Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 10-sinf Biologiya olimpiada №1 Biologiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Biologiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 60 Ko'rishlar 10 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Biologiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Korall poliplar nimalardan kelib chiqqan? A) yassi chuvalchanglardan B) gidrasimonlardan C) meduzalardan D) bir xujayrali xivchinlilardan 2 / 25 2. Qaysi o‘zbek olimi achitqi zamburug‘larini o‘rganib, novvoychilik, chorvochilikda achitqilar tayyorlash tenologiyasini yaratgan A) M.Mavloniy B) A.Aliqoriyeva C) V.Qobilov D) B.Abdug'afurov 3 / 25 3. Sog‘lom odam umurtqa pog‘onasining kifozida (orqa tomonga egilma) nechta umurtqa suyaklari qatnashadi? A) 5 B) 7 C) 12 D) 17 4 / 25 4. Go‘shti uchun ovlanadigan molluska (a) va qisqichbaqasimon (b) larni aniqlang. A) a-osminog, kalmar, karakatitsa; b-bitiniya, tridakna, dresera B) a-midiya, taroqcha, langust; b-mangust, krevetka, krab C) a-ustiritsa, krab, osminog; b-kalmar, karakatitsa, krevetka D) a-ustiritsa, midiya, taroqcha; b-omar, langust, krevetka 5 / 25 5. Quyidagilarning qaysi birida odamning kichik qon aylanish doirasida qon harakati yo‘nalishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) chap qorinchadan arteriyaga; 2) o‘pka arteriyasidan o‘ng bo‘lmachaga; 3) kovak venadan o‘ng bo‘lmachaga; 4) o‘pka venasidan chap bo‘lmachaga; 5) o‘ng qorinchadan arteriyaga; 6) o‘pka venasidan o‘pkaga A) 2, 6 B) 2, 5 C) 1, 3 D) 4, 5 6 / 25 6. Lansetnik embrionidagi blastomerlar 64 taga yetishi uchun hujayralar necha marta meridianal va ekvatorial bo‘linishi kerak? A) 4 va 3 B) 4 va 2 C) 5 va 3 D) 2 va 1 7 / 25 7. Xordali hayvonlarda quyidagi evolyutsion yuksalishlarning paydo bo‘lish ketma – ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) miya qutisining paydo bo‘lishi; 2) diafragmaning paydo bo‘lishi; 3) nerv nayining paydo bo‘lishi; 4) katta va kichik qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi; 5) uchinchi qovoqning paydo bo‘lishi A) 5, 2, 3, 1, 4 B) 2, 3, 1, 4, 5 C) 3, 1, 4, 5, 2 D) 1, 4, 5, 2, 3 8 / 25 8. Sholg‘om o‘simligi hayotining ikkinchi yilida qaysi vegetativ organlarni hosil qiladi? A) poya, barg B) gul, meva, urug‘ C) to‘pbarg, ildizpoya D) ildiz, barg, gul 9 / 25 9. Asosan o‘simlik mahsulotlarida uchraydigan vitaminni belgilang. A) D B) A C) B D) C 10 / 25 10. Daltonizm, ya’ni rang ajrata olmaslik retsessiv holda irsiylanadi. Agar erkak daltonizm bilan kasal bo‘lsa, spermatogenez jarayonida bitta birlamchi jinsiy hujayradan hosil bo‘lgan spermatozoidlarning nechtasi shu retsessiv genga ega bo‘lmaydi? A) 2 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta 11 / 25 11. Qaysi o‘simliklarning bargi oddiy yonbargchasiz (a) va murakkab yonbargchali (b) bo‘ladi? 1) ismaloq; 2) yantoq; 3) keyreuk; 4) tok; 5) partenotsissus; 6) kanop; 7) no‘xat; 8) yeryong‘oq A) a – 2, 3, 4; b – 5, 7, 8 B) a – 4, 6; b – 5, 8 C) a – 1, 2, 3; b – 7, 8 D) a – 1, 3; b – 5, 7, 8 12 / 25 12. Quyida ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz teshigi, halqum, qizilo‘ngach, ikki bo‘lmali oshqozon, ichak, jigar va anal teshigidan iborat bo‘lgan nechta hayvon turi berilgan. 1) midiya; 2) bitiniya; 3) krab; 4) tridakna; 5) omar; 6) krevetka; 7) dreysena; 8) langust A) 3 tur B) 1 tur C) 2 tur D) 5 tur 13 / 25 13. Qon aylanish sistemasi ochiq, chuchuk suvda hayot kechiruvchi organizmlarni aniqlang. 1) baqachanoq; 2) tridakna; 3) gulmoy; 4) keta; 5) langust; 6) siklop; 7) dafniya. A) 2, 5 B) 1, 6, 7 C) 1, 3, 6, 7 D) 1, 2, 5, 6, 7 14 / 25 14. Shimpanze somatik hujayrasi mitoz siklining G2 davrida yardo tarkibidagi DNK (a) va xromosoma (b) sonini aniqlang. A) a-48; b-96 B) a-108; b-48 C) a-76; b-41 D) a-96; b-48 15 / 25 15. Daltonizm, ya’ni rang ajrata olmaslik retsessiv holda irsiylanadi. Agar erkak daltonizm bilan kasal bo‘lsa, spermatogenez jarayonida bitta birlamchi jinsiy hujayradan hosil bo‘lgan spermatozoidlarning nechtasi shu retsessiv genga ega bo‘lmaydi? A) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 4 ta 16 / 25 16. Bir sinfga mansub o‘simliklar navlarini aniqlang. A) Zarafshon, Buxoro-9, Sanzor B) Zarg‘aldoq, Nimrang, Samarqand-3 C) Vatan, Sanzor, Omad D) Yulduz, Toshkent-1, Ulug‘bek-600 17 / 25 17. Osh piyoz o‘simligi qaysi bo‘lim va turkumga tegishli ekanligini aniqlang (mos ravishda). A) magnoliyasimon, piyoz B) magnoliyatoifa, piyoz C) lolasimon, bosh piyoz D) bir urug‘pallalilar, lola 18 / 25 18. Yog‘larni parchalovchi fermentni aniqlang? A) Lipaza B) Proteaza C) Amilaza D) Karbogidraza 19 / 25 19. Ituzumdoshlar oilasi vakillarining burchoqdoshlar oilasi vakillaridan farqlarini toping. 1) gultojbarglari qo‘shilgan; 2) gullari gajak to‘pgulda joylashgan; 3) gulkosachabarglari 5 ta, qo‘shilgan; 4) gultojbarglari 3 xil; 5) daraxt formalar uchraydi; 6) bitta umumiy gulbandida bir nechta gul joylashadi; 7) changchilari gultojbarglarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan nay ichida joylashgan A) 1, 3, 6 B) 2, 7 C) 4, 5 D) 3, 6, 7 20 / 25 20. Qand lavlagi, karam va beda o‘simliklarining vatanini aniqlang. A) Sharqiy Osiyo B) Janubiy-G‘arbiy Osiyo C) Janubiy Osiyo tropik markazi D) O‘rta Yer dengizi 21 / 25 21. G‘alla navini aniqlang. A) gultish B) nimrang C) sanzor D) zarg‘aldoq 22 / 25 22. Qaysi javobda olma (a) va qulupnay (b)ning o‘zaro farqi to‘g‘ri berilgan? 1) ra’noguldoshlar oilasiga mansub; 2) bargi oddiy; 3) bargi murakkab; 4) yonbargchali; 5) yonbargchasiz; 6) soxta mevali; 7) chin mevali A) a-1, 4, 6; b-2, 5, 7 B) a-7; b-6 C) a-2; b-3 D) a-1, 4; b-3, 5 23 / 25 23. DNK fragmenti tarkibida jami 960 ta vodorod bog‘i mavjud. Adenin va timin orasidagi vodorod bog‘lar soni guanin va sitozin orasidagi vodorod bog‘lari soniga nisbati mos ravishda 1:1,5. Agar shu DNK tarkibidagi nukleotidlarning 25%i mutatsiyaga uchrab yo‘qolsa, DNK tarkibidagi mutatsiyadan keyingi nukleotidlar sonini nechtaga kamaygan? A) 192 B) 196 C) 125 D) 210 24 / 25 24. Sersut qoramol zotlarini belgilang. A) Kostroma, Bushuyev B) Bushuyev, Yaroslavl C) Qizil dasht, Shvits D) Qozog‘iston oqboshi, Xolmogor 25 / 25 25. Treska uchun xos xususiyatlarni belgilang. 1) yurak qorinchasida venoz qon oqadi; 2) bir necha million tuxum qo‘yadi; 3) yon chiziqlari bor; 4) ayirish sistemasiga tasmasimon buyrak kiradi; 5) orqa ichak kengayib, kloaka hosil qiladi; 6) to‘sh suyagi yo‘q; 7) qovurg‘alari bo‘lmaydi; 8) urug‘lanishi tashqi; 9) tuxumlarini orqasida opichlab olib yuradi. A) 1, 3, 5, 9 B) 3, 7, 8, 9 C) 3, 4, 5, 8 D) 1, 2, 6, 8 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz