Biologiya attestatsiya №8

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Biologiya fanidan attestatsiya savollari №8

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Organizm tomonidan ozuqa moddalarni o'zlashtirish hisobiga amalga oshadigan jarayon?

2 / 40

Odamda jarlikning ikki turi mavjud boʻlib, ulardan birinchisi dominant, ikkinchisi esa retsessiv genlar bilan irsiylanadi. Quyidagi chatishtirishlarning qaysi birida naslda 5 ta kar:3 ta sogʻlom nisbatda ajralish kuzatiladi

3 / 40

Daryo qisqichbaqasining hid sezuvchi hujayralari impulsni qaysi nerv tuguniga olib boradi?

4 / 40

Qaysi o`simliklarni murtak xaltasidagi hujayralar soni gulkosasini soniga teng? 1) Zarmiton 2) Zarafshon 3) Umid 4) Porloq 5) Umirboqi 6) Farhod 7) Saratov-29 8) Sulton

5 / 40

Pomidor o’simligida poyaning baland, mevaning sharsimon bo’lishini boshqaruvchi genlar bir xromosomada va poyaning past bo’yli, meaning noksimon bo’lishini boshqaruvchi genlar esa boshqa xromosomada bo’ladi. Baland bo’yli, sharsimon mevali pomidor past bo’yli, noksimon mevali pomidor bilan chatishtirildi. Birinchi bo’g’in duragaylari baland bo’yli, sharsimon mevali bo’ldi. Olingan duragaylar past bo’yli, noksimon mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, duragaylarning 80 foizi boshlang’ich shakllariga o’xshash bo’ladi. Krossingover foizini aniqlang.

6 / 40

Agar ulotriksning jinsiy ko`payishinatijasida 32 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 25% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 50% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang.

7 / 40

O’rta Osiyo hududida tarqalgan bo’lib, boshqa o’l kalarda deyarli uchramaydigan sudralib yuruvchi цhayvonlar qaysi turkum vakillari hisoblanadi?

8 / 40

Bo’rsiq bilan bir tip (1), sinf (2) turkum (3), oila (4) ga mnasub hayvonlarni aniqlang.

9 / 40

Changchilari oltita bo‘lgan oddiy gulqo‘rg‘onli o‘simliklarni aniqlang. 1. karam 2.lola 3.anzur piyoz 4. oddiy jag‘-jag‘ 5.boychechak 6. o‘sma 7. olg‘i 8. afsonak 9. tangao‘t 10. turp

10 / 40

Quyidagi atamalar qaysi sistematik birliklarni ifodalaydi. 1)xivchinlilar; 2) xlorelladoshlar; 3) kurakoyoqlilar; 4) mushuksimonlar; 5) ituzum; 6) lolasimon; 7) ssifoid meduza; a) sinf; b) oila; c) turkum

11 / 40

Mamlakatimizda qanchadan ortiq tabiat yodgorliklari ro'yxatga olingan?

12 / 40

Laboratoriya mikroskopning 20x lik okulyar bilan pomidor hujayrasini ko’rilganda tasvir 800 marta kattalashtirildi. Obektiv o’zgartirmasdan 10x lik okulyar qo’yilganda tasvir necha marta kattalashadi.

13 / 40

Generativ organlar o‘simlikning ……. ta’minlaydi, ularga……. kiradi. Nuqtalar o’rniga mos javobni toping.

14 / 40

Quyida to’g’ri javob berilgan qatorlar soni nechta.

15 / 40

Hayotiy shakliga ko’ra yalpizdan farq qiluvchi lekin hayotiy shakli bir xil bo’lgan o’simliklar qatorini ko’rsating. 1) sarsazan; 2) iloq; 3) momaqaltiroq; 4) zig’ir; 5) uchqat; 6) sallagul; 7) kanakunjut; 8) isiriq;

16 / 40

Quyidagi to’qimalardan qaysi biri ksilema tarkibiga kirmaydi.

17 / 40

Exinokokk uchun quyidagi javoblarni noto’g’risini toping.

18 / 40

Sershox qirqbo'g’imning jinssiz bo‘g’ini uchun mos javobni belgilang.

19 / 40

Ayirish sistemasi Ikki uchi ochiq naychalardan iborat organizmlarni toping?

20 / 40

Quyidagi ta’riflarni tegishli hayvonlar bilan juftlang? 1)ikki yon tomonida joylashgan uzun tuklarga ega; 2)o’simliklarning yashil qismini yeb zarar keltiradi; 3) nobud bo’lgan hayvonlarning qoldiqlarini yeb sanitarlik vazifasini bajaradi; 4) oyoq terisida parazitlik qiladi; 5) yuragi uch kamerali, sovuqqonli hayvon;

21 / 40

Baqaning boshi tanasiga ....

22 / 40

23. Prokariotlar berilgan qatorni toping. 1. Gerpess; 2. Kokklar; 3. Spirilla; 4. Laminariya; 5. Xlamidomonada; 6. Manta; 7. Muxomor;

23 / 40

Quyida berilgan qaysi o'simlik organlari shakli о'zgargan yerusti novda (a) va shakli o'zgargan barg (b) hisoblanadi? 1) tokning gajaklari; 2) atirgulning tikani; 3) do'lananing tikani; 4) kaktusning tikani; 5) zirkning tikani; 6) qulupnayning gajaklari; 7) bodring gajaklari; 8) no‘xat gajagi; 9) akatsiyaning tikani

24 / 40

Gulkosachabarglari qo’shilmagan (a) va qo’shilgan (b) o’simliklarni aniqlang?

25 / 40

Hayvonlar orasidan yuragida faqat venoz qon bo’ladiganlarini toping.1) yo’lbars; 2) tovus; 3) manta; 4) triton; 5) kaltakesak; 6) qilquyruq; 7) timsoh; 8) burgut; 9) kiyik; 10) zog’ora; 11) qurbaqa; 12) ot; 13) kaptar; 14) ilon; 15) salamandra;

26 / 40

Liftok (a), qo’ng’irbosh (b), yasmiq (c) qaysi oila vakillari hisoblanadi.

27 / 40

Qaysi javobda faqat bitta to’qimaga xos hujayralar berilgan?

28 / 40

Refleks hosil qiluvchi uzun va kalta o‘simtali hujayralari mavjud bo’lgan organizmlarni belgilang. 1. Triton; 2. Salamandra; 3. Xolmon isirg’agul; 4. Porfira; 5. Xlamidomonada; 6. Manta; 7. Achitqilar;

29 / 40

Odam askaridasi chuvalchangini qoramol tasmasimon chuvalchangiga o’xshash jihatlarini aniqlang. 1) nerv sistemasiga ega; 2) hazm qilish sistemasiga ega; 3) qizilo’ngach va anal teshigiga ega; 4) tanasi kutikula bilan qoplangan; 5) umurtqali organizmlarda parazitlik qiladi; 6) metamarfoz bilan rivojlanadi; 7) urg’ochisining jinsiy sistemasi ikkita tuxumdondan iborat;

30 / 40

O’simlik to’qimalari uchun xos ta’riflar to’g’ri berilgan javobni aniqlang. a) asosiy to’qima b) mexanik to’qima. ; c) qoplovchi to’qima; d)o’tkazuvchi to’qima; e) hosil qiluvchi to’qima; 1)hujayralari yupqa va elastik hususiyatga ega; 2) tirik, zich joylashgan, bir qavat hujayralardan tashkil topgan; 3) qalin qobiqli cho’ziq, tirik hujayralardan iborat; 4) qalin, cho’ziq, tik joylashgan hujyralardan tashkil topgan; 5) qalin qobiqli cho’ziq o’lik hujayralardan iborat

31 / 40

Achambiti o’simligi guli uchun xos bo’lmagan javobni toping.

32 / 40

Murtakdan rivojlangan asosiy ildiz turi hayoti davomida rivojlanishda davom etadigan bir yillik o‘simliklar guruhini aniqlang.

33 / 40

Ulotriksni jinsiy va jinssiz ko`payishida 256 ta izogameta va 40 ta zoospora hosil bo`lgan bo`lsa, izogametalarninng 50% dan zigota hosil bo`lib ulardan ulotriks iplari hosil bo`ldi. Jinsiy ko’payish natijasida qancha ulotriks iplari hosil bo`lgan.

34 / 40

O’pka va terisi bilan nafas oluvchi, sovuq qonli hayvonni belgilang.

35 / 40

Qaysi yuksak o'simliklarda urug’lanish jarayonida arxegoniy ishtirok etadi.

36 / 40

Mevasi bitta mevabargdan hosil bo'ladigan, urug'i mevapallaga birikib turadigan o'simliklarni aniqlang? 1) karam; 2) turp; 3) rediska; 4) loviya; 5) mosh; 6) lola; 7) oq akatsiya; 8) chuchmoma

37 / 40

AaBb genotipli organizmlar o'zaro chatishtirilishidan olingan avlodda 2 ta retsessiv genli va 3 ta dominant genli individlar nisbatini aniqlang.

38 / 40

Qirqquloqlarning hayot sikli ketma-ketligidagi 1-, 2- va 3- raqamlar bilan berilgan organlarni aniqlang

39 / 40

O‘simliklar oziqlanish jarayonida

40 / 40

Qo’ng’ir ayiq va ilvirs uchun umumiy bo’lmagan sistematik birliklarni aniqlang. 1) tur; 2) urug’; 3) oila; 4) turkum; 5) sinf; 6) tip; 7) dunyo;

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0