Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiada 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Dekabr 16, 2022 314 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 07.12.2022 yil oo.uzedu.uz olimpiada savollari! 1 / 25 1. “Qaror qilindi”, “inobatga olinsin” kabi qoliplashgan so‘z va so‘z birikmalari qaysi uslubda uchraydi? A) so‘zlashuv B) rasmiy-idoraviy C) ilmiy D) badiiy 2 / 25 2. Sening to’rang nomardlardan emasdir, Mard o’g’lon sevdigin tashlab ketarmi? Mazkur parcha kimning tilidan aytilgan? A) Buvraxon B) Xolmo’min C) Mohiboy D) Kuntug’mish 3 / 25 3. Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug`bek” fojiasida Mirzo Ulug`bek ilm ahlining “sim qanotli aravasi” uchib boruvchi baxt shahrini qanday rangda deb ataydi? A) marvarid rang B) bika rang C) zangori rang D) firuzarang 4 / 25 4. Kishilarning oilada, ko’cha-ko’yda fikr almashinuvi jarayonida qo’llaniladigan nutq uslubini aniqlang. A) publitsistik uslub B) so’zlashuv uslubi C) badiiy uslub D) rasmiy-idoraviy uslub 5 / 25 5. Musulmon Sharqi xalqlari adabiyotlarida eng ko’p tarqalgan lirik janr qaysi? A) g’azal B) ruboiy C) qit’a D) chiston 6 / 25 6. Qaysi gapda otlashgan sifat bilan ifodalangan uyushiq ega mavjud? A) Hayotda yaxshi ta’lim olgan va uni amalda qo‘llay bilganlar hech qachon qoqilmaydilar. B) Nodon aytur: g‘olib chiqdim, dono aytur: yo‘l berdim. C) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi D) Dono olg‘a boraturib, orqaga qarab qo‘yadi. 7 / 25 7. Yuz jafo qilsa manga, bir qatla faryod aylamon, Elga qilsa bir jafo, ming qatla faryod aylaram. A. Navoiy qalamiga mansub ushbu mashhur bayt g‘oyasini aniqlang. A) farovon hayotni ulug‘lash B) xalqparvarlik C) vafodorlik D) zolimlik va jafokorlikni qoralash 8 / 25 8. Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor, Har necha dardimni desam, dog‘i bor. Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo‘ldi firoqing dog‘i bor. (Lutfiy) Ushbu tuyuqda keltirilgan dog‘i bor tajnisli qofiyasining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan? A) dog‘ bor, yara bor, yana bor B) yarasi bor, yana bor, otashi bor C) otashi bor, yarasi bor, yana bor D) yara bor, yana bor, bor ket 9 / 25 9. Yer qish uyqusidan uyg‘ondi. Bahorning mayin sabolari esa boshladi. Ariqlarning bo‘yi yam-yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib, ifor isli naparmon gullar bilan bezandi. Loyshuvoq tomlarda lolaqizg‘aldoqlar yal-yal yondi. Dalalardan yengil hovur ko‘tarilib, qirlarda anvoyi chechaklar ochildi. Qishloq va shaharlarning tor ko‘chalarida, maydonlarida bola-baqra ko‘paydi. Kichkintoylar akalari yasab bergan «laylak»larni uchiraman deb jonlari halak. Ahyon-ahyonda turnalar arg‘imchoq solib uchib o‘tishadi. Ularning dilni entiktiruvchi “qurey-qurey”lari osmonni tutadi... Ushbu matn qaysi nutq uslubiga tegishli? A) badiiy B) ilmiy C) rasmiy D) publitsistik 10 / 25 10. Ona tilini e’zozlashni, qadrlashni va asrashni ma’rifatli millatlardan o‘rganing. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifa bajargan? A) kesim, to‘ldiruvchi B) to‘ldiruvchi, aniqlovchi C) kesim, hol D) aniqlovchi, hol 11 / 25 11. Undov so‘zlar berilgan javobni aniqlang. A) eh, g‘ir-g‘ir, ofarin B) ehtimol, shubhasiz, albatta C) hoy, duv-duv, qars-qurs D) evoh, beh-beh, uf 12 / 25 12. Qaysi gapda kesim vazifasini bajargan sifatlanmish qatnashgan? A) O‘zbekiston – Vatanim manim. B) Insonni sog‘lom qiladigan jismoniy mashqlardir, uning ma’naviyatini boyitadigan esa badiiy adabiyotdir. C) Ko‘p so‘zning ozi yaxshi, oz so‘zning o‘zi yaxshi. D) Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni yiqar 13 / 25 13. Hammamizning onamizdir shu Vatan, Yov qoldirgan siynasida ming tikan, Tirikmiz-ku, uni tozalash bizdan, Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun. Ushbu she’riy parchada qaysi so‘z turkumlari kesim vazifasida kelgan? 1) ot; 2) sifat; 3) ravish; 4) olmosh; 5) fe’l; 6) son. A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 4, 5, 6 C) 2, 3, 5, 6 D) 3, 4, 5, 6 14 / 25 14. Xalq dostonlariga xos qaysi xususiyat yirik dostonchilik maktablarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi? A) ijrochidan ham badihada, ham ijroda katta ijodiy mahorat talab qilishi B) asosan, do‘mbira jo‘rligida aytilishi C) og‘izdan og‘izga o‘tib avloddan avlodgacha yetib kelgani D) xalq og‘zaki ijodida qadimiy epik an’ana hisoblangani 15 / 25 15. Qaysi gapda ega va ot kesim o‘rtasiga tire to‘g‘ri qo‘yilgan? A) Bugun mening darslarim – ko‘p. B) Bizning sinfimiz – sakkizinchi. C) Atrof – juda go‘zal. D) Maqsadimiz – a’lo o‘qish. 16 / 25 16. Qaysi dostonda ishlatilgan “G‘aribning ko‘nglini ovlamoq savob”, “Qilichdan seskanmas botirning tani”, “Gavharni ne bilsin ushalgan sopol” kabi baytlar hikmatli so‘zlar darajasiga ko‘tarilgan? A) “Rustamxon” B) “Alpomish” C) “Kuntug‘mish” D) “Ravshan” 17 / 25 17. Bu gapning butun dahshati shu tobda bilindi. Ushbu gapdagi olmoshlarning vazifasini toping. A) aniqlovchi, aniqlovchi, aniqlovchi B) aniqlovchi, aniqlovchi C) aniqlovchi, ega, hol D) aniqlovchi, aniqlovchi, hol 18 / 25 18. Aruzdagi qaysi vaznlar o‘zbek she’riyatida eng ko‘p qo‘llanadi? A) mutaqorib, hazaj, rajaz B) ramal, hazaj, mutaqorib C) ramal, rajaz, mutaqorib D) ramal, hazaj, rajaz 19 / 25 19. Badiiy asarda biror voqea-hodisa, tarixiy fakt, adabiy yoxud afsonaviy qahramon nomini tilga olish yoki unga ishora qilib o‘tish qaysi badiiy san’atni vujudga keltiradi? A) irsoli masal B) tanosub C) talmeh D) tajnis 20 / 25 20. Navoiyning qaysi fardida shoirning hasbi holi ifodalangan? A) “Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi…” B) “Yuqar yamonlig‘ angakim, kirar yamon el aro…” C) “Ulki, sanga eldin erur aybgo‘…” D) “Men – sinuq, ko‘nglum – sinuq, sabrim uyi xud – yerga past…” 21 / 25 21. So‘zlarning tobe bog‘lanishini aniqlang. A) taklif, mulohazalar B) gul bilan bulbul C) quvonib gapirmoq D) dam o‘qiydi, dam yozadi 22 / 25 22. ““Sen yetim emassan” she’ridan olgan taassurotlarim” nomli insho inshoning qaysi turiga kiradi? A) erkin insho B) rasmiy insho C) ilmiy insho D) adabiy insho 23 / 25 23. Oybekning qaysi she’ri erksizlik, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhning, olamni qutqaruvchi bezavol go‘zallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi. A) “Na’matak” B) “O‘rik gullaganda” C) “Qoraxat” D) “O‘zbekiston” 24 / 25 24. Qaysi qatorda egasi noma’lum gap berilgan? A) Bugun teatrga borishimiz lozim edi. B) Eshik ochiq bo‘lsa ham so‘rab kir. C) Dam olish kuni sayohatga borish kerak. D) Kechki ovqat pishirildi. 25 / 25 25. Sodda gap berilmagan javobni aniqlang. A) Kampir ba’zan mudrab, ba’zan o‘g‘li bilan nimalarnidir gaplashib o‘tirardi, B) Bu she’rni nafaqat menga bag‘ishlangani uchun, balki unda ulug‘ shoirning buloq suvlaridek musaffo qalbi mavj urib turgani uchun ham sevaman. C) Mamlakatimizning bayramlari ko‘p, lekin Navro‘zning shukuhi va tarovati o‘zgacha. D) Mening fikrimcha, bizlarni jaholat qorong‘iligidan qutqarmoqchi bo‘lgan bu odamning maslahatlariga amal qilasiz. 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2