Ona tili va adabiyot attestatsiya №2

0%
0

Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №2

1 / 40

Yangidan o’zida kuch-g’ayrat tuyardi, kelajagiga, o’z maqsadlariga erishishga umid uyg’onardi. Berilgan gap tarkibida fonetik o’zgarish asosida yozilgan so’zlar haqida to’g’ri fikrni toping.

1)Ushbu gap tarkibida fonetik o’zgarish hodisasi sodir bo’lmagan.

2)Fonetik o’zgarishga uchragan so’zlarda tovush tushgan va almashgan.

3)Fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar soni 3 ta.

4)Fonetik o’zgarishga uchragan barcha so’zlarda tovush tushgan.

2 / 40

Quyidagi gapda mustaqil so`zlar miqdorini aniqlang?
G`amgin qoyalar qilib qo`ygan gunohidan o`zi qo`rqib ketganday ingrab yubordi.

3 / 40

Qaysi so’zlarning yozilishida bosh harflar imlosiga amal qilingan?

4 / 40

Odil Yoqubov qalamiga mansub “Olma gullaganda” asarining janrini aniqlang.

5 / 40

Quyida berilgan gaplarning qaysilarida paronim xatolik jarangsiz undosh o`rniga jarangli undosh qo`llash orqali yuzaga kelgan.
1.Odam tushgan chog`ni uning o‘zi qazigan bo‘ladi. (Nepal xalq maqoli)
2.Ushshoq ham non. (Norveg xalq maqoli)
3.Nokasdan qars olsang, uxlashga qo‘ymaydi. (Ukrain xalq maqoli)
4.Do‘stsiz boshim – tussiz oshim. (O‘zbek xalq maqoli)
5.Mard jonini fido qilsa, qochoq issiz yo‘qolar. (Chuvash xalq maqoli)
6.Bug‘uni uradigan odam uning shohlaridan qochib qutula olmaydi. (Dolgan xalq maqoli)
7.Og‘zini bod ochadigan kishi ko‘p yo‘qotadi. (Shved xalq maqoli)
8.Kichkina teshikdan kirgan nur ham xonani yoriq qiladi. (Yapon xalq maqoli).

6 / 40

Sonor undoshlar haqida berilgan qaysi fikr to’g’ri emas?

7 / 40

Qaysi qatorda Mirtemir ijodiga mansub tarjimalar berilgan?

  1. Pushkinning"Yevgeniy Onegin" she'riy romani;
  2. Lermontovning "Maskarad" asarini
  3. "Manas" qirg'iz xalq eposini;
  4. "Qirq qiz" qoraqalpoq xalq dostoni;
  5. "Sosunli Dovud" arman xalqeposi.

8 / 40

Umri… mazmuni… millat… dardi… darmon bo’lish… iborat deb bilgan Amir Temur xalqimiz… ardoqli, ulug’ farzandidir. Ushbu gapda nechta so’zdagi nuqtalar o’rniga qaratqich kelishigi qo’shimchasini qo’llash lozim?

9 / 40

Voqea-hodisa, shaxs-narsani nomlash uchun ishlatilgan (bir so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalangan) qisqa gapdan so‘ng ishlatiladigan tinish belgisi qaysi gapda qo`llangan?

10 / 40

old, ko`ra, orqa, qarab,ro`para, deya, oldin, deb,avval, bo`ylab, keyin, so`ng, atab.
Ushbu vazifadosh ko`makchilardan nechtasi fe`l so`z turkumidan hosil bo`lgan?

11 / 40

"Bu dunyoga kelib nima karomat ko'rsatdik? Ko'prik qurdikmi, machit soldikmi?" Ushbu gapda nechta boshqaruvli so'z birikmasi mavjud?

12 / 40

-(a)r qo’shimchasi bilan fe’lning xoslangan shakllaridan qaysi biri hosil qilinadi?

13 / 40

–choq, -cha, -jon, -xon, -loq qo’shimchalari qanday qo’shimchalar sanaladi?

14 / 40

Gumon olmoshlarini hosil qiluvchi so’zlar qatorini toping.

15 / 40

Qaysi qatorda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undoshlar jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra ham, til qismlarining harakatiga ko‘ra ham o‘zaro farqlanadi?

16 / 40

Imloviy jihatdan xato yozilgan so'zni toping

17 / 40

Qaysi qatordagi so'zlarda tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi?

18 / 40

Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan ega ishtirok etgan javobni aniqlang.

19 / 40

Bazm uyushtirilibdi. Fe’l nisbatini aniqlang.

20 / 40

"O'quvchilar sanoq sistemasini o'rganishardi, gohida sanog'idan adashgan bolalar jahl bila ruchkani partaga urardilar." Ushbu gapda nechta fonetik o'zgarish mavjud?

21 / 40

Qaysi gapda // belgisi o‘rnida ikki nuqta bo‘lishi kerak?

22 / 40

Qaysi qatorda olmosh gap o‘rnida kelgan?

23 / 40

"Bu ko'ylak sal qizilroq ekan." Ushbu gapda sifatning qaysi darajasi qatnashgan? Qaysi yo'l bilan hosil qilingan?

24 / 40

Olmoshlar asosida yasalgan sifatlar berilgan javobni aniqlang.

25 / 40

Qaysi javobda // belgisi o'rnida tireni qo'yib bo'lmaydi?

26 / 40

Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat, ham dadillik baxsh etardi. Mazkur gapda qatnashgan mavhum otlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

27 / 40

Baland bolaxonali uy. Ushbu jumlada qanday holatda uyning balandligi anglashiladi?

28 / 40

Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘z bilan ifodalangan gapni aniqlang.

29 / 40

Qaysi birliklar so‘z birikmasi deb ham, frazeologik ibora deb ham qaralishi mumkin? 1) ustidan chiqmoq; 2) kalishini to‘g‘rilamoq; 3) ko‘ngliga o‘tirmoq; 4) dumini bosmoq.

30 / 40

Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?

31 / 40

“Odina qanday o‘qiyapti?” – deb so‘radi onasi. Berilgan gapni o‘zlashtirma gapga aylantirganda onasi so‘zi qanday o‘zgarishga uchraydi?

32 / 40

Vatanning baxti, porloq istiqloli, yorqin kelajagi uchun yashash, kerak bo'lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ham qarzdir. Parchada qanday fonetik o'zgarishlar ro'y bergan?

33 / 40

Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor?

34 / 40

Qaysi qo‘shma gap tarkibidagi ikkala sodda gapda ham hol ishtirok etgan?

35 / 40

Qaysi gapda ikki o‘rinda vazifadosh bog‘lovchi ishtirok etgan?

36 / 40

Quyidagi gapda ochiq bo`g`inlarning nechtasi keng unli bilan tugagan? Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Aniq bilursankim, ilm bepoyon.

37 / 40

Qaysi gapdagi modal so‘z fikrga ishonch munosabatini bildiradi?

38 / 40

Ergash gap qismida qo‘shimcha qo‘shilishi ta’sirida tovush tushishi yuz bergan va shunday yozilgan so‘z qatnashgan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni toping.

39 / 40

Quyidagi gapda nechta yasama so'z mavjud? O‘zni dono bilgan u uch-to‘rt nodon Eshak tabiatin qilur namoyon. Bular suhbatida sen ham eshak bo‘l, Bo‘lmasa "kofir" deb qilishar e’lon

40 / 40

Quyida berilgan gapda nechta yasama so'z bor? Oybek domla nihoyatda tiyraklik bilan, ko'pchilik nomdor insonlarda juda kam uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg'uborlik bilan opaning gaplarini tasdiqladi.

O'rtacha ball 0%

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

108 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0