Tarbiya attestatsiya №5

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Tarbiya fanidan attestatsiya savollari №5

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

"Yo hayotga tayyorlaymiz, yoki — imtihonlarga. Biz birinchisini tanlaymiz", - degan shior qaysi davlatga tegishli?

2 / 40

"El-yurt hurmati ordeni‘‘ ordeni qachon ta'sis etildi.

3 / 40

''Agar iroda kuchli bo‘lsa, ko‘p narsaga erishsa bo‘ladi. Lekin, ayting-chi, irodani qanday qilib shakllantirish mumkin?''....

4 / 40

''Inson tabiatida chuqur o‘rnashgan ehtiyojlardan biri bu-kasblarni tanlash erkinligi va ularning xilma-xilligi''....

5 / 40

Buyuk faylasuf Arastu bundan necha yil avval yashagan?

6 / 40

“Agar turnalar shaklini tark etsa, havo qarshiligiga uchraydi va ………his etadi. So’ng darhol avvalgi shakliga qaytadi va to’dadan madad oladi, kuchi tejaladi, maqsadga erishish osonroq va maroqli bo’ladi”.  (“Turnalar” matnidan)

7 / 40

. U — quvvat, ich-ichingizda yuzaga kelgan kuch. U toʻgʻri yoʻnaltirilsa, yangi yutuqlar, tashabbuslar bunyod boʻladi. Agar undan notoʻgʻri foydalanilsa, buzgʻunchilik sodir boʻladi. U oshkor qilinmagan taqdirda qalbga tiriklayin koʻmilgan harakatga oʻxshaydi u bir kuni boʻy koʻrsatadi. Yaxshisi, bu harakatdan oqilona foydalanish kerak. Ushbu matnda insondagi qaysi tuygʻu haqida taʼrif berilgan?

8 / 40

Oʻzbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning fikricha nima Vatan sevgisi bilan uygʻun boʻlgandagina yuksak natijalar beradi?

9 / 40

Ey farzand, bilg‘ilkim, aql yuzasidan farzandg‘a ota-onani izzat va hurmat qilish vojibdur, nedinkim, uning asli ota-onadur. Ota-onani nima uchun hurmat qilurman, deb ko‘nglingg‘a kelturmag‘il, bilg‘ilki, ular sening uchun o‘limg‘a ham tayyor turaturlar. Har bir farzand, oqil va dono bo‘lsa, hech vaqt ota-onaning mehr haqqini ado qilmoqdin xoli bo‘lmag‘usidur. Ey farzand, shul vajdin ota-onangni ozgina ham ranjitmag‘il..

10 / 40

Qilinadigan yaxshilikning eng afzali kishining o‘z oilasiga qilganidir. Bunday yaxshilikning bir uchi o‘zingizga ham yetib turadi. “Ey Rabbim! Meni (ular) go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!”

11 / 40

Qat'iy irodaning asosi nechta va ular nimalar?

12 / 40

Agar men hayotda qandaydir muhim kashfiyot qilgan bo‘lsam, asosan sabrim va e’tiborim tufayli qilganman, boshqa qandaydir iste’dodim tufayli emas.

13 / 40

Tanqidiy fikrlaydigan odamga xos hususiyatlarni aniqlang. 1. Dalillardan oqilona va holis foydalanadi. 2. Yetarli dalil bo’lmaganda qaror qabul qilishga shoshilmaydi. 3. Mantiqsiz xulosalarni yaroqsizlardan farqlay oladi. 4. Fikrlarini aniq va izchil ifodalaydi. 5. Muammoga darhol yechim topadi va tez qaror chiqaradi...

14 / 40

Inson yolg‘iz o‘zi hech qachon baxtiyor bo‘lolmaydi, barcha insonlar baxtli bo‘lgandagina u baxtli bo‘ladi!

15 / 40

Buyuk Britaniya Parlamentining lordlar palatasi vakili lord Muhammad Iltaf Shayx: “Agar Ulug‘bek hozir hayot bo‘lganida, o‘zbeklar birinchi bo‘lib Oyga safar qilgan bo‘lardi. Al-Xorazmiy bo‘lmaganida, zamonaviy texnologiyalar ham bo‘lmas edi. Ibn Sino asarlari asosida hozir Yevropa tibbiyotni o‘rganmoqda. Biz radikallashuvga O‘zbekiston madaniyati bilan qarshi kurashishimiz kerak. Sizlar Imom Buxoriy hadislarini ingliz tiliga tarjima qilib, sharhlab bering. Biz bu kitoblar bilan jaholatga qarshi kurashamiz”..

16 / 40

. Aqlli kishilar o‘z ish stollari ustiga uch lavhani joylashtirib qo‘yadilar: Birinchisiga: “Buguning haqiqiy kundir” deb yozilgan. Ya’ni bu kun chegarasida yashang. Ikkinchisiga: “Fikr yurit va shukr qil!” deb yozilgan. Ya’ni sizga berilgan ne’matlar haqida tafakkur qiling va uning shukrini ado eting. Uchinchisiga: “G‘azab qilma!” iborasi yozilgan. Bu lavha sizni eng yaqin va oson tarzda baxtga yetaklaydi. Ular sodda, ammo juda foydalidir.

17 / 40

Ijtimoiy tahlil deb nimaga aytiladi?

18 / 40

. Islom dini ilm-fan, madaniyat va san’at ravnaqiga hech qachon to‘sqinlik qilmagan, hatto muayyan cheklovlar o‘rnatilganida ham yangi-yangi g‘oyalar va uslublar, san’atning o‘zgacha yo‘nalishlari rivojiga yo‘l ochib bergan. Alloh taolo bandalariga ko‘rish uchun ko‘z berdi, hid bilish uchun burun ato qildi, qo‘l berdi, oyoq berdi. Ko‘z ham, quloq ham dunyodagi ne’matlardan foydalanadi, quloqning rohati esa go‘zal ohanglarni, yaxshi suhbatlarni eshitishdadir, quloqning ne’mati yaxshi nag‘malar, yaxshi ashulalardir, shunday ekan, nima uchun biz musiqani harom deb hisoblaymiz?

19 / 40

Ijodiy fikrlashning besh asosini aniqlang.

20 / 40

Odamlarni boshqarish bu - .....

21 / 40

Yevropaning barcha sohalardagi taraqqiyotida Islom madaniyatining xizmati beqiyos va uning Yevropa taraqqiyotiga katta ta’sir o‘tkazgan keskin asarlari bor... Yevropaga hayot bag‘ishlagan nafaqat tabiat ilmlari, balki Islom madaniyati bu o‘lkaga ilk nurini yuborganidayoq har tomonlama o‘z ta’sirini o‘tkazgan edi. .

22 / 40

Mahatma Gandi fikridagi tushirib qoldirilgan so’zlarni toping: "..... kechirishni bilishmaydi. Kechira olish - ......ga xos fazilat. Kechirimlilik - ...... belgisi.

23 / 40

Kim baxt kelganda undan foydalanishni bilmasa, u o‘tib ketganda shikoyat qilmasligi kerak.

24 / 40

Onaning oqilaligi tufayli "kashfiyotlar dahosi"ga aylangan mashhur shaxs kim?

25 / 40

Kamchilik va nuqsonlaringni ko‘rsatib, seni koyigan donishmandning etagidan mahkam tut. Zero, u zot xazinaga eltayotgan yo‘lboshchiga o‘xshaydi va sen sira kam bo‘lmaysan.

26 / 40

Bir tikan botsa oyoqqa shunchalar, Ne bo‘lar, ayt, qalbga botsa u agar?

27 / 40

Qanday odam o’zining ham, boshqalarning ham xaloskori hisoblanadi?

28 / 40

Yuqori natijaning o’lchovlari nimalarda namayon bo’ladi?

29 / 40

Ilg’or fikrlash ko’nikmasini egallash yo’llarini aniqlang. 1. O’zgarmaslik yo’llarini aniqlash. 2. Ilg’or fikrlash ko’nikmasining muhimligini tushunish. 3. Ilg’or fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish. 4. Ilg’or fikrlash tajribalaridan foydalanish.

30 / 40

Barchamizga yaxshi ma’lumki, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi.

31 / 40

Sizlarning yaxshilaringiz dunyo ishini deb oxiratni, oxiratni deb dunyo ishini tark qilmaydigan va odamlarga og‘irligini tushirmaydiganlaringizdir.

32 / 40

Yetakchiga xos to’rtta muhim xususiyatni aniqlang.

33 / 40

"Ijobiy motivatsiya" deb nimaga aytiladi?

34 / 40

"Men doimo odamlarni baxtli qilish uchun bir finjon ......, bir qoshiq ....., bir choy qoshiq ....., yana biroz ..... yetarli ekanini aytaman". (Muhammad Ali)

35 / 40

Faol fuqarolik darajalarini aniqlang.

36 / 40

Teatr va gazeta-jurnallarning jamiyat hayotidagi o’rnini oshirgan, taraqqiyotni ilm-u ma'rifatda deb bilgan buyuk ajdodimiz kim?

37 / 40

"Elektron ishtirok" deb nimaga aytiladi?

38 / 40

Muammoni hal qilish uchun ma'lumotlardan aniq va oqilona foydalana olish, savol berish orqali qo’shimcha ma'lumotlar topish ko’nikmasiga nima deyiladi?

39 / 40

. Har qaysi yo’nalishda muvaffaqiyat qozonish uchun qanday ko’nikmalarni rivojlantirish zarur? 1. Muammoga keng qamrovli yechim topish; 2. Tanqidiy fikrlash; 3. Keng qamrovli ijodiy fiklash; 4. Odamlarni boshqarish ko’nikmasi; 5. Odamlar bilan o’zaro munosabat; 6. Liderlarga taqlid qilish; 7. Qaror qabul qilish va xulosa yasash...

40 / 40

Hishom ibn Urva rivoyat qiladi: “Oisha roziyallohu anho bir kelinni bir ansoriy kuyov huzuriga uzatib qo‘ydilar. Janob Rasululloh: “Ey Oisha, musiqa chalib, o‘yin-kulgi bilan kuzatib qo‘ydingizlarmi? Ansorlar musiqa chalib, o‘yin-kulgi qilishni xush ko‘radilar”, dedilar..

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0