Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 6-sinf Biologiya » 6-sinf Biologiya 52-54-mavzular 6-sinf Biologiya 6-sinf Biologiya 52-54-mavzular InfoMaster Aprel 11, 2022 1340 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 9 3 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Biologiya 52-53-54-mavzular yuzasida testlar 1 / 50 Geobotanika bo’limi nimani o’rganadi? A) nafas olish, fotosintez jarayonlarini o‘rganadi; B) o‘simliklarning Yer sharida tarqalish qonuniyatlarini; C) tashqi muhit omillarining o‘simlikka ta’sirini o‘rganadi; D) t.j.y. 2 / 50 Piyoz hujayralari qaysi jihatlari bilan boshqa o'simliklarning hujayralaridan farq qiladi? A) hujayralari shaklining cho'ziqligi, tarqoqroq joylashganligi, xloroplastlarga boyligi B) hujayralari shaklining cho'ziqligi, zichroq joylash-ganligi, leykoplastlarga boyligi C) hujayralari shaklining yumaloq ekanligi, zich joylashganligi, plastidalarining rangsizligi D) hujayralari shaklining cho'ziqligi, tarqoqroq joylashganligi, plastidalarining rangsizligi 3 / 50 Ildiz tizimi nechaga bo’linadi? A) 4 B) 3 C) 2 D) 1 4 / 50 Ovqatga ishlatiladigan, ildizida oziq moddalar to'planadigan o'simliklarni belgilang. 1)qizil lavlagi 2)sabzi 3)rediska 4)turp 5)sholg'om 6)karam 7)piyoz 8)kartoshka A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4,5,8 C) 1,2,3,4,5,7 D) 1,2,3,4,5,6 5 / 50 O’rmalovchi poyaga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang. 1)tarvuz 2)bodring 3)qovoq 4)qovun 5)qo’ypechak 6)temirtikan 7)karnaygul 8)tok 9)qulupnay 10)g’ozpanja A) 1,2,3,4,6 B) 9.1 C) 5.7 D) 8 6 / 50 Poyaning ichki tuzilishini o’rganuvchi botanika bo’limi. A) o‘simliklar fiziologiyasi B) 0‘simliklar embriologiyasi C) 0‘simliklar anatomiyasi D) o‘simliklar morfologiyasi 7 / 50 Murakkab barglar qanday turlarga bo’linadi ? A) 3; panjasimon, uch bo’lakli, patsimon B) 3; panjasimon, uch bargchali, toq va juft patsimon C) 3; panjasimon, uch bargchali, toq va juft panjasimon D) 4; panjasimon, uch bargchali, toq va juft patsimon, ikki va uch karra patsimon 8 / 50 Lolaning gul formulasini to’g’ri belgilang. A) Og3+3 Ch3+3 U1 B) Og3+3 Ch3+3 U(3) C) Gk0 Gt(5) Ch(~) U(2) D) Gk5 Gt5 Ch~ U1 9 / 50 Gulpoyada gullari bir xil uzunlikdagi(1) va turlicha uzunlikdagi(2) gulbandli to’pgulli o’simlik(lar)ni belgilang. A) 1-karam 2-olma B) 1-piyoz 2-nok C) 1-gilos 2-oqqayin D) 1-olcha 2-piyoz 10 / 50 O’simliklarning suv bug’latishini qaysi tajriba yordamida isbotlash mumkin? A) bargli novdani og’zi zich berkiladigan shisha stakanga solib yorug’liktushib turadigan joyda bir necha soat saqlab so’ngra yonib turgan cho’p tushirish orqali B) A va B C) bargli novdani og’zi zich berkiladigan shisha stakanga solib qorong’u joyda bir necha soat saqlab so’ngra yonib turgan cho’p tushirish orqali D) gultuvakda o’sib turgan o’simliklardan birining bargli novdasini kolbaga solib, bir necha soatdan keyin kuzatish orqali 11 / 50 CO2 ning suv bilan birikishi natijasida (xloorofillda) dastlab qanday birikma hosil bo'ladi? A) sut kislota B) kraxmal C) shakar –glukoza D) karbonat kislota 12 / 50 Quyidagi rasmda nima tasvirlangan A) tokni parxesh yo`li bilan ko`paytirish B) tokni qalamchasidan ko`paytirish C) tolni novdasidan ko`paytirish D) na`matakni ildiz bachkisidan ko`paytirish 13 / 50 O’simliklar va ularga xos bo’lgan xususiyatlarni juftlab yozing.(eng to’g’ri javobni tanlang.) 1)saksovul 2)yantoq 3)shuvoq 4)boyalish a)issiq paytlarda bargini to’kib yuboradi b)ildizi yon tarafga 25-30 m gacha yetadi c)ildizi ozuqa qidirib chuqurlikka tushadi d)ildizi namlik(suv) qidirib chuqurlikka tushadi e)ildizi chuqurlikka 25-30 m gacha tushadi f)0,5-1mli gips qatlamlarini teshib o’tadi g)salqin tushishi bilan yana barg chiqaradi h)ildizi juda ham mustahkam A) 1-d,f,h; 2-c,e; 3-a,g; 4-a,g; B) 1-c,d,f,h; 2-a,d,e; 3-a,g; 4-a,g; C) 1-c,f,h; 2-d,e; 3-a,g; 4-a,g; D) 1-c,d,f,h; 2-d,e; 3-a,g; 4-a,g; 14 / 50 Xlorellaga xos bo'lmagan xususiyatlarni belgilan. 1)usti qalin va mustahkam qobiq bilan o'ralgan 2) usti yupqa va mustahkam qobiq bilan o'ralgan 3)hujayrasi sitoplazma, yadro xromatofor, vakuol va hujayra qobig’Idan tashkil topgan 4)sitoplazma, yadro xromatofor, hujayra qobig’Idan tashkil topgan 5)yorug'lik ta'sirida suv va karbonat angidriddan kraxmal sintezlaydi 6)yorug'lik ta'sirida suv va karbonat angidriddan kraxmal, oqsil va bohqa moddalar sintezlaydi 7)suvni, unda erigan CO2 va mineral moddalarni butun tanasi orqali shimib oladi 8)suvni, unda erigan CO2 va mineral moddalarni po'sti orqali shimib oladi A) 2,4,6,8 B) 1,3,5,7 C) 2,4,6,7 D) 2,3,5,8 15 / 50 Quyidagi suvo`t nomini toping A) porfira B) ulva C) fillofora D) laminariya 16 / 50 Qirqbo’g’imning bahorgi poyasiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ildizpoyasidagi kurtaklardan hosil bo’ladi 2)qulay sharoitga tushgan zigotadan hosil bo’ladi 3)shoxlangan 4)shoxlanmagan 5)qo’ng’ir rangli 6)yashil rangli 7)har bir shoxlangan poyasi uchida ko’plab spora beruvchi boshoqlar yetishadi 8)poyasi uchida 1ta spora beruvchi boshoq yetishadi A) 1,4,5,8 B) 1,3,5,7 C) 2,4,6,8 D) 1,4,5,7 17 / 50 Qaysi o’simlik tarkibida «C» va «K» darmondorilari, olma va limon kislotalari bor A) karam B) rediska C) o`sma D) jag`-jag` 18 / 50 Gulxayridoshlarning mevasi – A) 3-5 uyli ko`sak meva B) 1 urug`li yig`ma meva , ko`sak meva C) ko`p urug`li yig`ma meva va ko`sak meva D) ko`p urug`li yig`ma meva 19 / 50 Burchoqdoshlar oilasining gul formulasi – A) Gk5 Gt(2) +(2)+1Ch(9)+1U1 B) Gk(5) Gt1+2+(2) Ch(9)+1U1 C) Gk(3)+(5) Gt5 Ch(~) U(~) D) Gk(3)+(5) Gt(5) Ch~ U~ 20 / 50 Tugmachagulning qaysi qismlari tabobatda ishlatiladi A) bargi, guli, urug`i B) bargi, poyasi, to`pguli C) guli, mevasi, bargi D) ildizi, bargi, poyasi 21 / 50 Sho`radoshlar oilasining gul formulasi – A) Gk4Gt4Ch4+2U1 B) Gk(5) Gt 5 Ch~U1-(5)- ~ C) Gk5Gt5Ch2-5U(2-5) D) Og0;5Ch2-5U(2-5) 22 / 50 Burchoqdoshlar oilasining madaniy o`simliklarini aniqlang 1. beda 2. mosh 3. burchoq 4.no`xat 5. yasmiq 6. yeryong`oq 7. loviya 8. soya A) 2,3,4,5,7,8 B) 1,2,4,5,6,7,8 C) 1,2,4,5,6,7,8 D) barchasi 23 / 50 Yeryong`oqqa xos xususiyatni aniqlang 1.bargi juft patsimon 2. bargi toq patsimon 3. guli cho`ziq, och sariq 4. 1 yillik o`t 5. ko`p yillik o`t 6. guli to`q sariq, dukkagi cho`ziq 7. gullari urug`langach tuproq ichiga kirib meva qiladi A) 1,3,4,7 B) 2,3,4,7 C) 1,4,6,7 D) 2,3,5,7 24 / 50 Gulxayridoshlar oilasida changchilar qanday joylashgan. A) Changchilari 10 ta, ulardan 9 tasining iplari bir-biri bilan qo‘shilib ketgan, o‘ninchisi esa erkin B) Changchilari 6 ta, 3 tasi tashqi, 3 tasi esa ichki halqada o‘rnashgan. C) Changchilari 5 ta, gultojbargining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan nayga o‘rnashgan. D) Changchilari ko‘p, iplari bir-biri bilan qo‘shilib, urug‘chini o‘rab turadi. 25 / 50 Gulxayridoshlar oilasi barglari xususiyatlari keltirilgan qatorni toping 1. oddiy 2. murakkab 3.bandsiz 4. uzun bandli 5. butun 6. o`yilgan 7. panjasimon tomirli 8.parallel tomirlangan 9.ko`pincha panjasimon bo`lakli 10. ko`pincha yumaloq A) 2,4,5,8,10 B) 1,3,5,6,7,9 C) 1,4,5,6,8,10 D) 1,4,5,6,7,9 26 / 50 13.a-Beshyaproqli partenotsissusga b- terakbargli liftokka xos xususiyatlarni aniqlang 1. Bo`yi 2-4(6-10) m 2. Bo`yi 10-15(20) m 3.poyasi ingichka 4. poyasi sershox 5.barglari butun, yirik tishli 6. barglari oddiy panjasimon 7.bargi murakkab panjasimon 8.guli tokka o`xshash 9. bargi tokka o`xshash 10. mevasi tokka o`xshash 11.gulkosachasi aniq ko`rinmaydi 12. gultoji aniq ko`rinmaydi 13.mevasi qora, mayda, rezavor, iste’molga yaramaydi 14. hayotiy shakli buta 15.respublikamiz janubida toshloq va qoyali joylarda o`sadi 16.Vatani Shimoliy Amerika A) a-1,3,4,6,8,9,12,13,16; b-5,8,10,14,15 B) a-2,3,7,8,10,16; b-5,8,11,13,14,15 C) a-2,3,5,7,10,15; b-3,4,6,8,10,11,13,14,15 D) a-2,3,7,8,10,11,13,16; b-5,8,14, 27 / 50 Qovoqdoshlarning bargi – 1.oddiy 2.murakkab 3.patsimon 4.panjasimon 5.poyada ketma-ket joylashgan 6.poyada qarama-qarshi joylashgan A) 2,3,6 B) 1,3,6 C) 1,4,5 D) 2,4,5 28 / 50 Quyidagi rasmda qaysi o`simlik tasvirlangan A) oq akatsiya B) tikan daraxt C) yapon saforasi D) seberga 29 / 50 Tokdoshlar oilasining gul formulasini aniqlang A) Gk5 Gt5 Ch5 U1 B) Gk(5) Gt(5) Ch5U1 C) Gk(4-5) Gt5 Ch(5) U2-6 D) Gk4-5 Gt5,(5) Ch5 U(2) 30 / 50 Tokdoshlarning jingalagi nimaning o`zgarishidan hosil bo`lgan A) tikan B) barg C) yonbarg D) novda 31 / 50 Ituzumga xos bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang 1.Paxtazor, polizlarda, ekinzorlarda uchratish mumkin 2.yo`l yoqalarida tashlandiq yerlarda uchratish mumkin 3. bo`yi 25-50 sm 4. bo`yi 40-50sm 5. poyasi shoxlangan 6.poyasi shoxlanmagan 7. ko`p yillik o`t 8. 1 yillik o`t 9.barglari oddiy uzunchoq tuxumsimon 10. barglari murakkab uzunchoq tuxumsimon 11.gullari oqish 12. gullari och sariq 13. gullari yakka-yakka 3- 10 tagacha bo`lib joylashadi 14.gullari gajak to`pgulda 3- 10tagacha bo`lib joylashadi 15.gulqo`rg`on bo`laklari qo`shilgan 16. gulqo`rg`on bo`laklari qo`shilmagan 17. changchi iplari qo`shilib nay hosil qiladi 18.chanchilari qo`shilmagan 19. iyuldan tupini sovuq urib ketguncha gullaydi 20. iyundan tupini sovuq urib ketguncha gullaydi 21. mevasi sentabrda pishadi 22. mevasi avgustda pishadi 23.mevasi “C” vitaminiga boy 24.mevasi “K” vitaminiga boy 25.mevasidan tabobatda foydalaniladi 26.O`zbekistonda 9 ta turi bor 27.O`zbekistonda 10 ta turi bor A) 4,6,8,10,12,13,15,17,20,21,24,26 B) 1,2,3,5,7,9,11,14,16,18,19,22,23,25,27 C) 1,2,3,5,8,9,11,14,15,18,20,22,23,25,27 D) 4,6,7,10,12,13,16,17,19,21,24,26,23,24,26 32 / 50 Quyidagi o`simlik uchun hos ma`lumotlarni toping 1-rasmda bulg`or qalampiri ko`rsatilgan; 2-rasmda garmdori tasvirlangan; 3-ituzum turkumida mansub; 4-olg`i bilan bir bo`limga mansub; 5-gullari gajak to`pgulda joylashgan; 6- changchilari 5 ta, gultojbarglari qo`shilishidan hosil bo`lgan nayda o`rnashgan; 7- oksitrops bilan bir sinfga mansub; 8-barglaridan zaharli hasharotlarni nobud qiluvchi preparatlar tayyorlanadi A) 6,3,4 B) 2,4,5 C) 1,3,5 D) 5,8,7 33 / 50 Ituzumdoshlarning barglari –1. oddiy 2. murakkab 3. Yonbargchali 4. yonbargchasiz 5. butun 6. bo`lingan A) 1,5,6 B) 2,3,5 C) 2,4,6 D) 1,3,5 34 / 50 Quyidagi o`simlik uchun hos ma`lumotlarni toping 1-rasmda oshqovoq ko`rsatilgan; 2- rasmda itqovun tasvirlangan; 3-gullari hasharotlar yordamida changlanadi; 4-archa bilan bir bo`limga mansub; 5- urug`I dorivor; 6- changchilari 5 ta, gultojbarglari qo`shilishidan hosil bo`lgan nayda o`rnashgan; 7- oksitrops bilan bir sinfga mansub; 8- begona o`t A) 2,4,5 B) 1,3,5 C) 6,3,8 D) 2,8,7 35 / 50 Terakbargli liftokning hayotiy shaklini aniqlang A) daraxt B) yarim buta C) buta D) liana 36 / 50 Ituzumdoshlarning mevasi – A) qo`zoq yoki qo`zoqcha B) ko`sakcha yoki yig`ma meva C) rezavor yoki ko`sakcha D) dukkak 37 / 50 Ituzumdoshlarning gullari – 1.qiyshiq 2. to`g`ri 3.1 jinsli 4. 2 jinsli 5.barg qo`ltig`ida yakka-yakka joylashgan 6 to`pgulda joylashgan 7. to`pguli shingil 8. to`pguli gajak A) 2,4,5 B) 1,3,5,6,7 C) 1,2,4,5,6,8 D) 1,4,5,6,7,8 38 / 50 Ituzumdoshlar oilasining formulasi aniqlang A) Gk(4-5) Gt5 Ch(5) U2-6 B) Gk5 Gt5 Ch5 U1 C) Gk4-5 Gt5,(5) Ch5 U(2-6) D) Gk(5) Gt(5) Ch5U1 39 / 50 Tokdoshlar bargi uchun xos xususiyatlarni aniqlang 1. 5-7 bo`lakli 2. 3-5 bo`lakli 3. panjasimon bo`lingan 4. patsimon qirqilgan 5. uzun bandli 6.bandsiz 7.yonbargchali 8. Yonbargchasiz A) 1,4, 6,8 B) 2,4,5,8 C) 1,3,6,7 D) 2,3,5,7 40 / 50 Quyidagi o`simlik uchun hos ma`lumotlarni toping 1-rasmda baqlajon ko`rsatilgan; 2- rasmda ituzum tasvirlangan; 3-uch bargchali murakkab barg; 4-olg`i bilan bir bo`limga mansub; 5-gullari gajak to`pgulda joylashgan; 6- changchilari 5 ta, gultojbarglari qo`shilishidan hosil bo`lgan nayda o`rnashgan; 7- oksitrops bilan bir sinfga mansub; 8-gulli novdalari tuproq ichiga kiradi A) 2,4,5 B) 5,8,7 C) 6,3,4 D) 1,3,5 41 / 50 Ituzumdoshlar gulidagi nay nimani o`zgarishidan hosil bo`ladi A) urug`chi B) gultoj C) gulkosacha D) changchi 42 / 50 Qovoqdoshlarga mansub madaniy o`simliklarni aniqlang 1. oyimqovoq 2. bodring 3.handalak 4.qozonyuvgich 5.idish-qovoq 6. itqovun A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3 C) 1,2,3,5 D) barchasi 43 / 50 Quyidagi o`simlik uchun hos ma`lumotlarni toping 1-rasmda oshqovoq ko`rsatilgan; 2- rasmda itqovun tasvirlangan; 3-gullari hasharotlar yordamida changlanadi; 4-archa bilan bir bo`limga mansub; 5- urug`I dorivor; 6- changchilari 5 ta, gultojbarglari qo`shilishidan hosil bo`lgan nayda o`rnashgan; 7-oksitrops bilan bir sinfga mansub; 8- begona o`t A) 2,4,5 B) 2,8,7 C) 6,3,8 D) 1,3,5 44 / 50 Gajak to’pgulga ega tuganakli o’simlikni aniqlang. A) topinambur B) batat C) kartoshka D) shoyigul 45 / 50 Qovoqdoshlarning changchili gulining formulasini aniqlang A) Gk 5 Gt(5) Ch 1+2+(2) U 0 B) Gk(5) Gt(5) Ch(0) U(3) C) Gk(5) Gt(5) Ch(2)+(2)+1 U0 D) Gk5 Gt5 Ch0 U(3) 46 / 50 Oshqovoqqa xos bo`lmagan xususiyatni aniqlang A) bargi buyraksimon gullari sariq B) changchi va urug`chi gullari bir tupda yetiladi C) urug`chili gullari changchili gullardan oldin ochiladi 47 / 50 11. Tokdoshlarning gullari uchun xos xususiyatlarni aniqlang 1. gullari yirik 2. gullari mayda 3.to`g`ri 4.qiyshiq 5.1jinsli 6. 2 jinsli 7. rangsiz 8.rangli 9. barg qo`ltig`ida joylashgan 10. to`pgulda yig`ilgan 11. to`pguli ro`vak 12. to`pguli shingil 13. to`pguli gajak 14.gulkosachasi yaxshi taraqqiy etmagan 15.gultoji yaxshi taraqqiy etmagan A) 1,4,6,8,9,13,15 B) 2,3,5,6,7,10,11,14 C) 1,3,5,7,9,15 D) 2,3,4,5,6,7,10,12,14 48 / 50 12.Madaniy tok gulining oila uchun xos bo’lgan gul tuzilishiga o’xshashlik(1) va farqi(2) keltirilgan qatorni belgilang. a) tuzilishi b) urug’chi soni c) changchi soni d) gultojbarg qo’shilib urug’chi va changchini qayiqchaga o’xshab qoplab turadi e) ayrim jinsli f)gultojbarg qo’shilib urug’chi va changchini qalpoqqa o’xshab qoplab turadi g) gulkosachabarg qo’shilib urug’chi va changchini qalpoqqa o’xshab qoplab turadi h) changlanish xususiyatiga ko’ra A) 1-a; 2-d;h; B) 1-a;b;c;2-e;g; C) 1-a; 2-f D) 1-f; h; 2-a;e 49 / 50 Qovoqdoshlar oilasiga mansub begona o`simlikni aniqlang A) idishqovoq B) qozonyuvgich C) oyimqovoq D) itqovun 50 / 50 Qovoqdoshlarning urug`chili gulining formulasini aniqlang A) Gk5 Gt5 Ch0 U(3) B) Gk(5) Gt(5) Ch(0) U(3) C) Gk5 Gt(5) Ch1+2+(2) U0 D) Gk(5) Gt(5) Ch(2)+(2)+1 U0 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz