Uy » Attestatsiya testlar » Ona tili va adabiyot attestatsiya » Ona tili va adabiyot attestatsiya №3 Ona tili va adabiyot attestatsiya Ona tili va adabiyot attestatsiya №3 InfoMaster Yanvar 21, 2022 317 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №3 1 / 40 Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, kengaytirish ma`nosinida qo`llanadigan so`z qaysi qatorda berilgan? A) diversifikatsiya B) brifing C) modernizatsiya D) strategiya 2 / 40 Qaysi qatordagi fe`llarda nisbat qo`shimchasi mavjud emas? A) Yomon qo`shni dushmandan yomon – turgan joyingdan ko`chirib yuborganini sezmay qolasan. B) Uning vujudida ham mehr, ham vahshiylik yashiringan edi. C) Ko`ngli vayron bo`lgan qiz yelkalari titrab-titrab yig`lardi. D) Baxt oila ostonasidan boshlanishini unutmang! 3 / 40 Ayol kishiga Qo‘l ko‘tarish nimaligin bilurmisan? Ayt! Sen-ku odam bolasisan, Qaysi bir hayvon Emayotib, uzib olar onasin ko‘ksin. Shohlarni-ku qo‘ya turay, payg‘ambarlar ham, Nabilar ham tug‘ilgan-ku ayol zotidan. Unutibsan, Senga bir vaqt aytib bergandim, To‘maris deb atalguvchi yovqur momomiz Turon zamin erki uchun maydonga chiqib, Eron shohin kallasini qonga bo‘ktirgan. u ham ayol bo‘lgan, Bilib qo‘y, o‘g‘lim! Rafiqasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘ilga qarata ota tomonidan aytilgan ushbu misralar “Sohibqiron” dramasida qaysi qahramonga qarata aytilganligini aniqlang? A) Jahongir mirzo B) Mironshoh mirzo C) Umarshayx mirzo D) Shohrux mirzo 4 / 40 “…… bu yog’ida to’qson besh, bu yog’ida to’qson besh o’n kam ikki yuz kokili bor, bir yog’ini tilla suviga botirgan, bir yog’ini kumush suviga botirgan, tong shamolida qotirgan. Jamoli chillaning qoriday tingjirab, yaltirab o’tirgan”. Ushbu parchada xalq dostonlaridagi qaysi qahramonning husn-u jamoli ta’riflangan? A) Zulxumorning B) Gulanorning C) Barchinoyning D) Xolbekaning 5 / 40 old, ko`ra, orqa, qarab,ro`para, deya, oldin, deb,avval, bo`ylab, keyin, so`ng, atab. Ushbu vazifadosh ko`makchilardan nechtasi fe`l so`z turkumidan hosil bo`lgan? A) 10 tasi B) 7 tasi C) 5 tasi D) 6 tasi 6 / 40 T.Murodning “Yoshlik” jurnalida chop etilgan asari? A) “Otamdan qolgan dalalar” B) “Ot kishnagan oqshom” C) “Oydinda yurgan odamlar” D) “Yulduzlar mangu yonadi” 7 / 40 Asarlarni janri bilan moslashtiring? 1)“Ikki muhabbat”; 2) “Ilk muhabbat”; 3) “Chin muhabbat”; a)hikoyalar to`plami; b)pyesa; c)she`riy to`plam A) 1-b, 2-a, 3-c B) 1-a, 2-c, 3-b C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-b, 2-c, 3-a 8 / 40 Ko`zlarim yo`l ustida, kelmadi yor, Ushbu keng dunyo ko`zimga bo`ldi tor. Qay qaroqchi oldi yorimning yo`lin, Mundagi baxtsiz yigit yo`l uzra zor... Ushbu to`rtlik qaysi asardan olingan? A) “Navoiy” B) “Kecha va kunduz” C) “Mehrobdan chayon” D) “O`tkan kunlar” 9 / 40 Arman xalq eposi “Sosunli Dovud” dostonini tarjima qilgan ijodkorning asari qaysi qatorda berilgan? A) “So`nggi kun” B) “Singan umid” C) “Izlaganim” D) “Astrabod ” 10 / 40 Quyidagilardan xamsanavislar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. 1)“Xamsa” yozishni ozarbayjonlikulug’ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan; 2)Dehlaviy yana 2 doston qo’shib, o’z “Xamsa”sini yetti dostonga yetkazadi; 3)Jomiy “Xamsa”sini “Panj ganj” deb atagan; 4)Navoiy qisqa muddatda (1483-1485-yillard 51 ming misradan ortiq “Xamsa”sini yozib tugallagan. A) 1, 3 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 2, 3 11 / 40 Quyidagi gapda ochiq bo`g`inlarning nechtasi keng unli bilan tugagan? Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Aniq bilursankim, ilm bepoyon. A) 3ta B) 4ta C) 2ta D) 6ta 12 / 40 Quyida berilgan gapda nechta yasama so'z bor? Oybek domla nihoyatda tiyraklik bilan, ko'pchilik nomdor insonlarda juda kam uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg'uborlik bilan opaning gaplarini tasdiqladi. A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta 13 / 40 Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan ega ishtirok etgan javobni aniqlang. A) Dildoraning shohi ko'ylagini hamma yoqtirdi. B) Yelkamizga oftobning tegganligi rost bo‘lsin... C) Kunduzning g‘aroyib chog‘idir oqshom, Saodat birla u nurafshon bo‘lsin. D) Ularning turfa xil odatlari bor, Avval ganjlarini ko‘mgay tuproqqa. 14 / 40 Qaysi gapda 2 o‘rinda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Do‘stim, ko‘rmayapsan-da, oy botib, yulduzlar birin-ketin so‘nib borayapti. B) Unutmangki, tanbal, bezori, sharobxo‘r, fosiq kishi manaviy nogiron degan so‘zdir. C) Odam onadan tug‘ilib-oq ma’naviyatli, ma’rifatli bo‘lib qolmasligini yaxshi tushinasiz. D) Ona tilimiz orqali biz o‘z fikrimizni shakllantiramiz,o‘ylaymiz, mushohada yurutamiz. 15 / 40 Qaysi qatordagi so'zlarda tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi? A) qat'iy, jur'at B) Is'hoq, as'hob C) shu'la, ba'zan D) mo'jiza, mo'tadil 16 / 40 Baland bolaxonali uy. Ushbu jumlada qanday holatda uyning balandligi anglashiladi? A) Baland so’zidan so’ng to’xtalish bo’lsa B) So’zlar orasida to’xtalish bo’lsa C) Ma’noli gap bo’laklarining kengayishidan D) Bolaxona so’zidan so’ng to’xtalish bo’lsa 17 / 40 Gumon olmoshlarini hosil qiluvchi so’zlar qatorini toping. A) Ammo, lekin, biroq, va B) Go'yo, hatto, ba’zan C) Ba’zi bir, qaysi bir, bir narsa D) Hech kim, hech narsa 18 / 40 Quyidagi gapda nechta yasama so'z mavjud? O‘zni dono bilgan u uch-to‘rt nodon Eshak tabiatin qilur namoyon. Bular suhbatida sen ham eshak bo‘l, Bo‘lmasa "kofir" deb qilishar e’lon A) 5ta B) 3ta C) 2ta D) 4ta 19 / 40 Qaysi qo‘shma gap tarkibidagi ikkala sodda gapda ham hol ishtirok etgan? A) Shunday kuldiki, zal zirillab ketdi. B) Kimki yaqiniga yaxshilik qilsa, dunyoda kam bo‘lmaydi. C) Agar shaharga yolg‘iz borsang, sendan qattiq xavotirlanamiz. D) Katta gapirmagin, chunki sendan zo‘rlar ham topilishi shubhasiz. 20 / 40 Qaysi gapda // belgisi o‘rnida ikki nuqta bo‘lishi kerak? A) Qamchibek boshqacharoq edi // ichidan o‘tayotganini yuzaga bilintirmasdi. B) Endi bildimki // unga tushuntirishning foydasi yo‘q ekan. C) Ruboiyni ichida o‘qidi // yuzini tabassum qopladi. D) G‘animlar duch kelar // jang bo‘lar puxta. 21 / 40 O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi haqida berilgan ma`lumotlardan noto`g`risini toping A) 2.4 B) 1.2 C) 1.4 D) 1.3 22 / 40 Imloviy xatoliklar bo`yicha javoblarni moslashtiring. A) 1-c; 2-b; 3-d; 4-a; B) 1-c; 2-d; 3-a; 4-d; C) 1-b; 2-d; 3-a; 4-c; D) 1-b; 2-d; 3-c; 4-a; 23 / 40 Paxtafurush cholning holiga ko`p achindi va yerini haydab olgani bitta emas, ikkita xo`kiz berdi, lekin “kichkinagina” sharti bor. Ushbu gapdagi ko`chim turini aniqlang. A) kinoya B) sinekdoxa C) metonimiya D) metafora 24 / 40 Quyidagi ijodkorlarning o`zbek adabiyotidagi yangiliklari bo`yicha javoblarni moslashtiring. A) 1-b; 2-c; 3-a; B) 1-c; 2-b; 3-a; C) 1-b; 2-a; 3-c; D) 1-c; 2-a; 3-b; 25 / 40 “Podshohlarga yaqin yurmoq ajdarga yaqin yurmoqdan xavfli ekanini bilardik… Siz, hali hech narsani ko`rmagan g`o`r go`daklar, chalg`ib ajdar komiga lahm etdek ketdingiz! Polapon vaqtingizdayoq yorug` dunyodan ketdingiz! Ana shunga kuyaman!” Ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) “Me`mor” B) “Zulmat ichra nur” C) “Yulduzli tunlar” D) “Uch og`ayni botirlar” 26 / 40 Qaysi javobdagi qo`shma so`z arabcha + forscha so`zlaridan olingan? A) achchiqosh B) o`rinbisar C) qiltomoq D) taklifnoma 27 / 40 G‘addor do‘st dushmandan yomon, Ne hiyla bilsa, ishlatar oson. Ostiga chizilgan so`zning paronim juftining sinonimi qaysi gapda qo`llangan? A) Sevinch biroz o`ylanib turganidan so`ng, savolning mohiyatini tushundi. B) Davlat bir-ikki yil ichidan ancha mablag` to`plab qo`ydi. C) Dilrabo Dilnozaning nayrangiga ishondi. D) Zuxra bugun testdan juda kam topdi. 28 / 40 Urush oyoqlagan sayin umidim kuchaya boshladi. Ushbu gapdagi ostiga chizilgan so`zning ma`nodoshi qaysi gapda qo`llangan? A) Kuz oxirlab qoldi,lekin hali ham yomg`irdan darak yo`q. B) Bir soatdan keyin Sevinch uydan tandir olib keladi. C) Bugun testdan so`ng marketolog Gulhayo hamma o`qituvchilarni mehmon qiladi. D) O`quvchilar testni maroq bilan yecha boshlashdi. 29 / 40 Quyidagi qaysi asarda yoshligida adashib shakar deb tuz yeb qo`ygan, lekin katta bo`lganida tuz yeb, shakar yegandek jilmayib turishgan majbur bo`lgan obraz uchraydi? A) Turob To`la, “Yetti zog`ora qissasi” B) O`tkir Hoshimov, “Ikki eshik orasi” C) G`afur G`ulom, “Shum bola” D) O`tkir Hoshimov, “Dunyoning ishlari” 30 / 40 Azm, aysh, arz, aft, aql, badnafs, bahs, boks, bazm,bayt, brak, vazn, vahm, vaqf, gips, globus, dafn, dahr, jazm, jalb, janr, jahl, jahd. Ushbu so`zlarning nechtasida jarangli jarangsizligiga ko`ra ham, til qismlarining harakatiga ko`ra ham birlashtiruvchi belgiga ega undoshlar qator holda kelgan? A) beshtasida B) oltitasida C) uchtasida D) to`rttasida 31 / 40 Qaysi gapda egalik qo'shimchalari qo'shilishi natijasida so'zlar imlosida tovush tushishi va tovush ortishi hodisalari ro'y bergan? A) Oltovlon ola bo'lsa, og' zidagini oldirar, to'rtovlon tugal bo'lsa, ko'kdagini undirar. B) Buningiz institutni bitiradi-ya, kelajagi haqida ham bir o'ylab ko'ring, hadeb erkalatmasdan. C) Qalb qiynog'i og'ir bo'ladi, ko'nglingizni ezib qo'yadi, shuning uchun pushaymon bo'ladigan ishlarga yo'l qo'ymang. D) Ikkala qiz ham og'zini ochmay jim o'tirishar, bunisi ham, unisi ham miq etmasdi. 32 / 40 “Vatanjon”, “Yer”, “Tinch kunlar” kabi she`rlar muallifi qaysi javobda berilgan? A) Asqad Muxtor B) Zulfiya C) Anvar Obidjon D) Mirtemir 33 / 40 Quyidagi hajviy yo`nalishda yozilgan asarlardan qaysi biri janri bo`yicha boshqalardan farq qiladi? A) “Oltin buzoqcha” B) “O`n ikki stul” C) “Adabiyot muallimi” D) “Yelvizak” 34 / 40 Quyidagi qaysi javobda “ayirmoq” so`zi “xillab alohidalamoq” ma`nosida kelyapti? A) Sardor janjallashyotgan o`quvchilarni ayira boshladi. B) Shoymurod o`ttizdan o`n beshni ayirdi. C) Bobo Qambar dutorga loyig`ini ayirib olib, yo`nib charxlayapti. D) Gulhayo sovchi kelganini eshitib, es-hushidan ayrila yozdi. 35 / 40 Menga qulluq qilma, Yurt tuprog‘in o‘p, Unga qullar emas, fidolar kerak. Uning senu mendek shoirlari ko‘p, Buyuk elga endi daholar kerak. Qaysi javobda ushbu misralar muallifining hayoti va ijodi haqida ma`lumot berilgan? A) Uning ilk kitobi “Ona yer ” deb nomlangan. B) Dantening “Ilohiy komediya” asarini tarjima qilgan. C) Zamonaviy va tarixiy mavzularda drama yozgan. D) muallim oilasida dunyoga kelgan. 36 / 40 Tog`ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani qahramonlari haqidagi ma`lumotlarni moslashtiring. A) 1-b; 2-a; 3-c; B) 1-a; 2-c; 3-b; C) 1-c; 2-b; 3-a; D) 1-b; 2-c; 3-a; 37 / 40 Ravon so`zlash ko`nikmasini egallamaslik, fikrning quyilib kelmasligi natijasida nutq oqimida yuzaga keladigan uzilishni, qanday bo`lmasin “yopish”, keying gapni o`ylab toppish uchun e-e-e, xo`o`sh, shu, aytaylik ,gap shundaki birliklarini nutqda ko`p qo`llash…? A) vulgarizm B) kanselarizm C) varvarizm D) parazit so`zlar 38 / 40 Tilimizga boshqa tildan kirib kelgan so`zlarning butunlay singib ketishi yoki singib kelmasligiga ko`ra javoblarni moslashtiring. A) 1-c; 2-a; 3-b; 4-d; B) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a; C) 1-c; 2-d; 3-a; 4-b; D) 1-c; 2-a; 3-d; 4-b; 39 / 40 Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida “hayoti ziddiyatlarga ko’milgan g’aroyi bir” deya ta’riflangan? A) Safar B) Abdurahmon C) Solih maxdum D) Anvar 40 / 40 Qaysi so‘zlar qatorida boshqalari bilan o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydigan so‘z ishtirok etgan? A) ayyor, quv, mug‘ombir B) betob, bemor, xasta C) yalqov, ishyoqmas, tanbal D) eplamoq, uddalamoq, sarflamoq O'rtacha ball 0% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 18 Ona tili va adaviyot fanidan attestatsiya savollari №14
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot attestatsiya №13
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №12
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №11