Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiada 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Dekabr 12, 2022 189 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 1 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 07.12.2022 yil oo.uzedu.uz olimpiada savollari! 1 / 25 1. Aka-uka kallarga xos bo'lgan xarakter belgilarini ko'rsating. A) o'z onalariga itoat, yumshoq tabiatlilik B) vatanparvarlik, o'z shohiga sadoqat C) mardlik, haqiqatgo'ylik, o'z ishiga mohirlik D) sevgiga sadoqat, vafodorlik 2 / 25 2. Bilan ko'makchisi vosita ma'nosini anglatgan birikmalar qatorini aniqlang. A) Shoirlar bilan uchrashuv, kitob bilan muloqot. B) G'ayrat bilan ishlamoq, mas'uliyat bilan yondashmoq. C) Pochta bilan jo'natmoq, poezd bilan bormoq D) Shaxd bilan kirmoq, qunt bilan o'rganmoq. 3 / 25 3. Nima sababdan “birov” so’zi gumon olmoshi hisoblanadi? A) “birov” so’zi gumon olmoshi emas B) “Kimdir” so’zi bilan erkin almashina olgani uchun C) –ov qo’shimchasi mavjudligi uchun D) “Nimadir” so’zi bilan erkin almasha olgani uchun 4 / 25 4. Qaysi ko‘makchilar bosh kelishikdagi ismlarga qo‘shiladi? A) muvofiq, singari, bilan, bo‘ylab B) kabi, uchun, singari, sari C) -dek, yanglig‘, tomon, doir D) bilan, singari, yarasha 5 / 25 5. Mirmuhsinning qaysi asarlarida bolalar hayoti va ruhiy dunyosi tasvirlangan? A) “Ovchi bolalar”, “Jamila B) “Sheralining mardligi”, “Ovchi bolalar” C) “Luqmon va O‘roqboy”, “Degrez o‘g‘li” D) “Jamila”, “Tungi chaqmoqlar” 6 / 25 6. Qaysi gapda ravish turkumiga oid so‘z boshqa javoblarga qaraganda kam? A) Birdan koridorning narigi chetida kimningdir tez yurib kelayotgani eshitildi. B) Dardim jim ichimga yutaymi endi? C) Dushmaningiz bilan tortishayotganingizda ham ochiqchasiga va mardlarcha fikr bildiring. D) Olmaxon yerdan ko‘ra daraxtda tezroq yugurar ekan. 7 / 25 7. Har kishikim birovga qozg‘oy choh, Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh. Baytida qanday she’riy san’at qo‘llangan va bu bayt kim haqida? A) irsoli masal, Navdar B) tashbih, Jobir C) tashbih, Suhayl D) irsoli masal, Jobir 8 / 25 8. Iqbolxonning ish stolidagi mitti guldonda sovuqdan ochilmay qolgan atirgulning ikki dona g‘unchasi turar edi. Ushbu gapda qaysi so‘z turkumiga oid so‘z mavjud emas? A) fe’l B) ravish C) sifat D) son 9 / 25 9. O‘lmas Umarbekovning qaysi qissasida yoshgina ayolning sirli o‘limi sabablarini ochish, fojia manbalarini o‘rganish, qotillarni aniqlash barobarida asar qahramonlarining ma’naviy qiyofalari oydinlasha boradi? A) “Oq qaldirg‘och” B) “Odam bo‘lish qiyin” C) “Fotima va Zuhra” D) “Yoz yomg‘iri” 10 / 25 10. Qaysi qatorda o‘zlik olmoshi ikki marta qo‘llangan gap berilgan? A) O‘zimga o‘zim gapira boshladim. B) O‘zga yurtda shoh bo‘lgandan, o‘z yurtingda gado bo‘lgan afzal. C) Barcha gaplarda o‘zlik olmoshi ikki marta qo‘llangan D) O‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil. 11 / 25 11. Murodxonga: - Jon o‘rtoq, bedanalarni qo‘yib yubor…., onalarining oldiga bor…sin, bizni duo qilishadi, - degandim, darrov rozi bo‘l…, uylaridan katta qaychi olib chiq... Ushbu gapda nuqtalar o‘rniga quyidagi qo‘shimchalardan qaysi biri qo‘yilmaydi? A) fe’lga xos bo‘lgan nisbat qo‘shimchasi B) fe’lga xos bo‘lgan mayl qo‘shimchasi C) fe’lga xos bo‘lgan harakat nomi qo‘shimchasi D) fe’lga xos bo‘lgan zamon qo‘shimchasi 12 / 25 12. U rostini gapirib bergani uchun onasi urishmadi, balki yolg‘on gapirish odobli bolaning ishi emasligini aytdi. Ushbu gapdagi teng bog‘lovchi qanday mazmuniy munosabatni ro‘yobga chiqarmoqda? A) inkor B) ayiruv C) chama, taxmin D) zidlov 13 / 25 13. Hamid Olimjon o‘z she’riyatida shunday kamolot darajasiga erishadiki, u so‘zdan tanbur torlaridek turli pardalarda foydalanar, uni o‘ynata, jaranglata bilardi. Ushbu gapda olmoshlar nimaga ishora qilgan? A) so‘z birikmasiga B) shaxsga C) gapga D) shaxs va narsaga 14 / 25 14. Tong otmoqda. Tong o‘qlar otar, Tong otmoqda, Quyosh – zambarak. Yaralangan Yer shari yotar Boshlarida yashil chambarak. (Rauf Parfi) Ushbu she’riy parcha haqida to‘g‘ri fikrni aniqlang. A) Ushbu she’riy parchada Quyosh va tong birgalikda Yerni halok qilish tasviri uchraydi. B) Ushbu she’riy parchada Quyoshning Yer sharini yaralash orqali unga o‘lim keltirishi tasvirlangan. C) Ushbu she’riy parchada Quyoshning Yerda hayot paydo qilishi tasvirlangan. D) Ushbu she’riy parchada Yerning Quyoshga isyoni tasvirlangan. 15 / 25 15. Berilgan she'riy baytlarning qaysi birida mutlaq qofiya ishlatilgan? A) Ul na gumbazdur eshigi, tuynugidin yo‘q nishon Necha gulgunpo‘sh qizlar manzil aylabdur makon. B) Ki bulbul nola, afg‘on aylamakni mendin o‘rgandi Vuv judin sham’i so‘zon aylamakni mendin o‘rgandi. C) Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiyman, Qayda dard eli bo‘lsa, oshno Uvaysiyman. D) Ul nadurkim sabz to‘nlik, yoz yog‘ochning boshida, Qish yalang‘och aylagay barcha xaloyiq qoshida. 16 / 25 16. She’riy misradagi bo‘g‘inlarning muayyan guruhlarga bo‘linishi nima deyiladi? A) vazn B) hijo C) turoq D) qofiya 17 / 25 17. Qaysi asarda “Bo‘g‘zimda qolmasin erk to‘la kuyim”, “Oyoqosti bo‘lmasin ajdodim go‘ri”, “O‘tirmasin yov chiqib uyim to‘riga” kabi badiiy tasvirlar uchraydi? A) “Mardlik afsonasi” B) “Bu – men tug‘ilgan tuproq” C) “Turkman binosi” D) “Buzilgan o‘lkaga” 18 / 25 18. Quyidagi asarlardan qaysi biri roman-tetralogiyaga misol bo‘la oladi? A) M. Ismoiliy “Farg‘ona tong otguncha” B) Said Ahmad “Ufq” C) H. Nu’mon va A. Shorahmedov “Ota” D) Muhammad Ali “Ulug‘ saltanat” 19 / 25 19. Idish nuqsonlidir, gar bo‘lsa qadoq, (1) Aslo ayb bo‘lmas qo‘ldagi qadoq. (2) Ilmga bag‘ishlab o‘tkaz har onni, Aqling botmon bo‘lsin, vazning bir qadoq. (3) (A. Shukurov) Ushbu she’rda raqamlab ko‘rsatilgan shakldosh so‘zlardan qaysi biri hisob so‘z bo‘lib kelmoqda? A) hisob so‘z mavjud emas B) 2 C) 1 D) 3 20 / 25 20. Muhammad al-Xorazmiyning handasa ilmiga oid yozgan asarlari hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zning hozirgi kundagi ko‘rinishini toping. A) matematika B) geometriya C) astronomiya D) fizika 21 / 25 21. Quyida berilgan qaysi gapda yordamchi so‘z turkumlarining har bir turiga oid birliklar qatnashgan? A) Bu zanjir ila zamonga daxldorsan, sen ham ahli olam qatori uchinchi ming yillikda yashamoqdasan. B) Bu maqsad sari qo‘yilgan birinchi qadamgina emas, balki kelajakka ishonch belgisidir. C) U nihoyatda ziyrak, idrokli, keng mushohadali, o‘ta qiziquvchan, uquvli, bilimga chanqoq, mehnatkash edi va shu fazilatlari bilan ajralib turardi. D) Siz ham bu ishga qadam qo‘yishdan ilgari bir karra o‘ylab ko‘rsangiz bo‘larmidi? 22 / 25 22. Qaysi gapda vazifadosh bog‘lovchi ishtirok etmagan? A) Bulut bo‘ldi-da, yomg‘ir yog‘madi. B) Birrov kirdi-da, chiqib ketdi. C) . . . chars-churs uchqun sochdi-da, axiyri gurullab ketdi. D) Choy qaynatib ichishni-da unutdi. 23 / 25 23. Xalq dostonlari haqidagi qaysi fikr xato? A) doston qahramoni yorini oynada ko‘radi B) doston qahramoni yorini oyda ko‘radi C) doston qahramoni yorini uzukda ko‘radi D) doston qahramoni yorini tushda ko‘radi 24 / 25 24. Qaysi gapda ko‘chma ma’noli so‘z ishtirok etmagan? A) Soqchi ota-onam borligiga ishonmadi, shekilli, gapni aylantiraverdi. B) Eski buloqning ko‘zi ochildi. C) Bu olamda men kezmagan yurt kam edi, - deb davom etdi Bobur o‘ychan ohangda. D) Kemtik oy cho‘qqilar orasidan mo‘ralaydi. 25 / 25 25. Qaysi gapdagi belgilash olmoshi to‘pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgi kabilarni bildiradi? A) O‘g‘limning har bir holidan xabar olib turish sening vazifangdir. B) Kelganlarning hech birini tanimas ekanman. C) Hamma nopok, hamma egri, yolg‘iz siz to‘g‘ri. D) Bu gapning butun dahshati shu topda bilindi. 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6