Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 11-sinf Biologiya olimpiada №2 Biologiya olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 11-sinf Biologiya olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 233 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Biologiya olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Simmental qoramol zotida sut tarkibidagi yog‘ miqdori ikki juft polimer genlarga bo‘g‘liq. Dominant digomozigota genotipli qoramol suti tarkibida 600 g yog‘ bo‘ladi. Agar barcha genlar retsessiv holatda bo‘lsa, sut tarkibida 400 g yog‘ bo‘ladi. Digeterozigata genotipli qoramol zotlari o‘zaro chatishtirilishi natijasida (nazariy jihatdan avlodning barchasi urg‘ochi qoramol tug‘ildi, deb tahmin qilinsa) hosil bo‘lgan avlodning necha foizining suti tarkibida 500g yog‘ bo‘lishini aniqlang? A) 27% B) 38,5% C) 45,5% D) 37,5% 2 / 25 2. DNKning bir zanjiri asosida keltirilgan fragmentdagi vodorod bog‘lar sonini aniqlang. T-C-G-A-G-T-A-C-C-T-A-T-G-A-T-C-C-C A) 90 B) 45 C) 46 D) 88 3 / 25 3. Selluloza qobig`iga ega bo`lgan organizmga zarar keltiruvchi eukariot(a) va prokariot(b) organizmni ko`rsating. 1.gommoz bakteriyasi 2.vertitsil qo`zg`atuvchisi 3.qorakuya zamburug`i 4.bo`rtma nemotoda 5.agrobakterium 6.zang kasalligini qo`zg`atuvchisi 7.temir bakteriyasi A) a-3,4 b-1,5 B) a-1,5 b-,2,6 C) a-5,7 b-3,6 D) a-1,7 b-2,4 4 / 25 4. Odam organizmidagi gistologik(a) va anatomik(b) belgilarni ajrating. 1.yetilgan eritrositlar yadrosiz bo`lib, o`rtasi botiq, yumoloq shaklda bo`ladi. 2.yelkaning orqa qismida 3 boshli muskul joylashgan 3.trapedsiyasimon muskul gavdani orqa sohasida joylashagn 4.silliq tolali muskullar duksimon shaklda bo`lib hujayrasida bitta yadro bo`ladi. 5.nerv hujayrasi kalta dendrit va uzun akson iborat 6.neyrogliya bosh va orqa miya atrofida joylashgan A) a-3,4 b-1,6 B) a-1,4 b-2,6 C) a-1,3 b-4,6 D) a-4,5 b-2,3 5 / 25 5. Ekologik piramidani bug’doy-pashsha-kaltakesak-lochin tashkil etadi. Geterotroflarning umumiy massasi 2442 kg ni tashkil qilsa, produtsent va III darajali konsumentning umumiy biomassasini aniqlang. A) 22220 B) 22222 C) 22022 D) 24442 6 / 25 6. Shoxlanmagan gulpoya ega bo`lgan o`simliklarni aniqlang. 1.qashqarbeda 2.bodiyon 3.o`sma 4.nok 5.bug`doyiq 6.oqqayin 7.sholi A) 4,5,7 B) 2,3,5 C) 2,4,6 D) 1,4,6 7 / 25 7. Meyoz bosqichlari yakuni uchun mos holatlarnibelgilang. 1) telofaza II; 2) anafaza I; 3) metafaza II;a) diploid to'plarndagi xromosomalardaikkitadan xromatida bo'ladi; b) gaploidto‘plamdagi xromosomalarda ikkitadanxromatida bo‘ladi; c) gaploid to'plarndagixromosomalarda bittadan xromatida bo'ladi;d) diploid to'plarndagi xromosomalarda bittadanxromatida bo'ladi A) 1-c; 2-a; 3- b B) 1-a; 2-c; 3-d C) 1-d; 2-b; 3-a D) 1-c; 2-d; 3- b 8 / 25 8. Oziq zanjirida vidra(yirtqich hayvon),baliq, qisqichbaqasimonla va suv o`tlari bor. 2-chi tartib konsumentlarining biomassasi 320kg bo`lsa, oziq zanjiridagi barcha komponentlari iste`mol qilgan oziqning umumiy biomassasini aniqlang. A) 35552kg B) 35550kg C) 31155 kg D) 33552 kg 9 / 25 9. Duplikatsiya(a) va insersiya(b) ga xos xususiyatni aniqlang. 1.xromasomaning o`rta qismini ortishi 2.xromasomaning ayrim qismini ortishi 3.DNK bo`lagini ikki hissa ortishi 4.DNK genomining ma`lum joyga kiritish A) a-2 b-3 B) a-3 b-2 C) a-4 b-1 D) a-2 b-4 10 / 25 10. Komilning ovqat ratsionida oqsil, yog va uglevodning umumiy miqdori 350 g bo‘lib, oqsildan ajralgan energiya 205 kkal ni tashkil etadi. Agar ovqat tarkibidagi yog‘dan hosil bo‘lgan energiya oqsilning parchalanishidan hosil bo'lgan energiyadan 260 kkal ga ko‘p bo‘lsa, bir kecha-kunduzda hosil bo‘lgan jami energiyaning qanchasi (kkal) ertalabki ovqatlanishdan hosil bo'lgan? (Ratsional ovqatlanishning yuqori foiziga amal qilingan) A) 678 B) 254.25 C) 508.5 D) 339 11 / 25 11. Leyshmanioz kasalligi qo‘zg’atuvchisini tarqatuvchi organism haqidagi to‘g‘ri fikrlarni belgilang. a) xivchinlari yordamida harakatlanadi; b) qon so‘ribparazitlik qiladi; c) odamlarning yassi qoplovchi to‘qimasiostida parazitlik qiladi; d) chivinga o‘xshash maydahasharot; e) tanasidagi keyingi qanotlari rudimentar holatda;f) cho‘llardagi kemiruvchilar inida ko‘p uchraydi. A) a, c, d B) c, e, f C) b, d, f D) a, b, c 12 / 25 12. Quyidagi hodisalarning qaysi biri tarixiy usulyordamida o‘rganiladi? 1) delfin va ixtiyozavrning tana shaklining o’xshashligi; 2)ko’k-yashil suvo’tlarini kelib chiqishi; 3) akula va ixtiyozavrning tana shaklini o’xshashligi; 4) xaltali va yo’ldoshli sutemizuvchilarning kelib chiqishi A) 2; 3 B) 3; 4 C) 2; 4 D) 1; 2 13 / 25 13. Postembranal davri to`gri kechuvchi(a) va to`g`ri kechmaydigan(b) organizmlarni ko`rsating. 1.kolorada qo`ng`izini barg ostiga tuxum qo`yishi 2.yomg`ir chuvalchangini tuxum qo`yishi 3.o`rgimchakni tuxumini pilla ichiga qo`yishi 4.kurapatkani rangi yozda qo`ng`ir bo`lishi qishda oq rangda bo`lishi 5.tut ipak qurtini pillaga o`ralishi 6.asal arini tuxumini mumdan yasalgan katakchalarga qo`yishi A) a-1,5,6 b-2,3,4 B) a-2,4,6 b-1,3,5 C) a-2,4,5 b-1,3,6 D) a-2,3,4 b-1,5,6 14 / 25 14. Gullari mayda,to`g`ri ikki jinsli yoki bir jinsli, rangsiz rovaksimon to`pgulga yig`ilgan oilani ko`rsating. A) qovoqdosh B) ituzumdosh C) tokdosh D) ra`nodosh 15 / 25 15. Emuni embrional rivojlanishiga xos bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1.ektoodermadan nerv nayi, teri epiteliysini rivojlanishi 2.biogenetik qonuni asosida murtak varaqasini hosil bo`lishi 3.orgonagenez jarayonidan oldigi bosqich blastula hosil bo`lishi bilan tugiydi 4.maydalanish bosqichidan keyin o`zak organlar majmuasi hosil bo`ladi. 5.endoderma qavati hujayralarni qat-qat bo`lib joylishi natijasida hosil bo`ladi 6.hujayralarni biokimyoviy va morfologik jihatdan ixtisoslashi kuzatiladi A) 2.3 B) 2.5 C) 3.4 D) 5.6 16 / 25 16. Ekologik piramidani g’oza-chivin-kaltakesak-lochin tashkil etadi. II va III darajali konsumentlarning umumiy massasi 132 kg ni tashkil qilsa, umumiy biomassani aniqlang. A) 13200 B) 13332 C) 13232 D) 13300 17 / 25 17. Qora kalamushning zigotasi 4 marata meridianal bo`lingandan so`ng uning blastulasidagi blastamerlarida jami xromasomalr soni 2688 taga yetgan bo`lsa, uning tuxum hujayrasidagi xromasomalar sonini aniqlang. A) 21 B) 19 C) 20 D) 18 18 / 25 18. Gen mutatsiyasiga xos bo`lmagan xususiyatni ko`rsating. 1.nukleotid izchilligini o`zgarishi 2.xromasomaning bir qismini ortishi 3.gen izchilligini o`zgarishi 4.gen tarkibidagi nukleotidlarning ortishi yoki kamayishi 5.autosoma gen miqdorini ortishi 6.xromasomaning ayrim qismini ortishi A) 1.5 B) 4.6 C) 2.6 D) 1.4 19 / 25 19. Digomozigota no`xatsimon va gulsimon tojli tovuqlar o`zaro chatishirilgandan olingan F1 duragaylar o`zaro chatishtirilganda olingan no`xatsimon tojli tovuqlarning necha foizi taxliliy chatishtirish natijasida ajralish ro`y beradi? A) 33.30% B) 25% C) 66.60% D) 75% 20 / 25 20. Oshqovoq mevasining og`irligi ikki juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominat gendan iborat bo`lsa 4kg, agar 2 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,2kg bo`lsa, A1a1A2a2 va A1a1A2a2 chatishtirilganda olingan o`simliklar orasida ajralish ro`y beradigan mevasi eng og`ir o`simliklar sonini aniqlang. A) 8 B) 4 C) 2 D) 6 21 / 25 21. G`o`za, bug`doy, askarida, yomg`ir chuvalchangi kabi organizmlarning poliploid turlarini uchrashi qaysi hodisaga kiradi? A) genotipik-mutatsion B) fenotipik-ontogenetik C) genotipik-rekombinativ D) fenotipik-modifikatsion 22 / 25 22. Fruktonuriyaàsiydik tarkibida qandning ortishi natijasida yuzaga keladigan retsissev kasallik bo`lib,2 xil tipda irsiylanadi. Birinchi tipi klinik belgilarsiz kechsa, ikkinchi tipi aqliy zaiflikni keltirib chiqaradi. Ota birinchi tipi bilan ona ikkinchi tipi bilan kasallangan bo`lsa, o`gil farzandlar 2 ta tip bo`yicha kasallanadi. Tug`ilgan farzandlarning necha foizi ikkila tip bo`yicha kasal bo`ladi? A) 100 B) 25 C) 75 D) 50 23 / 25 23. Ko‘lbuqada ovogenez jarayonida kuzatiladigan hodisalar qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? 1) ko‘payish davrida reduplikatsiya sodir bo‘ladi; 2) 4 ta gaploid to'plamga ega hujayra hosil bo‘ladi; 3) hujayralarning 50% i jinsiy Y xromosomaga ega; 4) o‘sish davrida hujayralarda translyatsiya kuzatilmaydi; 5) hujayralarning barchasi jinsiy X xromosomaga ega bo‘ladi; 6) ko‘payish davrida diploid to‘plamga ega hujayralar hosil bo’ladi A) 4, 5 B) 3.6 C) 2, 4 D) 1, 5 24 / 25 24. Odam organizmidagi anatomik(a) va gistologik(b) belgilarni ajrating. 1.teri epiteliysi yassi shaklda bo`lib, ko`p qavatli bo`ladi 2.tukli epiteliy burun bo`shli`gida, kubsimon epiteliy buyraklarda joylashgan 3.tikuvchi skelet muskuli sonda joylashgan 4.suyakni 33% osseinlar tashkil qiladi 5.qalqon orqa bezi qalqonsimon bezning orqa yuzasiga yopishib turadi 6.tiroksinning 65% dan ko`prog`I yod moddasidan iborat A) a-2,3,4 b-1,4,6 B) a-3,4,5 b-1,2,6 C) a-2,4,6 b-1,3,5 D) a-1,5,6 b-2,3,4 25 / 25 25. Noto‘g‘ri rivojlanuvchi umurtqasiz (a) va to‘g‘ri (b) rivojlanuvchi umurtqali organizmlarni aniqlang. 1) ildam kaltakesak; 2) karam kapalagi; 3) planariya; 4) ko‘l baqasi; 5) chuchuk suv gidrasi; 6) baqachanoq; 7) yashil qurbaqa; 8) chittak A) a-4, 7; b-1, 8 B) a-2, 6; b-1,8 C) a-2, 5; b-1, 3 D) a-2, 6; b-3,5 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-10-11 sinflar Biologiya olimpiada №6