On tili va adabiyot attestatsiya №6

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


On tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №6

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Qaysi gapda paronimlarni qo’llash bilan bog’liq uslubiy xato mavjud?

2 / 40

Jabr-u jafolardan o’tgan, endigina sening qo’lingdan tutgan, seni yo’qotib qo’ymaslik maqsadida bor vujudi bilan sen uchun yashayotganlarning orzusisan, mustaqillik! Ushbu gapda qo’llangan yasama so’zlar soni nechta?

3 / 40

Quyidagi ijodkorlarning o`zbek adabiyotidagi yangiliklari bo`yicha javoblarni moslashtiring.

4 / 40

Paxtafurush cholning holiga ko`p achindi va yerini haydab olgani bitta emas, ikkita xo`kiz berdi, lekin “kichkinagina” sharti bor. Ushbu gapdagi ko`chim turini aniqlang.

5 / 40

1. Bir kun mag‘rur tilshunos sohilda turgan qayiqqa minib narigi qirg`oqqa o‘tmoqchi bo‘ldi. Sohilda yo‘lovchi kutib turgan qayiqchilardan biriga yuzlandi. Qayiq yaqinlashdi. Olim qayiqqa o‘tirdi. Dengizni tomosha qilib ketayotgan olim qayiqchidan so‘radi:
− Sen hech nahv o‘qiganmisan?
− Yo‘q men johil bir qayiqchiman.
Olim:
− E voh, juda xafa bo‘ldim. Demak, yarim umring bexuda
o‘tibdi, − deya achinib qayiqchiga qaradi.

2. Shu vaqt dovul turdi. Keyin dengizning o‘rtasida chayqala  boshladi, qayiqchi butun kuchi bilan xavfdan qutulish uchun harakat qildi. Bo‘ron borgan sayin kuchayar, qayiq esa cho‘kish arafasiga edi. Shu vaqt qo‘rquvdan dir-dir titrayotgan olimdan qayiqchi so‘radi:
− Ey, har narsani bilgan olim do‘stim. Suzishni bilasanmi?
Yo‘q javobini olgan qayiqchi:
− Voh, voh, sen umringni behuda sarflabsan.

3. Hozir butun umring ketdi. Chunki birozdan keyin qayig‘im  cho‘kadi. Yaxshi bilginki: bu yerda hozir nahv (grammatika) emas, mahv ilmi lozim. Agar mahv ilmini bilsang, qo‘rqmasdan dengizga sakra, − dedi. (Jaloliddin Rumiy, “Masnaviy”)

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”si asosida tayyorlangan ushbu matnni o‘qing va raqamlab ko‘rsatilgan bandlarida ro‘y bergan xatoliklar turi moslashtirib ko‘rsatilgan to‘g‘ri javobni belgilang.

a) imloviy xatolik; b) ishoraviy xatolik (punktuatsion); c) uslubiy xatolik (qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolik).

6 / 40

Haqiqatdan qo`rqqan odam yolg`onning panasiga berkinadi. Berilgan gap haqida qaysi fikr to`g`ri?

7 / 40

Qaysi gapdagi ajratib ko’rsatilgan so’zda metonimiya usulida ma’no ko’chishi yuz bergan?

  1.  Anavi qora ko’ylak Mamatqulning o’g’li-ku! Aytsang, olib ketadi.
  2. Bu ishimizni ko’rgan ko’zlar xursand bo’ladi, rahmatlar aytadi.
  3. Akasining hovlisiga kirishi bilan oshrayhonning yoqimli hidi dimog’ini qitiqladi.
  4. Do’stim, dasturxonga qarang, tortinmang, noz-ne’matlardan oling.

8 / 40

Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?

9 / 40

Qaysi javobda “Ravshan” dostoni voqealari bayoni to’g’ri berilgan?

10 / 40

Qaysi asarda mahallalarga chayon solig’ini solgani, odamlarni chayon zahri bilan o’ldirgani aytilgan?

11 / 40

Omon Matjon kimning g`azaliga muxammas bog`lagan?

12 / 40

Berilgan hikmatli so`zlardan qaysi biri fikrlar zanjiridan uzilib qolgan?

13 / 40

O`g`il bu xil suhbatni xushlamasligini bildirib, nigohini pastga olarkan, javobini juda qisqa qildi va bir muddatdan so`ng boshini ko`tarib, otasining holatidan dong qotdi. Cholning jag`i osilgan ko`zlari baqraygan, musichani haydamoqqa ko`tarilgan o`ng qo`li havoda muallaq qolgan. Bamisoli haykal, hatto kiprik qoqmasdi Parchadagi fonetik hodisalar miqdori?

14 / 40

Og’ilxonada o’nga yaqin tuyoqlarimiz bor. Ostiga chizilgan so’zda ma’no ko’chishning qaysi turi qo’llangan?

15 / 40

O`g`lining dardiga sarg`aygan onaning oh-vohlariga chidab bo`lmasdi. Ushbu gapda qaysi turkumga oid so`zlar ishtirok etgan?

16 / 40

Bolam kepti necha tog`lardan osha,
Ikki zulfi gardaniga yarasha,
Po`sht-a, po`sht, tomoshabin jonlarim,
O`lganning nesin qilasizlar tomosha.

Ushbu to`rtlik qaysi xalq doston qahramoni tomonidan aytilgan?

17 / 40

Qaysi qatorda kompozitsion usuldagi ot+ot shaklida yasalgan so’z berilgan?

18 / 40

Berilgan qo`shimchalardan nechtasi faqat lug`aviy shakl yasovchi qo`shimcha hisoblanadi? -la, - (i)b – ta, - tacha, - roq, - mtir, - gach, - niki, - cha, - xon

19 / 40

Ishda to`g`rilik birovning nafsiga, moliga xiyonat qilmaslik, so`zda to`g`rilik har vaqt rost so`zlamaklikdur. (A.Avloniy) Ushbu gapda qatnashgan yasama so`zlar soni nechta?

20 / 40

Ukamni men o`zim barvaqt uyg`otdim. Gapda qaysi turkum so`zlari qatnashgan?

21 / 40

Cheksiz dasht, yassi tepaliklar…Me`morning mag`rib tomonda, tepaliklar ustida yarqirab turgan yarim oy o`rog`iga ko`zi tushdi. Ushbu gapda ochiq bo`g`in qatnashgan so`zlar miqdori nechta?

22 / 40

“Dunyoning ishlari“ qissasida doimo yaltiroq tugmachali jigarrang kitel kiyib yuradi, gapirganda duduqlanib qoladi, chap qo'li tayoqday osilib turadi. Ushbu ta'rif qaysi qahramonga berilgan?

23 / 40

Berilgan zid ma’noli so’zlardan qaysilari fe’l so’z turkumiga oid hisoblanadi? 1) mehnatsevar-dangasa 2) kelmoq-ketmoq 3) yolg’onchi-rostgo’y 4) ost-ust 5) toza-iflos 6) qisqa-uzun 7) urush-tinchlik 8) kulmoq-yig’lamoq.

24 / 40

Bu kun vaslingni tark ayla, tilar jannat zohidlar, Berurlar nasyag`a naqdni, u ne nodon xaloyiqtur? (Atoyi ) Ushbu baytda qanday she`riy san`at qo`llangan?

25 / 40

Qaysi gapdagi yordamchi so`z turkumi so`zlarining tarkibi faqat til undoshlaridan iborat?

26 / 40

Qaysi gapda tinish belgisi noto`g`ri qo`yilgan?

27 / 40

Qo`shma gap berilmagan javobni toping?

28 / 40

Berilgan gaplarning qaysi birida imloviy xatolik uchramaydi?

29 / 40

Mu...llif, ta...mil, ge...log, do...ra, sh...ira, j...iz, m...osh, m...ammo, m...orif, tabi...y, manf...at, ziro...t, insho...t. Qator unli qatnashgan so`zlarning nechtasida nuqtalar o`rniga keng unli qo`yiladi?

30 / 40

O`qib-o`rganmasdan ham foyda-zararning farqiga yeta olaman, degan odamni tentak deb bilmoq kerak. Gapda qaysi kelishik turi yoq?

31 / 40

Qaysi asar ko’pgina jahon tillariga jami 24 tilga tarjima qilingan va bu asar Janni Rodarining tahsiniga sazovor bo’lgan?

32 / 40

Berilgan gaplarning qaysilarida faqat qo`shimcha tarkibida fonetik hodisa yuzaga kelgan 1) Cholning chapdast, chaqon o`g`li bor, mening ham shunday farzandim bo`lsa edi; 2) Mening ikki bolam bor, ikkisi ham mehribon; 3) Meniki va seniki shu aziz tuproq, ko`z qorachig`iday asraylik, o`rtoq! 4) Otang seni ko`rmadi, chog`i. 5) Har bir kishi kasb-korni mukammal bilmog`i, yaxshi tarbiya olmog`i va yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega bo`lmog`i kerak

33 / 40

Navoiyning ”Majolis un-nafois” asarida kim haqida shunday deyilgan: “Xuroson mulkining rangin fozili erdi, ko`p ulum va fununda mohir erdi Sanoe va aruz fanida barcha el ani musallam tutar erdi…?

34 / 40

Hikmatni anglamoqning o‘zi bir hikmatdir. Ushbu gapdagi ismning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalar soni nechta?

35 / 40

Gulxaniyning “Zarbulmasal” asaridagi qaysi masalda “yaxshilik qil suvg’a sol baliq bilur, baliq bilmasa xoliq bilur” deyilgan?

36 / 40

Oybekning “Bolaning ko’ngli podsho” parchasida supuruqsiz, qarovsiz qolgan keng hovli kimniki edi?

37 / 40

Barcha gap bo`laklari bir xil so`z turkumi bilan ifodalangan gaplarni toping? 1) Savol – kumush, javob – oltin; 2) Kitob – aql qayrog`i; 3) Hamma nopok, hamma egri, yolg`iz siz to`g`ri. 4) Rostlik –do`stlik, yolg`onchilik – ko`rgulik; 5) Yolg`on yondirar, haqiqat qondirar.

38 / 40

Zulfiyaning qaysi she`rida H.Olimjonning mashhur she`rida bir misra keltirilgan?

39 / 40

Quyidagi qaysi gaplarda kelishik qo‘shimchasining adabiy til me’yorlariga amal qilinmasdan xato qo‘llanishi kuzatiladi? 1) Biz sizni gazeta sharhi bilan tanishtiramiz; 2) Ularga fikrining ravon so‘zlamoqni o‘rgatish kerak; 3) Qadim zamonga Chin mamlakatida bir ulug‘ podshoh bo‘lgan ekan; 4) O ‘quvchilarga ot va sifatni farqlash vazifasi topshirildi.

40 / 40

“Farhod va Shirin “ dostonida Farhod kimlardan ishq sirlarini o’rganadi? 1) Boniy; 2) Moniy; 3)Qoran; 4) Suhaylo; 5) Suqrot.

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0