Biologiya attestatsiya №12

0%
3

OMAD YOR BO'LSIN!


Biologiya fanidan attestatsiya savollari №12

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. Uy pashshasining qurtlari ...... chiqib, gʻumbakka aylanadi

2 / 40

2. Uchta belgisi boʻyicha farq qiladigan lekin ikkita belgisi boʻyicha geterozigota organizm necha xil gameta hosil qiladi

3 / 40

3. Fotosintezda kuzatiladigan jarayon va uning ahamiyatini aniqlang. a-yorug`lik energiyasining kimyoviy energiyaga aylanishi; b-karbonat angidrid bilan suvdan organik birikma hosil bo`lishi; c-sintezlangan anorganik birikmalar energiya manbai bo`lib xizmat qilishi; d-atmosfera erkin kislorod bilan boyishi; e-sintezlangan organik birikmalar organizmlar uchun ozuqa va energiya manbai bo`lib xizmat qilishi; f-quyosh energiyasi mexanik energiyaga aylanishi; j-karbonat angidrid bilan kisloroddan organik birikma hosil bo`lishi

4 / 40

4. Kabarga tarqalgan biogeografik viloyatda uchraydigan qushlarni belgilang?

5 / 40

5. Pomidor o’simligida poyaning baland, mevaning sharsimon bo’lishini boshqaruvchi genlar bir xromosomada va poyaning past bo’yli, meaning noksimon bo’lishini boshqaruvchi genlar esa boshqa xromosomada bo’ladi. Baland bo’yli, sharsimon mevali pomidor past bo’yli, noksimon mevali pomidor bilan chatishtirildi. Birinchi bo’g’in duragaylari baland bo’yli, sharsimon mevali bo’ldi. Olingan duragaylar past bo’yli, noksimon mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, duragaylarning 80 foizi boshlang’ich shakllariga o’xshash bo’ladi. Krossingover foizini aniqlang.

6 / 40

6. Tuxumini pilla ichiga qo`yuvchi organizmlar uchun umumiy xususiyat(lar)ni ajrating. 1) Regeneratsiya xususiyatiga ega 2) Tuxumidan yetuk organizmlarga o`xshash yosh organizmlar chiqadi 3) Germafrodit 4) Erkin yashaydi 5) Tuxumidan lichinka chiqadi 6) Tanasi 1 qavat epiteliy bilan qoplangan 7) Ayirish sistemasi o`xshash, faqat tana bo`shlig`iga ochilgan tomoni bilan farq qiladi

7 / 40

7. Na`matak va tobulg`i qaysi sistematik birliklar bo‘yicha alohida guruhga (I) va bitta guruhga (II) birlashadi? 1) tur; 2) turkum; 3) oila; 4) sinf; 5) bo‘lim

8 / 40

8. Qirqquloqlarning hayot sikli ketma-ketligidagi 1-, 2- va 3- raqamlar bilan berilgan organlarni aniqlang

9 / 40

9. Erkaklarida bitta (a), bir juft (b) va juda ko’p (c) urug’donlarga ega hayvonlarni juftlang. 1) bolalar gijjasi; 2) trixogramma; 3) podolariy; 4) askarida; 5) kolorado qo’ng’izi; 6) bitinya; 7) qoramol tasmasimoni; 8) cho’chqa tasmasimoni; 9) forel; 10) gorbusha

10 / 40

10. Parazit hayot kechiruvchi eukariot (a) va prokariot (b) organizmlarni aniqlang. 1) gerpes; 2) leyshmaniya; 3) parpi; 4) o‘lat qo‘zg‘atuvchisi; 5) qoqshol qo‘zg‘atuvchisi; 6) zang zamburug‘i.

11 / 40

11. Bir hududda yashovchi turli populatsiyalarning o‘zaro munosabati (1), gen mutatsiyasi (2) tiriklikning qaysi tuzilish darajasida sodir bo‘ladi?

12 / 40

12. Hidni yahshi sezuvchi hayvonlarni aniqlang. 1.daryo qisqichbaqasi 2.kana 3.baqachanoq 4. bronza qo`ng`izini erkagi 5. bronza qo`ng`izini urg`ochisi 6.maxaonni erkagi 7.maxaonni urg`ochisi 8.yomg`ir chuvalchangi

13 / 40

13. Quydagi jadvaldan foydalanib, X va Z ayirmasini toping.

14 / 40

14. Qubba (a) sporangiy (b) va meva (c) kabi organlargga ega bo`lgan o`simliklar mos holatda to`gri juftlangan javobni toping. 1) sekvoyadendron 2) buldenej 3) psilofit 4) eman 5) magnoliya 6) qarag`ay 7) olg`I 8)sharq sauri 9) sershox qirqbo`g`im 10) ginko biloba 11) zuxrasoch 12) albitsiya

15 / 40

15. Qovoq mevaga ega o’simliklarning poyasiga xos xususiyat.

16 / 40

16. Zog’ara baliq va odam skeletining farq qiluvchi jahatlarini aniqlang. 1) kamar suyaklari mavjud 2) umurtqa pog’anasi kalla suyagi bilan harakatchan qo’shilgan 3) miya qutisi bosh miyani himoya qiladi 4) jag’ va tishlari og’iz bo’shlig’ini o’rab turadi 5) skeleti suyak va tog’aydan iborat 6) barcha qovurg’alarning ikkinchi uchi qorin muskullari orasida yotadi 7) skelet ichki a’zolarni himoya qiladi 8) qovurg’alar umurtqa pog’anasi bva to’sh suyagiga birikadi

17 / 40

17. Quyidagi qaysi organizmlarda ichki urug'lanish kuzatiladi? 1) gambuziya; 2) povituxa; 3) ko'lbuqa; 4) bog‘ moyqurti; 5) kvaksha; 6) kabarga; 7) semga; 8) qizilto'sh; 9) sarisor; 10) sargan.

18 / 40

18. Lama vikunyaning yuragidan chiquvchi qon tomirlarini va ularda qanday qon oqishini aniqlang.

19 / 40

19. Virus (I), bakteriya (II), zamburug' (Ill)lar qo'zg'atuvchi kasalliklarni aniqlang. 1)quturish; 2)qizilcha; 3)o'lat; 4)kuydirgi; 5)vilt; 6)zang kasalligi

20 / 40

20. Qora dengizda uchramaydigan hayvon turini aniqang.

21 / 40

21. Tobulg’i va kamxastak o’simligi qaysi oilaga mansub?

22 / 40

22. Quyidagi baliqning qon aylanishi tasvirlangan rasmdagi 5-raqamdagi baliq organini aniqlang?

23 / 40

23. Maral va hakkaning ovqat hazm qilish sistemasidagi o‘xshashlik (a) va farqlarni (b) belgilang. 1) oshqozoni ikki bo‘lmali; 2) ovqat ichakda hazm bo‘ladi; 3) qizilo‘ngachning keyingi qismi kengayib jig‘ildonni hosil qiladi; 4) ichagi kloakaga ochiladi; 5) hazm bo‘lgan ovqatdan ajralgan energiyaning ma’lum bir qismi tana haroratini doimiy saqlash uchun sarflanadi; 6) og‘iz bo‘shlig‘ida ixtisoslashgan tishlar mavjud

24 / 40

24. Og‘iz apparati kemiruvchi (1), kemiruvchi-so‘ruvchi (2)va sanchib-so'ruvchi (3) tipda bo‘lgan bo‘g‘imoyoqlilarni aniqlang. a-eshiktervatar; b-chigirtka; c-ishchi asalari; d-uy pashshasi; e-kana.

25 / 40

25. Quyidagi atamalar qaysi sistematik birliklarni ifodalaydi? 1) lolasimonlar; 2) loladoshlar; 3) laminariya; 4) piyozdoshlar; 5) lola; 6) magnoliyasimonlar; 7) bir urug’ pallalilar; a-sinf; b-oila; c-turkum

26 / 40

26. Urug`kurtakka ega bo`lmagan o`simliklarni aniqlang. 1.kalamit 2.pixta 3.fillafora 4.porfira 5.kordoit 6. laminariya

27 / 40

27. Changchili to’pgulining gulpoyasi osilib turuvchi (a) va changchilari to’pgulidan osilib turuvchi (b) o’simliklarni aniqlang. 1) tol 2) zubturum 3) oq qayin 4) tut 5) bug’doy 6) bug’doyiq

28 / 40

28. Qutb meduzasi uchun xos bo‘lmagan xususiyatlarni belgilang. 1) shakli soyabonga o'xshaydi; 2) tanasi qalin mantiya bilan o'ralgan; 3) konsument organizm; 4) baliqlar bilan oziqlanadi; 5) paypaslagichlarida ko'plab so‘rg‘ichlari joylashgan; 6) ektoderma qavatida otuvchi hujayralari mavjud; 7) oziq zanjiri zvenosi; 8) jabrasi bilan nal'as oladi.

29 / 40

29. Eshakqurt va yomg‘ir chuvalchangining o‘xshashligi . 1.ochiq qon aylanish sistemasi 2. ikki uchi ochiq ayirish sistemasi 3. o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanishi 4. suv havzalarini tozalashda oshtirok etishi 5. tuproqni yumshatishi 6. biogumus olinishi 7. tana bo‘shlig‘iga ega 8. oqish yurak

30 / 40

30. Barg shakli ikki xil marfologik tuzilishga ega sporali o`simliklar keltirilgan javobni aniqlang. 1)suv nilufari ; 2) suv yong`og`i ; 3) suv qirqulog`i; 4) suv qaroqchisi; 5)dala qirqbo`g`im; 6) funariya yo`sini; 7) zuxrasoch

31 / 40

31. Hashoratlarga qarshi kurashishda ishlatiladigan zararli modda anabazin qaysi o’simlikdan olinadi?

32 / 40

32. Tanasi har xil darajada bo‘limlarga bo‘lingan hayvonlar sinfi uchun xos bo‘lmagan (a) va xos bo‘lgan (b) xususiyatlarni aniqlang. 1)yuragi qorin qismida joylashgan; 2)muskullari alohida muskul boylamlaridan iborat; 3)qorin bo‘limining hamma bo‘g‘imlari qo‘shilib ketgan; 4)tanasi 1000 tagacha bo‘g‘imlarga bo‘lingan; 5)postembrional rivojlanishda metamorfoz kuzatilmaydi; 6)ingichka naysimon nafas olish a’zosi mavjud; 7)har bir bo‘g‘imida bir juftdan qorinoyoqlari bor; 8)tasmasimon chuvalchanglar sinfiga mansub; 9)terisi shilimshiq modda bilan namlanib turadi; 10)shakli uzun yassi tasmaga o‘xshash; 11)ayirish a’zosi tuzilishi yomg‘ir chuvalchangiga o‘xshash

33 / 40

33. Odamlarda albinizm va fenilketonuriyani yuzaga chiqaruvchi genlar har xil autosomada joylashgan bo‘lib, retsessiv holda irsiylanadi. Digeterozigota ota- onadan tug‘ilgan ikki belgi bo‘yicha kasal farzandlarni hisobga olmaganda, ikki belgisi bo‘yicha sog‘lom farzandlarning tug‘ilish ehtimolini aniqlang.

34 / 40

34. Kamar suyaklari 8 ta (a), 9 ta (b), 10 ta (c), 12 (d) suyaklardan iborat organizmlarni ko’rsating. 1-kojan 2-giyena 3-povituxa 4-sezarka 5-skuns 6- kvaksha 7-qiloyoq 8-kapachi 9-dingo 10-triton.

35 / 40

35. Qaysi hayvonlar tipidan tibbiyotda qon tomiri kasalliklarini davolashda foydalaniladi?

36 / 40

36. Qaysi to’pgullarning gulpoyasida gullar bandsiz joylashgan. 1) shingil 2) so’ta 3) savatcha 4) kuchala 5) kallakcha 6) boshoq 7) qalqoncha 8) soyabon

37 / 40

37. Issiqqonli organizmlarni ajrating. 1) kondor; 2) kabarga; 3) kallima; 4) kuropatka; 5) povituxa; 6)ko'lbuqa; 7) sargan; 8) kvaksha; 9) qiloyoq; 10) iguana.

38 / 40

38. Drozofila pashshasi tanasining kulrang bo’lishi qora bo’lishi ustidan, qanotining uzun bo’lishi kalta bo’lishi ustidan dominantlik qilib, bitta autosomada xromosomada joylashadi. Ko’zining qizil bo’lishi oq bo’lishi ustidan dominantlik qilib, jinsiy xromosomada joylashadi. Shunga ko’ra digeterozigota (ushbu dominant genlarni faqat otasidan olgan ) kulrang tanali, normal qanotli, oq ko’zli urg’ochi pashsha va tanasi qora va kalta qanotli, qizil ko’zli erkak pashshalar chatishtirilgan bo’lsa, avlodning necha %ni fenotipini genotipiga qarab aniqlash mumkin? (krossengover 17%)

39 / 40

39. Quyidagi ko’krak qafasining rasmidan faqat chin qovurg’a tartib raqamlarini aniqlang?

40 / 40

40. Qaysi parazit chuvalchang bilan zararlangan odam parazitni tarqatuvchisi bo’lmaydi. 1) jigar qurti 2) qoramol tasmasimon 3) askarida 4) rishta 5) bollar gijjasi 6) exinokokk 7) cho’chqa tasmasimon

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0