9-sinf Adabiyot 17-mavzu

6

9-sinf Adabiyot 17-mavzu yuzasida testlar

   17 – MAVZU:  TAKRORLASH

1 / 36

"Alpomish" dostonida boshqa dostonlarga nisbatan qanday xususiyat ustunlik qiladi?

2 / 36

«Farhod va Shirin» dostonidan olingan ushbu baytlarda qaysi fasl haqida so’z boradi? Yetishdi qahrabogun qasr chog’i , Ochildi qahrabogun qasr bog’i. Shajar yaprog’i bo’ldi qahrabodek, Demakkim, qahrabo mehri sabodek.

3 / 36

1529 yilda Xojaga alohida hurmat bilan qarab shayxulislomlik mansabini bergan hukmdor kim edi?

4 / 36

Ogahiyning qaysi tarixiy asari nomi «tarixlar qaymog’i” ma'nosini anglatadi?

5 / 36

Furqatning "Fasli navbahor o'ldi" g'azali qahramoniga xos fazilatlar qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?

6 / 36

Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisda qo'llanilgan «infoq qiluvchi» kirn?

7 / 36

«Navoiy» romanida Husayn Boyqaro Murg'ob suvi bo'ylab, o'zining qancha suvorisi bilan shaharni yashirin bosib olish uchun yo'lga chiqadi?

8 / 36

«Ulug'bek xazinasi» romanidan olingan quyidagi ta'rif qaysi qahramonga tegishli? «Аli Qushchi cholning qora qurum bosgan serajin yuziga, paxmoq qoshlari ostidagi tiyrak ko'zlariga hayajon bilan tikildi. Cholning keng yuzi, ko'ksiga tushgan oppoq soqoli, kuch yog'ilib turgan baquwat jussasi, tizzasiga tirab o'tirgan qoqsuyak qo'llari xuddi cho'ng qoyadan o'yib yasalganga o'xshar, vujudidan bo'lakcha bir mardonavorlik, iroda, kuch yog'ilib turardi...»

9 / 36

«Sohibqiron» dramasida Buqalamunning asl ismi nima?

10 / 36

Omon Matjonning qaysi she'rida: «Shu hayot tilsimlarin ochmoq Omonlar kasbikim» misrasi uchraydi?

11 / 36

H Hudoyberdiyeva tarjimai holida qaysi asarlarini onaizori ta’sirida bitganini aytadi ?

12 / 36

Shavkat Rahmonning qaysi she'rida: «0'rgimchak to'qiydi tolalar, xonqizi boradi mehmonga», «Chigirtka qayraydi ovozin» tasvirlari uchraydi?

13 / 36

Sharof Boshbekov o'z ssenariysi bo'yicha suratga olingan qaysi kinoga rejissorlik qilgan?

14 / 36

Shekspir aktyor sifatida o'zining “Hamlet” tragediyasidagi qaysi obraz rolini sahnada ijro etgan?

15 / 36

“Asrga tatigulik kun “romaning bosh qahramoni kim ?

16 / 36

. O^ljas Sulaymonovning qaysi she'hda «Chalajon bir ilonday tomog'imda yuragim» satri keltiriladi?

17 / 36

«Sohibqiron» dramasining muallifi kim?

18 / 36

Qaysi shoir ijodida: «Vatan mehri - iqbolimning oltin kaliti, Vatan mehri - yurt ko'kida charx urgan humo!» satrlari uchraydi?

19 / 36

Qaysi shoirning birinchi marta respublika matbuotida nashr etilgan she'ri «Qushcha» deb nomlangan?

20 / 36

Qaysi asarda Amir Temur janglar orasida emas, balki ko'proq o'ylar girdobida tasviriangan?

21 / 36

2006-yilda nashr qilingan «Osiy banda» asarining muallifi va janrini toping.

22 / 36

Chingiz Aytmatovning qaysi asarida oddiy temiryo'lchi Edigey vaNayman onaning o'ylari, so'zlari, qilgan ishlari kuchli pafos bilan tasvirlangan?

23 / 36

Qaysi yozuvchi 1945-yilda o'n yetti yoshda bo'lsa-da, o'zini o'n sakkizga kirgan qilib ko'rsatib, o'z arizasiga ko'ra ko'ngilli ravishda Ikkinchi jahon urushiga jo'naydi?

24 / 36

Quyidagi qaysi ijodkorning she'rida tarixda jangovarjigi, yovqurligi bilan nom qozongan turkiylarning asl fazilatlaridan mahrum bo'lganligi ifodalanib: «llvasin yigitlar, bobir yigitlar, sajdaga bosh qo'ydi yovga ters qarab» satrlari uchraydi?

25 / 36

«Miftoh ul-adl» («Adolat kaliti») asarining muallifini toping.

26 / 36

Sakkiz yoshida Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» dostonini yod olgach, sal o'tib, Navoiy mutolaasiga tutingan ijodkor kim?

27 / 36

Qaysi adibning farzandining ismi bilan yozgan asari qahramonining ismi bir xil?

28 / 36

Qaysi ijodkorning ruschaga o'girilgan she'rlari «Gordost», «Beliye yabloki», «Reshimost» nomlarida Moskva va Toshkentda bosilib chiqqan?

29 / 36

«Ikki muhabbat» nomli nasriy asarlar kitobi muallifi kim?

30 / 36

Etnografik xarakterdagi «То'у tavsifi», «Gap ta'rifida», «Aza tavsifi» asarlarining muallifi kim?

31 / 36

XVI asrning mashhur shaxslaridan biri, «Maxdumi a'zam» nomi bilan shuhrat qozongan Xojagi Kosoniy kim haqida fikr yuritib, uni «shahbozi balandparvoz» (baland uchuvchi lochin) deb baholagan?

32 / 36

Dantening «Ilohiy komediya» asarini qaysi ijodkor o'zbekchaga o'girgan?

33 / 36

«Nur qidirib» asarining muallifi va janrini toping.

34 / 36

Qaysi ijodkor o'z she'rida: «Shunchaki yozmoqlik shoirga o'lim», - deb yozadi?

35 / 36

«Mening shunchaki kuylagim kelmas, Ovoz pardalarim chidab bersa bas» misralarining muallifi kim?

36 / 36

«Xatolar komediyasi» asarining muallifi kim?

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0