Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 9-sinf Biologiya olimpiada №3 Biologiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Biologiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 245 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Biologiya olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Kartoshka o‘simligi qaysi oila (a) va turkum (b)ga mansub ekanligini aniqlang. A) a – ituzumdoshlar; b – kartoshka B) a – karamdoshlar; b – ituzum C) a – ituzumdoshlar; b – ituzum D) a – ituzumdoshlar; b – baqlajon 2 / 25 2. Gul formulasi Gk(5)Gt(5)Ch5U1 bo‘lgan oilaning nechta turi O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan? A) 2 tur B) 3 tur C) 4 tur D) 1 tur 3 / 25 3. Yuksak o`simliklarning eng tubani (a) va eng yuksagi (b) sanalgan bo`lim vakillarini ko`rsating? 1.funariya; 2.zuhrasoch; 3.virgin; 4.matur; 5.sershox qirqbo`g`im; 6.ulotriks; 7.suv qirqqulog`i; 8.saur; 9.olabo`ta; 10.xolmon A) a-1; b-3,8 B) a-2,5,7; b-4,9,10 C) a-1; b-4,9,10 D) a-2,7; b-3,4,8,9,10 4 / 25 4. Baliqlarning jabralari... (1) qismlardan iborat bo‘lib, gaz almashinuvi... (2) qismida sodir bo‘ladi. a) jabra ravoqlari; b) jabra varaqlari; c) jabra qilchalari; d) jabra qopqog‘i; e) jabra varaqlaridagi kapillarlar; f) jabra qilchalaridagi kapillarlar. A) 1-a, b, c, d; 2-a, f B) 1-a, b, c, d; 2-е C) 1-a, b, d; 2-c, f D) 1-a, d, e; 2-e, f 5 / 25 5. Xirzutum g‘o‘zasida urug'lanish natijasida birnechta zigota hosil bo‘ldi. Zigotalarda gixromosomalarning umumiy soni 6240 ta bo'lsa,tuxum hujayrani urug'lantirishda ishtirok etgan spermiylar sonini toping. A) 240 B) 180 C) 120 D) 360 6 / 25 6. Sekvoyadendronda struktura, xolmonda energetik, qashqaldoqda quvvat, vertitsillda struktura vazifasini bajaradigan gomopolimerlar qaysi javobda to`g`ri tartibda berilgan? A) .klechatka, kraxmal, glikogen, murein B) sellyuloza, kraxmal, kraxmal, pectin C) sellyuloza, kraxmal, glikogen, xitin D) klechatka, glikogen,glikogen, xitin 7 / 25 7. Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon qaylanish doiralaridan iborat bo‘lgan organizmlar mansub turkumlarni aniqlang. A) bakra baliqlar, dumlilar B) kaptarsimonlar, losossimonlar C) toq tuyoqlilar, yapaloqqushlar D) juft tuyoqlilar, karpsimonlar 8 / 25 8. Qaysi javobda magnoliyasimonlar (1) va ko‘p tuklilar (2) sinflariga mansub organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) 1 − na’matak; 2 − tibbiyot zulugi B) 1 − xolmon; 2 − qizil chuvalchang C) 1 − Sharq sauri; 2 – nereida D) 1 − andiz; 2 − nereida 9 / 25 9. Qaysi javobda gigant akula haqida to‘g‘ri ma’lumot keltirilgan? A) o‘pka bilan nafas oladi. B) skeleti suyakdan iborat, jabra qopqoqlari va yon chiziqlari bo‘ladi. C) jabra arteriyalariga venoz qon orqa aorta orqali yetkaziladi. D) terisini qoplab turgan tangachalari suyakli baliqlarnikidan farq qiladi. 10 / 25 10. II qon guruhiga ega rezus musbat, sog‘lom qizning katta qon aylanish doirasi arteriyalaridagi qon plazmasida qanday moddalar bo‘ladi? A) gormonlar, vitaminlar, antitanalar, glukoza, agglyutinogen A B) antitanalar, insulin, agglyutinin β, gemoglobin, glukoza, fermentlar C) antigemofil omil, agglyutinin β, gormonlar, vitaminlar, rezus omil D) timozin, mochevina, kreatinin, vitamin B, agglyutinin β 11 / 25 11. Funksiyasi vegetativ nerv sistemasi orqali boshqariladigan odam organizmi a’zolarini ko‘rsating. 1) bo‘yinning teriosti muskuli; 2) bir juft buyraklar; 3) sonning ikki boshli muskuli; 4) oshqozon osti bezi; 5) ayrisimon bez; 6) kekirdak devoridagi paylar A) 2, 4 B) 1, 4 C) 3, 5 D) 1, 6 12 / 25 12. Ochiq qon aylanish sistemasiga ega bo‘lgan ayrim jinsli (va germafrodit (organizmlarni aniqlang. 1) oq planariya: 2) baqachanoq; 3) bitiniya: 4) tilyapiya; 5) krevetka; 6) yomg‘ir chuvalchangi; 7) treska; 8) askarida; 9) suv shillig‘i; 10) qizil chuvalchang. A) a - 2, 5; b - 3, 9 B) a - 2, 5; b- 1, 9 C) a - 4, 7; b - 6, 10 D) a - 2, 8; b - 3, 9 13 / 25 13. Quyidagilardan ayrim jinsli (va germafrodit (hayvonlarni aniqlang. 1) jigar qurti; 2) lansetnik; 3) mol kanasi; 4) tridakna; 5) bo‘rtma nematodasi; 6) qizil chuvalchang A) a-1, 6; b-2, 3, 4, 5 B) a-2, 3, 5; b-1, 4, 6 C) a-4, 5; b-1, 2, 3, 6 D) a-2, 3, 4, 5; b-1, 6 14 / 25 14. Gulqo‘rg‘oni oddiy (I) va murakkab (II) bo‘lgan o‘simliklarni murakkab (va oddiy (to‘pgullari bo‘yicha ajrating. 1) bug‘doy; 2) piyoz; 3) makkajo‘xorining changchi guli; 4) tok; 5) sholi; 6) qashqarbeda; 7) jag‘-jag‘; 8) gilos; 9) makkajo‘xorining urug‘chi guli; 10) sebarga A) I: a − 1, 3; b − 2, 5, 9; II: a − 4, 6; b − 7, 8, 10 B) I: a − 3, 5, 10; b − 2, 9; II: a − 4, 6; b − 7, 8 C) I: a − 1, 3, 5; b − 2, 9; II: a − 4; b − 7, 8, 10 D) I: a − 1, 5; b − 2, 3, 9; II: a − 4, 6; b − 7, 8, 10 15 / 25 15. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javobni aniqlang. Yashil bronza qo‘ng‘izi xonqizi qo‘ng‘izi kabi ... .1) qattiqqanotlilar turkumiga mansub; 2) yirtqich hayot kechiradi; 3) o‘simlik qismlari bilan oziqlanadi; 4) hamma oyoqlari bir xilda tuzilgan; 5) chala o‘zgarish bilan rivojlanadi A) 1, 3 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 2, 5 16 / 25 16. Chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar turlari (sistematik birlik nomi) keltirilgan javobni aniqlang. A) termitlar, qandalalar, ninachilar, to‘g‘riqanotlilar B) hasva qandalasi, turkiston termiti, to‘g‘riqanotlilar, moviy ninachi C) yashil temirchak, qora chirildoq, sariq suvarak, suluv ninachi, to‘shak qandalasi D) suvaraklar, chalaqattiqqanotlilar, ninachilar, to‘g‘riqanotlilar, burgalar 17 / 25 17. Lansetnik (va zog‘ora baliq (b)ga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ayirish sistemasi bir juft tasmasimon buyrakdan iborat; 2) eshitish organi ichki quloqdan iborat; 3) nerv sistemasi tana bo‘ylab ketgan nerv nayidan iborat; 4) yuragi ikki kamerali; 5) muskullari ikki yon tomonda tana bo‘ylab uzun tasma shaklida joylashgan; 6) ko‘krak umurtqalari, qovurg‘alar va to‘sh suyagi ko‘krak qafasini hosil qiladi A) a − 3, 5; b − 1, 4 B) a − 4, 5; b − 2, 6 C) a − 1, 3; b − 2, 6 D) a − 1, 2; b − 3, 4 18 / 25 18. Odam organizmidagi nefronlarning qaysi qismi buyrakning po‘stloq qismida joylashmagan? A) Shumlyanskiy-Baumen kapsulasi B) Genle halqasi C) birlamchi ilonizi naychalar D) ikkilamchi ilonizi naychalar 19 / 25 19. Quyidagilardan baliqlarning qon aylanish va nafas olish sistemalariga tegishli to‘g‘ri fikrlarni aniqlang. 1) yuragi uch kamerali; 2) yuragi ikki kamerali; 3) bitta qon aylanish dorasiga ega; 4) ikkita qon aylanish dorasiga ega; 5) jabra orqali nafas oladi; 6) postembrional davrda terisi va o‘pka orqali nafas oladi A) 2, 3, 5 B) 1, 4, 6 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 5 20 / 25 20. O‘simlikxo‘r umurtqali (a), yirtqich umurtqasiz (hayvonlarni aniqlang. 1) arxar; 2) tillako‘z; 3) kolorado qong‘izi; 4) jayron; 5) miqqiy; 6) falanga; 7) zubr; 8) chirildoq; 9) biy; 10) qaldirg‘och A) a – 1, 7; b – 9, 10 B) a – 4, 8; b – 5, 10 C) a – 2, 3; b – 4, 5 D) a – 1, 4; b – 2, 6 21 / 25 21. Zuhrasochning sporofiti uchun xos bo‘lgan (va xos bo‘lmagan (javobni belgilang. 1) spora hosil qiluvchi bo‘rtmachaga ega emas; 2) zigota hosil qiladi; 3) soruslarga ega; 4) yashil, yuraksimon o‘simtaga ega; 5) fotosintez qiladi; 6) ildizpoyali o‘simlik; 7) ko‘p hujayrali arxegoniyga ega. A) a-5, 7; b-3, 4 B) a-2, 7; b-3, 4 C) a-3, 6; b-1, 2 D) a-1, 6; b-2, 4 22 / 25 22. Yarim butalar to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang. 1) izen; 2) pskom piyoz; 3) sarsazan; 4) qoqio‘t; 5) keyreuk; 6) yalpiz A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 5 23 / 25 23. Dengiz ekosistemasida uchraydigan suvo‘tlari keltirilgan javobni aniqlang. A) ulva, nemalion B) nemalion, xlorella C) kladofora, spirogira D) yapon laminariyasi, xara 24 / 25 24. Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri keluvchi javobni aniqlang. Odamlarda . . . yurakdan chiqadi. A) kichik qon aylanish doirasi venalarida arterial qon, katta qon aylanish doirasi aortasida arterial qon B) kichik qon aylanish doirasi venalarida venoz qon, katta qon aylanish doirasi arteriyalarida arterial qon C) katta qon aylanish doirasi aortasida arterial qon, kichik qon aylanish doirasi arteriyasida venoz qon D) kichik qon aylanish doirasi arteriyasida arterial qon, katta qon aylanish doirasi arteriyalarida venoz qon 25 / 25 25. Oksitrops qaysi oilaga (a), kanop qaysi turkumga (b), fillofora qaysi bo‘limga (c), cherkez qaysi sinfga (mansubligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. A) a − burchoqdoshlar oilasi; b − bo‘ritaroq turkumi; c − qizil suvo‘tlar bo‘limi; d − magnoliyasimonlar sinfi B) a − qoqio‘tdoshlar oilasi; b – tugmachagul turkumi; c − yashil suvo‘tlar bo‘limi; d − ikki urug‘pallalilar sinfi C) a − burchoqdoshlar oilasi; b − bo‘ritaroq turkumi; c − qizil suvo‘tlar bo‘limi; d – bir urug‘pallalilar sinfi D) a − qoqio‘tdoshlar oilasi; b – gulxayri turkumi; c − yashil suvo‘tlar bo‘limi; d − lolasimonlar sinf 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 9-10-11 sinflar Biologiya olimpiada №6