10-sinf Adabiyot 14-mavzu

0

10-sinf Adabiyot 14-mavzu yuzasida testlar

14 – MAVZU: O’TKIR HOSHIMOV

1 / 33

O’limdan qo’rqarmi,bilgil,mard kishi , Bundan qo’rqib ketmoq nomardning ishi . Ushbu so’zlar qaysi doston qahramoniga tegishli ?

2 / 33

Mamlakat mustaqilligi, el-yurt farovonligi yurt osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligi uchun tinimsiz kurash olib brogan qahramonlarni belgilang.

3 / 33

Ahmad Yassaviy «Ishq da'vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi bilan boshlanuvchi hikmatida qanday insonning «mahshar kunida armoni» bo'lmasligini ta'kidlaydi?

4 / 33

Atoyi g'azallari orasida vazni yengil, misralari qisqa, so'zlari oddiy, uslubi sodda va ravon bo'lgan aruzning qaysi bahrida yozilganlari ko'proq?

5 / 33

Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va hakimlar tarixi») kitobida nechanchi qism Allohga toat-ibodat qiluvchilar haqida?

6 / 33

Xalqaro Bobur jamg'armasining ilmiy ekspeditsiyasi nechtadan ortiq Sharq mamlakatlari bo'ylab ilmiy safarlar uyushtirib, Bobur va boburiylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi ma'lumotlar to'plab, ularni ilmiy iste'molga kiritdi?

7 / 33

Turdi Farog'iyning bizgacha qancha fardi yetib kelgan?

8 / 33

0‘qi bu Lutfiy mungluq niyoznomasini, Savob-u olqish-u yuz ming duo kerak boisa. Lutfiy qalamiga mansub ushbu misralarda qanday badiiy san’at uchraydi?

9 / 33

Muallif «Padarkush» asarida qaysi obraz orqali pul, mol-dunyoga ega bo'lgan ammo uni ilm yo'li, farzand tarbiyasi uchun sarflashni o'ylamagan kimsa qiyofasini beradi?

10 / 33

Marg’ilon Turkistonning …..hunarida birinchi shahridir.

11 / 33

Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam,. deb boshlanuvchi g'azaldagi qofiyadosh so‘zlarni toping.

12 / 33

«Qorako'z majnun» asarida baxti chopmagan, ikki bor turmush qilgan bo'lsa ham farzandsizligi sabab qaytib kelgan obraz qaysi?

13 / 33

A. Oripov «Ко'rgаn-bilganlarim» nomli avtobiografik maqolasida o'zi tug'ilgan qishloq nomini qanday ataydi va uning qadimiy o'zbek urug'larining bir shoxobchasi bo'lishi mumkinligini ham ta'kidlaydi?

14 / 33

«Ijodkorda qishloqning qalbi, shaharning aqli bo'lishi kerak» fikrlarining muallifi kirn?

15 / 33

«Ikki eshik orasi» romanida qaysi obraz temir yo'lda katta o'g'rilik ochilishiga yordam berib, tergovchi ishni yopti-yopti qilib yubormoqchi bo'lganida, stansiyada ishlaydigan qo'shnisining iltimosi bilan awal gazetaga, keyin obkomga xat yozadi va tergovchining ishdan bo'shashiga sababchi bo'lib qoladi?

16 / 33

O'. Hoshimovning o'zi haqida yozgan avtobiografik hikoyasi -«Mashaqqatli safar»da qaysi kitobining bir bobi «Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko'z oldimga keladi» jumlasi bilan boshlanishini yozadi?

17 / 33

«Ikki eshik orasi» romanida qaysi obraz romanga ko'rk bag'ishlaydi, u insonparvarligi, odamlar orasida qozongan obro'-e'tibori, eng og'-ir damlarda qiyinchiliklarni yengib o'tishga kuch topishi bilan o'quvchi xotirasiga muhrlanadi?

18 / 33

O'. Hoshimov «Mashaqqatli safar» avtobiografik hikoyasida onasining to'satdan vafot etishi sabab vujudga kelgan iztirobli tuyg'ulari tufayli qaysi asarining yaratilganligini yozadi?

19 / 33

O'. Hoshimov to'rtinchi kursda o'qib yurganida «Sharq yulduzi»da bosilgan qissasini toping.

20 / 33

O'. Hoshimovning birinchi kitobi qaysi?

21 / 33

Qaysi qatorda O’Hoshimovning qissalari berilgan?

22 / 33

O'. Hoshimovning «Mashaqqatli safar» avtobiografik hikoyasida: «Наг kirn o'z ajdodlari bilan faxrlanishga haqli. Mening ota-bobolarim ham o'z zamonining mashhur kishilari bo'lishgan», - deya qaysi bobokaloni (bobosining otasi)ning «Turkiston tarixida o'ziga xos iz qoldirgan ulug' shaxslardan biri bo'lgan»ligini ta'kidlaydi?

23 / 33

«Ikki eshik orasi» romanida: «Urush paytida Robiyaning traktoriga suv tashib yurardi», «Hozir Toshkentdagi katta o'qishda o'qiydi», - deya ta'riflangan obraz qaysi?

24 / 33

«Ikki eshik orasi» romanida qaysi obraz Robiya non so'raganida zanjirli soatini sotib, non olib beradi?

25 / 33

«Ikki eshik orasi» romanida kimlarning sevgisi bir guli ochilmay so'ladi?

26 / 33

«Ikki eshik orasi» romani necha qism va necha bobdan tashkil topgan?

27 / 33

«Ikki eshik orasi» romanida yozuvchi nechta personajning hikoyalarini ustalik bilan bir-biriga bog'laydi?

28 / 33

O'. Hoshimovning «To'rt maktub» hikoyasi asosida yozilgan qissasini toping.

29 / 33

«Ikki eshik orasi» romanida quyidagi she'r qaysi qahramon tilidan aytiladi? Dukur-dukur ot keldi, Ot boshida xat keldi. Xatini o'qib ko'rsam, Voy-voy bilan dod keldi..

30 / 33

O' Hoshimovning «Mashaqqatli safar» avtobiografik hikoyasiga qo'yilgan ilovani toping

31 / 33

.O‘tkir Hoshimov “Vijdon dorisi” nomli asarini qaysi janrda yozgan?

32 / 33

O'. Hoshimov «Mashaqqatli safar» avtobiografik hikoyasida qaysi davrni: «Bu davr men uchun eng hayajonli, eng sermahsul damlar bo'ldi», - deb yozadi?

33 / 33

«Ikki eshik orasi» romanida qaysi obraz haqiqatgo'yligi bois o'zi anglab yetgan bor haqiqatni yuzga aytishdan cho'chimaydi, undagi jasorat va shijoat boshqalarga ilhom beradi?

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

5 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0