Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 9-sinf Biologiya olimpiada №3 Biologiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Biologiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 239 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 9-sinf Biologiya olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Turp o‘simligi hayotining ikkinchi yilida qaysi vegetativ organlarni hosil qiladi. A) to‘pbarg, ildizpoya B) gul, meva, urug C) ildiz, barg, gul D) poya, barg 2 / 25 2. Quyida ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz teshigi, halqum, qizilo‘ngach, ikki bo‘lmali oshqozon, ichak, jigar va anal teshigidan iborat bo‘lgan nechta hayvon turi berilgan. 1) midiya; 2) bitiniya; 3) krab; 4) tridakna; 5) omar; 6) krevetka; 7) dreysena; 8) langust; A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 7 ta 3 / 25 3. Yuksak o`simliklarning eng tubani (a) va eng yuksagi (b) sanalgan bo`lim vakillarini ko`rsating? 1.funariya; 2.zuhrasoch; 3.virgin; 4.matur; 5.sershox qirqbo`g`im; 6.ulotriks; 7.suv qirqqulog`i; 8.saur; 9.olabo`ta; 10.xolmon A) a-2,5,7; b-4,9,10 B) a-1; b-3,8 C) a-1; b-4,9,10 D) a-2,7; b-3,4,8,9,10 4 / 25 4. Juft (a) va toq (b) ayirish organlariga ega bo‘lgan organizmlarni ko‘rsating. 1) letyaga; 2) kalmar; 3) ay-ay; 4) kanna; 5) bitiniya; 6) tridakna; 7) dafniya; 8) nereida; 9) dreysena; 10) perlovitsa; 11) semga. A) a-1, 3, 7, 8; b-2,4, 5, 6, 9, 10, 11 B) a-1, 3, 4,7,8; b-2, 5, 6, 9,10, 11 C) a-1, 3,4,7,8, 11; b-2, 5, 6,9, 10 D) a-1,4, 7, 8,11; b-2, 3, 5, 6, 9, 11 5 / 25 5. Translatsiya va transkripsiya jarayoni sitoplazmada kechuvchi organizmlarni ko`rsating. 1.xrokok 2.usneya 3.nostok 4.temir bakteriyasi 5.klodoniya 6.amyoba 7.tripanasoma 8.ossilatoriya A) 6,7,2 B) 4,7,6 C) 1,4,8 D) 2,3,4 6 / 25 6. Sekvoyadendronda struktura, xolmonda energetik, qashqaldoqda quvvat, vertitsillda struktura vazifasini bajaradigan gomopolimerlar qaysi javobda to`g`ri tartibda berilgan? A) klechatka, glikogen,glikogen, xitin B) sellyuloza, kraxmal, glikogen, xitin C) .klechatka, kraxmal, glikogen, murein D) sellyuloza, kraxmal, kraxmal, pectin 7 / 25 7. Oksitrops qaysi oilaga (a), kanop qaysi turkumga (b), fillofora qaysi bo‘limga (c), cherkez qaysi sinfga (mansubligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. A) a − qoqio‘tdoshlar oilasi; b – tugmachagul turkumi; c − yashil suvo‘tlar bo‘limi; d − ikki urug‘pallalilar sinfi B) a − qoqio‘tdoshlar oilasi; b – gulxayri turkumi; c − yashil suvo‘tlar bo‘limi; d − lolasimonlar sinf C) a − burchoqdoshlar oilasi; b − bo‘ritaroq turkumi; c − qizil suvo‘tlar bo‘limi; d − magnoliyasimonlar sinfi D) a − burchoqdoshlar oilasi; b − bo‘ritaroq turkumi; c − qizil suvo‘tlar bo‘limi; d – bir urug‘pallalilar sinfi 8 / 25 8. II qon guruhiga ega rezus musbat, sog‘lom qizning katta qon aylanish doirasi arteriyalaridagi qon plazmasida qanday moddalar bo‘ladi? A) antigemofil omil, agglyutinin β, gormonlar, vitaminlar, rezus omil B) timozin, mochevina, kreatinin, vitamin B, agglyutinin β C) antitanalar, insulin, agglyutinin β, gemoglobin, glukoza, fermentlar D) gormonlar, vitaminlar, antitanalar, glukoza, agglyutinogen A 9 / 25 9. Gulqo‘rg‘oni oddiy (I) va murakkab (II) bo‘lgan o‘simliklarni murakkab (va oddiy (to‘pgullari bo‘yicha ajrating. 1) bug‘doy; 2) piyoz; 3) makkajo‘xorining changchi guli; 4) tok; 5) sholi; 6) qashqarbeda; 7) jag‘-jag‘; 8) gilos; 9) makkajo‘xorining urug‘chi guli; 10) sebarga A) I: a − 1, 3; b − 2, 5, 9; II: a − 4, 6; b − 7, 8, 10 B) I: a − 1, 5; b − 2, 3, 9; II: a − 4, 6; b − 7, 8, 10 C) I: a − 1, 3, 5; b − 2, 9; II: a − 4; b − 7, 8, 10 D) I: a − 3, 5, 10; b − 2, 9; II: a − 4, 6; b − 7, 8 10 / 25 10. O‘simlikxo‘r umurtqali (a), yirtqich umurtqasiz (hayvonlarni aniqlang. 1) arxar; 2) tillako‘z; 3) kolorado qong‘izi; 4) jayron; 5) miqqiy; 6) falanga; 7) zubr; 8) chirildoq; 9) biy; 10) qaldirg‘och A) a – 2, 3; b – 4, 5 B) a – 1, 4; b – 2, 6 C) a – 4, 8; b – 5, 10 D) a – 1, 7; b – 9, 10 11 / 25 11. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javobni aniqlang. Yashil bronza qo‘ng‘izi xonqizi qo‘ng‘izi kabi ... .1) qattiqqanotlilar turkumiga mansub; 2) yirtqich hayot kechiradi; 3) o‘simlik qismlari bilan oziqlanadi; 4) hamma oyoqlari bir xilda tuzilgan; 5) chala o‘zgarish bilan rivojlanadi A) 2, 4 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 5 12 / 25 12. Yarim butalar to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang. 1) izen; 2) pskom piyoz; 3) sarsazan; 4) qoqio‘t; 5) keyreuk; 6) yalpiz A) 2, 4, 6 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 4 D) 1, 3, 5 13 / 25 13. Qaysi javobda gigant akula haqida to‘g‘ri ma’lumot keltirilgan? A) skeleti suyakdan iborat, jabra qopqoqlari va yon chiziqlari bo‘ladi. B) o‘pka bilan nafas oladi. C) terisini qoplab turgan tangachalari suyakli baliqlarnikidan farq qiladi. D) jabra arteriyalariga venoz qon orqa aorta orqali yetkaziladi. 14 / 25 14. Quyidagilardan baliqlarning qon aylanish va nafas olish sistemalariga tegishli to‘g‘ri fikrlarni aniqlang. 1) yuragi uch kamerali; 2) yuragi ikki kamerali; 3) bitta qon aylanish dorasiga ega; 4) ikkita qon aylanish dorasiga ega; 5) jabra orqali nafas oladi; 6) postembrional davrda terisi va o‘pka orqali nafas oladi A) 1, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 5 D) 2, 3, 5 15 / 25 15. Funksiyasi vegetativ nerv sistemasi orqali boshqariladigan odam organizmi a’zolarini ko‘rsating. 1) bo‘yinning teriosti muskuli; 2) bir juft buyraklar; 3) sonning ikki boshli muskuli; 4) oshqozon osti bezi; 5) ayrisimon bez; 6) kekirdak devoridagi paylar A) 1, 4 B) 2, 4 C) 1, 6 D) 3, 5 16 / 25 16. Qaysi javobda magnoliyasimonlar (1) va ko‘p tuklilar (2) sinflariga mansub organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) 1 − andiz; 2 − nereida B) 1 − Sharq sauri; 2 – nereida C) 1 − na’matak; 2 − tibbiyot zulugi D) 1 − xolmon; 2 − qizil chuvalchang 17 / 25 17. Dengiz ekosistemasida uchraydigan suvo‘tlari keltirilgan javobni aniqlang. A) kladofora, spirogira B) nemalion, xlorella C) yapon laminariyasi, xara D) ulva, nemalion 18 / 25 18. Ochiq qon aylanish sistemasiga ega bo‘lgan ayrim jinsli (va germafrodit (organizmlarni aniqlang. 1) oq planariya: 2) baqachanoq; 3) bitiniya: 4) tilyapiya; 5) krevetka; 6) yomg‘ir chuvalchangi; 7) treska; 8) askarida; 9) suv shillig‘i; 10) qizil chuvalchang. A) a - 2, 5; b- 1, 9 B) a - 2, 5; b - 3, 9 C) a - 2, 8; b - 3, 9 D) a - 4, 7; b - 6, 10 19 / 25 19. Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri keluvchi javobni aniqlang. Odamlarda . . . yurakdan chiqadi. A) kichik qon aylanish doirasi venalarida arterial qon, katta qon aylanish doirasi aortasida arterial qon B) kichik qon aylanish doirasi venalarida venoz qon, katta qon aylanish doirasi arteriyalarida arterial qon C) kichik qon aylanish doirasi arteriyasida arterial qon, katta qon aylanish doirasi arteriyalarida venoz qon D) katta qon aylanish doirasi aortasida arterial qon, kichik qon aylanish doirasi arteriyasida venoz qon 20 / 25 20. Quyidagilardan ayrim jinsli (va germafrodit (hayvonlarni aniqlang. 1) jigar qurti; 2) lansetnik; 3) mol kanasi; 4) tridakna; 5) bo‘rtma nematodasi; 6) qizil chuvalchang A) a-2, 3, 5; b-1, 4, 6 B) a-1, 6; b-2, 3, 4, 5 C) a-2, 3, 4, 5; b-1, 6 D) a-4, 5; b-1, 2, 3, 6 21 / 25 21. Zuhrasochning sporofiti uchun xos bo‘lgan (va xos bo‘lmagan (javobni belgilang. 1) spora hosil qiluvchi bo‘rtmachaga ega emas; 2) zigota hosil qiladi; 3) soruslarga ega; 4) yashil, yuraksimon o‘simtaga ega; 5) fotosintez qiladi; 6) ildizpoyali o‘simlik; 7) ko‘p hujayrali arxegoniyga ega. A) a-5, 7; b-3, 4 B) a-3, 6; b-1, 2 C) a-2, 7; b-3, 4 D) a-1, 6; b-2, 4 22 / 25 22. Chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar turlari (sistematik birlik nomi) keltirilgan javobni aniqlang. A) termitlar, qandalalar, ninachilar, to‘g‘riqanotlilar B) hasva qandalasi, turkiston termiti, to‘g‘riqanotlilar, moviy ninachi C) suvaraklar, chalaqattiqqanotlilar, ninachilar, to‘g‘riqanotlilar, burgalar D) yashil temirchak, qora chirildoq, sariq suvarak, suluv ninachi, to‘shak qandalasi 23 / 25 23. Lansetnik (va zog‘ora baliq (b)ga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ayirish sistemasi bir juft tasmasimon buyrakdan iborat; 2) eshitish organi ichki quloqdan iborat; 3) nerv sistemasi tana bo‘ylab ketgan nerv nayidan iborat; 4) yuragi ikki kamerali; 5) muskullari ikki yon tomonda tana bo‘ylab uzun tasma shaklida joylashgan; 6) ko‘krak umurtqalari, qovurg‘alar va to‘sh suyagi ko‘krak qafasini hosil qiladi A) a − 1, 2; b − 3, 4 B) a − 4, 5; b − 2, 6 C) a − 1, 3; b − 2, 6 D) a − 3, 5; b − 1, 4 24 / 25 24. Odam organizmidagi nefronlarning qaysi qismi buyrakning po‘stloq qismida joylashmagan? A) Genle halqasi B) Shumlyanskiy-Baumen kapsulasi C) birlamchi ilonizi naychalar D) ikkilamchi ilonizi naychalar 25 / 25 25. Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon qaylanish doiralaridan iborat bo‘lgan organizmlar mansub turkumlarni aniqlang. A) juft tuyoqlilar, karpsimonlar B) toq tuyoqlilar, yapaloqqushlar C) bakra baliqlar, dumlilar D) kaptarsimonlar, losossimonlar 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz