Ona tili va adabiyot attestatsiya №5

0%
0

Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №5

1 / 40

“Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqigandan buyon yomon ko’paydi”. Ushbu misralar qaysi asardan olinganligini aniqlang.

2 / 40

Payt, fursat, mahal, chog’, palla, muddat, dam, on, lahza.

Yuqoridagi sinonim so’zlardan qaysi biri “ko’pincha ma’lum ish uchun lozim bo’lgan, shu ishga belgilangan vaqt” ma’nosini bildiradi?

3 / 40

“…… bu yog’ida to’qson besh, bu yog’ida to’qson besh o’n kam ikki yuz kokili bor, bir yog’ini tilla suviga botirgan, bir yog’ini kumush suviga botirgan, tong shamolida qotirgan. Jamoli chillaning qoriday tingjirab, yaltirab o’tirgan”. Ushbu parchada xalq dostonlaridagi qaysi qahramonning husn-u jamoli ta’riflangan?

4 / 40

Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat, ham dadillik baxsh etardi. Mazkur gapda qatnashgan mavhum otlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

5 / 40

Olmoshlar asosida yasalgan sifatlar berilgan javobni aniqlang.

6 / 40

Quyidagi gapda ochiq bo`g`inlarning nechtasi keng unli bilan tugagan? Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Aniq bilursankim, ilm bepoyon.

7 / 40

Quyidagi qaysi javobda “ayirmoq” so`zi “xillab alohidalamoq” ma`nosida kelyapti?

8 / 40

Quyidagi hajviy yo`nalishda yozilgan asarlardan qaysi biri janri bo`yicha boshqalardan farq qiladi?

9 / 40

Qo`lida piyola ushlagan be`morlar suv ichgani ketyapti. Ushbu gapda qaysi kelishik belgisiz qo`llangan?

10 / 40

Tog’ning ko’rki tosh bilan, odamning ko’rki bosh bilan. Ushbu maqolda qaysi so’z turkumiga oid so’zlar ishtirok etgan?

11 / 40

N. Dumbadzening zamonaviy mavzudagi qaysi asarlarida insonlarning bir-biriga munosabatidagi odamiylik, oqibat singari fazilatlar ulug'langan?

12 / 40

Saodat soatini soatsozga sozlatdi. Ushbu tez aytishdagi so`z yasovchi qo`shimchalar tarkibida nechta jarangli sirg`aluvchi undoshlar bor?

13 / 40

Muqimiy “Qoqondan Farg’onaga” qilgan sayohatida qaysi qishloqning odamlarini “charchashni bilmas yursalar, purzor ketmon ursalar, vaqti namozga kelsalar, masjid soriga lang ekan” deya ta’riflaydi?

14 / 40

1995-yil 24-avgustda qabul qilingan imlo qoidalari ko`ra qaysi qatorda narsaning biror maqsad, ish uchun mo’ljallanganligini bildiruvchi qo’shma ot berilmagan?

15 / 40

...yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar. Ushbu ta`rif qaysi asarda keltirilgan va qaysi personajlarga nisbatan qo`llangan?

16 / 40

Qaysi gapda paronim bilan bog’liq xatolik mavjud?

17 / 40

Qaysi baytda tanosub, tashxis va husni ta’lil she’riy san’atlari qo’llangan?

18 / 40

Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?

19 / 40

Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog’liq xatolik bor?

20 / 40

Qaysi gapda ko’makchini unga ma’nodosh bo’lgan kelishik qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin?

21 / 40

Qaysi gapda qatnashgan yasama fe’l va yasama otning asosi shakldoshlik xususiyatiga ega?

22 / 40

Tuproq to’shagida yotgan ko’p ko’rdim, Qaro yer bag’riga botgan ko’p ko’rdim. Ushbu gapdagi qo’shimchalar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotni aniqlang.

23 / 40

“Mahbub ul-qulub”da Navoiy:”…hodisalar to’la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo’ladi va insoniyat qadrini o’lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirishga ham bo’ladi”, - deya ta’rif qilgan narsa nima?

24 / 40

Qaysi gapdagi ajratib ko’rsatilgan so’zda metonimiya usulida ma’no ko’chishi yuz bergan?

  1.  Anavi qora ko’ylak Mamatqulning o’g’li-ku! Aytsang, olib ketadi.
  2. Bu ishimizni ko’rgan ko’zlar xursand bo’ladi, rahmatlar aytadi.
  3. Akasining hovlisiga kirishi bilan oshrayhonning yoqimli hidi dimog’ini qitiqladi.
  4. Do’stim, dasturxonga qarang, tortinmang, noz-ne’matlardan oling.

25 / 40

Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha undoshlari jarangsiz til undoshlariga mansub bo’lgan sifatlarni aniqlang. 1) yig’ma; 2) tushuncha; 3) qishki: 4) qaqshatqich: 5) tortinchoq: 6) ostki

26 / 40

Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko’rsatilgan so’zlarning asoslari o’zaro shakldosh bo’la oladi?

  1. U eshikning chiroyli shisha tutqichini avaylabgina ushlab ko’rardi. Oradan biroz vaqt o’tgach xonaga tutqunni olib kirishdi.
  2. Uning tushkun kayfiyati atrofdagilarga ham ta’sir qilayotgan edi. Bog’da ishlayotganlar allaqachon tushlikka chiqishgan.
  3. Anor butasimon mevali daraxtlar sirasiga kiradi. Bolakay mevazor bog’da aylanib yurdi.
  4. Otlar kelishik qo’shimchalari bilan turlanadi. Anjumanda turli millat vakillari ishtirok etayotgan edi.

27 / 40

Qaysi gapda otga xos bo’lgan lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha qatnashmagan?

28 / 40

Qaysi javobda “Ravshan” dostoni voqealari bayoni to’g’ri berilgan?

29 / 40

Qaysi gapda tovush o’zgarishi bilan yozilgan ot+ot tipidagi qo’shma sifat qatnashgan?

30 / 40

Anvar Obidjon qaysi she’rida yurtimiz – Turonzamin tarixida kechgan xatarli va sharafli hodisalarning ko’pchiligi tarix kitoblari, solnomalarda “tarixiy voqea” deb atalishini yodimizga solar ekan, birdan bugungi O’zbekiston hayotiga shu nuqtayi nazardan qarab ko’rishni taklif qiladi?

31 / 40

Do’stlikni e’zozlashning zarur sharti do’stlar bilan uchrashib turishdir. Ushbu gapda ismning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar soni nechta?

32 / 40

Qaysi gapdagi so’zlar imlosida ro’y bergan tovush o’zgarishlari faqat turlovchi qo’shimchalar ta’sirida yuzaga kelgan?

33 / 40

Qaysi asarda mahallalarga chayon solig’ini solgani, odamlarni chayon zahri bilan o’ldirgani aytilgan?

34 / 40

Raviy undosh tovush bilan ifodalangan mutlaq qofiyali baytni toping.

35 / 40

Qaysi gaplar juftligida berilgan -siz shaxs-son qo’shimchasi har ikki o’rinda ko’plik ma’nosini ifodalab kelgan?

36 / 40

Qaysi gapda asosi ot turkumiga oid so’z bilan shakldosh bo’la oladigan sodda yasama so’z mavjud emas?

37 / 40

“Shayx Sa’diy” voqeasining hissasini toping.

38 / 40

Qaysi gapda ajratib ko’rsatilgan so’z birikmasida tobe qismi kelishik qo’shimchasi bilan shakllanmagan?

  1. Havo birdan sovidi-yu, sharros yomg’ir yog’a boshladi.
  2.  U kishi yolg’onni haqiqatdan farqlay olar edi.
  3.  Nosirjon qayoqqa yurishini bilmay qolgan edi, kimdir uni chaqira boshladi.
  4.  Men ham shunga ko’ngan edim, Menga shu ham yetardi.

39 / 40

Qaysi javobda yetakchi qismi yasama fe’l bo’lgan ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi ravishdosh shaklida qo’llangan?

40 / 40

Quyida berilganlardan so’z tarkibi ot+so’z yasovchi qo’shimcha+ lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha + sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha tartibida joylashmagan so’zlar ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1) she’rxonlarning; 2) bilimdonliging; 3) qayg’urishdi; 4) bostirmada: 5) tushirtirmoq: 6) ranjitdi

O'rtacha ball 0%

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Iltimos, reklama blokeringizni o’chiring!

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0