Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 9-sinf Adabiyot » 9-sinf Adabiyot 13-mavzu 9-sinf Adabiyot 9-sinf Adabiyot 13-mavzu InfoMaster Mart 24, 2022 330 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Adabiyot 13-mavzu yuzasida testlar 13 – MAVZU: SHAROF BOSHBEKOV 1 / 32 Poygada Alpomish nomidan Qorajon chopib, Boboxon tog'iga yetgach keyin yetib kelgan qalmoqlar Qorajon bilan Boychiborni boylab o'zlari jo'nab ketganda ularni kim qutqaradi? A) Shohimardon piri B) Kayqubod C) Alpomishning Rajabxo'ja eshon degan piri D) Qultoy 2 / 32 Dedi: qaydin sen, ey majnuni gumrah? Ushbu savol “Xamsa”ning qaysi qahramoniga kim tomonidan berilgan? A) Farhodga Sheruya tomonidan B) Majnunga Navfal tomonidan C) Majnunga Ibn Salom tomonidan D) Farhodga Xusrav tomonidan 3 / 32 Xoja qaysi yildan Balx shahri "shauxulislomi" edi? A) 1539 yildan B) 1529 yildan C) 1534 yildan D) 1540 yildan 4 / 32 Ogahiyning " Taviz ul oshiqin " devonida nechta janrdagi asrlar mavjud? A) 10 ta B) 19 ta C) 21 ta D) 15 ta 5 / 32 Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqatning “Sayding qo'yaber, savyod” asari qaysi janrga mansub? A) Taijiband B) Musaddas C) Mutassa’ D) Muxammas 6 / 32 Manbalarda ko'rsatilishicha, Imom al-Buxoriy necha yoshidan boshlab o'z yurtidagi turli roviylardan eshitgan hadislarni, shuningdek, Abdulloh ibn al-Muborak va Vakiy kabi olimlarning hadis to'plamlarini mutolaa qilib, yodlagan? A) o'n yoshidan B) yigirma yoshidan C) o'n yetti yoshidan D) o'n besh yoshidan 7 / 32 «Navoiy» romanida qaysi obraz: «Johil olomonni tarbiyalamoq uchun tig', loaqal tayoq lozimdir. Olomon shafqat va marhamatning qadriga yetmas», - degan fikrni bildirib, Husayn Boyqaroning bosh ko'targan olomonni jazolash haqidagi qarorini ma'qullaydi? A) Shirim qorovul B) Shayx Temur C) Majididdin Muhammad D) Amir Badriddin 8 / 32 «Ulug'bek xazinasi» romanida bir paytlar uzoq Yassidan haqiqat izlab,UIug'bek taxtiga bosh urib kelgan va undan ko'p yaxshiliklar ko'rgan iste'dodli shoir, arslonyurak jangchi kim edi? A) turkmanbegi Ibrohim Po'lat o'g'li B) amir Sulton Jondor C) Ali Qushchi D) Qalandar Qarnoqiy 9 / 32 «Sohibqiron» dramasida Amir Temurga Boyazidning asir olinganligi haqidagi xabarni yetkazgan sarboz kim? A) Qosimbek B) Buqalamun C) Mironshoh D) Aloviddin 10 / 32 Omon Matjonning «Eng so'nggi xazina» she'rida millatning o'zligini tayin etadigan eng so'nggi va bebaho xazina nima ekani, usiz milliy erkka erishib bo'lmasligi voqeaband yo'sinda aks ettirilgan? A) milliy qadriyat B) milliy urf-odat C) milliy g'urur D) milliy qo'shiq 11 / 32 H Hudoyberdiyeva tarjimai holida qaysi asarlarini onaizori ta’sirida bitganini aytadi ? A) “Bir o’rim soch tarixi “ B) A,C C) “ Hindiqushdan nola keldi “ D) “Yuragimning og’riq nuqtalari “ 12 / 32 Shavkat Rahmon qaysi she'rida: «Qandoq bardosh berib yashayman keyin baxtsiz kimsalarning nigohlariga», - deya yozadi? A) «Jangda o'lgan emas biror bahodir» B) «Turkiylar» C) «Baxt so'zi» D) «Tong ochar ko'zlarin...» 13 / 32 Sharof Boshbekov o'z ssenariysi bo'yicha suratga olingan qaysi kinoga rejissorlik qilgan? A) «Masxaraboz» B) «Doka ro'mol qurishi» C) «Charxpalak» D) «Ma'rif va Sharif» 14 / 32 «Temir xotin» komediyasida robotning necha yilda yasalganligi aytiladi? A) yetti yilda B) besh yilda C) uch yilda D) bir yilda 15 / 32 «Temir xotin» komediyasida kirn kimni feodal, inkvizator, taraqqiyotning dushmani sifatida baholab, robotni beayov ekspluatatsiya qilganlikda ayblaydi? A) Olimjon Qo'chqorni B) Qumri Qo'chqorni C) Olimjon Alomatni D) Alomat Olimjonni 16 / 32 Sharof Boshbekov qaysi teleserialning ssenariy muallifi hisoblanadi? A) «Tushov uzgan tulporlar» B) «Charog'bonlar» C) «Charxpalak» D) «Taqdir eshigi» 17 / 32 . «Temir xotin» komediyasida: «0'ttiz-o'ttiz besh yoshlarda, lekin yoshiga nisbatan ancha katta ko'rinadi», - deya ta'riflangan qahramonni toping. A) Qo'chqor B) Sharofat C) Qumri D) Alomat 18 / 32 Sharof Boshbekovning qaysi komediyasi hozirgi kungacha tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'lib kelmoqda? A) «Charog'bonlar» B) «Temir xotin» C) «Charxpalak» D) «Tushov uzgan tulporiar» 19 / 32 «Temir xotin» komediyasida qaysi obraz tilidan asar voqealari mobaynida bir necha bor «rakatopsin» so'zi ishlatiladi? A) Sharofat B) Qumri C) Olimjon D) Qo'chqor 20 / 32 Sharof Boshbekovning qaysi pyesasi oldin respublika teatr festivalida bosh sovringa loyiq topilgan bo'lsa, so'ngra O'rta Osiyo respublikalari orasida o'tkazilgan teatr festivalining mutlaq g'olibi bo'lgan? A) «Charog'bonlar» B) «Charxpalak» C) «Tushov uzgan tulporlar» D) «Temir xotin» 21 / 32 Sh.Boshbekov pyesalari to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping? A) «Eski shahar gavroshlari», «Mirzo Ulug`bek», «Charog`bonlar» B) «Tushov uzgan tulporlar», «Oltin devor» C) «Eshik qoqqan kim bo`ldi», «Temir xotin», «Tushov uzgan tulporlar». D) «Taqdir eshigi», «Besh kunlik kuyov», «Temir xotin». 22 / 32 Temir xotin» komediyasining birinchi sahnasida qaysi timsolning sodda, topqir, gapga chechan, hazilkash va maqtanchoqligi tasvirlanadi? A) Sharofatning B) Qo'chqorning C) Alomatning D) Olimjonning 23 / 32 «Temir xotin» komediyasida qaysi obraz ikki marta Toshkentga borganligi bilan maqtanar edi? A) Qumri B) Olimjon C) Qo'chqor D) Turobjon 24 / 32 Sharof Boshbekovning qaysi asari respublikalararo ko'rik-tanlov sovrindori bo'lgan? A) «Mehr va mauzer» B) «Tushov uzgan tulporlar» C) «Charog'bonlar» D) «Eski shahar gavroshlari» 25 / 32 «Temir xotin» asarida qaysi obrazlar o`rtasida xalq qismatining g`oyat fojiaviy manzarasi haqida murosasiz bahs bo`lib o`tadi ? A) Qumri va Qo`chqor B) Olimjon va Qo`chqor. C) Alomat va Qo`chqor. D) Turobjon va Qo`chqor. 26 / 32 «Temir xotin» komediyasida robot dalada yurgan Qo'chqor akani qanday qilib topib olar edi? A) sun'iy yo'ldosh yordamida B) issiqlik chiqarishi yordamida C) xarita yordamida D) elektromagnit to'lqinlari yordamida 27 / 32 «Temir xotin» komediyasida dramaturg qishloqdagi haqiqiy holatni aks ettirishda qaysi obrazdan unumli foydalanadi? A) Qo'chqor obrazidan B) Qumri obrazidan C) «temir xotin» obrazidan D) Olimjon obrazidan 28 / 32 «Temir xotin» komediyasida robotga qanday nom qo'yadilar? A) Alomat B) Sharofat C) Qumri D) Sevginator 29 / 32 «Temir xotin» komediyasidagi voqealar necha kun ichida bo'lib o'tadi? A) besh kun B) sakkiz kun C) yetti kun D) uch kun 30 / 32 «Temir xotin» komediyasi qaysi qo'shiq bilan yakunlanadi? A) «Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak, Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak». B) «Yana o'ynaylik, yana kuylaylik, iqbolimiz porloq ekan, davron suraylik». C) «Gul yaxshi-yu gul yaxshi, Gulning popugi yaxshi». D) «Qo'ling qo'lbog'da bo'lsin, Beling belbog'da bo'lsin». 31 / 32 «Temir xotin» komediyasida kim kimni gipnoz qilib yig'latadi? A) Alomat Qo'chqorni B) Olimjon Alomatni C) Alomat Olimjonni D) Olimjon Qo'chqorni 32 / 32 «Temir xotin» komediyasida o'zbek ayoli ruhiyati o'zining cheksiz ko'lami va yuksak ezguliklari bilan yorqin aks ettirilgan bo'lib, qaysi qahramon ayoliga «ко'р o'qishi» bilan maqtanganda ayol erining aslida o'qimishlilik darajasi qandayligini juda yaxshi bilgani holda uni fosh etmaydi, uyaltirmaydi? A) Safar B) Qo'chqor C) Olimjon D) Turobjon 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz