Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 8-sinf Adabiyot » 8-sinf Adabiyot 5-mavzu 8-sinf Adabiyot 8-sinf Adabiyot 5-mavzu InfoMaster Mart 23, 2022 92 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 8-sinf Adabiyot 5-mavzu yuzasida testlar 5 – MAVZU: G`OFUR G`ULOM 1 / 24 Mohiboyni o'limdan qutqarib qolgan inson kim edi? A) Aldarxo'ja B) Olim Sayyod C) Cho'ponlar D) Gurkiboy 2 / 24 Nodira Lutfiyning qaysi g'azaliga o'xshatma yozgan? A) «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur» B) «Xoh inon, xoh inonma» C) «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» D) «Qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul» 3 / 24 Nasr va nazm aralash bitilgan asar? A) “ Devoni Foniy ” B) “ Xazoyin ul- maoniy ” C) “ Mahbub ul - qulub ” D) “ G`aroyib us- sig`ar ” 4 / 24 Nodiraning qaysi g'azalida «sarvi ozodim», «sarvi nozim», «parizodim», «tab'i noshodim» undalmalari bir yo'la ikki obyektga qaratilgan holda qo'llangan? A) «Oqibat» radifli g'azalida B) «Etib ket» radifli g'azalida C) «Eshit» radifli g'azalida D) «Ehtiyoj» radifli g'azalida 5 / 24 G'afur G'ulom qaysi she'rida «hasharchi qo'shni qiz»ning sevgi iztiroblari haqida to'xtalib o'tadi? A) «Kuzatish» B) «Vaqt» C) «Sen yetim emassan» D) «Sog'inish» 6 / 24 G’afur G’ulomning qaysi she’rida shuhrat qozonmoq uchun Gerostratdek ibodatxonaga o’t qo’yish shart emasligini bayon qilgan ? A) “Kuzatish “ B) “Vaqt “ C) “Sen yetim emassan “ D) “Sog’inish “ 7 / 24 Qaysi javobdagi asarlar G‘afur G‘ulom qalamiga mansub? A) «Mahmud Tarobiy», «0‘tror», «Karvon yo‘llarida» B) «Tirilgan murda», «Yodgor», «Netay» C) «Juvonboz», «То‘у», «Baxtsiz kuyov» D) «Zar qadri», «Jar yoqasidagi chaqmoq», «Daryolar tutashgan joyda» 8 / 24 Urush yillarida frontda jang qilayotgan o'g'lini kutayotgan ota kechinmalar G'G'ulomning qaysi she'rida ifodalangan? A) "Xalq otlandi" B) "Kuzatish" C) "Sog'inish" D) "Biz yengamiz" 9 / 24 G‘. G‘ulom urush yillaridayozilgan she’rlari jamlangan qaysi asari uchun 1946-yilda Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan? A) “Vaqt” B) “Men - yahudiy’ C) “Sharqdan kelayotirman” D) “Bizning ko‘chamizda ham bayram bo’lajak’ 10 / 24 G'afur G'ulomning qaysi she'rida «Jabrda masala qo'sh muammodir. Xuddi shunda bir ulug' qurilish jodir» misralari uchraydi? A) «Vaqt» she'rida B) «Sog'inish» she'rida C) «Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi» she'rida D) «Kuzatish» she'rida 11 / 24 E, o`g`lim jonginang salomat bo`lsin, O`z bog`ing, o`z mevang danaging saqla Shu meros bog`ingni, o`z qo`lingga ol Menga topshirilgan merosiy haq-la Ushbu misralar G`.G`ulomning qaysi asaridan olingan? A) «Sen yetim emassan» B) «Alisher» C) «Vaqt» D) «Sog`inch» 12 / 24 Lev Tolstoy, Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor deganimizda ko'z oldimizda epik (nasriy) janr ustalari namoyon bo'lsa, Sergey Yesenin, Abdulla To'qay, Usmon Nosir, Hamid Olimjon nomi tilga olinganda, beixtiyor, she'r musiqasi qulog'imizga chalinadi. G'. G'ulom qaysi janrlarda o'zidan nodir namunalar qoldirgan? A) nasriy janrlarda B) she'riy janrlarda C) ham she'riy, ham nasriy janrlarda D) liro-epik janrlarda 13 / 24 G'afur G'ulomning qaysi she'rida ortiqcha nasihatbozlikdan, aql o'rgatishdan, yo'l ko'rsatishdan asar ham yo'q, aksincha, mehribon, jonkuyar otaning ezgu umidlari ko'ngilga xush yoquvchi ovozda farzandga izhor etiladi? A) «Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi» she'rida B) «Vaqt» she'rida C) «Kuzatish» she'rida D) «Sog'inish» she'rida 14 / 24 Quyidagi misralar G'afur G'ulomning qaysi she'ridan olingan? Aziz asrimizning aziz onlari, Aziz odamlardan so'raydi qadrin. A) «Sen yetim emassan» B) «Vaqt» C) «Sog'inish» D) «Kuzatish» 15 / 24 G'afur G'ulomning qaysi she'rida «o'zbek otasi»ning bo'rtma, umumiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosi yaratilgan? A) «Bizning ko'chada ham bayram bo'lajak» B) «Sharqdan kelayotirman» C) «Sog'inish» D) «Sen yetim emassan» 16 / 24 G'afur G'ulomning «Vaqt» she'rida tarixda qolish uchun arzirli biror ish qo'lidan kelishiga ko'zi yetmay, ulkan buzg'unchilik, vahshiylikka qo'l urib, Diana ma'badi - ibodatxonasiga o't qo'ygan qaysi tarixiy shaxs nomi keltiriladi? A) Gerakl B) Geron C) Gerostrat D) Gelios 17 / 24 Qaysi javobda G‘afur G‘ulomning asarlari berilgan? A) «Baxt tongotari», «Oftob nayzada» B) «То‘у», «Ikki vasiqa» C) «Qishloq hukm ostida», «Zilzila» D) «Kapitan Gastello, «Kurash nechun» 18 / 24 G'afur G'ulomning «Sog'inish» she'rida lirik qahramon kimning kitobini o'qisa, «loyqa xayolotlar chashmaday» tinishini aytadi? A) Fuzuliyning B) Navoiyning C) Bedilning D) Lutfiyning 19 / 24 G'. G'ulomning ijodiy tafakkuriga xos faylasufona mulohazakorlik, kichik tuyulgan hayotiy detallardan katta umumlashmalar yasay olish iste'dodi qaysi she'rida yaqqol o'z ifodasini topgan? A) "Vaqt" B) "Men - yahudiy" C) "Kuzatish" D) "Sog'inish" 20 / 24 G‘.G‘ulomning «Vaqt» she’ri haqida berilgan ma’lumotni aniqlang. A) She’rda «o‘zbek otasi»ning bo‘rtma, nrrmmiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosi aks ettirilgan, otaning sog‘inchi ta’sirli ifoda etilgan. B) She’rda ko‘lankaning o‘rik bilan u bodroq- bodroq gullagan paytda do‘st tutingani, biroq bulutli kunda yo‘qolib qolganligi ifoda etiladi. C) She’rda shuhratparastlikka intilib ibodatxonani yoqib yuborgan Gerostratning qilmishi tilga olinadi. D) She’rda millat dardiga najot sifatida xalqning og‘ir-vazmin, mulohazakor, biroq ko‘zlari yoniq farzandlari - yigitlar tilga olingan. 21 / 24 G‘. G‘ulomning «badiiy topilmalari, lirik pafosi, kuchli samimiyati bilan o‘quvchini jalb qilgan» she’rlarini aniqlang. A) «Sharqdan kelayotirman», «Turksib yoilarida» B) «Turksib yoilarida», «Sen yetim emassan» C) «Sen yetim emassan», «Yalovbardorlikka» D) «Yalovbardorlikka», «Turksib yoilarida» 22 / 24 G'afur G'ulomning qaysi she'ri: «Shoirlar yarim avliyodirlar» degan fikming yaqqol isboti hisoblanadi? A) «Kuzatish» B) «Vaqt» C) «Sen yetim emassan» D) «Sog'inish» 23 / 24 G‘afur G‘ulom o‘zining qaysi she’rida “o‘zbek otasi”ning bo‘rtma, umumiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosini aks ettirgan? A) “Kuzatish” B) “Sen yetim emassan” C) “Sog‘inish” D) “Vaqt” 24 / 24 G'afur G'ulomning quyidagi qaysi she'rida «AI-jabr val-muqobala» - algebra faniga asos solgan buyuk bobokalonimiz Al-Xorazmiy tilga olinadi? A) «Sog'inish» she'rida B) «Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi» she'rida C) «Kuzatish» she'rida D) «Vaqt» she'rida 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz