10-sinf Biologiya olimpiada №1 Dekabr 7, 2021Aprel 29, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 10-sinf Biologiya olimpiada №1 ga fikr bildirilmagan. 0 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Biologiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Yog‘larni parchalovchi fermentni aniqlang? A) Proteaza B) Amilaza C) Karbogidraza D) Lipaza 2 / 25 2. Treska uchun xos xususiyatlarni belgilang. 1) yurak qorinchasida venoz qon oqadi; 2) bir necha million tuxum qo‘yadi; 3) yon chiziqlari bor; 4) ayirish sistemasiga tasmasimon buyrak kiradi; 5) orqa ichak kengayib, kloaka hosil qiladi; 6) to‘sh suyagi yo‘q; 7) qovurg‘alari bo‘lmaydi; 8) urug‘lanishi tashqi; 9) tuxumlarini orqasida opichlab olib yuradi. A) 1, 3, 5, 9 B) 3, 4, 5, 8 C) 1, 2, 6, 8 D) 3, 7, 8, 9 3 / 25 3. Diploid navli makkajo‘xori changdonida dastlabki jinsiy hujayralar soni 1260 ta. Bu hujayralar meyoz va mitoz usulda bo‘lindi. Urug‘lanish jarayonida makkajo‘xori spermiylarining 40%i qatnashgan bo‘lsa, urug‘lanish jarayonida qatnashmagan spermiylardagi xromosomalar sonini aniqlang. A) 70580 B) 80280 C) 60480 D) 60512 4 / 25 4. Sersut qoramol zotlarini belgilang. A) Bushuyev, Yaroslavl B) Qizil dasht, Shvits C) Kostroma, Bushuyev D) Qozog‘iston oqboshi, Xolmogor 5 / 25 5. Bir sinfga mansub o‘simliklar navlarini aniqlang. A) Zarafshon, Buxoro-9, Sanzor B) Zarg‘aldoq, Nimrang, Samarqand-3 C) Yulduz, Toshkent-1, Ulug‘bek-600 D) Vatan, Sanzor, Omad 6 / 25 6. DNK fragmenti tarkibida jami 960 ta vodorod bog‘i mavjud. Adenin va timin orasidagi vodorod bog‘lar soni guanin va sitozin orasidagi vodorod bog‘lari soniga nisbati mos ravishda 1:1,5. Agar shu DNK tarkibidagi nukleotidlarning 25%i mutatsiyaga uchrab yo‘qolsa, DNK tarkibidagi mutatsiyadan keyingi nukleotidlar sonini nechtaga kamaygan? A) 125 B) 192 C) 196 D) 210 7 / 25 7. Osh piyoz o‘simligi qaysi bo‘lim va turkumga tegishli ekanligini aniqlang (mos ravishda). A) magnoliyatoifa, piyoz B) lolasimon, bosh piyoz C) magnoliyasimon, piyoz D) bir urug‘pallalilar, lola 8 / 25 8. Daltonizm, ya’ni rang ajrata olmaslik retsessiv holda irsiylanadi. Agar erkak daltonizm bilan kasal bo‘lsa, spermatogenez jarayonida bitta birlamchi jinsiy hujayradan hosil bo‘lgan spermatozoidlarning nechtasi shu retsessiv genga ega bo‘lmaydi? A) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 4 ta 9 / 25 9. Shimpanze somatik hujayrasi mitoz siklining G2 davrida yardo tarkibidagi DNK (a) va xromosoma (b) sonini aniqlang. A) a-48; b-96 B) a-108; b-48 C) a-96; b-48 D) a-76; b-41 10 / 25 10. Qand lavlagi, karam va beda o‘simliklarining vatanini aniqlang. A) Sharqiy Osiyo B) Janubiy Osiyo tropik markazi C) Janubiy-G‘arbiy Osiyo D) O‘rta Yer dengizi 11 / 25 11. Bug‘doy donining rangi 2 ta noallel gen (A1 va A2) ta’sirida rivojlanadi. Qizil va oq rangli bug‘doylar o‘zaro chatishtirilsa, F2 da hosil bo‘lgan och qizil (a) va och pushti bug‘doylar (b) necha xil genotipga ega bo‘ladi? A) a-2; b-2 B) a-3; b-3 C) a-3; b-4 D) a-2; b-3 12 / 25 12. Xordali hayvonlarda quyidagi evolyutsion yuksalishlarning paydo bo‘lish ketma – ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) miya qutisining paydo bo‘lishi; 2) diafragmaning paydo bo‘lishi; 3) nerv nayining paydo bo‘lishi; 4) katta va kichik qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi; 5) uchinchi qovoqning paydo bo‘lishi A) 5, 2, 3, 1, 4 B) 3, 1, 4, 5, 2 C) 1, 4, 5, 2, 3 D) 2, 3, 1, 4, 5 13 / 25 13. Quyida ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz teshigi, halqum, qizilo‘ngach, ikki bo‘lmali oshqozon, ichak, jigar va anal teshigidan iborat bo‘lgan nechta hayvon turi berilgan. 1) midiya; 2) bitiniya; 3) krab; 4) tridakna; 5) omar; 6) krevetka; 7) dreysena; 8) langust A) 1 tur B) 5 tur C) 2 tur D) 3 tur 14 / 25 14. Sog‘lom odam umurtqa pog‘onasining kifozida (orqa tomonga egilma) nechta umurtqa suyaklari qatnashadi? A) 5 B) 12 C) 17 D) 7 15 / 25 15. Korall poliplar nimalardan kelib chiqqan? A) yassi chuvalchanglardan B) bir xujayrali xivchinlilardan C) meduzalardan D) gidrasimonlardan 16 / 25 16. Go‘shti uchun ovlanadigan molluska (a) va qisqichbaqasimon (b) larni aniqlang. A) a-osminog, kalmar, karakatitsa; b-bitiniya, tridakna, dresera B) a-midiya, taroqcha, langust; b-mangust, krevetka, krab C) a-ustiritsa, krab, osminog; b-kalmar, karakatitsa, krevetka D) a-ustiritsa, midiya, taroqcha; b-omar, langust, krevetka 17 / 25 17. Quyidagilarning qaysi birida odamning kichik qon aylanish doirasida qon harakati yo‘nalishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) chap qorinchadan arteriyaga; 2) o‘pka arteriyasidan o‘ng bo‘lmachaga; 3) kovak venadan o‘ng bo‘lmachaga; 4) o‘pka venasidan chap bo‘lmachaga; 5) o‘ng qorinchadan arteriyaga; 6) o‘pka venasidan o‘pkaga A) 4, 5 B) 2, 6 C) 2, 5 D) 1, 3 18 / 25 18. Ituzumdoshlar oilasi vakillarining burchoqdoshlar oilasi vakillaridan farqlarini toping. 1) gultojbarglari qo‘shilgan; 2) gullari gajak to‘pgulda joylashgan; 3) gulkosachabarglari 5 ta, qo‘shilgan; 4) gultojbarglari 3 xil; 5) daraxt formalar uchraydi; 6) bitta umumiy gulbandida bir nechta gul joylashadi; 7) changchilari gultojbarglarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan nay ichida joylashgan A) 3, 6, 7 B) 2, 7 C) 1, 3, 6 D) 4, 5 19 / 25 19. Daltonizm, ya’ni rang ajrata olmaslik retsessiv holda irsiylanadi. Agar erkak daltonizm bilan kasal bo‘lsa, spermatogenez jarayonida bitta birlamchi jinsiy hujayradan hosil bo‘lgan spermatozoidlarning nechtasi shu retsessiv genga ega bo‘lmaydi? A) 1 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta 20 / 25 20. Lansetnik embrionidagi blastomerlar 64 taga yetishi uchun hujayralar necha marta meridianal va ekvatorial bo‘linishi kerak? A) 4 va 2 B) 2 va 1 C) 4 va 3 D) 5 va 3 21 / 25 21. Qaysi o‘simliklarning bargi oddiy yonbargchasiz (a) va murakkab yonbargchali (b) bo‘ladi? 1) ismaloq; 2) yantoq; 3) keyreuk; 4) tok; 5) partenotsissus; 6) kanop; 7) no‘xat; 8) yeryong‘oq A) a – 1, 3; b – 5, 7, 8 B) a – 4, 6; b – 5, 8 C) a – 1, 2, 3; b – 7, 8 D) a – 2, 3, 4; b – 5, 7, 8 22 / 25 22. G‘alla navini aniqlang. A) nimrang B) gultish C) sanzor D) zarg‘aldoq 23 / 25 23. Sholg‘om o‘simligi hayotining ikkinchi yilida qaysi vegetativ organlarni hosil qiladi? A) gul, meva, urug‘ B) to‘pbarg, ildizpoya C) ildiz, barg, gul D) poya, barg 24 / 25 24. Asosan o‘simlik mahsulotlarida uchraydigan vitaminni belgilang. A) A B) B C) D D) C 25 / 25 25. Qaysi javobda olma (a) va qulupnay (b)ning o‘zaro farqi to‘g‘ri berilgan? 1) ra’noguldoshlar oilasiga mansub; 2) bargi oddiy; 3) bargi murakkab; 4) yonbargchali; 5) yonbargchasiz; 6) soxta mevali; 7) chin mevali A) a-7; b-6 B) a-2; b-3 C) a-1, 4, 6; b-2, 5, 7 D) a-1, 4; b-3, 5 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Biologiya olimpiada