining maqta'sida C) «Jamoling vasfini qildim chamanda» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalining maqta'sida D) «Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do'st» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalining maqta'sida 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz