Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 10-sinf Adabiyot » 10-sinf Adabiyot 5-mavzu 10-sinf Adabiyot 10-sinf Adabiyot 5-mavzu InfoMaster Mart 25, 2022 23 Ko'rishlar 26 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Adabiyot 5-mavzu yuzasida testlar 5 – MAVZU: A.NAVOIY 1 / 24 “Rustamxon “ dostonida Ximcha kim edi ? A) Momogul kampirning qizi B) Rustam sevgan qiz C) Xuroyimning kanizi D) Sultonxonning katta xotini 2 / 24 “Shad” qanday unvon edi? A) Uch yuz kishilik qo‘shin sarkardasi B) To‘rt yuz kishilik qo‘shin sarkardasi C) Yetti yuz kishilik qo‘shin sarkardasi D) Olti yuz kishilik qo‘shin sarkardasi 3 / 24 Ahmad Yassaviy «Ishq da'vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi bilan boshlanuvchi hikmatida kimlarni «ham joni yo'q, imoni yo'q» deya ta'riflaydi? A) oshiqlarni B) o'liklarni C) ishqsizlarni D) nodonlarni 4 / 24 Atoyi g'azallari orasida vazni yengil, misralari qisqa, so'zlari oddiy, uslubi sodda va ravon bo'lgan aruzning qaysi bahrida yozilganlari ko'proq? A) hazajda B) mutaqoribda C) solimda D) ramalda 5 / 24 Alisher Navoiyning qaysi qit'asi ayrim bandalarning noshukurligi hamda behuda ta'magirligi haqida? A) «UI bobdakim jahon ahli bevafodur va alardin vafo ko'z tutmoq xatodur» B) «Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak» C) «Haq taolo xoni in'omi-yu karami omi borida o'zgadin nima tilagonning tamayi xomi-yu zoti nofarjomi» D) «Shohni ajdahoga nisbat qilib tururkim, ganj umidi ham andin boru ranj biymi (xavfi, vahimasi) ham» 6 / 24 . Alisher Navoiyning qaysi g'azalida bir qarashda oshiqning dil izhoriga oid tuyg'ular ifodasi aks etayotganday ko'rinsa-da, aslida, obyektiv voqelikka bo'lgan estetik munosabat ifodasi bosh o'rinda turganligini payqash qiyin emas? A) «Наг gadokim...» deb boshlanadigan g'azalida B) «Ko'zung ne balo qaro bo'lubtur» deb boshlanadigan g'azalida C) «Ey sabo...» deb boshlanadigan g'azalida D) «Meni men istagan...» deb boshlanadigan g'azalida 7 / 24 Alisher Navoiyning qaysi g'azalida yor «shohi suxandon» sifatida ta'riflanadi va birinchi marotaba shu o'rinda oshiq ham o'zining asl qiyofasini oshkor etishga jazm etib, o'zining «xushnavo bulbul» ekanligini bildirib o'tadi? A) «Наг gadokim...» deb boshlanadigan g'azalida B) «Ko'zung ne balo qaro bo'lubtur» deb boshlanadigan g'azalida C) «Ey sabo...» deb boshlanadigan g'azalida D) «Meni men istagan...» deb boshlanadigan g'azalida 8 / 24 Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va hakimlar tarixi») kitobida nechanchi qism Allohga toat-ibodat qiluvchilar haqida? A) uchinchi qism B) beshinchi qism C) birinchi qism D) ikkinchi qism 9 / 24 Alisher Navoiyning qaysi misra bilan boshlanuvchi qit'asini shoirning faxriyalaridan biri deyish mumkin? A) «Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak» B) «Navoiy she'ri to'qquz bayt-u, o'n bir bayt, o'n uch bayt» C) «Haq taolo xoni in'omi-yu karami omi borida o'zgadin nima tilagonning tamayi xomi-yu zoti nofarjomi» D) «UI bobdakim jahon ahli bevafodur va alardin vafo ko'z tutmoq xatodur» 10 / 24 Alisher Navoiy haqida bildirilgan quyidagi fikrlar muallifi kim? «Hech kim turkiy she'rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan». A) Rashidiy B) Abdurahmon Jomiy C) Xondamir D) Hakimshoh Qazviniy 11 / 24 Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va hakimlar tarixi») kitobining nechanchi qismi obidlar haqida? A) beshinchi qismi B) ikkinchi qismi C) uchinchi qismi D) birinchi qismi 12 / 24 Alisher Navoiyning «Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg'a ayt» misrasi bilan boshlanadigan g'azalida lirik qahramon nimaga qarata: «Yorning zulfi zunnorida dinim hosili kufrga almashganini nomusulmonimga ayt», - deya yolvoradi? A) saboga B) gulga C) zunnorga D) dahrga 13 / 24 Quyidagi fikrlar muallifi kim? «Bu aziz kitob hazrati xoqon Shohruh mirzo podshohligi davridan boshlab, shu zamonga qadar yer yuzini ravshan vujudlari bilan bezagan va bezab turgan olim va shoirlardan ko'plarining ba'zi sifatlaridan va ahvollaridan bayon qiladi». A) Bayoniy B) Xondamir C) Mirxond D) Bobur 14 / 24 Mashhur tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy yashaydigan qaysi shaharda olimning yosh Alisher bilan tanishuvi yuz beradi? A) Taft shahrida B) Hirot shahrida C) Balx shahrida D) Samarqand shahrida 15 / 24 Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug'atayn» asarida so'z malnolari orasidagi tafovutlarga alohida urg'u berib, turkiylardagi qaysi so'zning ma'nosi ko'z va qoshlar orasini bildirishi bilan izohlanib, bu ma'noni ifodalaydigan alohida so'zning fors tilida mavjud emasligini aytarkan, quyidagi baytni dalillovchi misol sifatida keltiradi? Mengizlah gul-gul, mijalari xor, Qaboqlari keng-keng, og'izlari tor. A) xor B) qabog' C) mija D) mengiz 16 / 24 Alisher Navoiy «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va hakimlar tarixi») kitobida ma'lumot bergan Jolinus kim? A) Gippokrat B) Galen C) Ptolemey D) Pifagor 17 / 24 Alisher Navoiyning turli kishilarga yozilgan maktublardan tuzilgan kitobini toping. A) «Xamsat ul-mutahayyirin» B) «Arba'in» C) «Vaqfiya» D) «Munshaot» 18 / 24 Alisher Navoiy qaysi qit'asida saxiylik va baxillik haqida fikr yuritadi? A) «Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak» B) «Shohni ajdahoga nisbat qilib tururkim, ganj umidi ham andin boru ranj biymi (xavfi, vahimasi) ham» C) «Ul bobdakim jahon ahli bevafodur va alardin vafo ko'z tutmoq xatodur» D) «Haq taolo xoni in'omi-yu karami omi borida o'zgadin nima tilagonning tamayi xomi-yu zoti ofarjomi» 19 / 24 Alisher Navoiy haqidagi quyidagi fikrlar muallifi kirn? «Alisherbek naziriyo'q kishi erdi. Turkiy til bila to she'r aytibturlar, hech kim oncha ko'p va xo'b aytqon emas». A) Mavlono Lutfiy B) Zahiriddin Muhammad Bobur C) Muhammad Solih D) Abdurahmon Jomiy 20 / 24 «Majolis un-nafois» asarining nechanchi majlisi birgina Husayn Boyqaroga bag'ishlangan? A) to'qqizinchi majlisi B) sakkizinchi majlisi C) yettinchi majlisi D) ikkinchi majlisi 21 / 24 Alisher Navoiyning falsafiy-didaktik qarashlarini ancha yorqin ifodalashi bilan ajralib turadigan «Meni men istagan o'z suhbatig'a arjumand etmas» misrasi bilan boshlanadigan g'azali qaysi devonga kiritilgan? A) «Favoyid ul-kibar» devoniga B) «G'aroyib us-sig'ar» devoniga C) «Badoye' ul-vasat» devoniga D) «Navodir ush-shabob» devoniga 22 / 24 Alisher Navoiy qalamiga mansub «Meni men istagan o'z suhbatig'a arjumand etmas» misrasi bilan boshlanadigan g'azalning «Buzug' ko'nglumdin o'zga yerda javloni samand etmas» va «Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra sipand etmas» misralarida qo'llangan «samand» va «sipand» so'zlarining ma'nolarini toping. A) «samand» - lochin, «sipand» - isiriq, isiriq urug'i B) «samand» - saman ot, tezyurar va chiroyli ot. ; «sipand» - isiriq, isiriq urug'i C) «samand» - baland parvo, «sipand» - nopisandlik qilmoq, mensimaslik D) «samand» - saman ot, tezyurar va chiroyli ot.; «sipand» - nopisandlik qilmoq, mensimaslik 23 / 24 Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug'atayn» asarida so'z ma'nolari orasidagi tafovutlarga alohida urg'u berib, yig'lamoq fe'lining eng baland va doimiy ma'nosini qayd etar ekan, turkiylarda bor qaysi fe'lning «muqobalasida forsiy tilda lafz yo'qtur» deydi? A) yig'lamsinmoq B) singramak C) o'kurmak D) ingramoq 24 / 24 Alisher Navoiyning qaysi asari «Nafahot ul-uns min hazarot ul-quds» kitobining erkin tarjimasi hisoblanadi? A) «Munojot» B) «Arba'in» C) «Siroj ul-muslimin» D) «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuwat» 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz