Uy » Abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1 Ona tili va adabiyot abituriyent Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1 InfoMaster Aprel 5, 2022 172 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 2 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №1 1 / 30 O`quv darsliklarida berilgan qaysi xalq dostonlari Ergash Jumanbulbul o`g`lidan yozib olingan. A) “Alpomish”, “Rustamxon” B) “Rustamxon”, “Kuntug`mish”, “Ravshan” C) “Kuntug`mish”, ”Ravshan” D) “Alpomish”, “Rustamxon”, “Kuntug`mish” 2 / 30 O`zlik olmoshi predmetni ko`rsatish uchun qo`llangan gapni aniqlang. A) Rostini aytsam, o`zim ham unchalik yomon bola emasman. B) O`zlik olmoshi predmetni ko`rsatish uchun ishlatilmaydi. C) Olma o`zi pishib, o`zi to`kildi. D) Biz o`z tuprog`imizni ko`z qorachig`iday asraymiz. 3 / 30 Navoiy "Xamsa"ning qaysi qahramonini "bir yilda Qur`oni karimni yod oldi", deydi? A) Farhodni B) Shayx San`onni C) Qaysni D) Shayx Roziyni 4 / 30 Bir g`uncha edingiz yel ham tegmagan, ifor taralardi sizdan muattar. Gapdagi hid bilduruvchi sifat qaysi bo`lakka tobelangan ? A) holga B) egaga C) to`ldiruvchiga D) kesimga 5 / 30 "Ravshan" dostoni voqealari haqida berilgan to`g`ri hukmni toping. A) Hasanxon Xon Dallini Vayangandan olib qochib kelib, qiriq kun shohona to`ylar berib, o`z rasm-rusmlari bilan oldi B) Hasanxonni Yunus pari tarbiyalab voyaga yetkazdi C) Avazxonga Gulqiz degan barno suluvni kelin qilib tushirib berdilar D) Go`ro`g`li Hasanxonni Xunxordan olib kelib o`ziga o`g`il qildi 6 / 30 Qaysi javobda keltirilgan so`zlar to`g`ri yozilgan? A) oynayi jahon, tarjimayi hol, nuqtai nazar B) oynayi jahon, tarjimayi hol, nuqtayi nazar C) oynai jahon, tarjimai hol, nuqtai nazar D) oynayi jahon, tarjimai hol, nuqtai nazar 7 / 30 Bosh gap egasi noma`lum gap bo`lgan ergashgan qo`shma gapni aniqlang. A) Dushman oz deb g`ofil bo`lmaslik kerak, chunki ko`p o`tinni ozgina o`t kuydiradi. B) Odamlar siz bilan odatdagidek gaplashishni xohlamasa aybni o`zingizdan qidiring. C) Odamning shunday do`stlari bo`ladiki, ularning har biri bilan fe’liga qarab gaplashishga to`g`ri keladi. D) Har kishi el uchun tpsa agar ranj, Oqibat muyassar bo`lar unga ganj 8 / 30 Haqiqat tikanli gulaga o`xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. Berilgan qo`shma gapning bosh gap qismidagi yasama so`zning lug`aviy shakl yasovchisi quyidagi qaysi shakil bilan omonimlik hosil qiladi? A) fe’lning ortirma daraja shaklini hosil qiluvchi qo`shimcha bilan B) III shaxs ko`plikni ifodalovchi shaxs-son C) fe’l yasovchi qo`shimcha bilan D) Birlik nisbat shakli bilanq 9 / 30 Uslubiy betaraf so`zlarni belgilang. A) ega, gap, undosh B) traktor, plug, mufta C) go`sht, gap, choyxona D) futbol, kurash, shaxmat 10 / 30 "Uch og`ayni botirlar" ertagida "Podshohlik - qonxo`rlik demak" degan fikrni kim aytgan? A) to`ng`ich botir B) Podshoh C) Vazir D) kenja botir 11 / 30 Quyida berilgan gardagi fe`l yasovchi qo`shimchalar soni qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan? Chollar kulgidan qotib qoldilar, ularning burishgan yuzlari ruhlanib ko`zlarini kulgu namladi A) 4 ta B) 2 ta4 ta C) 5 ta D) 1 ta 12 / 30 qol, qor, qot so`zlarining ma`nolarini farqlashga xizmat qilayotgan tovushlarni aniqlang. A) til orqa undoshi B) bo`g`iz undoshi C) til oldi undoshi D) chuqur til orqa undoshi 13 / 30 Qaysi javobda o`zlik olmoshi ta`kid ma`nosini ifodalash uchun xizmat qilgan gap(lar) to`g`ri ko`rsatilgan? Rostini aytsam, men o`zim ham unchalik yomon bola emasman. O`zi dumaloq, qor kabi oq. Ikromjon xotinini qoldirib, o`zi idora tarafga qarab ketdi. 4. O`zingni er bilsang, o`zgani sher bil. A) 1, 2 B) 1, 2, 3, 4 C) 1 D) 1, 3, 4 14 / 30 “Ayamning hadeganda tiliga chiqavermaydigan allanechuk og`ir pinhoniy bir dardi bor edi. Ko`pincha ishdan qaytib, huzurlariga kirsam, ko`zlari namiqqan, yuzlari tund bo`lar edi. - Yana yig`ladingizmi, aya? - Yo`q, bolam, nega yig`lay? Shunchaki siqildim-da, - derdilar ayam shikasta ovozda”. Ushbu tarjimayi hol qaysi shoir hayotiga aloqador? A) Ozod Sharafiddinov B) O`tkir Hoshimov C) Tohir Malik D) Shukur Xolmirzayev 15 / 30 Mirmuxsinning “Nevara” asari qaysi janrda yozilgan? A) Doston B) Roman C) Qissa D) Hikoya 16 / 30 “Olov sochlar” “O`lim yovga” kabi to`plamlar muallifi kim? A) Zulfiya B) Maqsud Shayxzoda C) G`afur G`ulom D) Hamid Olimjon 17 / 30 "Ravshan" dostoni voqealari haqida berilgan to`g`ri hukmni toping. A) Hasanxon Xon Dallini Vayangandan olib qochib kelib, qiriq kun shohona to`ylar berib, o`z rasm-rusmlari bilan oldi B) Go`ro`g`li Hasanxonni Xunxordan olib kelib o`ziga o`g`il qildi C) Hasanxonni Yunus pari tarbiyalab voyaga yetkazdi D) Avazxonga Gulqiz degan barno suluvni kelin qilib tushirib berdilar 18 / 30 Bir asrcha muqaddam yozilgan bo`lsa-da, mustaqil O`zbekiston gerbidagi tasvirni yodga soladigan “Boshlar uzra soya salqin, Humo yetkur” misralari qaysi shoir she’ridan o`rin olgan? A) Hamza B) Avloniy C) Zavqiy D) Cho`lpon 19 / 30 Har xil odamlarning fe`l-atvori va ahvoli; yaxshi fe`l xosiyati va yomon xislat kasofati; turli foydali kuzatishlar va misollar haqida uch qismdan iborat asarni aniqlang. A) "Hayrat ul-abror" B) "Mahbub ul-qulub" C) "Mezon ul-avzon" D) "Saddi Iskandariy" 20 / 30 Quyidagi berilgan tez aytishning qaysi birida ravish ishtirok etmagan? A) Hali, Vali, Soli sholi o`rdi. B) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi. C) O`tkir o`tkir o`roqda o`t o`rdi. D) Norning nordon anori narida. 21 / 30 O`zaro sinonim bo`lgan ko`makchilar qatorini ko`rsating. A) boshqa, tashqari, bo`lak B) buyon, beri, burun C) so`ng, keyin, nari D) faqat, o`zga, boshqa 22 / 30 So`zning yumshog`i g`azabni so`ndiradi, so`zning qattig`i esa odamni o`ldiradi. Ushbu gapda tovush almashinishi hodisasi so`zga qanday qo`shimcha(lar) qo`shilishi natijasida yuz bergan? 1) so`z yasovchi qo`shimcha; 2) Lug`aviy shakl yasovchi qo`shimcha 3) sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha A) 1,3 B) 1,2 C) 2,3 D) 2 23 / 30 Tarkibida o‘zaro shakldosh so‘z yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gapni aniqlang. A) Suv ko‘p bo‘lsa, ekinlar yaxshi o‘sadi, dasturxon to‘kin bo‘ladi. B) Istagimiz shuki, hayot farovon bo‘lsin, hech kim yomonlik ko‘rmasin. C) Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo‘lsin, farzandlarimiz o‘kinch nimaligini bilmasin. D) Sen nimani istasang, nimani so‘rasang, o‘shani muhayyo qilamiz. 24 / 30 Qaysi gapdagi juft sifatlar yasama+yasama so`z shaklida tuzilgan? A) U yoshligidan ota-onasiz katta bo`lgan. B) U paytda qing`ir-qiyshiq ko`chalar ko`p bo`lgan. C) Kasbning katta-kichigi bo`lmaydi. D) Menga o`xshash esli-hushli yigitga zoriqib o`tirgan ekan. 25 / 30 Maqsad ravishi qo`llangan gapni aniqlang. A) Feruza bilan Shahnoza Azizani o`ynatmoqchi bo`lib kelishgan ekan. B) Men sizni olib ketgani keldim. C) Ovozingizni eshitish umidi bilan ataylab kelgan edim. D) Umringga yuz bahor zamondosh bo`lsin. 26 / 30 Qaysi maqoldagi so`zlar tarkibida chuqur til orqa undoshlari ishtirok etmagan? A) Ayibsiz do`st axtargan do`stsiz qolar. B) Sinamagan otning sirtidan o`tma! C) Maqtanma g`oz, hunaring oz! D) O`ylamay qilingan ish, Boshga keltirar tashvish. 27 / 30 Qaysi qatorda barcha so`zlarda nuqtalar o`rniga o unlisi yoziladi? A) taq..zo, taks..motor, par..voz B) ashq..l-dashq..l, tan..var, zalv..rli C) z..mon, s..vol, j..vob D) tomosh.., mardonav..r, devonav..r 28 / 30 So`zlarning borliqdagi ma`lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi ularning qanday ma`nolari hisoblanadi? A) morfologik ma`nolari B) so`zlarning ko`chma ma`nolari C) lug`aviy ma`nolari D) grammatik ma`nolari 29 / 30 Ega ergash gapli qo`shma gapni aniqlang. A) O`qish davrida Mavlonqulov qayerda bo`lsa, Mutalov ham shu erda bo`lar edi. B) Kim mehnat qilsa, rohat ko`radi. C) Tanlov katta bo`lsa ham, ular ishonch bilan kelishgan. D) Bu bo`stonda do`stlar bermasa ko`mak, Nasib bo`lmas maqsad gulini termak. 30 / 30 Qaysi javobda omonim asosga omonim qo`shimcha qo`shilishidan hosil bo`lgan shakldoshlik xususiyatiga ega bo`la oladigan so`z(lar) berilgan? 1) tilim; 2) bo`g`ma; 3) kechik; 4) oqar A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 4 D) 4 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot abituriyent testi №3
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2