Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 6-sinf Biologiya » 6-sinf Biologiya 31-33-mavzular 6-sinf Biologiya 6-sinf Biologiya 31-33-mavzular InfoMaster Aprel 11, 2022 615 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Biologiya 31-32-33-mavzular yuzasida testlar 1 / 50 Hayotiy shakllar uchun keltirilgan ta’riflar orasidan butaga xos bo’lganini belgilang. A) yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklar B) bir nechta yog‘ochlashgan poya tanaga ega ko‘p yillik o‘simliklar. Ildizdagi qo‘shimcha kurtaklardan yangi yosh novdalar o‘sib chiqadi. C) tanasi yog’ochlashgan asosan, 1ta yo’g’on tanali, yo’g’on ildizli va keng shox-shabbali, baland bo’yli ko’p yillik o’simliklar D) poyasining yuqori qismi qishda sovuq urib ketadigan ko’p yillik o’simliklar 2 / 50 Barglari ketma-ket joylashmagan o’simlikni belgilang. A) xolmon B) boqila C) itqovun D) kamxastak 3 / 50 Sklereid hujayralar qaysi mevalarning urug’ining qobig’ida (1) va meva etida (2)bo’ladi. A) 1-olcha,yong’oq,o’rik 2-behi,nok B) 1-yong’oq,behi,olcha 2-nok,olma C) 1-soxta kashtan,olma 2-kaktus,ananas D) 1-behi,nok 2-olcha,o’rik,yong’oq 4 / 50 Elaksimon nay hujayralariga mos bo’lgan variantlarni keltiring. 1-organik moddalarni tashiydi 2-ksilema qismida bo’ladi 3-yadroga ega 4-yo’ldosh hujayralari bor 5-mineral tuzlarni tashiydi 6-yadroga ega emas. A) 1/3/2005 B) 5/2/2006 C) 4/1/2006 D) 3/2/2005 5 / 50 Qovunning ildiz tizimi qanday? A) o’q ildiz B) popuk ildiz C) yon ildizli popuk ildiz D) asosiy ildiz 6 / 50 Ildiz tizimi nechaga bo’linadi? A) 4 B) 1 C) 3 D) 2 7 / 50 Osh piyozning ildizi atrofga necha m yoyiladi? A) 0.6-0.7 B) 2 C) 700 D) 60-70 8 / 50 Poyadan va bargdan qaysi ildiz hosil bo'ladi? A) yon B) o'q C) qo'shimcha D) asosiy 9 / 50 Qaysi o’simliklarning kurtagi yirik? A) chinor, nastarin, soxta kashtan, terak B) tol, olma, o’rik, qayrag’och, tut C) terak, tol, olma, o’rik, qayrag’och D) chinor, soxta kashtan, terak, na’matak 10 / 50 Juftlab yozing. Shoxlangan poya(a) va shoxlanmagan poya(b)li o’simliklar 1)olma 2)palma 3)jiyda 4)do’lana 5)yong’oq A) a-3,4; b-1,5 B) a-1,5; b-2; C) a-1,4; b-2 D) a-3,4; b-2; 11 / 50 Poyaning ichki qismlarini to’g’ri ketma-ketlikda joylashtiring. 1)o’zak 2)kambiy 3)lub 4)ksilema 5)po’st A) 5,2,3,4,1 B) 1,2,3,4,5 C) 5,3,2,4,1 D) 5,3,4,2,1 12 / 50 O’zb.da nisbatan sekin o’sadigan daraxtlarni belgilang. A) nok, do’lana, qatrong’i, pista B) archa, shamshod, nok, pista C) chinor, tol, terak, shotut, yong’oq D) tol, terak, gilos,chinor, yong’oq 13 / 50 Murakkab barglar qanday turlarga bo’linadi ? A) 4; panjasimon, uch bargchali, toq va juft patsimon, ikki va uch karra patsimon B) 3; panjasimon, uch bargchali, toq va juft panjasimon C) 3; panjasimon, uch bo’lakli, patsimon D) 3; panjasimon, uch bargchali, toq va juft patsimon 14 / 50 Barg po’stining tagidagi qavatdagi hujayralarning shakli qanday bo’ladi? A) ustunsimon B) yumaloq C) ovalsimon D) loviyasimon 15 / 50 To’g’ri gulli o’simliklarni belgilang. 1)shaftoli 2)olma 3)na’matak 4)gladiolus 5)nastarin 6)isfarak 7)lola 8)behi 9)rayhon 10)marmarak 11)binafsha 12)qo’ng’iroqgul 13)parpi 14)kiyiko’t 15)loviya 16)burchoq 17)suvyig’ar 18)angishvonagul 19)beda A) 1,2,3,7,8,12,17 B) 4,5,6,9,10,11,13,14,15,16,18,19 C) 1,2,5,7,8 D) 4,5,6,9,10,14,15,16,19 16 / 50 Quyidagi rasmda nima tasvirlangan A) changchili gul B) ikki uyli gul C) urug`chili gul D) bir uyli gul 17 / 50 Urug’i tarkibida ko’p miqdorda moy va zaharli moddalar bo’ladigan o’simlikni belgilang. A) bodom B) pista C) maxsar D) kampirchopon 18 / 50 Sxemalarda ifodalangan to‘pgul turlarini aniqlang. A) 1 - murakkab boshoq, 2 – murakkab soyabon, 3 – qalqoncha B) 1 - murakkab boshoq, 2 – murakkab shingil, 3 - qalqoncha C) 1 - murakkab shingil, 2 - murakkab boshoq, 3 - savatcha D) 1 - murakkab soyabon, 2 – murakkab boshoq, 3 - oddiy soyabon 19 / 50 Tajribada terakning bargli novdasidan olib birining pastki qismidan sal yuqorirog'idagi po'stlog'i halqa shaklida kesib olinadi va ikki novdani bir xil vaqtda suvga solinadi. Oradan ikki hafta o'tgach po'stlog'i halqa shaklida kesilgan novdada qanday o'zgarish kuzatiladi? A) novdaning faqat pastki qismida ildiz hosil bo'ladi B) faqat po'stlog'i kesilgan joyning yuqorisidan ildiz hosil bo'ladi C) novda qurib qoladi D) novdaning 2 joyida: halqa kesilib boshlangan va tugallangan joylarida ildizlar hosil bo'ladi 20 / 50 Agar novdaning po'stlog'i kesib olinsa bu o'sha joydagi moddalar almashinuviga qanday ta'sir ko'rsatadi? A) suv, mineral moddalar va oziq moddalari o'tmaydi-moddalar almashinuvi buziladi B) moddalar almashinuvi jaddalashadi C) suv va mineral moddalari o'tmaydi D) oziq moddalari o'tmaydi 21 / 50 Bir tup makkajo’xori yoz oylarida qancha suv bug’latadi? A) 250-300l B) o’z vaznidan 500-600 hissa ko’p C) 500-600 l D) 200 l 22 / 50 Og’zi shisha plastinka bilan zich berkitiladigan ikkita shisha stakan olinib har birining ichiga bargli yosh novdalarni solib bir necha soatga 1-sini yorug’lik tushib turadigan joyga, 2-sini esa qorong’u joyga olib qo’yildi. Shundan so’ng har ikkala stakanga yonib turgan cho’p tushirildi. Cho’p tushirilgandan so’ng yorug’likda turgan 1-stakandagi yuz bergan jarayon va buning sababini belgilang. A) cho’p yonishdan to’xtab tutay boshlagan-idishdagi CO2ning miqdori ko’p bo’lgan B) cho’p yonishda davom etgan- idishdagi O2ning miqdori yetarli bo’lgan C) cho’p yonishda davom etgan- idishdagi CO2ning miqdori yetarli bo’lgan D) cho’p yonishdan to’xtab tutay boshlagan-idishdagi O2ning miqdori ko’p bo’lgan 23 / 50 O’simlik gullaridagi hasharotlarga kerak bo’lgan narsa(lar)(a) va ularni hasharotlar qaysi a’zolari(b) orqali boshqa gullarga olib o’tishadi? 1)chang 2)nektar 3)xartum 4)oyoqlar 5)tuk A) a-1,2; b-3,4,5; B) a-1; b-3,5; C) a-2; b-3,4,5; D) a-1,2; b-4,5; 24 / 50 Quyidagi rasmda nima tasvirlangan A) na`matakni ildiz bachkisidan ko`paytirish B) tokni qalamchasidan ko`paytirish C) tolni novdasidan ko`paytirish D) tokni parxesh yo`li bilan ko`paytirish 25 / 50 Quyidagi rasmda qanday jarayon tasvirlangan A) gullarni o`z – o`zidan changlanishi B) gullarni chetdan urug`lanishi C) gulli o`simliklardagi urug`lanish D) gullarni chetdan changlanishi 26 / 50 Quyidagi rasmda qaysi o`simlikni ko`payishi tasvirlangan A) binafsha B) begoniya C) tradeskansiya D) boychechak 27 / 50 Chang donasi hujayralari uchun xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. 1)2ta hujayradan tashkil topgan 2)hujayralarining yirigi jinsiy(generativ) hujayra, maydasi vegetativ hujayra deyiladi 3)hujayralarining yirigi vegetativ hujayra, maydasi jinsiy(generativ) hujayra deyiladi 4)vegetativ hujayrasida sitoplazma va yadro bo’ladi 5)generativ hujayrasida sitoplazma va yadro bo’ladi A) 1,3,4 B) 1,3,5 C) 1,2,5 D) 1,3,4,5 28 / 50 Qaysi o’simliklarning ildizidagi kurtaklardan yangi novdalar hosil bo’lishi hisobiga vegetativ ko’payadi? A) yantoq, tok, qoraqat, na’matak, shirinmiya, terak B) qoraqat, na’matak, qizilmiya, yantoq, olvoli, terak C) shirinmiya, yantoq, olvoli, uchqat, na’matak, terak D) yantoq, olvoli,atirgul, qoraqat, terak, shirinmiya 29 / 50 Quyidagi rasmda nima tasvirlangan A) tokni qalamchasidan ko`paytirish B) tolni novdasidan ko`paytirish C) na`matakni ildiz bachkisidan ko`paytirish D) tokni parxesh yo`li bilan ko`paytirish 30 / 50 Bug’doy gullari uchun xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ikki jinsli 2)ayrim jinsli 3)gullari oddiy boshoqda o’rnashgan 4) gullari murakkab boshoqda o’rnashgan 5)urug’chisi boshoqdan tashqarida osilib turadi 6)changchisi boshoqdan tashqarida osilib turadi A) 1,4,6 B) 2,3,5 C) 1,4,5 D) 2,4,6 31 / 50 Volfiyaga xos xususiyatlarni belgilang. 1)dunyodagi yirik gul 2)dunyodagi eng kichik gul 3)kattaligi 1sm 4) kattaligi ignaning uchidek keladi 5)kattaligi to`g`nog`ich uchidek keladi 6)doctor Arnold aniqlagan 7)Tomas aniqlagan A) 1,3,6,7 B) 2.4 C) 2, 5,4 D) 2.5 32 / 50 Bitta urug’kurtakka ega o’simliklarni ko’rsating. 1)olcha 2)shaftoli 3)boychechak 4)lola 5)gilos 6)g’o’za A) 1,2,3 B) 1,2,5 C) 1,4,6 D) 3,4,6 33 / 50 Payvandlash uchun kesib olingan kurtakli qalamcha ... deyiladi. A) qalamcha B) duragay C) payvandtag D) payvandust 34 / 50 Ildiz bachkisidan yangi mustaqil o’simliklarning hosil bo’lishi qaysi hayotiy shakllar o’rtasida uchraydi? 1)daraxt 2)buta 3) ko’p yillik o’t A) 1.2 B) 1.3 C) 1 D) 1,2,3 35 / 50 Payvandlash uchun olinadigan payvandustga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. (iskana payvandda) 1)yillik novdalar hisoblanib shira harakati yurishidan oldin kesib olinadi 2)yillik novdalar hisoblanib shira harakati boshlangandan keyin kesib olinadi 3)maxsus salqin joylarda saqlanadi 4)issiqxonalarda saqlanadi 5)2-3 tadan kurtaklari qoldirib kesiladi 6)pastki qismi ponaga o’xshatib kesiladi A) 2,3,5,6 B) 2,4,5,6 C) 1,3,5,6 D) 1,4,5,6 36 / 50 Shamol yordamida changlanuvchi o’simliklarni belgilang. 1)olma 2)yong’oq 3)o’rik 4)nok 5)tol 6)bug’doy 7)sholi 8)beda 9)arpa 10)suli 11)terak 12)oqquray 13)g’o’za A) 1,3,4,7,8,12,13 B) 1,3,4,8,12,13 C) 2,5,6,8,9,10,11 D) 2,5,6,7,9,10,11 37 / 50 Payvand qilish uchun o’stirilgan urug’ko’chat ... deyiladi. A) qalamcha B) duragay C) payvandtag D) payvandust 38 / 50 Ildizpoyasidan ko’payuvchi o’simliklari belgilang. 1)lola 2)ajriq 3)boychechak 4)g’umay 5)salomalaykum 6)gladious 7)nargiz 8)bug’doyiq A) 2,4,5,8 B) 1,3,6,7 C) 1,3,4,5,8 D) 2,4,5,6 39 / 50 Ildiz bachkisi nima? A) ildizning uchki qismi B) ildizdan hosil bo’lgan novdalar C) ildizda hosil bo’lgan kurtaklar D) ildizpoyadagi kurtaklar 40 / 50 Tuxum hujayradan(1), markaziy hujayradan(2), urug’kurtakchadan(3), urug’kurtak po’stidan(4) nima hosil bo’ladi? a)urug’ b)endosperma c)urug’ po’sti d)murtak A) 1-c; 2-d; 3-a; 4-c; B) 1-d; 2-b; 3-a; 4-c; C) 1-d; 2-b; 3-a; 4-d; D) 1-d; 2-b; 3-d; 4-c; 41 / 50 Raffleziya Arnoldining qaysi xususiyatlari kuzatuvchilarda katta qiziqish tug’dirdi? 1)diametrining 1m ekanligi 2)gultojbarglarining 5sm ekanligi 3)rangining yo’qligi 4)poyasi va bargining yo’qligi 5) ildizi va bargining yo’qligi 6)qo’lansa hidi A) 1,2,3,4,6 B) 1,2,3,6 C) 1.2 D) 1,2,3,5,6 42 / 50 Parxesh usulida ko’paytiriladigan o’simliklarni belgilang. A) tok, anjir, qoraqat B) terak, atirgul, qoraqat C) atirgul, qoraqat, tok D) terak, atirgul, anjir 43 / 50 Quyidagi rasmda nima tasvirlangan A) tolni novdasidan ko`paytirish B) tokni qalamchasidan ko`paytirish C) tokni parxesh yo`li bilan ko`paytirish D) na`matakni ildiz bachkisidan ko`paytirish 44 / 50 Hasharotlar orqali changlanuvchi o’simliklarni belgilang. 1)olma 2)yong’oq 3)o’rik 4)nok 5)tol 6)bug’doy 7)sholi 8)beda 9)arpa 10)suli 11)terak 12)oqquray 13)g’o’za A) 1,3,4,8,12,13 B) 1,3,4,7,8,12,13 C) 2,5,6,7,9,10,11 D) 2,5,6,8,9,10,11 45 / 50 Chang donasi turli yo’llar bilan tumshuqchada ushlanib qolingandan keyin ro’y beradigan jarayonlarni belgilang. 1)generativ hujayrasi o’sib ingichka va uzun chang yo’lini hosil qiladi 2)vegetativ hujayrasi o’sib ingichka va uzun chang yo’lini hosil qiladi 3)vegetativ hujayrasi bo’lib 2 ta sperma hosil qiladi 4)generativ hujayrasi bo’lib 2 ta sperma hosil qiladi 5)spermalardan biri tuxum, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo’shiladi-qo’sh urug’lanish jarayoni sodir bo’ladi A) 1,3,5 B) 2,3,5 C) 2,4,5 D) 1,4,5 46 / 50 Quyidagi rasmda nima tasvirlangan A) tolni novdasidan ko`paytirish B) tokni parxesh yo`li bilan ko`paytirish C) tokni qalamchasidan ko`paytirish D) na`matakni ildiz bachkisidan ko`paytirish 47 / 50 Chang donasining qaysi hujayra(lar)si o’sish xususiyatiga ega? A) vegetativ va generativ hujayralarda B) faqat jinsiy hujayrasi-vegetativda C) faqat vegetativ D) faqat generativ 48 / 50 Turpning urug’kurtagidan nima rivojlanadi? A) murtak B) markaziy hujayra C) meva D) urug’ 49 / 50 Quyidagi o`simlikni bargi qanday tuzilgan A) bargi yo`q B) bargi yashil, chetlari tekis C) ko`lansa hidli D) patsimon qirqilgan 50 / 50 Payvandlash tushunchasiga mos keluvchi ta’rifni belgilang. A) bir o’simlikning ma’lum bir qismini ikkinchi o’simlikka turli usullar bilan o’rnatish B) bir o’simlikning ma’lum bir qismini unumdor yerga ko’chirib o’tkazish C) bir yokibir nechta o’simlikning ma’lum bir qismini unumdor yerga yoki faol kimyoviy eritmaga ko’chirib o’tkazish D) bir o’simlikning ma’lum bir qismini shu o’simlikka turli usullar bilan o’rnatish 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz