Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 10-sinf Adabiyot » 10-sinf Adabiyot 14-mavzu 10-sinf Adabiyot 10-sinf Adabiyot 14-mavzu InfoMaster Mart 25, 2022 169 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Adabiyot 14-mavzu yuzasida testlar 14 – MAVZU: O’TKIR HOSHIMOV 1 / 33 O’limdan qo’rqarmi,bilgil,mard kishi , Bundan qo’rqib ketmoq nomardning ishi . Ushbu so’zlar qaysi doston qahramoniga tegishli ? A) Avazga B) Go’ro’g’liga C) Alpomishga D) Rustamxonga 2 / 33 “Kul Tigin” bitiktoshida: “Tabg‘ach tomonga o‘n ikki marta lashkar tortib urushdim” degan kim cdi? A) To‘nyuquq B) Eltarish xoqon C) Bilga xoqon D) Kul tigin 3 / 33 Yassaviy she’rlarining asosiy mohiyati nimadan iborat? A) Tasavvufdagi to'ri asosiy bosqich -e’tiqot. ishonch. namoz, haj. B) Tasavvufdagi to'rt asosiy bosqich -fazilat, illat, himmat, haqiqat. C) Tasavvufdagi to'rt asosiy bosqich - shariat, tariqat, ma'rifat. haqiqatdan. D) Tasavvufdagi to'ri asosiy bosqich -marifat, ma'naviyat. shariat, haqiqatdan. 4 / 33 Atoyi g'azallari orasida vazni yengil, misralari qisqa, so'zlari oddiy, uslubi sodda va ravon bo'lgan aruzning qaysi bahrida yozilganlari ko'proq? A) mutaqoribda B) solimda C) hazajda D) ramalda 5 / 33 Alisher Navoiyning qaysi qit'asi ayrim bandalarning noshukurligi hamda behuda ta'magirligi haqida? A) «UI bobdakim jahon ahli bevafodur va alardin vafo ko'z tutmoq xatodur» B) «Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak» C) «Haq taolo xoni in'omi-yu karami omi borida o'zgadin nima tilagonning tamayi xomi-yu zoti nofarjomi» D) «Shohni ajdahoga nisbat qilib tururkim, ganj umidi ham andin boru ranj biymi (xavfi, vahimasi) ham» 6 / 33 «Boburnoma»da Bobur otasidan so'ng kimning «qadami sharofatidan zohid va taqvodor bo'ldim. Nafaqat may ichish, shubhali taomdan ham hazar qilardim», deb yozadi? A) Hofiz hojining B) G'ulom Shodiyning C) Jaloliddin Mahmud noyining D) Xoja Qozining 7 / 33 Turdi Farog’iy nechanchi yillarda yashagan? A) XVII asr oxiri', XVIII asr boshlari B) XVII asrda yashab, taxminan 1699 yoki 1700 yilda vafot etgan C) 1650-1699 D) 1640-1700 8 / 33 Tashbehning bir necha qismlari mavjud bo'lib, shulardan biri hisoblangan holati tashbeh nima? A) o'xshagan narsa B) o'xshatish vositasi C) o'xshatilgan narsa D) o'xshatish sababi 9 / 33 «Padarkush» dramasida qaysi obraz Domlaning ham, Ziyolining ham nasihat va maslahatlariga quloq tutmaydi; savollariga qo'pollik bilan, beparvo va loqayd javob qaytaradi? A) Davlat B) Xayrullo C) Tangriqul D) Boy 10 / 33 «O'tkan kunlar» romanining «To'y, qizlar majlisi» bobida kuyov rolini qaysi epizodik obraz, Kumushbibi rolini qaysi epizodik obraz bajaradi ? A) ) Gulsin kuyov rolini, Savra Kumush rolini bajaradi B) Gulsin kuyov rolini, Xonimbibi Kumush rolini bajaradi C) Anorgul kuyov rolini, Gulsin Kumush rolini bajaradi D) Savra kuyov rolini, Gulsin Kumush rolini bajaradi 11 / 33 Hamid Olimjonning "O'rik gullaganda" sherining asosiy motivi nimadan iborat? A) go'zallik tasviri B) bahor va yurtga oshuftalik C) sog'inch tuyg'ysi D) tabiat tasviri 12 / 33 S. Ahmadning “Qora ko‘z majnun” hikoyasida Saodat aya eri bilan qaysi farzandi uchun olti yoshga to‘lganida Turkistondagi Hazrat Yassaviy maqbarasining shayxiga ataganlarini berib, kokolini kestirishgan va qo‘y so‘yib xudoiy qilib berishgandi? A) Qumri qiziga. B) Dilbar qiziga. C) Abdumalik ogTiga. D) Bo'rixon o‘g‘liga. 13 / 33 Abdulla Oripovning qaysi she'ridagi Ollohga muhabbat tushunchasining ifodasi shoirni o'z salaflari, ya'ni mumtoz o'zbek shoirlarining estetik olami bilan bog'lashga imkon beradi? A) «Yurtim shamoli» B) «Yillar armoni» C) «Qo'riqxona» D) «Birinchi muhabbatim» 14 / 33 «Ikki eshik orasi» romanida qaysi obraz temir yo'lda katta o'g'rilik ochilishiga yordam berib, tergovchi ishni yopti-yopti qilib yubormoqchi bo'lganida, stansiyada ishlaydigan qo'shnisining iltimosi bilan awal gazetaga, keyin obkomga xat yozadi va tergovchining ishdan bo'shashiga sababchi bo'lib qoladi? A) Olimxon B) Husan Duma C) Samadov D) Orif oqsoqol 15 / 33 O'. Hoshimovning «Mashaqqatli safar» avtobiografik hikoyasida: «Наг kirn o'z ajdodlari bilan faxrlanishga haqli. Mening ota-bobolarim ham o'z zamonining mashhur kishilari bo'lishgan», - deya qaysi bobokaloni (bobosining otasi)ning «Turkiston tarixida o'ziga xos iz qoldirgan ulug' shaxslardan biri bo'lgan»ligini ta'kidlaydi? A) Hoshim boboning B) Abdulqosimxon eshonning C) Atoulloxon eshonning D) Abdulqodirxon eshonning 16 / 33 «Ikki eshik orasi» romani necha qism va necha bobdan tashkil topgan? A) 6 qism 46 bob B) 7 qism 47 bob C) 8 qism 48 bob D) 9 qism 49 bob 17 / 33 O'. Hoshimovning birinchi kitobi qaysi? A) «Dunyoning ishlari» B) «Po'lat chavandoz» C) «Bahor qaytmaydi» D) «To'rt maktub» 18 / 33 «Ikki eshik orasi» romanida qaysi obraz haqiqatgo'yligi bois o'zi anglab yetgan bor haqiqatni yuzga aytishdan cho'chimaydi, undagi jasorat va shijoat boshqalarga ilhom beradi? A) Umar zakunchi B) Orif oqsoqol C) Husan Duma D) Komil tabib 19 / 33 O'. Hoshimov to'rtinchi kursda o'qib yurganida «Sharq yulduzi»da bosilgan qissasini toping. A) «Dunyoning ishlari» B) «To'rt maktub» C) «Bahor qaytmaydi» D) «Cho'l havosi» 20 / 33 «Ikki eshik orasi» romanida quyidagi she'r qaysi qahramon tilidan aytiladi? Dukur-dukur ot keldi, Ot boshida xat keldi. Xatini o'qib ko'rsam, Voy-voy bilan dod keldi.. A) Orif oqsoqol B) Qora amma C) Husan Duma D) Robiya 21 / 33 «Ikki eshik orasi» romanida qaysi obraz romanga ko'rk bag'ishlaydi, u insonparvarligi, odamlar orasida qozongan obro'-e'tibori, eng og'-ir damlarda qiyinchiliklarni yengib o'tishga kuch topishi bilan o'quvchi xotirasiga muhrlanadi? A) Qora amma B) Shomurod C) Orif oqsoqol D) Husan Duma 22 / 33 «Ijodkorda qishloqning qalbi, shaharning aqli bo'lishi kerak» fikrlarining muallifi kirn? A) A. Oripov B) S. Ahmad C) H. Olimjon D) O'. Hoshimov 23 / 33 «Ikki eshik orasi» romanida: «Urush paytida Robiyaning traktoriga suv tashib yurardi», «Hozir Toshkentdagi katta o'qishda o'qiydi», - deya ta'riflangan obraz qaysi? A) Olimjon - Orif oqsoqolning o'g'li B) Shokir - Orif oqsoqolning o'g'li C) Zokir - Olimjon tabibning o'g'li D) Olimjon - Komil tabibning o'g'li 24 / 33 «Ikki eshik orasi» romanida qaysi obraz Robiya non so'raganida zanjirli soatini sotib, non olib beradi? A) Husan duma B) Samadov C) Shomurod D) Orif oqsoqol 25 / 33 Qaysi qatorda O’Hoshimovning qissalari berilgan? A) “Dunyoning ishlari”, “Inson sadoqati”. B) “Bahor qaytmaydi”, “Nur borki soya bor”. C) “Qalbingga quloq sol”, “Kvazarlar”. D) “Vijdon erki”, “To’ylar muborak”. 26 / 33 .O‘tkir Hoshimov “Vijdon dorisi” nomli asarini qaysi janrda yozgan? A) she’riy roman B) qissa C) novella D) pyesa 27 / 33 O' Hoshimovning «Mashaqqatli safar» avtobiografik hikoyasiga qo'yilgan ilovani toping A) «Tarjimayi hol» B) «Qisqacha tarjimayi hol» C) «Kitobxon bilan ikki og'iz suhbat» D) «0'zim haqimda» 28 / 33 O'. Hoshimovning «To'rt maktub» hikoyasi asosida yozilgan qissasini toping. A) «Dunyoning ishlari» B) «Cho'l havosi» C) «To'rt maktub» D) «Bahor qaytmaydi» 29 / 33 O'. Hoshimovning o'zi haqida yozgan avtobiografik hikoyasi -«Mashaqqatli safar»da qaysi kitobining bir bobi «Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko'z oldimga keladi» jumlasi bilan boshlanishini yozadi? A) «Ikki eshik orasi» B) «Bahor qaytmaydi» C) «Dunyoning ishlari» D) «Nur borki, soya bor» 30 / 33 O'. Hoshimov «Mashaqqatli safar» avtobiografik hikoyasida qaysi davrni: «Bu davr men uchun eng hayajonli, eng sermahsul damlar bo'ldi», - deb yozadi? A) G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida ishlagan davrini B) «Sharq yulduzi» jurnalida bosh muharrir bo'lib ishlagan davrini C) Oliy Majlisda ishlagan davrini D) «Toshkent oqshomi» gazetasida bo'lim mudiri bo'lib ishlagan davrini 31 / 33 «Ikki eshik orasi» romanida kimlarning sevgisi bir guli ochilmay so'ladi? A) Kimsan va Robiyaning B) Shomurod va Ra'noning C) Shomurod va Robiyaning D) Kimsan va Ra'noning 32 / 33 O'. Hoshimov «Mashaqqatli safar» avtobiografik hikoyasida onasining to'satdan vafot etishi sabab vujudga kelgan iztirobli tuyg'ulari tufayli qaysi asarining yaratilganligini yozadi? A) «Ikki eshik orasi» B) «Nur borki, soya bor» C) «Vijdon dorisi» D) «Dunyoning ishlari» 33 / 33 «Ikki eshik orasi» romanida yozuvchi nechta personajning hikoyalarini ustalik bilan bir-biriga bog'laydi? A) 8 ta personajning B) 9 ta personajning C) 10 ta personajning D) 7 ta personajning 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz