Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 11-sinf Tarix olimpiada №2 Tarix olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 11-sinf Tarix olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 88 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Tarix olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 Buxoro xoni Nodir Muhammad davrida davlatchilik asoslari zaiflashuviga olib kelgan omilni aniqlang. A) qalmoqlar va jung‘orlar bilan kelishuvchilik siyosati B) soliqlarning haddan ziyod oshirilishi C) Hindiston bilan diplomatik munosabatlarning uzilishi D) mamlakatning asosiy viloyatlarini o‘g‘illari va yaqin qarindoshlariga mulk qilib taqsimlab berilishi 2 / 25 “Temur tuzuklari”ga muvofiq, qaysi bir amir biron qo‘shinni yengsa yoki mamlakatni olsa unga nimalar hadya etilgan? A) davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi B) Tug‘, nog‘ora va bahodirlik martabasi C) biron sarhadning noibligi D) barcha javob to‘g‘ri 3 / 25 Xiva xonligida qo`ng`irotlar sulolasi hukmronligi davrida mamlakat miqiyosida soliqlarni yig’ilishiga… javobgar bo’lganlar. A) inoq va devonbegi B) devonbegi va naqib C) devonbegi va otaliq D) mehtar va qo’shbegi 4 / 25 XVII asrning II yarmida Germaniyaga dushmanlik kayfiyati bilan qarovchi davlatlarni toping. 1.Fransiya 2.Turkiya 3.Angliya 4Shvetsiya 5.Rossiya A) 1,2,4 B) 1,4,5 C) 1,2,3 D) 1,2,5 5 / 25 N.Ignatyev Xiva va Buxoroga kelgan vaqtda sodir bo’lgan voqeani toping. A) Buyuk Britaniya bilan Afg’oniston o’rtasida harbiy shartnoma imzolandi B) Eron Hirotni bosib olishi natijasida Buyuk Britaniya bilan urush kelib chiqdi C) “Tarixi Shohruxiy” asarining muallifi tug’ilgan D) Hindiston Buyuk Britaniya mulki deb e’lon qilindi 6 / 25 Mexanik to’quv dastgohini yaratilishi mehnat unumdorligini necha martaga oshishiga imkon berdi? A) 15-18 marta B) 20 marta C) 10 marta D) 40 marta 7 / 25 1204-yili Vizantiya xarobalarida tashkil topgan davlatni toping. A) Romey B) Konstantinopol qirolligi C) Flandriya D) Lotin imperiyasi 8 / 25 Kushon davlatida qaysi sohalar yuksak darajada taraqqiy etgan edi ? 1.me’morchilik 2.xattotlik 3.kulolchilik 4.binokorlik 5.musiqa san’ati A) 1.2 B) 1.4 C) 1,3,4 D) 2.5 9 / 25 2017-yilning sentabr oyida yopiq inshootlardagi V Osiyo o`yinlari qaysi shaharda o`tkazilgan? A) Bishkekda B) Dushanbeda C) Toshkentda D) Ashxobodda 10 / 25 Usmon beyligi Kichik Osiyoning …. hududida tashkil topgan edi. A) janubi-sharqiy B) shimoli – sharqiy C) janubi-g’arbiy D) shimoli-g’arbiy 11 / 25 Butun dunyoga mashhur “Faust”asarini kim yozgan? A) I. Gyote B) J.Svift C) D.Defo D) Motsart 12 / 25 Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi nishonlangan yildan bir yil o’tib sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. 1.Burhonuddin al – Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi nishollandi 2.Imom al- Buxoriy tavalludining 1225 yilligi nishollandi 3.”Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etildi 4‘’Xorazm Ma’mun akademiyasi’’ni 1000 yilligi nishonlandi 5.Abu Mansur al- Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishollandi A) 1,4,5 B) 1,3,5 C) 1,2,3 D) 3,4,5 13 / 25 Qadimda Efes shahri qayerda joylashgan edi? A) Kichik Osiyoda B) Ispaniyada C) Attikada D) Peloponnesda 14 / 25 Eftallar alifbosi qaysi yozuv asosida shakllangan? A) so`g`d B) oromiy C) yunon D) Baqtriya 15 / 25 Gananing katta boyligi … bo’lgan. A) to`qimachilik B) g`alla C) oltin D) choy 16 / 25 Tombuktu madrasasida qaysi fanlar o’qitilgan? 1 ilohiyot 2 tarix 3 fiqh 4 matematika 5 geografiya 6 tibbiyot 7 astronomiya A) 1,2,3,4,6 B) 1,2,3,4,5,7 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,4,7 17 / 25 Qaysi davlat Xitoy va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan bo’lgan xalqaro savdoda muhim o’rin tutgan? A) Davan B) Songai C) Mali D) Gana 18 / 25 Qaysi Xuroson noibi davrida barcha musulmonlar huquq jihatidan tenglashtirilgan? A) Abu Muslim B) Ashros C) Qutayba ibn Muslim D) Nasr ibn Sayyor 19 / 25 Malik ush- shuaro” unvoniga sazovor bo’lgan shoir o’zining she’rlarida nimalarni ayovsiz fosh etgan? A) Jamiyatdagi jabr-zulm,mehnatkashlarning og’ir ahvolini B) Subhonqulixonning xalqni og’ir soliqlarga duchor etganligini C) Yuqori tabaqa vakillarining adolatsizliklarini D) Qirg’in – barot urushlarni 20 / 25 XIX asr o`rtalarida AQSHdan so’ng Yaponiyaga Yevropa davlatlari ham birin-ketin kirib kela boshlagan.Ularning maqsadlari …. A) Yaponiya bozorlarini egallash edi B) Yaponiyani parchalab tashlash edi C) Yaponiyani bosib olish edi D) Yaponiyani zamonaviy davlatga aylantirish edi 21 / 25 Mamalakatimizda qaysi yil “Ijtimoiy himoya yili” deb e`lon qilingan edi? A) 2005-yil B) 1999-yil C) 2010-yil D) 2007-yil 22 / 25 …………….Fransiyada huquqiy davlat yaratilishiga asos soldi. A) “Imtiyozlarni tugatish haqida dekret” B) 1791 –yilgi Konstitutsiya C) 1793 yilgi Konstitutsiya D) “Inson va fuqarolar huquqlari Deklaratsiyasi” 23 / 25 Qachon Rim Misrni o’z provinsiyasiga aylantirgan? A) Mil.avv.31-yilda B) Mil.avv.29-yilda C) Mil.avv.14-yilda D) Mil.avv.30-yilda 24 / 25 Boliqbo`yi respublikalari qachon NATOga a`zo bo`ldi? A) 2007-yil B) 2000-yil C) 2004-yil D) 2001-yil 25 / 25 XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligida ekinzorlarning yarmidan ortig’ig’a…..yetishtirilgan. A) beda B) poliz C) paxta D) g’alla 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6