10-sinf Adabiyot 17-mavzu

1

10-sinf Adabiyot 17-mavzu yuzasida testlar

17 – MAVZU: TAKRORLASH

1 / 36

“Rustamxon “ dostonlarning mazmun jihatidan qaysi turiga mansub ?

2 / 36

«To'nyuquq» bitiktoshida To'nyuquq o'zining qaysi elda voyaga yetganligini aytadi?

3 / 36

Yassaviy tasawuf ilmini chuqur egallagani uchun xalq orasida qanday naql paydo boigan?

4 / 36

"Movlono Balxdin bo’lur erdi. Darveshvash va xushxulq munbasit kishi erdi. Turkiyon erdi". "Majolis un nafois"dan olingan parcha kim haqida?

5 / 36

Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va hakimlar tarixi») kitobining nechanchi qismi obidlar haqida?

6 / 36

«Boburnoma»da Alisher Navoiy qurdirgan hammomlar qanday nomlar bilan tilga olinadi?

7 / 36

Turdi Farog'iyning quyidagi baytida qo'llanilgan «faroz», «nishib», «qarib» so'zlarining ma'nolarini toping. Yuz farozidin ozib, tushdum nishibi qirqqa, Xavf-u biym-u vahm arosinda qaribi qirqqa.

8 / 36

0‘qi bu Lutfiy mungluq niyoznomasini, Savob-u olqish-u yuz ming duo kerak boisa. Lutfiy qalamiga mansub ushbu misralarda qanday badiiy san’at uchraydi?

9 / 36

«Padarkush» dramasida qaysi obraz Domlaning ham, Ziyolining ham nasihat va maslahatlariga quloq tutmaydi; savollariga qo'pollik bilan, beparvo va loqayd javob qaytaradi?

10 / 36

A. Qodiriyning "O'tkan kunlar" asarida qaysi obrazni ismiga laqabini qo'shib aytmasa hech kim tanimas edi?

11 / 36

yolimni gulga o`rayman. Har bahorda chiqqanda yakkash Baxtim bomi, deya so`rayman. Ushbu misralar Hamid Olimjonning qaysi she’ridan olingan?

12 / 36

“Qorako'z Majnun’' hikoyasining bosh qahramoni kim?

13 / 36

Abdulla Oripovning qaysi she'rida visolga erishmagan oshiq nolasi, g'aflatda qolib muhabbat tuyg'usiga beparvo bo'lgan lirik qahramonning ichki dard va kechinmalari o'z aksini topgan?

14 / 36

O'. Hoshimovning o'zi haqida yozgan avtobiografik hikoyasi -«Mashaqqatli safar»da qaysi kitobining bir bobi «Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko'z oldimga keladi» jumlasi bilan boshlanishini yozadi?

15 / 36

Jek London ijodiy faoliyati davomida qancha roman yozgan?

16 / 36

«So'nggi saboq» hikoyasini tushunish uchun nechanchi asr Fransiya tarixi, malum bir muddat qaysi mamlakatga qaram bo'lgani kabi ma'lumotlarni bilish lozim?

17 / 36

«Sadoyi Turkiston» gazetasida «Yangi masjid va maktab» sarlavhali xabar bosiladi ... yozuvchanlik faoliyatiga birinchi qadamni shu tarzda qoyadi. Oradan ko‘p o‘tmay, «Millattimga», «Ahvolimiz» sherlari, «Baxtsiz kiyov» dramasi, «Juvonboz* hikoyasi chiqadi. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?

18 / 36

«Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazli. U o‘z zamondoshlarining qiyofalari, urf-odatlari va intilishlarini, qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi. Shu jihatdan bu asar Osiyoda yagona, chinakam tarixiy tasvir namunasidir». «Boburnoma» haqida aytilgan ushbu fikr muallifini aniqlang.

19 / 36

Alfons Dodening qaysi asarida fransuz xalqi og'ir musibatni boshidan kechirayotganiga, xuddi o'z ona tillarini qabrga qo'yayotgandek bo'lganiga, ayni paytda sinf xonasida yoshi ancha katta kishilar ham o'tirganlariga urg'u beriladi?

20 / 36

«Tong shabadasi» hikoyalar to'plamining muallifi kim?

21 / 36

«Vijdon dorisi» nomli sahna asari yaratgan ijodkor kim?

22 / 36

Jek London qaysi asarida o'quvchiga o'lim va hayot chegarasida yurgan odam bilan bo'rini qiyoslashga imkon beradi; odam bo'rini, bo'ri esa odamni yeyishga tayyor, biroq har ikkovida ham mador yo'q, ammo odamda yashashga umid bor?

23 / 36

Qaysi xalq dostoni qahramoni bir shaharda 3 kungina shohlik qilgan ?

24 / 36

«Ikki eshik orasi» romanida qaysi obraz olti farzandini yerga berib, bittagina Kimsanini yer-u ko'kka ishonmasdan katta qiladi?

25 / 36

«Qadrdon dalalar », «Hukm» kabi qissalar muallifi kim?

26 / 36

Xo’ja Ahrorning “Volidiya “ asarini kim she’riy yo’l bilan o’zbek tiliga tarjima qilgan ?

27 / 36

“Nafahot ul-uns min hazorat ul- quds” asari kimning qalamiga mansub?

28 / 36

Quyidagi parcha Jek Londonning qaysi asaridan olingan? «Kit ovlovchi «Bedford» kemasida ilmiy ekspeditsiya a'zolari bor edi Ular kema palubasida turib, «g'alati bir maxluq»ni ko'hb qolishdi»

29 / 36

«Mizimta daryosi ” she’rining muallifini aniqlang.

30 / 36

Yoshlikdagi mashaqqatli yillari to‘g‘risida avtobiografik xarakterga ega boigan «Kichkintoy» nomli roman yozgan ijodkorni aniqlang.

31 / 36

Dastlabki boblari “Inqilob" jurnalida (1922-y chop etilgan romanni aniqlang

32 / 36

Oshiq yuzining bo'yraga, kiprigining jorub (supurgi)ga, husnning mushafga, mengning oyatga o'xshatilishi qaysi shoir ijodida uchraydi?

33 / 36

«So‘nggi saboq» hikoyasining muallifini toping.

34 / 36

Beliga tilla kamar bog'lagan qalandar qiyofasidagi qahramon qaysi dostonda uchraydi?

35 / 36

Qaysi ijodkor o‘z tarjimayi holini «Ko‘rgan-bilganlarim» deb nomlaydi?

36 / 36

“Har gal yangi kitobim chiqishi bilan birinchi nusxasini Onamga taqdim etardim, Birinchi ustozim Oyimga deb yozib berardim” Ushbu satnar qaysi adibning tarjimayi holidan olingan?

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0