Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 6-sinf Biologiya » 6-sinf Biologiya 28-30-mavzular 6-sinf Biologiya 6-sinf Biologiya 28-30-mavzular InfoMaster Aprel 11, 2022 456 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 1 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Biologiya 28-29-30-mavzular yuzasida testlar 1 / 50 Noyob mevali o’simliklarni belgilang. 1)yong’oq 2)chakanda 3)qizil lola 4)pista 5)isiriq 6)ko’zagul 7)sallagul 8)bodom 9)zubturum 10)jumagul 11)safsan 12)na’matak 13)suvqalampir 14)chinnigul A) 4,8,11 B) 2,5,12,13 C) 3,6,7,10,14 D) 1,4,8,11,12 2 / 50 O’simliklarni tuproqdan mineral moddalarni qabul qilish jarayonini o’rganadigan bo’limni aniqlang. A) o‘simliklar anatomiyasi; B) o‘simliklar embriologiyasi; C) o‘simliklar fiziologiyasi. D) o‘simliklar morfologiyasi; 3 / 50 O'simliklar hujayra tuzilish darajasiga ko'ra qanday bo'ladi? A) bir yoki ko'p hujayrali B) bir, ko'p hujayrali yoki kolonial C) eukariot yoki prokariot D) hujayrali va hujayrasiz 4 / 50 Quyidagi rasmda qaysi to`qima tasvirlangan A) hosil qiluvchi to`qima B) floema C) ksilema D) epiderma 5 / 50 Ildizning poyadan farqi nima? A) o’sishi B) barg hosil qilmasligi C) hujayraning tarangligi bilan D) O’simlikning vegetativ qismi bo’lishi bilan 6 / 50 Ildiz tizimi nechaga bo’linadi? A) 2 B) 1 C) 4 D) 3 7 / 50 Ko'ndalangiga kesilgan ildizning mikroskopda ko'rinishini to'g'ri ketma-ketlikda belgilang. A) bo'linuvchi, o'suvchi; o'tkazuvchi; so'ruvchi B) po'sti, tukchalari; naylari C) tukchalari, po'sti; naylar D) bo'linuvchi, o'suvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi 8 / 50 Bo‘yi 1 m dan ham oshadigan bir yillik tayanch ildizli o’simlikni aniqlang. A) makkajo‘xori B) kanop C) kanakunjut D) oqjo‘xori 9 / 50 Tik o’suvchi poyaga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang. 1)terak 2)sebarga 3)olma 4)bug’doy 5)qo’ypechak 6)temirtikan 7)karnaygul 8)tok A) 5.8 B) 2 C) 1,2,3 D) 1,3,4 10 / 50 Juftlab yozing. Shoxlangan poya(a) va shoxlanmagan poya(b)li o’simliklar 1)olma 2)palma 3)jiyda 4)do’lana 5)yong’oq A) a-3,4; b-1,5 B) a-3,4; b-2; C) a-1,5; b-2; D) a-1,4; b-2 11 / 50 Po’st parenximasiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. 1)epidermaning ustida joylashgan 2)epidermaning ostida joylashgan 3)asosiy to’qimadan tuzilgan 4)qoplovchi to’qimadan tuzilgan 5)ko’p qavatli tirik hujayralardan tuzilgan 6) ko’p qavatli o’lik va tirik hujayralardan tuzilgan 7)bir qavatli tirik hujayralardan tuzilgan A) 2,4,5 B) 1,4,7 C) 2,3,5 D) 2,3,6 12 / 50 Barg tomirlarining bajaradigan vazifasini belgilang. 1)barg mustahkamligini ta’minlaydi 2)suv va unda erigan oziq moddalar harakatlanadi 3) fotosintez natijasida hosil bo’lgan organik moddalar poyaga o’tadi A) 1 B) 1,2,3 C) 1.3 D) 2.3 13 / 50 Barg og`izcha hujayralari xususiyatlari to’g’ri keltirilgan javobni belgilang 1) loviyasimon shaklda 2) ustunchasimon shaklda 3) ovalsimon shaklda 4)juft hujayralar 5)sitoplazma va yadrodan tashkil topgan 6) sitoplazma, yashil plastida va yadrodan tashkil topgan 7) hujayra qobig’i,sitoplazma, yashil plastida va yadrodan tashkil topgan 8) hujayra qobig’i, vakuol, sitoplazma, yashil plastida va yadrodan tashkil topgan A) 2,4,7 B) 1,4,6 C) 3,4, D) 1,4,8 14 / 50 Murakkab bargli o’simliklarni belgilang. 1)olma 2)shirinmiya 3)beda 4)nok 5)o’rik 6)soxta kashtan 7)shaftoli 8)yong’oq 9)tut 10)tok 11)na’matak 12)qulupnay 13)loviya 14)no’xat 15)yeryong’oq 16)g’o’za 17)terak 18)rovoch 19)yantoq A) 2,3,6,8,10,11,12,13,14,15 B) 2,3,6,8,11,12,13,14,15,18,19 C) 2,3,6,8,10,11,12,13,14,15,18,19 D) 2,3,6,8,11,12,13,14,15 15 / 50 To’g’ri gulli o’simliklarni belgilang. 1)shaftoli 2)olma 3)na’matak 4)gladiolus 5)nastarin 6)isfarak 7)lola 8)behi 9)rayhon 10)marmarak 11)binafsha 12)qo’ng’iroqgul 13)parpi 14)kiyiko’t 15)loviya 16)burchoq 17)suvyig’ar 18)angishvonagul 19)beda A) 1,2,3,7,8,12,17 B) 4,5,6,9,10,11,13,14,15,16,18,19 C) 4,5,6,9,10,14,15,16,19 D) 1,2,5,7,8 16 / 50 Quyidagi o’simliklardan ayrim jinsli bo’lmaganlarini belgilang. 1)terak 2)tut 3)gazanda 4)tol 5)qayin 6)yong’oq 7)makkajo’xori 8)shaftoli 9)olma 10)o’rik 11)gilos A) 2,3,4,5 B) 1,6,7,8,9,10,11 C) 8,9,10,11 D) 1,3,4 17 / 50 Yo‘g‘on va uzun gulpoyada bandsiz gullar joylashgan to‘pgul … deyiladi. A) savatcha B) so’ta C) kuchala D) kallakcha 18 / 50 Boshoq qaysi jihati bilan kuchala to’pguldan farq qiladi? A) asosan changchili gullarda uchraydi B) asosiy gulpoyasi osilib turadi C) bitta umumiy gulpoyada bir nechta gul joylashadi D) asosiy gulpoyasi osilib turmaydi 19 / 50 Ildiz tukchasi va ildiz po`st hujayrasi uchun umumiy xususiyat? A) qobig`i yupqa bo`lgan tirik hujayra B) hujayralari yumaloq va tirik C) hujayra shakli, mag`zi yirik D) C.yirik yadro 20 / 50 Suv va unda erigan mineral moddalarning tuproqdan ildizga- poyagacha ko’tarilish jarayonining ketma-ketligini belgilang. A) tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalar, ildiz tukchalari, o’tkazuvchi qism, po’stloq, yer ustki qism B) tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalar, ildiz tukchalari, o’tkazuvchi qism, po’stloq, elaksimon naychalar, yer ustki qism C) tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalar, ildiz tukchalari, po’stloq, o’tkazuvchi qism, lub tolalari, yer ustki qism D) tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalar, ildiz tukchalari, po’stloq, o’tkazuvchi qism, yer ustki qism 21 / 50 Agar novdaning po'stlog'i kesib olinsa bu o'sha joydagi moddalar almashinuviga qanday ta'sir ko'rsatadi? A) suv, mineral moddalar va oziq moddalari o'tmaydi-moddalar almashinuvi buziladi B) oziq moddalari o'tmaydi C) suv va mineral moddalari o'tmaydi D) moddalar almashinuvi jaddalashadi 22 / 50 Barglari shaklini o’zgartirib tikanlarga aylanib ketgan o’simlikni belgilang. A) shuvoq, qoraboyalich B) saksovul C) shirinmiya D) kaktus 23 / 50 Bir tup makkajo’xori yoz oylarida qancha suv bug’latadi? A) o’z vaznidan 500-600 hissa ko’p B) 250-300l C) 500-600 l D) 200 l 24 / 50 Nima sababdan kuzda barg hujayralaridagi sariq, qizil va binafsha rangdagi bo’yovchi moddalar sezilarli bo’lib qoladi? A) oziq moddalari yetishmay qoladi B) xromoplastlar va xloroplastlarning sintezi tezlashadi C) xlorofillar yemiriladi D) suv yetishmaydi 25 / 50 Yashil o’simliklardagi xlorofill qachon yemiriladi? A) yorug’lik ortib ketganda, harorat ortib ketganda B) yorug’lik ortib ketganda, harorat yetishmaganda C) yorug’lik yetishmaganda, harorat ortib ketganda D) yorug’lik yetishmaganda, harorat yetishmaganda 26 / 50 Barglarning to’kilishida o’simlikdagi qaysi fiziologik jarayonning ahamiyati katta? A) fotosintez B) nafas olish C) suv bug’latish D) oziqlanish 27 / 50 Quyidagi rasmda qanday jarayon tasvirlangan A) o`simliklar nafas olishini ko`rsatuvchi tajriba B) bargning suv bug`latishi C) bargda kraxmal xosil bo`lishi D) shoxcha bir sutkada qancha suv bug`latganini ko`rsatuvchi tajriba 28 / 50 Barglari qishda ham to’kilmay, saqlanib turadigan o’simliklarni belgilang. 1) atirgul 2) ligustrum 3)archa 4) shamshod 5)qarag’ay 6)qulupnay 7)nastarin A) 1,2,3,4,5,6,7 B) 2.4 C) 3,5,6 D) 2,3,4,5,6 29 / 50 Quyidagilardan noto’g’rilarini belgilang. A) o’simlikdagi hamma tirik hujayralari nafas oladi va o’sib rivojlanadi B) noto’g’ri javob keltirilmagan C) qorong’ulikda organik moddalarning hosil bo’lishi va parchalanishi bir vaqtda kechadi D) kunduzi kuni organik moddalarning hosil bo’lishi va nafas olish bir vaqtda kechadi 30 / 50 O’simliklarning tinim davrida nimalar kuzatiladi? 1) oziq moddalar hosil bo’lishi to’xtaydi 2) nafas olish sekinlashadi 3) shira harakati to’xtaydi 4) oziq moddalar hosil bo’lishi deyarli to’xtaydi 5) nafas olish to’xtaydi shira harakati deyarli to’xtaydi 6) nafas olish tezlashadi A) 4,5,6 B) 2,4,6 C) 4,6,7 D) 1,2,3 31 / 50 Quyidagi rasmda qanday jarayon tasvirlangan A) bargda kraxmal xosil bo`lishi B) bargning suv bug`latishi C) o`simliklar nafas olishini ko`rsatuvchi tajriba D) ildiz bosimi kuchini aks ettiruvchi tajriba 32 / 50 Bir tup o’simlikning barglari qancha suv bug’latganligini hisoblab chiqish uchun qaysi tajriba bajariladi? A) bargli novdani og’zi zich berkiladigan shisha stakanga solib yorug’liktushib turadigan joyda bir necha soat saqlab so’ngra yonib turgan cho’p tushirish orqali B) bargli novdani og’zi zich berkiladigan shisha stakanga solib qorong’u joyda bir necha soat saqlab so’ngra yonib turgan cho’p tushirish orqali C) gultuvakda o’sib turgan o’simliklardan birining bargli novdasini kolbaga solib, bir necha soatdan keyin kuzatish orqali D) bargli novdani suvli shisha idishga solinadi. Tarozining bir pallasiga shisha idish, ikkinchisiga qadoq toshi qo’yiladi-muvozanatga keltiriladi suv bug’lanishi natijasida shisha idishdagi suv kamayadi 33 / 50 O’simliklarning hayot faoliyati uchun kerak bo’lmagan zararli moddalar o’simliklarning qaysi organi(qismi)dagi hujayralarda to’planadi? A) barg hujayralarida B) o’zak hujayralarida C) ildiz sathidagi hujayralarida D) meva-urug’ tarkibidagi hujayralarda 34 / 50 Kuzda xlorofill ... ga aylanadi. A) xromoplast B) xloroplast C) leykoplast D) A va B 35 / 50 Suv bug’latish jarayonining o’simlik hayotidagi ahamiyatini belgilang. 1) ildiz orqali suv va mineral moddalarning so’rilishi tezlashadi 2)poya bo’ylab moddalarning harakati yaxshilanadi 3)o’simlik organlarining qizib ketishidan saqlaydi A) 1.3 B) 1,2,3 C) 2.3 D) 1.2 36 / 50 Quyidagi rasmda qanday jarayon tasvirlangan A) ldiz bosimi kuchini aks ettiruvchi tajriba B) o`simliklar nafas olishini ko`rsatuvchi tajriba C) bargda kraxmal xosil bo`lishi D) bargning suv bug`latishi 37 / 50 O’simliklarning ayirish vazifasini bajaruvchi organini belgilang. A) ildiz B) poya C) meva –urug’ D) barg 38 / 50 Quyidagi rasmda qanday jarayon tasvirlangan A) suv va unda erigan mineral moddalarning harakatlanshi B) organic moddalarni lub tolalari orqali harakatlanishi C) bargning suv bug`latishi D) o`simliklar barcha organlari nafas olishi 39 / 50 Suvni kam bug’latish uchun yoz oylarida barglarini to’kib yuboradigan o’simliklarni belgilang. A) saksovul B) shirinmiya C) kaktus D) shuvoq, qoraboyalich 40 / 50 Og’zi shisha plastinka bilan zich berkitiladigan ikkita shisha stakan olinib har birining ichiga bargli yosh novdalarni solib bir necha soatga 1-sini yorug’lik tushib turadigan joyga, 2-sini esa qorong’u joyga olib qo’yildi. Shundan so’ng har ikkala stakanga yonib turgan cho’p tushirildi. Cho’p tushirilgandan so’ng yorug’likda turgan 1-stakandagi yuz bergan jarayon va buning sababini belgilang. A) cho’p yonishda davom etgan- idishdagi CO2ning miqdori yetarli bo’lgan B) cho’p yonishda davom etgan- idishdagi O2ning miqdori yetarli bo’lgan C) cho’p yonishdan to’xtab tutay boshlagan-idishdagi CO2ning miqdori ko’p bo’lgan D) cho’p yonishdan to’xtab tutay boshlagan-idishdagi O2ning miqdori ko’p bo’lgan 41 / 50 Nafas olish(I) va fotosintez(II) jarayonlarida qaysi gazlar tashqi muhitdan qabul qilinadi(a) va chiqariladi(b)? 1) O2 2)CO2 A) I a-1; b-2; II a-1; b-2; B) I a-2; b-1; II a-2; b-1; C) I a-2; b-1; II a-1; b-2; D) I a-1; b-2; II a-2; b-1; 42 / 50 O’simliklarning suv bug’latishini qaysi tajriba yordamida isbotlash mumkin? A) bargli novdani og’zi zich berkiladigan shisha stakanga solib qorong’u joyda bir necha soat saqlab so’ngra yonib turgan cho’p tushirish orqali B) bargli novdani og’zi zich berkiladigan shisha stakanga solib yorug’liktushib turadigan joyda bir necha soat saqlab so’ngra yonib turgan cho’p tushirish orqali C) gultuvakda o’sib turgan o’simliklardan birining bargli novdasini kolbaga solib, bir necha soatdan keyin kuzatish orqali D) A va B 43 / 50 O'simliklarda nafas olish jarayonining oziqlanish jarayonidan farq(lar)ini belgilang. 1)qabul qilinadigan gaz 2)tashqi muhitga chiqariladigan gaz 3)organik moddalar hosil bo'ladi 4) organik moddalar parchalanadi 5)yorug'likni talab qilmaydi 6)kecha-kunduz uzluksiz sodir bo'ladi A) 1,2,4,5,6 B) 1,2,3,5,6 C) 1,2,4 D) 1,2,3,5 44 / 50 Quyidagi rasmda qanday jarayon tasvirlangan tasvirlangan A) bargda kraxmal xosil bo`lishi B) ildiz bosimi kuchini aks ettiruvchi tajriba C) o`simliklar nafas olishini ko`rsatuvchi tajriba D) bargning suv bug`latishi 45 / 50 Bir tup g’o’za yoz oylarida qancha suv bug’latadi? A) 250-300l B) 200 l C) o’z vaznidan 500-600 hissa ko’p D) 500-600 l 46 / 50 Quyidagi rasmda xazornezgilik vaqtida qaysi qavat hosil bo`lishi tasvirlangan A) hosil qiluvchi qavat B) biriktiruvchi qavat C) ajratuvchi qavat D) mexanik qavat 47 / 50 Barglarning to’kilishidan oldin hosil bo’ladigan po’kakning joylashgan o’rnini belgilang. A) barg bandining novdaga birikkan joyida B) barg yaprog’ining barg bandiga birikkan joyida C) barg yaprog’ining novdaga birikkan joyida D) A va C 48 / 50 Bir tup o’rta yoshdagi(30-40yillik) qizilmiya yoz davomida qancha suv bug’latadi? A) 200 l B) 250-300l C) 500-600 l D) o’z vaznidan 500-600 hissa ko’p 49 / 50 Barglarda shakllangan suvni kam bug’latishga nisbatan paydo bo’lgan moslanishlarni belgilang. 1) barglarning juda maydalashib ketganligi 2)barglarning shaklini o’zgartirib tikanlarga aylanib ketganligi 3)barglarning qalin tuklar bilan qoplanganligi 4)yoz oylarida barglarning to’kib yuborish A) 1,2,3,4 B) 2.3 C) 1,3,4 D) 1,2,3 50 / 50 Barglari juda maydalashib ketgan cho’l o’simligini belgilang. A) kaktus B) shirinmiya C) saksovul D) shuvoq, qoraboyalich 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz