Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 11-sinf Tarix olimpiada №2 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Tarix olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 111 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324 11-sinf Tarix olimpiada №2 2021-2022 o'quv yili viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 24 Buxoro amirlaridan kim Qur’oni Karimni yoddan bilgan va o‘zi ham madrasa talabalariga ma’ruzalar o‘qib turgan? A) Amir Haydar B) Abdulahad C) Doniyolbiy D) Amir Muzaffar 2 / 24 Eftallar alifbosi qaysi yozuv asosida shakllangan? A) Baqtriya B) oromiy C) so`g`d D) yunon 3 / 24 To‘g‘ri ma’lumotni toping. A) Doro I saltanatni “satrapliklar” deb nomlangan alohida harbiy-ma’muriy o‘lkalarga taqsimladi. B) Doro I Qizil dengizi bo‘ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi. C) Doro I Suza shahridan Qora dengiziga qadar “shoh yo‘li” degan savdo yo‘lini qurdirgan. D) Doro I butun mamlakat uchun “numisma” deb nomlangan mis tangani muomalaga kiritdi. 4 / 24 1842-yilda Buxoro amiri tomonidan qatl etilgan Ch. Stoddart va A. Konnolilar Buxoroga qanday taklif bilan kelgan edi? A) O‘rta Osiyo davlatlariga harbiy sohada yordam berish va ular bilan Rossiya imperiyasiga qarshi harbiy ittifoq tuzish B) Angliya bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ingliz harbiy mutaxassislarini Buxoroga yuborish, savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish C) Sirdaryo sohillarida harbiy istehkomlar qurish, ularning qurilishida ingliz muxandislarini taklif qilish D) o‘zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryoning janubiy sohillarida ingliz harbiy istehkomlarini qurish 5 / 24 Berilgan variantlardan qaysi biri voqea xronologik jihatdan keyinroq sodir bo‘lgan ? A) Xartumga misrlik Abdul Qodir general-gubernator etib tayinlandi B) Sudanda mustaqil mahdiylar davlati tuzildi C) Efiopiya hukmdori Menelik sudanliklar foydasiga bitim imzoladi D) Istanbulda Suvaysh kanali bo‘yicha konvensiya imzolandi 6 / 24 BRIKS tashkilotiga a’zo bo‘lgan Lotin Amerikasi davlatini aniqlang. A) Peru B) Argentina C) Braziliya D) Meksika 7 / 24 Eron tarixida nasab (familiya) joriy qilingan yili yuz bergan voqeani aniqlang. A) Chan Kayshi boshchiligidagi armiya Shimolga yurish boshladi; B) Aleksandr Flem tomonidan Penicillium ixtiro qilindi; C) Millatlar Ligasi tomonidan “Qullik haqida” konvensiya qabul qilindi; D) Italiyada Mussalini tomonidan irqiy qonunlar chiqarildi; 8 / 24 Quyidagi atamalarning ma’nolari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) moliya; 2) trest; 3) kapital; 4) ssuda; a)moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to‘lash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik; b) sarmoya, o‘z egasiga daromad keltiruvchi jami vositalar va mablag‘lar, ya’ni qiymat keltiruvchi, o‘zini o‘zi ko‘paytiruvchi qiymat; c) ishlab chiqarish va savdoni o‘zlaricha emas, markaziy boshqaruv qarori asosida olib boradigan korxonalar birlashmasi; d) maqsadli pul jamg‘armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq munosabatlar A) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c B) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a D) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c 9 / 24 XIX asr boshlarida quyidagi qaysi davlatda yagona fuqarolik ham bo‘lmagan? A) Fransiya B) Shvetsiya C) Angliya D) Germaniya 10 / 24 XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligining janubiy chegaralari qaysi tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga olgan? A) Qorategin, Ko‘lob, Darvoz, Sho‘g‘non B) Vaxsh, Hisor, Darvoz, Qorategin C) Panj, Ko‘lob, O‘zgan, Sho‘g‘non D) Sho‘g‘non, Darvoz, Vaxsh, O‘sh 11 / 24 IV аsrdа Vizаntiya tаrkibigа qaysi hududlar kirgаn? A) Pireney yarim оrоli, Old Оsiyo, Germaniya, Liviya, Misr, shuningdek, Krit, Korsika va Kiрr оrоllаri B) Sitsiliya oroli, Kichik Оsiyo, Apinnin yarim oroli, Sardiniya, Fаlаstin, Malta va Kiрr оrоllаri C) Bоlqоn yarim оrоli, Kichik Оsiyo, Kаvkаz, Suriya, Fаlаstin, Misr, shuningdek, Krit va Kiрr оrоllаri D) Bоlqоn yarim оrоli, Apinnin yarim oroli, Galliya, Suriya, Fаlаstin, Misr va Kiрr оrоllаri 12 / 24 Dehli sultonligiga shimoldan mo‘g‘ullar hujumlarini qaytarish imkonini bergan omil qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) Kuchli va intizomli qo‘shin bo‘lishi B) Mamlakatning markazlashuvi C) Butun mamlakat hududida musulmonlar hokimiyati o‘rnatilishi D) Harbiylar, qo‘shin boshliqlari noiblikka tayinlanishi 13 / 24 1230-yil avgustda Ko‘niya, Jazira, Damashq, Misrni birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari qayerda mag‘lubiyatga uchraydi? A) Garni B) Marog‘a C) Basra D) Arzinjon 14 / 24 Qoraqalpoqlarda dastlabki sanoat korxonalari qaysi sohalarda paydo bo‘ldi? A) teriga ishlov berish va tog‘-kon sanoati B) baliq va go‘sht sanoati C) paxta tozalash va baliqchilik sanoati D) yog‘-moy va paxtachilik sanoati 15 / 24 Turkiston ASSRda ocharchilikka qarshi kurash Markaziy komissiyasi qachon tuzildi? A) 1918-yil 20-noyabr B) 1918-yil 25-iyun C) 1918-yil 22-noyabr D) 1919-yil 27-mart 16 / 24 Quyidagilardan qaysi biri Jaloliddin Manguberdi haqida ma’lumot beruvchi asarlar sirasiga kirmaydi? A) “Ravzat us-safo” B) “Al-Komil fit-tarix” C) “Habib us-siyar” D) “Tarixi jahonkusho” 17 / 24 Qaysi davlat sut va sut mahsulotlari yetkazib beruvchi dunyoning ilg‘or mamlakatlari qatoriga kiradi? A) Ukraina B) Estoniya C) Moldaviya D) Belorussiya 18 / 24 Kimlar Kserks qo‘shinidagi eng yaxshi jangchilardan hisoblangan? A) sak va massaget piyodalari B) so‘g‘d va massaget suvoriylari C) sak va baqtriya suvoriylari D) xorazmlik jangchilar 19 / 24 Quyidagilardan Qarluqlar (a) va O‘g‘uzlar (b) tarixiga oid ma’lumotlar mos ravishda to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) turkman, ozarbayjon, qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan; 2) Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashaganlar; 3) Yettisuv o‘lkasida o‘z davlatlariga asos solganlar; 4) davlat poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri bo‘lgan; 5) Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida muqim yashaganlar va shu hududda o‘z davlatlariga asos solganlar; 6) X asrning birinchi choragida shimoli-sharqdan qo‘zg‘algan qipchoqlar zarbasiga uchrab bo‘linib ketgan; 7) o‘zbek va tojiklarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan; 8) davlat poytaxti Yangikent shahri bo‘lgan A) a-2, 3, 4, 7; b-1, 5, 6, 8 B) a-1, 3, 6, 8; b-2, 4, 5, 7 C) a-1, 3, 7, 8; b-2, 4, 5, 6 D) a-2, 3, 4, 6; b-1, 5, 7, 8 20 / 24 Xorazm qaysi hududlar bilan diplomatik aloqa olib borgan? A) Rim imperiyasi va saljuqiylar bilan B) Vizantiya va turklar bilan C) Arablar va yahudiylar bilan D) Kushon podsholigi va qang‘lar bilan 21 / 24 Qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi qaratilgan qo‘zg‘olon nomini aniqlang? A) Sipohiylar qo‘zg‘oloni B) Bobiylar qo‘zg‘oloni C) Abruy qo‘zg‘oloni D) Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni 22 / 24 Amir Temur quyidagi qaysi ilmlardan ham yaxshigina xabardor bo‘lgan. A) Astranomiya, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix B) Fiqh, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix C) Kartografiya, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix D) Tibbiyot, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix 23 / 24 1960-yillarning oxiriga kelib Yaponiya qanday ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi? A) chetga kapital chiqarish B) yalpi ichki mahsulot hajmi C) yengil avtomabil eksporti D) neft mahsulotlari importi 24 / 24 Ilk o‘rta asrlarda Arab xalifaligida boshlangan qaysi jarayon mamlakatda hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga olib keladi? A) Mulkiy tengisizlikning kuchayishi B) aniq fanlar – matematika, astronomiya, geografiyaning taraqqiyoti C) Bag‘dod va Damashqda rasadxonalar barpo etilishi D) Islom dining qabul qilinishi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz