Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 10-sinf Adabiyot » 10-sinf Adabiyot 17-mavzu 10-sinf Adabiyot 10-sinf Adabiyot 17-mavzu InfoMaster Mart 25, 2022 336 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Adabiyot 17-mavzu yuzasida testlar 17 – MAVZU: TAKRORLASH 1 / 36 ”Rustamxon” dostonida Rustamxonga Qurudimga ketish oldidan mamalakatni Huroyimga topshirishni kim maslahat beradi? A) xotinlari B) Huroyim C) vaziri D) qozikalaon 2 / 36 “To‘nyuquq” bitiktoshi nimaga yozilgan? A) Qayroq toshga, diametri 1 tn B) Marmar toshga, balandligi 2 m C) Xarsang toshga, balandligi 150 sm, eni 70 sm D) 2 ta ustunga, biri 170 sm, ikkinchisi 160 sm. balandlikda 3 / 36 Ahmad Yassaviyning ishq muhokamasiga doir qaysi hikmatida: «Nafsni tepib dargohiga loyiq bo'lg'il», - deb ta'kidlanadi? A) «Rabbim yodi ulug' yoddur aytur bo'lsam» misrasi bilan boshlanuvchi hikmatida B) «Ishq da'vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi bilan boshlanuvchi hikmatida C) «Turlik ayshim, turlik ishim, munglig' boshim» misrasi bilan boshlanuvchi hikmatida D) «Zohid bo'lma, obid bo'lma, oshiq bo'lg'il» misrasi bilan boshlanuvchi hikmatida 4 / 36 Atoyi devonining qo'lyozma nusxasi hozirda qayerda saqlanadi? A) Moskvada B) Sankt-Peterburgda C) Londonda D) Parijda 5 / 36 Alisher Navoiyning qaysi qit'asi ayrim bandalarning noshukurligi hamda behuda ta'magirligi haqida? A) «Shohni ajdahoga nisbat qilib tururkim, ganj umidi ham andin boru ranj biymi (xavfi, vahimasi) ham» B) «UI bobdakim jahon ahli bevafodur va alardin vafo ko'z tutmoq xatodur» C) «Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak» D) «Haq taolo xoni in'omi-yu karami omi borida o'zgadin nima tilagonning tamayi xomi-yu zoti nofarjomi» 6 / 36 Bobur bobosi Amir Temur davlatining poytaxti - Samarqand shahrini ishg'ol qilish uchun bir necha marta urinib ko'rdi, biroq qo'lda tutib turishning imkoni bo'lmadi. Quyidagi she'rlardan qaysi biri shu voqeaga aloqador? A) «Bu olam aro ajab alamlar ko'rdum» B) «Tole yo'qi jonimg'a balolig' bo'ldi» C) «Jondin seni ko'p sevarmen ey umri aziz» D) «Davron meni o'tkardi sari somondin» 7 / 36 Turdi Farog'iyning muxammasidan olingan quyidagi qaysi band Turdining iltijolari, Yaratganga murojaati bilan boshlanadi? A) Qilmadim shukronayi, soldurdi tufroq oshima, Qolmadi juz dard-u g'am hamdam, musohib qoshima. B) Voqife yo'q, bu musofirlig'da mandin ne o'tar, Baski yuz ko'yi bila ro'zi kelib, ro'zi ketar. C) Nozli hukmi qazo hech kirn rad-u man' etmadi, Barcha bo'yniga solan bu rishtani qat' etmadi. D) Xeshman, darvish miskin, mustahiq devonadin, Bahramand et iltifot-u himmati mardonadin. 8 / 36 Tashbehning bir necha qismlari mavjud bo'lib, shulardan biri hisoblangan holati tashbeh nima? A) o'xshatish sababi B) o'xshagan narsa C) o'xshatish vositasi D) o'xshatilgan narsa 9 / 36 “Padarkush “ dramasining ilk bor nashri ko’rsatilgan javobni belgilang A) 1912 –yilda “Oyna “jurnalida nashr etilgan B) 1913 –yilda “Samarqand “ gazetasida chop etilgan C) 1912 –yilda “Turon “gazetasida e’lon qilingan D) 1913-yilda kitob holida nashr qilingan 10 / 36 "O'tkan kunlar' romanida Otabek bo'lg'usi qaynotasi Mirzakarim qutidor bilan qayerda tanishgan? A) Akrom hojining uyida B) Ziyo Shohchining uyida C) Otabek qo'ngan mehmonxonada D) Mirzakarim qiuidorning uyida 11 / 36 Qo'llarida lola - piyola tutib, tog'ma-tog' ko'chib yurgan bahor tasviri chizilgan quyidagi misralar Hamid Olimjonning qaysi she'ridan olingan? Bahor ko'chib yurar tog'ma-tog Qo'llarida lola-piyola A) «0'rik gullaganda» B) «0'zbekiston» C) «Chimyon esdaliklari» D) «Mizimta daryosi» 12 / 36 Said Ahmadning mustaqillik yillarida yozgan eng yaxshi hikoyalari sirasiga kiradigan «Qorako'z majnun» hikoyasidagi ona va bola munosabati, ular o'rtasidagi mehr-muruvvat ildizlari, agar shu insoniy fazilat va ildizlar qurisa, oradagi ko'ngil yaqinligi ham barham topishi uning yana qaysi asarida uchraydi? A) «Jimjitlik» B) «Qochoq» («Ufq») C) «Kelinlar qo'zg'oloni» D) «Tortiq» 13 / 36 Abdulla Oripov qaysi she'rida «Sen beshik emassan, dorsan, tabiat, Sen ona emassan, jallodsan, dunyo!» xulosasiga keladi? A) «0'zbekiston» B) «Munojot»ni tinglab» C) «Qo'riqxona» D) «Birinchi muhabbatim» 14 / 36 «Ikki eshik orasi» romanida yozuvchi nechta personajning hikoyalarini ustalik bilan bir-biriga bog'laydi? A) 10 ta personajning B) 7 ta personajning C) 8 ta personajning D) 9 ta personajning 15 / 36 “Hayotga muhabbat” hikoyasi qahramoni yo’lovchini azob uqubatlardan qaysi kema a’zolari qutqarishadi? A) “Ohu” B) “San Moris” C) “Bedford” D) “Qaldirg’och” 16 / 36 «So'nggi saboq» hikoyasi qaysi qahramon tilidan hikoya qilinadi? A) Xauzer B) Vaxter C) Frans D) Amel 17 / 36 Yoshlikdagi mashaqqatli yillari to‘g‘risida avtobiografik xarakterga ega boigan «Kichkintoy» nomli roman yozgan ijodkorni aniqlang. A) Jek London B) Rashod Nuri Guntekin C) Alfons Dode D) Rumer Goden 18 / 36 Dastlabki boblari “Inqilob" jurnalida (1922-y chop etilgan romanni aniqlang A) “Qutlug' qon" B) “O'tgan kunlar" C) “ Kecha va kunduz" D) "Mehrobdan chayon” 19 / 36 Jek London qaysi asarida o'quvchiga o'lim va hayot chegarasida yurgan odam bilan bo'rini qiyoslashga imkon beradi; odam bo'rini, bo'ri esa odamni yeyishga tayyor, biroq har ikkovida ham mador yo'q, ammo odamda yashashga umid bor? A) «Qor qizi» B) «Bo'ri bolasi» C) «Hayotga muhabbat» D) «Dengiz bo'risi» 20 / 36 «Tong shabadasi» hikoyalar to'plamining muallifi kim? A) Mirtemir B) Said Ahmad C) H. Olimjon D) A. Oripov 21 / 36 «Ikki eshik orasi» romanida qaysi obraz olti farzandini yerga berib, bittagina Kimsanini yer-u ko'kka ishonmasdan katta qiladi? A) Bashorat B) Ra'no C) Qora amma D) Robiya 22 / 36 Qaysi ijodkor o‘z tarjimayi holini «Ko‘rgan-bilganlarim» deb nomlaydi? A) 0‘. Hoshimov B) Ch. Aytmatov C) A. Oripov D) T. Malik 23 / 36 Oshiq yuzining bo'yraga, kiprigining jorub (supurgi)ga, husnning mushafga, mengning oyatga o'xshatilishi qaysi shoir ijodida uchraydi? A) Atoyi B) Mashrab C) Uvaysiy D) Maxmur 24 / 36 «So‘nggi saboq» hikoyasining muallifini toping. A) Alfons Dode B) Rashod Nuri Guntekin C) Umar Sayfiddin D) Jek London 25 / 36 «Mizimta daryosi ” she’rining muallifini aniqlang. A) R. Hamzatov B) M. Jalil C) H. Olimon D) X. Davron 26 / 36 «Vijdon dorisi» nomli sahna asari yaratgan ijodkor kim? A) E. Vohidov B) O. Yoqubov C) E. A’zam D) 0‘. Hoshimov 27 / 36 “Nafahot ul-uns min hazorat ul- quds” asari kimning qalamiga mansub? A) Bobur B) Jomiy C) Lutfiy D) Navoiy 28 / 36 Beliga tilla kamar bog'lagan qalandar qiyofasidagi qahramon qaysi dostonda uchraydi? A) «Kunlug'mish» B) «Rustamxon» C) «Alpomish» D) «Ravshan» 29 / 36 «Sadoyi Turkiston» gazetasida «Yangi masjid va maktab» sarlavhali xabar bosiladi ... yozuvchanlik faoliyatiga birinchi qadamni shu tarzda qoyadi. Oradan ko‘p o‘tmay, «Millattimga», «Ahvolimiz» sherlari, «Baxtsiz kiyov» dramasi, «Juvonboz* hikoyasi chiqadi. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida? A) Cho‘lpon B) Abdurauf Fitrat C) Abdulla Qodiriy D) Hamza 30 / 36 «Qadrdon dalalar », «Hukm» kabi qissalar muallifi kim? A) 0‘tkir Hoshimov B) Said Ahmad C) Turob To‘la D) Odil Yoqubov 31 / 36 «Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazli. U o‘z zamondoshlarining qiyofalari, urf-odatlari va intilishlarini, qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi. Shu jihatdan bu asar Osiyoda yagona, chinakam tarixiy tasvir namunasidir». «Boburnoma» haqida aytilgan ushbu fikr muallifini aniqlang. A) Pirimqul Qodiriy B) Monstyuart Elfinston C) Rumer Goden D) Javoharla’l Neru 32 / 36 Quyidagi parcha Jek Londonning qaysi asaridan olingan? «Kit ovlovchi «Bedford» kemasida ilmiy ekspeditsiya a'zolari bor edi Ular kema palubasida turib, «g'alati bir maxluq»ni ko'hb qolishdi» A) «Dengiz bo'risi» B) «Kichkintoy» C) «Hayotga muhabbat» D) «Izg'irin bolalari» 33 / 36 Qaysi xalq dostoni qahramoni bir shaharda 3 kungina shohlik qilgan ? A) “Alpomish “ dostonida Boysari; B) "Ravshan” dostonida Aynoq kal C) “Rustamxon “ dostonida Rustarnxon D) “Kuntug'mish’ dostonida Kuntng’mish 34 / 36 Xo’ja Ahrorning “Volidiya “ asarini kim she’riy yo’l bilan o’zbek tiliga tarjima qilgan ? A) Mashrab B) Furqat C) Ogahiy D) Bobur 35 / 36 “Har gal yangi kitobim chiqishi bilan birinchi nusxasini Onamga taqdim etardim, Birinchi ustozim Oyimga deb yozib berardim” Ushbu satnar qaysi adibning tarjimayi holidan olingan? A) О tkir Hoshimov B) Adulla Oripov C) Ozod Sharafiddinov D) Tohir Malik 36 / 36 Alfons Dodening qaysi asarida fransuz xalqi og'ir musibatni boshidan kechirayotganiga, xuddi o'z ona tillarini qabrga qo'yayotgandek bo'lganiga, ayni paytda sinf xonasida yoshi ancha katta kishilar ham o'tirganlariga urg'u beriladi? A) «Roza va Ninetta» B) «Kichik Fromon va katta Risler» C) «So'nggi saboq» D) «Tarasonlik Tartaranning sarguzashtlari» 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz