Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №3 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 255 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Tarix olimpiada №3 2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. “Sening ortingda islomning dushmani turgani sir emas. Sen butun musulmonlarning sultonisan. Men bunday paytda senga qarshi bo‘lishni istamayman. Taqdir qo‘lida senga qarshi qurol bo‘lishni xohlamayman. Men kabi odam seningdek insonga qarshi qilich ko‘tarishi kechirilmas holdir!” deb yozilgan maktubni Jaloliddin Manguberdiga kim yo‘llaydi? A) Mo‘g‘ul xoni Chingizxon B) Misr sultoni Barquq C) Bag‘dod xalifasi Nosir D) Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmish 2 / 25 2. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi shimolda qayer bilan chgaradosh bo`lgan? A) Eron B) Buxoro C) Kaspiy dengizi D) Qozoq juzlari 3 / 25 3. XIV asrda Chig‘atoy xonlaridan kim birinchi bo‘lib o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chirgan? A) Tug‘luq Temur B) Abulxayrxon C) Kebekxon D) Munke 4 / 25 4. Shayboniylar davriga oid xato berilgan ma’lumotni aniqlang. A) Qo‘shin tarkibiga ko‘ra, asosan, qalb, o‘ng va chap qanot askarlardan iborat edi. B) Shayboniylar ham o‘z davriga yarasha qudratli qo‘shin tuzishga muvaffaq bo‘lganlar. C) Qo‘shin o‘sha davrda foydalanilgan harbiy qurol-yarog‘larning barcha turidan mohirona foydalana olgan. D) Qo‘shin tuzilishi va uning harbiy yurishlari davridagi harakati tizimli va tartibli bo‘lgan. 5 / 25 5. Qaysi voqealar Xorazmshohlar va Chingizxon davlatlari o‘rtasida savdo aloqalari hamda elchilik munosabatlari tamomila uzilganini bildirar edi? A) Chingizxon tomonidan jo‘natilgan karvonni talanishi va Chingizxon elchisini Xorazmshoh tomonidan o‘ldirilishi B) Chingizxon Sulton Muhammaddan karvonni talagan O‘tror hokimini tuttirib, uning ixtiyoriga jo‘natishni talab qilganligi C) Chingizxonning Xorazmshohni o‘z og‘li sifatida tilga olishi D) Sharqiy Turkistonni Chingizxon tomonidan bosib olinishi 6 / 25 6. Eftaliylar davlatida qanday omil mamlakatda dehqonchilik, sun’iy sug‘orish, hunarmandchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik ravnaq topishiga asos bo‘lgan? A) Savdo-iqtisodiy munosabatlarning izchil yo‘lga qo‘yilishi B) Mamlakatda qisman tinchlik o‘rnatilganligi C) Qo‘shni davlatlar bilan manfaatli hamkorlik aloqalari D) Hukmron sulola tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasida 7 / 25 7. Qadimgi spartaliklar kuchli davlat tuzish uchun qanday shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratganlar? 1) hamma amal qilishi lozim bo‘lgan qat’iy intizom; 2) xalqaro savdo yo‘llariga egalik qilish; 3) aniq rejalashtirilgan turmush tarzi; 4) tinimsiz harbiy yurishlarni olib borish; 5) yengilganlarga qarshi shafqatsiz zo‘ravonlik; 6) mustahkam qal’a va saroylar qurish. A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 2, 3, 6 D) 1, 2, 5 8 / 25 8. Baqtriyadan tashqari Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga yana qaysi oʻlkalar kirgan? A) Margʻiyona va Soʻgʻdiyona B) Soʻgʻd va Xorazm C) Xorazm va Parfiya D) Xorazm va Margʻiyona 9 / 25 9. Florensiyada shahar hokimlari to‘plangan boyliklar hisobidan me’morchilik obidalarini bunyod ettirib, qaysi sohalarni yuksaltirganlar? A) binokorlik va haykaltaroshlik B) haykaltaroshlik va savdo-sotiq C) savdo-sotiq, me’morchilik D) haykaltaroshlik va rassomchilik 10 / 25 10. Toshdan o‘ta oddiy mehnat qurollari yasashni bilgan eng qadimgi odamning suyak qoldiqlari topilgan hududni aniqlang? A) janubiy va sharqiy Afrika B) sharqiy va g‘arbiy Afrika C) shimoliy va sharqiy Afrika D) g‘arbiy va shimoiy Afrika 11 / 25 11. Quyidagi qaysi shahar savdodan kelgan daromad hisobiga Yevropaning eng boy shahriga aylanadi? A) Venetsiya B) London C) Florensiya D) Rim 12 / 25 12. Ajnabiylar Spartada qanday mavqega ega edi? A) ular spartaliklarga qarindosh bo‘lishgan B) ular aslida spartaliklar bo‘lishsada ulardan qul sifatida foydalanishgan C) ular mamlakat ishlarida ishtiroki uchun maosh to‘lashgan D) ajnabiylar Spartaga kiritilmagan 13 / 25 13. Amir Temur qaysi xalqlar tarixini chuqur o‘rgangan? A) turk, arab, fors B) fransuz, ingliz, nemis C) yapon, xitoy, koreys D) rus, arab, tojik 14 / 25 14. Oltin O‘rda xonligida tashqi siyosat masalalari bilan kimlar shug‘ullangan? A) Xon va ulusbegi, no‘yon B) Xon, xonning yaqin maslahatchilari, beklarbegi C) Bosqoq, vazir, no‘yon D) Bosqoq, no‘yon, ulusbegi 15 / 25 15. O‘rta asrlarda Yevropada shaharlarning yuksalishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishidan tashqari qaysi hududlar madaniyati bilan tanishuv yevropaliklar dunyoqarashi, bilim doirasini kengaytiradi? A) Vizantiya va Arab xalifaligi B) O‘rta Osiyo va Hindiston C) Yunonlar va Arab xalifaligi D) Rim va Vizantiya 16 / 25 16. Qaysi voqeadan so‘ng Jaloliddinning harbiy kuchi kuchsizlanib qoladi? A) “Cho‘li Jaloliy” da bo‘lgan jangdan so‘ng B) Parvon dashtidagi g‘alabadan so‘ng C) Sind daryosi bo‘yida bo‘lgan jangdan so‘ng D) Valiyon qal’asi yonida bo‘lgan jangdan so‘ng 17 / 25 17. XII asr o‘rtalarida Yevropa me’morchiligida gotika uslubi qayerda vujudga kelgan? A) Shimoliy Vizantiyada B) Janubiy Fransiyada C) Janubiy Vizantiyada D) Shimoliy Fransiyada 18 / 25 18. Ispan tarixchisi Pero Meksika tomonidan Amir Temur hayotiga bag‘ishlab yozilgan asarni ko‘rsating. A) “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” B) “Temur tuzuklari” C) “Buyuk Temur tarixi” D) “Amir Temur hikmatlari” 19 / 25 19. Shayboniylar davrida oliy hukmdor xon davlat hududlarini sulola xonadoni a’zolariga bo‘lib berishi qanday oqibatlarga olib keldi? 1) markaziy hokimiyatning zaiflashuviga; 2) markaziy hokimiyatning kuchayishiga; 3) viloyat hokimlari hokimiyati kuchayishiga; 4) viloyat hokimlari hokimiyati kuchsizlanishiga; 5) siyosiy tarqoqlikning hukm surishiga; A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 3, 4 20 / 25 20. Jaloliddin Manguberdi qaysi davlatlar bilan munosabatni yaxshi o‘rnatib, mo‘g‘ullarga qarshi ittifoq tuzadi? A) Ko‘niya, Jazira, Eron B) Tatariston, Ozarbayjon, Gurjiston C) Turkiya, Eron, Misr D) Tabariston, Damashq, Misr 21 / 25 21. Qadimgi davrda yunon shaharlarining ko‘pchiligi qay tarzda tashkil topgan? A) koloniyalarning o‘zlashtirilishi natijasida B) koloniyalarning birlashtirilishi natijasida C) uzoq davom etgan qonli urushlardan keyin D) bir qancha manzilgohlarning birlashishi yo‘li bilan 22 / 25 22. Germaniyada imperatorlikni boshlab bergan hukmdor qaysi suloladan bo‘lgan? A) saksoniyaliklar B) frankoniyaliklar C) lyuksemburglar D) shtaufenlar 23 / 25 23. XIX asrning so‘nggi choragida AQSh iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan o‘sishiga sabab nima? A) dunyoning turli burchaklarida ulkan mustamlakalarning qo‘lga kiritilishi B) latifundiyalarning bekor qilinishi C) AQShning dunyo imperiyasiga aylanishi D) XVIII asrdagi barqaror iqtisodiy o‘sish 24 / 25 24. Quyidagilardan noto‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) Abdullaxon II davrida qisqa muddatga bo‘lsa-da, xonlik hududi yana kengaydi. B) Shayboniyxon hukmdorligi davrida uning davlati tarkibiga Movarounnahrdan tashqari Eron va Xuroson hududlari ham kirgan. C) Shayboniyxonning o‘limidan so‘ng Xorazm butunlay qo‘ldan chiqdi. D) Muhammad Shayboniyxon tashkil etgan davlat hududining chegarasi har doim ham muqim bo‘lmagan. 25 / 25 25. Qadimgi yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratgan omillarni aniqlang. A) Qadimgi Yunonistonning Bolqon yarim oroli va O‘rta yer dengizi hududlarida joylashganligi; B) O‘rmonlarning kamligi va mamlakatning tog‘lar bilan o‘ralganligi; C) Yelkanlardan foydalanib olis sayohatlarga – Misrga hamda O‘rtayer va Qora dengiz hududlariga suzib borishlari; D) Egey dengizidagi ko‘p sonli katta-kichik orollar, qulay dengiz qirg‘oqlarining mavjudligi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6