Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 9-sinf Geografiya olimpiada №2 Geografiya olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 9-sinf Geografiya olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 670 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 13 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Geografiya olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Rasmda Toshkent viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan qaysi davlatlarning hududi A va B harflari bilan ko‘rsatilgan? A) Tojikiston va Qirg‘iziston B) Tojikiston va Qozog‘iston C) Turkmaniston va Afg‘oniston D) Qozog‘iston va Qirg‘iziston 2 / 25 2. Nosir Xisravning sayohat yo‘li xarit-sxemasida O‘rta dengiz qanday nom bilan ko‘rsatilgan? A) Rum dengizi B) Fors ko‘li C) Qulzum dengizi D) Abiskun dengizi 3 / 25 3. Qaysi daryo Chotqol va Piskom daryolarining Chorvoq botig‘ida qo‘shilishidan vujudga keladi? A) Chirchiq B) Sirdaryo C) Piskom D) Zarafshon 4 / 25 4. Toshkent viloyatining qaysi tumanlari asosan sabzavot va meva yetishtirishga ixtisoslangan? A) Bekobod, Do‘stobod, Chinoz, Chirchiq B) Yangiyo‘l, Qibray, Bo‘stonliq, Parkent C) Piskent, Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Olmaliq D) Parkent, G‘azalkent, Angren, Nurobod 5 / 25 5. To‘rg‘ay supasimon o‘lkasining janubiy qismi, Qozog‘iston past tog‘larining juda katta janubiy qismida qanday tabiat zonasi tarkib topgan? A) Cho‘l B) Dasht C) Adir D) Chalacho‘l 6 / 25 6. Qaysi iqtisodiy rayondagi temiryo‘llar hudud bo‘ylab uchburchak shaklida qurilgan? A) Mirzacho‘l B) Farg‘ona C) Toshkent D) Quyi Amudaryo 7 / 25 7. Qaysi so‘z yunonchadan tarjima qilganda “ko‘tarilaman” degan ma’noni bildiradi? A) astenosfera B) relyef C) landshaft D) vulqon 8 / 25 8. Antraktidada muzning o’rtacha qalinligi qancha. A) 2555 m B) 2000 m ga yaqin C) 3000 m ga yaqin D) 2500 m dan ortiq 9 / 25 9. Mamlakatimizda 11 000 ta ….…, 119 ta……va 1065ta …..… aholi manzillari bor. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlar qo‘yilgan variantni toping? A) Qishloq, shahar, shaharcha B) Qishloq, shaharcha, shahar C) Shahar, qishloq, shaharcha D) Shaharcha, shahar, qishloq 10 / 25 10. Iliq oqimlarni aniqlang. A) Shimoliy Atlantika, Golfstrim, Labrador, Gvineya B) Shimoliy Atlantika, Golfstrim, Antil, Kanar C) Shimoliy Atlantika, Golfstrim, Antil, Gvineya D) Shimoliy Atlantika, Peru, Antil, Gvineya 11 / 25 11. Turli xildagi elektr stansiyalarning yuqori voltli elektr uzatish liniyalari bilan birlashtirib, bir markazdan boshqarib turishi nima deyiladi? A) Energiya tizimi B) Energetika manbai C) Energetika tizimi D) Energetika tarmog’i 12 / 25 12. Afrikada tropic cho’llar materikning necha foizini egallaydi? A) 20 B) 30 C) 50 D) 40 13 / 25 13. Quydagilardan mamlakatimizdagi mehnatda band aholining 10,9 va 13,4 %i qaysi tarmoqlarda band ekanligini ajrating? 1. Sanoat; 2. Qishloq xo‘jaligi; 3. Savdo va umumiy ovqatlanish; 4. Qurilish; 5. Sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya; 6. Transport va aloqa; 7. Fan, ta`lim, madaniyat va san`at; 8. Boshqaruv tashkilotlari. A) 3.7 B) 4.8 C) 2.6 D) 1.5 14 / 25 14. Organizmlar faol bo’lib, yer yuzini egallay boshlaganiga qancha vaqt bo’ldi? A) 550-600 mln yil B) 350-400 mln yil C) 450-500 mln yil D) 650-700 mln yil 15 / 25 15. . Quyidagilardan texnika ekinlari ko‘rsatilgan variantni belgilang ? 1.kanop; 2. bug‘doy; 3. sholi; 4. qovun; 5. paxta; 6. arpa; 7. karam; 8. tamaki; 9.pomidor;, 10. tarvuz; 11. suli; 12. beda. A) 4,8,12 B) 3,9,11 C) 1,5,8 D) 2,7,10 16 / 25 16. Bir tonna gaz kondensatidan qancha kg - 1) motor yoqilgisi; 2) sun`iy tola; 3) sun`iy kauchuk olish mumkun? A) 500, 200 60 kg B) 350, 120, 40 kg C) 300, 100, 30 kg D) 400, 150, 50 kg 17 / 25 17. Neftni qazib chiqarish xarajati ko’mir qazib chiqarishdan o’rta hisobda qancha kam? A) 4 barobar B) 2 barobar C) 10 barobar D) 3 barobar 18 / 25 18. Zona so’zining ma’nosini aniqlang. A) Lotincha so’z bo’lib, uzun, cho’zilgan , ensiz yer B) Yunoncha so’z bo’lib , uzun, cho’zilgan , ensiz yer C) Nemischa so’z bo’lib, uzun, cho’zilgan, ensiz yer D) Lotincha so’z bo’lib, uzun cho’zilmagan, enli yer 19 / 25 19. Mamlakatimizdagi 1)furon birikmalari, 2) biokimyo, 3) gidroliz zavodlari joylashgan shaharlarni belgilang? A) Farg‘ona, Andijon, Namangan B) Yangiyo‘l, Farg‘ona, Namangan C) Farg‘ona, Muborak, Navoiy D) Farg‘ona, Yangiyo‘l, Andijon 20 / 25 20. Alp-Karpat tog’lari qaysi kichik o’lkaga tegishli? A) O’rta Yevropa B) Sharqiy Yevropa C) Shimoliy Yevropa D) Janubiy Yevropa 21 / 25 21. Gazni quvurar orqali yuborishdan maqsad nima? A) Transport xarajatini tejash B) Masofa qisqa bo’lishi uchun C) Quruqlik transportida tashib bo’lmasligidan D) Isrof bo’lmasligini oldini olish 22 / 25 22. Quydagilardan Respublikamizda dengiz sathidan 850 metr balanddan o‘tuvchi temir yo‘l o‘zaro bog‘lagan shaharlarni toping.1. Toshkent; 2. Qo‘qon; 3. Boysun; 4. Jizzax; 5. G‘uzor; 6. Namangan; 7. Sherobod; 8. Samarqand. A) 4.8 B) 1.5 C) 2.6 D) 3.7 23 / 25 23. Quydagilardan og‘ir rangli metallar ko‘rsatilgan variantni toping? A) Mis, qalayi, qo‘rg‘oshin, nikel. B) Oltin, kumush, platina, uran. C) Volfram, germaniy, rux, magniy. D) Platina, molibden, nikel, aluminiy. 24 / 25 24. O‘zbekiton aholisining jinsiy tarkibida erkaklar va ayollarning ulushi qancha % ni tashkil etadi? A) Erkaklar 52% ni ayollar 48 % ni B) Erkaklar 48% ni ayollar 52 % ni C) Erkaklar 53% ni ayollar 47 % ni D) Erkaklar 50% ni ayollar 50 % ni 25 / 25 25. Quyida berilgan variantlarni qaysi birida yurtimizdagi silikat bloklar ishlab chiqariladigan viloyatlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Toshkent, Buxoro, Jizzax viloyatlari B) Xorazm, Buxoro, Farg‘ona viloyatlari C) Xorazm, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari D) Toshkent, Farg‘ona, Jizzax viloyatlari 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6