Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 138 Ko'rishlar 4 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 18 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Tarix olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 Quyida berilgan qabilalar va ular yashagan hududlar to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan javobni toping. 1) massagetlar; 2) saka-tigraxauda; 3) saka-xaumovarka 4) saka-tiay taradarayya; a)Orol dengizi bo‘ylari va Sirdaryoning quyi oqimi; b)hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog‘iston yerlarida; c)Pomir tog‘li tumanlari va Farg‘onada; d)Cho‘llar va Amudaryo bo‘ylarida. A) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c; B) 1-d; 2-b; 3-c; 4-a; C) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d; D) 1-c; 2-d; 3-a; 4-b; 2 / 25 … da nashr qilingan antik davr mualliflari va gumanistlar asarlari butun Yevropada keng tarqalgan(a), va mashhur rassomlar, haykaltaroshlar, me’morlarni barakali ijodi uchun shahar-respublika hokimlari yaxshi sharoit yaratib berganlar(b). A) a- Florensiya, b-Venetsiya B) a-Sevilya, b-Venetsiya C) a-Neapol, b-Venetsiya D) a-Venetsiya, b-Florensiya 3 / 25 Noto‘g‘ri hukmni aniqlang. A) Kanishka hukmronligi davrida davlat poytaxti hozirgi Pokiston hududiga ko‘chiriladi; B) Xitoyda qog‘oz ixtiro qilingan davrda Rimda muntazam yollanma qo‘shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylandilar. C) Mil. avv. 71-yilning kuzida ro‘y bergan hal qiluvchi jangda Spartak lashkari tor-mor etildi, uning o‘zi esa asir olindi; D) Imperator U-Di elchi Chjan Syanni mamlakatning shimoliy tumanlarini talon taroj qilayotgan ko‘chmanchi qabilalarga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun jo‘natadi; 4 / 25 Jadidlarning fikriga ko‘ra, chin musulmon bo‘lish uchun... A) diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlarni bilishi zarur B) barcha dunyo dinlarining mazmunini bilishi zarur C) Qur’on va Hadislarning mazmunini yaxshi o‘zlashtirishi lozim D) islom dinining 5 ta arkoniga amal qilishi lozim 5 / 25 Millatlar Ligasi Nizomiga kiritilgan mandat tushunchasi nimani bildiradi? A) ma’lum bir hududni boshqarish uchun vakolat tushunchasi B) bir-biriga hujum qilmaslik tushunchasi C) iqtisodiy tomondan boshqa davlatni birgalikda qaram qilish tushunchasi D) to‘g‘ri javob yo‘q 6 / 25 Butun Kavkaz qachon Rossiya tarkibiga kiritilgan? A) 1861-yil B) 1864-yil C) 1866-yil D) 1862-yil 7 / 25 Dehli sultonligida kim kuchli qo‘shin tuzib o‘zboshimcha feodallarni bo‘ysundiradi? A) Shamsiddin Eltutmish B) Alouddin Xiljiy C) Feruzshox Tug‘luq D) Muhammad Tug‘luq 8 / 25 XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Bolgariyada qaysi davlat nomzodlari hokimiyatni boshqargan? 1)Buyuk Britaniya; 2)Fransiya; 3)Avstriya-Vengriya; 4)Rossiya. A) 2 va 3 B) 3 va 4 C) 1 va 2 D) 1 va 4 9 / 25 Kamoliddin Behzod o‘z davrida qanday nom bilan ulug‘langan? A) “Qiblat ul-kuttob” B) “Moniyi Soniy” C) “Aflotuni zamon” D) “val-milla” 10 / 25 Quyidagi shaxslar faoliyat ko‘rsatish vaqtini to‘g‘ri ketma-ketlik tartibida belgilang. 1) Oliver Kromvel; 2) Jorj Vashington; 3) Napaleon Bonapart; 4) Martin Lyuter. A) 4, 1, 3, 2 B) 1, 4, 3, 2 C) 1, 4, 2, 3 D) 4, 1, 2, 3 11 / 25 Quyidagi inshootlardan qaysi birining bo‘yi balandroq? A) Ulug‘bek rasadxonasi B) Trayan ustuni C) Sfinks haykali D) Ajinatepa buddasi haykali 12 / 25 Saljuqiylarda feodal davlat uzil-kesil shakllangan davrda bo’lib o’tgan voqeani aniqlang. A) Dehli sultonligining barcha hududlarida musulmonlar hokimiyati o‘rnatildi B) Oltin O‘rda davlati o’z qudratining cho’qqisiga erishdi C) Min sulolasining Amir Temur saltanati bilan munosabatlari buzildi. D) Silla qirolligining oltin davri boshlandi 13 / 25 Qadimgi dunyo tarixida qaysi davlat san’atida mahalliy an’analar, Qadimgi Sharq va Qadimgi Yunoniston ellinistik san’ati uslublari muvofiqlashgan edi? A) Dovon B) Qadimgi Xorazm C) Kushon D) Rim imperiyasi 14 / 25 Quyidagi kashfiyotlar qaysi davrda kashf etilganini toping. o‘q-yoy; sun’iy olov; 1) neolit davrida; 2) mezolit davrida; 3) bronza davrida; 4) so‘nggi paleolit davrida. A) a – 2; b – 3. B) a – 1; b – 4. C) a – 1; b – 3. D) a – 2; b – 4. 15 / 25 Hindistonda Boburiylar davrida qaysi fanlar Yevropa fanidan ancha oldinlab ketdi? A) astronomiya, matematika B) matematika, geografiya C) tibbiyot, astronomiya D) matematika, tibbiyot 16 / 25 Misr sultoni Barquq huzuriga quyidagi qaysi mamlakatlardan aynan bir yilda elchilar tashrif buyurgan? 1) Amir Temur davlati; 2) Turkiya; 3) Oltin O‘rda; 4) Xitoy; 5) Iroq; 6) Sivas. A) 1,2,3,6 B) 1,4,6 C) 2,3,5 D) 2,3,6 17 / 25 Ikkinchi Puni urushlarining boshlanib ketishiga nima sabab bo‘lgan? A) Ssipion boshchiligidagi legionerlarning Shimoliy Shimoliy Afrikani talon-taroj qilishi B) Karfagen fuqarolarining Rimga o‘lpon to‘lashdan bosh tortishi C) Gannibal qo‘shinlarining Ispaniyadan Italiyaga qarshi yurushi D) Karfagenliklarning Ispaniyani bosib olishi 18 / 25 Amir Temur saltanatni o‘n ikki toifaga bo‘lib, ularga tayangan holda ish yuritgan bo‘lib shulardan 1- toifa vakillari kimlar edi? A) aqlli, tajribali, eng ishonchli kishilar B) amirlar, sarhanglar, sipohsolor, lashkarboshi C) vazirlar, bosh kotiblar, devon munshiylari D) Sayyidlar, ulamo, shayxlar, fozillar 19 / 25 Qang‘ davlatining asosiy shaharlari ... A) Chirchiq daryosi sohillar bo‘ylab joylashgan edi B) Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan edi C) Sirdaryo sohillari bo‘ylab joylashgan edi D) Toshkent shahri hududida joylashgan edi 20 / 25 Qadimgi Rim forumidan nimalar o‘rin olgan edi? A) senat binosi, senatorlar uylari, ibodatxonalar B) bozor maydoni, yig‘ilish joyi va ibodatxona C) konsullarning uylari, bozor maydoni va kolizey teatri D) senat binosi, altar va ibodatxona 21 / 25 Nechanchi asrda paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligi egallagan? A) XI-XII B) X-XI C) IX-X D) XII-XIII 22 / 25 XIX asrda Farg‘ona vodiysida quyidagi qo‘zg‘olonlardan qaysi biri bo‘lib o‘tmagan? A) Vose qo‘zg‘oloni B) Yetimxon qo‘zg‘oloni C) Darveshxon qo‘zg‘oloni D) Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni 23 / 25 Noto‘g‘ri hukmni toping. A) Kir II ning Bobilni bosib olishi bilan Kambiz II ning taxtga chiqishi oralig‘idagi yillar soni Gerakl jang qilgan ajdar boshining soniga teng. B) Doro I ning saklar ustiga yurish qilishi bilan Fors harbiy floti Egey dengizini kesib o‘tib, Attikaga langar tashlashi oralig‘idagi yillar Oktavian Rimning yakka hukmdori bo‘lib qolishidagi yilning soniga teng. C) Antioxning Salavkiya davlati hukmdori bo‘lgan yili bilan Yunon-Baqtriya tarixi boshlangan davr oralig‘idagi yillar soni Janna d’Arkni gulxanda yondirilgan kunning sa’nasiga teng. D) Kambiz II ning taxtga chiqishi bilan Alarix boshchiligidagi gotlarning Rimga yurish qilishi oralig‘idagi yillar soni Xioniylar davlatining faoliyat yuritgan muddatiga teng. 24 / 25 Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida O‘rta Osiyoda quyidagi qaysi yer egaligi bo‘lmagan? A) Mulki xolis B) Mulki inju C) Mulki Devon D) Mulk 25 / 25 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nechinchi yilda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida yaqin o‘tmish tariximizga baho berib o‘tgan? A) 20l6-yil 14-dekabrda B) 2016-vil 10-dekabrda C) 2016-yil 29-dekabr D) 2017-yil 4-yanvar 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz