10-sinf Biologiya olimpiada №3

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

10-sinf Biologiya olimpiada №3

2022-yil 13-oktabr:

2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar!

1 / 24

1. Sog‘lom odam umurtqa pog‘onasining kifozida (orqa tomonga egilma) nechta umurtqa suyaklari qatnashadi?

2 / 24

2. Bug‘doy donining rangi 2 ta noallel gen (A1 va A2) ta’sirida rivojlanadi. Qizil va oq rangli bug‘doylar o‘zaro chatishtirilsa, F2 da hosil bo‘lgan och qizil (a) va och pushti bug‘doylar (b) necha xil genotipga ega bo‘ladi?

3 / 24

3. Qushlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rsating. 1birinchi tartib patlari bilak suyaklariga birlashgan; 2) tishlari bo‘lmaydi; 3) to‘ti kabi qushlarda ikkinchi signal sistemasi shakllangani uchun, og‘zaki nutq mavjud; 4) arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan; 5) tuyaqushning erkagining patlari qora, dumi va qanotlarining uchidagi patlari kulrang; 6)qushlarni xatti-harakati bosh miyasining oldingi yarimsharlari bilan bo‘ladi; 7) o‘ng bo‘lmacha sistolasi vaqtida arterial qon o‘ng qorinchaga o‘tadi; 8) gastruliyatsiya jarayoni qat-qat bo‘lib embrion varaqlari hosil boiadi; 9) bulbullar tropic Afrika va Janubiy Osiyoda qishlaydi; 10) ichak epiteliysi embrionning endoderma qavatidan rivojlanadi. .

4 / 24

4. Paratgarmon kam ishlab chiqarilganda (a), juda kam ishlab chiqarilganda (b) va ko‘p ishlab chiqarilganda (c) bo‘ladigan o'zgarishlarni juftlang. 1) nerv-muskul tizimining qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 2) odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi; 3) tez charchaydi; 4) qoilari qaltiraydi; 5) sochlari to‘kiladi; 6) tana muskullari bo‘shashib qoladi; 7) suyaklar yumshab, egiluvchan, mo‘rt bolib qoladi; 8) odam tanasining umumiy qaltirashi; 9) nerv-muskul sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi pasayib; 10) odam umumiy holsizlanadi.

5 / 24

5. Ko‘lbuqada ovogenez jarayonida kuzatiladigan hodisalar qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? 1) ko‘payish davrida reduplikatsiya sodir bo‘ladi; 2) 4 ta gaploid to'plamga ega hujayra hosil bo‘ladi; 3) hujayralarning 50% i jinsiy Y xromosomaga ega; 4) o‘sish davrida hujayralarda translyatsiya kuzatilmaydi; 5) hujayralarning barchasi jinsiy X xromosomaga ega bo‘ladi; 6) ko‘payish davrida diploid to‘plamga ega hujayralar hosil bo’ladi

6 / 24

6. Qanday jarayonda quyidagi reaksiya amalga oshadi? ATF + H2O → ADF + H3PO4 + energiya (40 kJ)

7 / 24

7. Himoya funksiyasini bajaruvchi oqsilni aniqlang.

8 / 24

8. Quyidagi organizmlarga tegishli to‘g‘ri ta’riflarni juftlang. a)parmeliya; b) batsidiya

9 / 24

9. Maltoza va saxarozaning umumiy xususiyatlarini ko‘rsating. 1) glikozid bog‘larga ega; 2) tarkibiga fruktoza kiradi; 3) suvda yaxshi eriydi; 4) qand lavlagi shakari hisoblanadi

10 / 24

10. Sariq silliq donli (AaBb) no‘xatlarda tahliliy chatishtirish o‘tkazilganda qanday natijalar olinadi? 1) har ikki belgi bo‘yicha dominant genga ega organizmlar 50%ni tashkil qiladi; 2) fenotip bo‘yicha nisbat 1:1:1:1 bo‘ladi; 3) organizmlarning 1/4 qismi ikkinchi belgi bo‘yicha retsessiv gomozigota bo‘ladi; 4) genotip bo‘yicha ota-onaga o‘xshash organizmlar 50%ni tashkil qiladi; 5) dominant digomozigota organizm hosil bo‘ladi

11 / 24

11. Bevosita rivojlanadigan germafrodit organizmlarni (a) va bilvosita rivojlanadigan ayrim jinsli organizmlarni (b) ko‘rsating. 1) korall aspidi; 2) gelikonius; 3) chuchuk suv shillig‘i; 4) qizil chuvalchang; 5) aureliya; 6) perlovitsa; 7) povituxa; 8) nematoda

12 / 24

12. Quyidagi organizmlarning diploid hujayrasida 2 va 5-juft gomologik xromosmolarining har biri bittaga kamaysa, ular kariotipida nechta xromosoma bo‘ladi? a) makkajo‘xori; b) suvarak; c) qalampir

13 / 24

13. Oddiy amyoba (a), nursimonlar (b), yashil evglena (c), tufelka (d) uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. 1) bakteriyalar, mayda suv o‘tlari va organik qoldiqlar bilan oziqlanadi; 2) xromatoforidagi xlorofill pigmenti yordamida fotosintez qiladi; 3) qisqaruvchi vakuolaga ega; 4) kremniy skeletli; 5) hazm qilish va ayirish organoidlari nisbatan murakkab tuzilgan

14 / 24

14. Autotrof oziqlanish xususiyatiga ega prokariot (a) va eukariot (b) organizmlarni aniqlang. 1) ossillatoriya; 2) oltingugurt bakteriyasi; 3) pichan bakteriyasi; 4) uchqat; 5) nitella; 6) volvoks; 7) midiya; 8) floks; 9) perlovitsa

15 / 24

15. Odam organizmidagi timozin garmoniga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang? a) organizmda pigment almashinuvni boshqaradi; b) jinsiy bezlarni funksiyasini pasaytiradi; c) limfosit hosil bo‘lishini kuchaytiradi va immunitetni oshiradi; d) qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi; organizmda kalsiy-fosfor almashinuvini boshqaradi; f) bolalar o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

16 / 24

16. Qaysi javobda sershox qirqbo‘g‘imning jinssiz bo‘g‘iniga xos xususiyatlar keltirilgan?

17 / 24

17. Qaysi javobda aminokislotalar berilgan?

18 / 24

18. Glukoza sintezlanishi (a) va oksidlanishi (b) bilan bog‘liq jarayonlarni aniqlang. 1) CO2 sarflanadi; 2) CO2 hosil bo‘ladi; 3) ATF energiyasi sarflanadi; 4) O2 sarflanadi; 5) ATF sintezlanadi; 6) O2 hosil bo‘ladi; 7) fotoliz jarayoni sodir bo‘ladi

19 / 24

19. Shimpanze somatik hujayrasi mitoz siklining G2 davridagi DNK (a), xromosoma (b), hujayra markazi (c) va sentriolalar (d) sonini aniqlang.

20 / 24

20. Gastrula jarayoni blastula devorining qat-qat joylashuv yo‘li bilan amalga oshadigan sovuqqonli organizmlarni aniqlang. 1) iguana; 2) kivi qushi; 3) alligator; 4) tustovuq; 5) lira qushi; 6) emu; 7) nandu; 8) xameleon.

21 / 24

21. Qaysi javobda vabo kasalligi qo‘zg‘atuvchisiga xos xususiyat keltirilgan?

22 / 24

22. Yeryong‘oq va yerbag‘ir tugmachagulga tegishli umumiy tushunchalarni aniqlang. 1) murakkab barg; 2) hujayra devoriga ega; 3) quruq meva; 4) qiyshiq gul; 5) fitosenoz vakili; 6) murakkab gulqo‘rg‘on

23 / 24

23. Ko‘sak mevaga ega bo‘lgan oddiy gulqo‘rg‘onli o‘simliklarni aniqlang. 1) oqquray; 2) chuchmoma; 3) boychechak; 4) lola; 5) bangidevona; 6) g‘o‘za.

24 / 24

24. Tajriba maydonida seleksioner olim g‘o‘za o‘simligining tolalari oq va malla rangli xillarini chatishtirdi. F2 duragaylari 2192 tani tashkil qildi. Ular orasidan 548 tasi malla, 1104 tasi novvot rang, 540 tasi oq rangda bo‘ldi. Ushbu tajribada olingan novvot rangli duragaylarning nazariy jihatdan olinishi kerak bo‘lgan novvot rangli duragaylardan farqini toping.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0