Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №4 Tarix olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №4 InfoMaster Avgust 19, 2024 249 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Tarix olimpiada №4 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Kamoliddin Behzod o‘z davrida qanday nom bilan ulug‘langan? A) “val-milla” B) “Moniyi Soniy” C) “Qiblat ul-kuttob” D) “Aflotuni zamon” 2 / 30 2. Niderlandiyada Vilgelm van Oran`ye Shimoliy hududlar hukmdori deb e`lon qilingan yili Fransiyada…….. A) Genrix Navarskiy taxtga chiqdi B) ”Varfolomey tuni” bo`lib o`tdi C) Nant edikti imzolandi D) diniy urushlar boshlandi 3 / 30 3. O‘rta Osiyoning quyidagi shaharlari Podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan egallangan yillariga qarab to‘g‘ri xronologik tartibda ko‘rsatilgan javobni belgilang.1) Kattaqo‘rg‘on; 2) Namangan; 3) Jizzax A) 3, 2, 1 B) 1, 3, 2 C) 1, 2, 3 D) 3, 1, 2 4 / 30 4. Qo‘qon xonligi hududini Rossiya hududi bilan qaysi cho‘l ajratib turgan? A) Ko‘kdala B) Qizilqum C) Bedpakdala D) Qoraqum 5 / 30 5. Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati to‘liq amalga oshirilishi va hukmronligining mustahkam bo‘lishi uchun ... A) istilochi amaldorlarga keng vakolatlar berildi B) mahalliy xalq vakillaridan ishonchli odamlar ajratib olina boshlandi C) mahalliy aholiga ayrim yengilliklar va imtiyozlar berildi D) harbiy zobitlarning xizmat muddati uzaytirildi 6 / 30 6. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida qancha eksponat saqlanadi? A) 250 mingdan ortiq B) 200 mingga yaqin C) 310 mingda ortiq D) 146 mingga yaqin 7 / 30 7. Quyidagilardan qaysi biri Chig‘atoy xoni Kebekxon davriga xos xususiyatlarga muvofiq emas? A) Kebekxon davrida ma’muriy va pul islohoti o‘tkazilgan B) Kebekxon mo‘g‘ul hukmdorlari orasida birinchi bo‘lib, o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chirgan C) Kebekxon davrida Erondagi Xulokiylar davlati va Oltin O‘rda xonlarining kumush tangalari namunasida pullar zarb etilgan D) Kebekxon davrida “Kepaki” tangalari Samarqand va Qarshi shaharlarida zabt etilib, muomalaga chiqarilgan 8 / 30 8. Buyuk Britaniya imperiyasi qachon tashkil etilgan? A) 1756-yil B) 1855-yil C) 1876-yil D) 1901-yil 9 / 30 9. Dastlabki kalendarning paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘lgan? A) Nil daryosi bo‘ylab sayohatlarni amalga oshirishi B) misrliklarning Nil daryosining suvisiz yashay olmasligi C) misrliklar tomonidan hosilni o‘z vaqtida yig‘ib olishi D) misrliklarning qo‘shni davlatlar bilan savdogarlikni amalga oshirishi 10 / 30 10. Angliyada inqilob yuz berishining asosiy sababini aniqlang. A) Fransiya bilan urushda kelishuvchilik siyosati olib borgani uchun B) Qirol parlament va puritanlarga qarshi kurash boshlagani C) Qirolning asosiy raqibi Ispaniya bilan murosasozlik olib borayotgani D) Savdogarlar uchun patentning narxi ko‘tarilgani uchun 11 / 30 11. XIX asr o‘rtalarida O‘rta Osiyodagi ichki va tashqi savdoning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan omilni aniqlang. A) ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qo‘l mehnatida qilinganligi, soddaligi B) O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi C) 3 ta davlat o‘rtasidagi kelishmovchiliklar va notinchliklar D) hunarmandchilikning boshqa sohalarga qaraganda sust rivojlanishi 12 / 30 12. “Turkiston viloyatini boshqarish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom”ga muvofiq viloyat bo‘limlarining harbiy asosda tashkil etilishidan maqsad nima edi? A) Rossiya imperiyasining boshqa viloyatlaridan farqli ravishda bu o‘lkalarda mustaqil siyosiy va ijtimoiy siyosat olib borish B) O‘rta Osiyoning bosib olingan hududlariga harbiy qal’alar qurish va u yerda harbiy holat joriy qilish C) rus harbiy zobitlarni boshqaruvdagi mansablar bilan ta’minlash orqali rag‘batlantirish D) Rossiya hukumatining kelgusidagi harbiy rejalarini amalga oshirilishida tayanch hudud vazifasini o‘tashi ko‘zda tutilgan 13 / 30 13. AQSHda qaysi prezident tomonidan bojxona tariflari to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilinadi? A) Teodor Ruzvelt B) Vudro Vilson C) Uilyam MsKinley D) Uilyam Taft 14 / 30 14. Jaloliddin Manguberdi Sind darayosidan kechib o‘tganidan so‘ng qaysi viloyatning hukmdori uning og‘ir ahvolidan foydalanib, unga qarshi hujum qiladi? A) Bengaliya B) Shatra C) Bixar D) Dehli 15 / 30 15. X asrda Germaniya aholisi ko‘proq kimlarning gapiga quloq solgan? A) graflarga B) feodallarga C) gersoglarga D) imperatorlarga 16 / 30 16. Kishilar bir-biridan kapitalning mavjudligi va daromad darajasiga qarab farqlanadigan jamiyat … deb ataladi. A) industrial jamiyat B) prolteriat jamiyat C) demokratik jamiyat D) sinfiy jamiyat 17 / 30 17. Rivoyatga kо‘rа, Bobur Mirzo shayboniylardan yengilib, Movarounnahrdan qaysi hudud orqali chiqib ketadi? A) Farg‘ona B) Qarshi C) Balx D) Kobul 18 / 30 18. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo hokimliklarida boshqaruv ma’muriyatining asosiy vazifasi nimadan iborat bo‘lgan? A) Fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish, jamoat ishlariga ularni safarbar etishdan B) Mahalliy hokimlikda tinchlikni saqlash va yig‘ilgan soliqni xoqon saroyiga yetkazish C) Xoqonga belgilangan soliq va qo‘shinni to‘plab berish D) Fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish va ularni vaqtida xoqon saroyiga yetkazish 19 / 30 19. Qanday omillar Turk xoqonligining markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermadi? A) Eftaliylar avlodlarining hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga intilishi B) Katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqining markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka intilishi, hududlardagi hokimliklarning mustaqil bo‘lishga intilishi C) Janubdan doimiy sosoniylar tazyiqi D) O‘zaro olib borilgan urushlar natijasida 20 / 30 20. Slavyan yozuvi qaysi alifbo asosida yaratilgan? A) finikiya alifbosi B) rim alifbosi C) yunon alifbosi D) vizantiya alifbosi 21 / 30 21. Qaysi tadbir Fransiyaning yangi mustamlakalar bosib olish yo‘lidagi dastlabki qadami bo‘ldi? A) 1883-yil Vyetnamga hujum boshlashi B) 1891-yil Senegalni bosib olishi C) 1881-yil Tunisni bosib olishi D) 1879-yil harbiy-siyosiy koalitsiyaga kirishi 22 / 30 22. Rus milliy teatri shakllanishida katta hissa qo‘shgan F. G. Volkovning asl kasbi nima edi? A) aktyor B) shoir C) savdogar D) quruvchi 23 / 30 23. Politsiya tuzilmalariga qo‘shimcha tarzda kimlarga ispravniklar huquqini ham berdi? A) volost boshliqlariga B) uyezd boshliqlariga C) guberniya boshliqlariga D) viloyat boshliqlariga 24 / 30 24. Qachon qadimgi yunon olimi Eratosfen birinchi bo‘lib Yer shari yuzasining xaritasini tuzgan? A) mil. avv. I asrda B) mil. avv. III asrda C) mil. avv. VI asrda D) milodiy I asrda 25 / 30 25. Kimning davrida Buxoro xonligi tasarrufida bo‘lgan Xo‘jand, O‘ratepa viloyatlari qo‘shib olindi? A) Shohruxbiy B) Abdulkarimbiy C) Erdonabiy D) Abdurahimbiy 26 / 30 26. Muhammad Rahimxon I tomonidan qachon tilla tangalarni zarb etish yo‘lga qo‘yiladi? A) 1807-yil B) 1809-yil C) 1811-yil D) 1816-yil 27 / 30 27. Qadimgi Rim konsullari vazifasiga quyidagilardan qaysi biri kirmas edi? A) xalq majlisida senat a’zolarini nomzodlarini taqdim etishi B) urush davrida qo‘shinga qo‘mondonlik qilish C) rimliklar ustidan sud o‘tkazish D) yil davomida Rim respublikasini boshqarish 28 / 30 28. XVI asrning ikkinchi yarmi - XVII asrning boshlarida ispan dengizchilarining Tinch okeani havzasiga ekspeditsiya uyushtirishi natijasida kashf etilgan orollarni aniqlang. 1. Solomon; 2. Janubiy Polineziya; 3. Melaneziya; 4. Madeyra; 5. Kanar; 6. Azor. A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 4, 5, 6 D) 2, 4, 6 29 / 30 29. Nechinchi yilda Germaniya qurolli kuchlari Bosh shtabi ikki frontda urush olib borish rejasini ishlab chiqdi? A) 1914-yil B) 1907-yil C) 1916-yil D) 1905-yil 30 / 30 30. Iroqning Kufa shahrida bo‘lgan qo‘zg‘olonda asosan kimlar qatnashgan? A) shahar kambag‘allari va hunarmandlar B) dehqonlar va qullar C) dehqonlar va chorvadorlar D) zodagonlar va qullar 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6