Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 169 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 “Ilohiy komediya” asarining muallifi kim? A) O.Balzak B) Shekspir C) Dante D) A.Oripov 2 / 25 Behbudiy Arab tili grammatikasini qaysi tog‘asidan o‘rgangan? A) Muhammad Siddiq B) Muhammad Sodiq C) Mulla Odil D) Muhammad Solih 3 / 25 Oqil o`z so`zin o`rnida so`zlagay, Ham javobini munosib ko`zlagay. Bayt muallifi kim? A) S. Sheroziy B) A. Navoiy C) Atoiy D) S. Saroyi 4 / 25 Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarni aniqlang. 1. shevaga xos so`zlar 2. Varvarizmlar 3. Vulgarizmlar 4. Kanselyarizmlar 5. Parazit so`zlar 6. Ibora va grammatik shakllar 7. Urg`u va talaffuz A) 1,2,4,7 B) 1,2,3,4,5,6,7 C) 1,3,5,6,7 D) 2,3,4,6,7 5 / 25 So`xtasi sovuq frazemasining antonimi haqidagi to`gri hukmni aniqlang. A) yasalishda tovush ortishi kuzatilgan xil-xususiyat sifati B) shakl-shajm sifati bo`lib, tovush o`zgarishiga uchragan C) yasalishda tovush ortishi kuzatilgan shakl-hajm sifati D) ta’m-ma’za sifati 6 / 25 Qaysi ijodkor o`zini sho`x bulbulga qiyoslagan? A) A. Pushkin B) A. Oripov C) X. Saloh D) H. Hayne 7 / 25 Ko`chirma gapli qo`shma gapni sodda gapga aylantirganimizda qaysi gap tarkibidagi bo`laklar o`zgaradi. A) Har ikkala gap tarkibidagi bo`lak o`zgaradi B) faqat ko`chirma C) muallif D) ko`chirma 8 / 25 To`rt narsani berdi menga oqillarcha o`ylamoq: tansihatlik, yaxshi odat, yaxshi nom, yaxshi fikr. Ushbu parchada ega(lar) ni aniqlang A) o`ylamoq B) to`rt narsani C) tansihatlik, odat, nom, fikr D) oqillarcha 9 / 25 Arab tilidan kirib kelgan qaysi so`z o`zbek tilida kamtarinlik ma’nosini ifodalab, asl ma’nosini tubdan o`zgartirgan? A) kamina B) raiyat C) fuqaro D) ojizingiz 10 / 25 Bolalikdan boshlangan do`stlik insonning keyingi ulg`aygan va kamolga erishgan davrda orttirgan barcha do`stlari orasida alohida ahamiyatga ega. Gapdagi yasama so`zlar qaysi turkumlarga oidligini aniqlang. 1) ot; 2) sifat 3) fe’l 4) ravish; A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4 11 / 25 Sifatdosh va harakat nomi tarkibidagi egalik qo`shimchalari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi. Shuning uchun qaratqich kelishigini olgan shaxs bildiruvchi so`zning qo`llanishiga ko`pincha ehtiyoj bo`lmaydi. Ushbu qoida talabiga mos bo`lmaydigan gap qaysi qatorda berilgan? A) Bo`zchi bilganin to`qir, Baxshi bilganin o`qir. B) Buzoqning yugurgani - bizning kutganimiz. C) Boqqaning ikki echki, o`shqirganing yer tebratar. D) Bilganingni eldan ayama. 12 / 25 O`xshash variant boshiga ko`tarmoq bo`lgan ibora qaysi gap tarkibida sifatlovchi aniqlovchi vazifasida qo`llangan? A) Soyasiga salom berishning kimga keragi bor o`zi? B) “Sizning soyangizga ko`rpacha to`shaydiganga nega ishonasiz o`zi”,- dedi Saidiy tutaqib C) Saida ayvonning soyasiga ko`rpacha yozdi. D) Qurboy Tillayevning soyasiga ko`rpacha soladigan odamlar xilidan 13 / 25 Yiqilganga zo`rlik muruvvat emas, A’lo qush chumoli donini emas... Bayt muallifi va manbasi qaysi qatorda berilgan? A) A. Navoiy „Hayrat ul-abror“ B) Ogahiy „Ogohnoma“ C) Sa’diy „Bo`ston“ D) Sa’diy „Guliston“ 14 / 25 Besh o`rinda yasama so`z ishtirok etgan, yasama so`zlardan birining asosi ikki yuqori tor unlilardan iborat bo`lgan gapni toping. A) Uning goh yig`lagisi, goh kulgisi, goh butun kechani ostun-ustun qilib qo`shiq aytgisi kelardi. B) Hamdardlik – bir odamning qayg`u hasratlariga achinib, o`zida ham qayg`u hosil qilishdir, lekin quruq hamdardlik foyda bermaydi. C) Qo`zg`algan kasallikni yengish uchun tirik tanda”antitanachalar” hosil bo`ladi, ammo bu kasallikni yengish uchun har doim ham mikroorganizmlarning samaradorligi sezilarli bo`lmasligi mumkin. D) Ipak kiyim kechaklar dazmollanmasligi ma’qul, agar zarur bo`lsa, teskari tomonidan yoki ustiga zig`ir tolasidan to`qilgan mato qo`yib, qattiq qizimagan dazmol bilan dazmollanadi. 15 / 25 Foydalanish, ishlatish so`zining ma’nodoshi tarkibidagi sirg`aluvchilar soni nechta? A) 1 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 2 ta 16 / 25 Qaysi shoir o’z she’rlarida biz yashab turgan dunyo haqiqati, inson umrining mazmuni, ezgulik va qabohat kabi azaliy muammolarni yangi davr kishisi nuqtai nazari bilan yoritishga harakat qildi? A) ) Rasul Hamzatov B) Asqad Muxtor C) X. Saloh D) S. Zunnunova 17 / 25 Agar tenglik hukm sursa, hech qachon sotqinlik, aldamchilik, g`am-g`ussa bo`lmaydi. Gapda qo`llangan gap bo`laklarining kesimga bog`lanishi yuzasidan berilgan to`g`ri fikrlarni aniqlang. 1) Barcha gap bo`laklari kesim bilan bevosita bog`langan 2) Barcha gap bo`laklari murakkab kesimga bog`langan 3) Ergash gap tarkibida uyushiq egalar kesim bilan yonma-yon kelgan. 4) uyushgan ega kesim bilan grammatik munosobatga kirishgan. A) 1,2,3 B) 1.3 C) 1.2 D) 1.4 18 / 25 U goho ichib kelib, hovlini boshiga ko`targudek o`kirib yig`laydi; akasining sirlarini bilishini, bir kunmas – bir kun uni fosh qilajagini aytadi, bo`ralab so`kadi. Ushbu gapda yordamchi so`z turkumiga mansub nechta birlik qo`llangan? A) 3 ta B) 1 ta C) 2 ta D) Bunday birlik mavjud emas. 19 / 25 Murakkab yasama narsa otiga tobelangan nisbiy sifat qaysi gapda qo`llanmagan? A) Erksevar shilliqqurt topdi bariga yechim. B) Ertangi yoshlar imkoniyatlari bugungisidan ancha kengaydi. C) Temuriylar davriga oid so`nggi qo`lyozmalardan biri edi. D) Devsifat yigit ovqatlanib bo`lgach, so`nggi tishkovlagichni oldi. 20 / 25 Ergashgan qo`shma gapning birinchi sodda gapi yakunida qavs ichida kiritma gap kelsa qo`shma gap qismlari orasiga qo`yiluvchi vergul qayerda joylashadi? A) kiritmadan oldin va keyin B) kiritmadan so`ng, ikkinchi gapdan oldin C) Birinchi gapdan so`ng, kiritmadan oldin D) Bu holatda vergul ishlatilmaydi. 21 / 25 Uning ijodida hayotdan umidsizlik, folklor adabiyotida qo`llaniladigan arvoh, tobut kabi tushunchalar qo`llansa-da, hayotga bo`lgan umid, ishonch tushunchalari barq urib turadi. Ushbu fikr qaysi ijodkor haqida? A) U. Shekspir B) A. Dode C) H. Hayne D) J. London 22 / 25 Mana menman, u isyonning o`lmas avlodi, Mana menman, u gullarning hech so`lmas yodi, Mana menman, falaklarga lov-lov o`t qo`yib, Otalarimning boshidan poydevor uyib. Kelajagim obidasin qurgan insonman. O`sha jonman, o`sha qonman va o`sha shonman. (U. N) Berilgan parchada qo`llangan olmoshlar haqidagi to`g`ri fikrni belgilang. A) 5 o`rinda kishilik olmoshi, 6 o`rinda ko`rsatish olmoshi qo`llangan B) Ko`rsatish olmoshlari kesim va ega vazifasida kelgan C) 3 o`rinda kishilik olmoshi, 8 o`rinda ko`rsatish olmoshi qo`llangan D) Ko`rsatish olmoshlari aniqlovchi va to`ldirovchi vazifasida kelgan. 23 / 25 O`zbek adabiy tilida farqlanuvchi me’yorlarni aniqlang. 1. leksik me’yor 2. talaffuz me’yori 3. so`z yasalish me’yori 4. morfologik me’yor 5. sintaktik me’yor 6. uslubiy me’yor A) 1,2,3,4,5,6 B) 2,4,5,6 C) 1,3,5,6 D) 1,2,4,5,6 24 / 25 –chi yuklamasi qanday ma’nolarni bildirishi mumkin? 1) so`roq; 2) buyruq; 3) iltimos 4) xoxish 5) ta’kid (uqtirish) A) faqat 2 B) 1,2,5 C) 2.3 D) 1,2,3,4,5 25 / 25 Qaysi adib adabiyotda birinchilardan bo’lib chet eldagi o’zbeklar hayotini yoritgan? A) Shuhrat B) Mirtemir C) Rasul Hamzatov D) Asqad Muxtor 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6