Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 7-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiada 7-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Aprel 29, 2022 524 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 2 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Tarix olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar. 1 / 25 Shaharning mustahkam labirintli darvoza og‘zi istehkomi darvozaxonasi bo‘lgan… Shahar markazidan yuqoriroqda ibodatxona majmuasi, uning shimoli-g‘arbiy burchak qismida esa balandligi 25 metr bo‘lgan uch minorali hukmdor qasri qad ko‘targan. Yuqoridagi ta’rif qaysi shahar xarobasiga tegishli? A) Bolaliktepa B) Turoqqal’a C) Jonbosqal’a D) Yunosobod Oqtepasi 2 / 25 Tutmos II ning Falastin va Suriyani bosib olish uchun uyushtirgan hujumlari qachon boshlangan? A) Mil.av 1450-yil B) Mil.av 1600-yil C) Mil.av 1500-yil. D) Mil.av 1650-yil 3 / 25 ”Mening bilishimcha urushlar ichida bunday urushni hali hech kim ko’rmagan.” Geradot qaysi jang haqida yozgan? A) Arablar va Muqanna o’rtasidagi jang haqida B) Doro I va Shiroq o’rtasidagi jang haqida C) Kir II va To’maris o’rtasidagi jang haqida D) A.Makedonskiy va Spetamen o’rtasidagi jang haqida 4 / 25 Orol dengizi bo’ylarida Sirdaryoning quyi oqimida saklarning qaysi guruhi yashagan? A) Saka-tiay-taradarayya B) Saka-xaumovarka C) Saka- tigra- hauda D) Massagetlar 5 / 25 O’rta asr shaharlaridan qaysilari monastirlar atrofida paydo bo’lgan? A) Padeborn,Bremen,Strastburg B) Myunster,sen-Gallen,Sen-Dene C) Strastburg,Gamburg, Austburg D) Sveybryukken,Bryugge,Sen-Gallen 6 / 25 Quyidagi Germaniya shaharlardan qaysi biri movut,surp,metal buyumlar,qurol-aslaha yasashda yetakchi bo’lgan? 1.Kyoln 2.Ulm 3.Vorms 4.Augsburg 5.Nyurenberg 6.Frankfurt A) 2,4,5 B) 4,5,6 C) 1,2,6 D) 1,3,6 7 / 25 Favqulodda vaziyatlar ro’y berganda tayinlanuvchi yakkaboshchi hukmdor nima deyiladi? A) Dinastiya B) Strateg C) Diktator D) Konsul 8 / 25 Ilk o‘rta asrlarda Turon aholisining ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi sodir bo‘lgan qanday keskin o‘zgarish mamlakatning mayda davlatlarga bo‘linib ketishiga sabab bo‘ladi? A) dehqonlar, kadivarlar va kashovarzlar tabaqalarining shakllanishi B) dehqonlarning kadivarlarni ekspluatatsiya shaklida ishlatishi C) ko‘chmanchi chorvador xion qabilasining hujumi D) ekin maydonlarining barchasi qishloq oqsoqollari hamda urug‘ va qabila boshliqlari qo‘lida to‘planishi 9 / 25 Kserks qo’shinlari qaysi bo’g’ozga kelib,podsho buyrug’i bilan bir kilometrdan uzun ko’prik qurildi? A) Gibraltar bo’g’ozi B) Salamin bo’g’ozi C) Balabak bo’g’ozi D) Gellespont bo’g’ozi 10 / 25 O’zlashtiruvchi xo’jalikka nimalar kiradi? A) Denqonchilik va chorvachilik B) Termachilik va ovchilik C) Chorvachilik va ovchilk D) Termachilik va dehqonchilik 11 / 25 Finikiyaliklarning dastlabki koloniyalari qayerlarda tashkil etilgan? A) Krit oroli va Apenin ya o sohilida B) Krit oroli va Kichik Osiyo sohilida. C) Apenin yarim oroli va Afrika sohillarida D) Krit oroli va Shimoliy Afrika sohilida 12 / 25 Xiyoniylarning Sug‘dga bostirib kirishidan 48 yil oldin …1) zaiflashgan Qang‘ davlatidan Xorazm davlati ajralib chiqdi; 2) xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahriga ko’chirdi 3) Xorazm va Amudaryo havzasiga toxarlar kirib keldi; 4) Katdagi Al-Fir qasrida yangi saroy qurildi; 5) Afrig‘iy shohlari betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb ettira boshladilar; 6) Sosoniylar hukmdori Pero‘z eftaliylarga qarshi uchinchi marta yurishga otlandi. A) 5, 6 B) 1, 4, 6 C) 2, 4, 5 D) 3, 4, 5 13 / 25 Najjorlik — bu … A) duradgorchilik B) qurolsozlik C) zargalik D) chilangarlik 14 / 25 Tarixning maxsus fanlar va ularning vazifalari to’g’ri ko’rsatilgan javobni ko’rsating. 1. Arxeologiya 3. Etnografiya 2. Antropologiya 4. Lingvistlar a.Moddiy-ashyoviy manbalar asosida tarixni o’rganuvchi fan b. Qadimgi tillarni o’rganuvchi fan c. Xalqlarning udumlari, xo’jalik va madaniyat an’analarini o’rganuvchi fan d. Qadimgi odamlarning qiyofasini o’rganuvchi fan A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d B) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b C) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c 15 / 25 Birlashgan Millatlar Tashkiloti qachon tuzilgan? A) 1948-yil 9-may B) 1950-yil 30-oktabr C) 1941-yil 22iyun D) 1945-yil 24-oktabr 16 / 25 Kim zamondoshlari tomonidan “Jahon hayrati”deb nom olgan? A) Grigoriy IX B) Rudolf Gabsburg C) Fridrix I Barbarossa D) Fridrix II 17 / 25 O’rta asrlar tarixining birinchi davriga xos bo’lgan xususiyatni aniqlang 1.Yer egaligi ishlab chiqarish munosabatlarining yuksalishi 2. Natural xo’jalkining inqirozi 3.Yangi feodal jamiyatga o’tish 4. Feodallar va qaram dehqonlar toifalarining shakillanishi 5. Yirik feodal davlatlarining paydo bo’lishi A) 2,3,4 B) 2,4,5 C) 1,2,3 D) 3,4,5 18 / 25 Arab xalifaligining bir qismi bo’lgan Ispaniyaga qarshi Buyuk Karl qachon yurushni amalga oshirgan? A) 778-yilda B) 772-yilda C) 780-yilda D) 773-yilda 19 / 25 V-VII asrlarda O‘rta Osiyoda qay turdagi turar joylar qad ko‘tardi? 1) ko‘shk; 2) to‘r; 3) o‘rdugoh; 4) qasr; 5) qo‘rg‘on; 6) qo‘rg‘oncha; 7) madrasa. A) 3, 4, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 4, 5, 6 D) 1, 3, 5, 7 20 / 25 Xalifa Umar davrida islom davlati tarkibiga kiritilgan davlatlarni aniqlang? 1.Falastin 2.Misr 3. Liviya 4.Suriya 5.Kavkaz 6.Eronning bir qismi 7.Xuroson 8.Kichik Osiyo A) 3,4,5,6,7 B) 2,3,4,5,6 C) 1,2,6,7,8 D) 1,2,3,4.6 21 / 25 VIII asrning 40-yillarida Arab xalifaligida … A) Muqanna qo‘zg‘oloni ko‘tarildi B) hokimiyat tepasiga Ummaviylar sulolasi keldi C) toj-u taxt uchun kurash kuchaydi D) abbosiylar hukmronligi barham topdi 22 / 25 O’zbekistonda arxeologiya fanining rivojlanishida qaysi olimlarning xizmatlari katta bo’ldi? A) Mirzo Ulug’bek,Beruniy B) V.Bartold,Vyatkin C) Ali Qushchi,Beruniy D) M.Saidjonov,Y.G’ulomov 23 / 25 Issiqko’l janubi,Qoshg’ar yag’molari,shimoli-sharqda chigil,sharqda o’g’uz qabilalarini birlashtirgan ulkan hudud dastlab qanday atalgan? A) Xoqoniya B) Qarluqlar o’lkasi C) Qorluqlar davlati D) Xoniya 24 / 25 Quyidagi qaysi javobda ilk o‘rta asrlarda shakllangan tabaqa vakillari ta’rifi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) kadivar — erkin ziroatchi B) dehqon — qishloq hokimi C) chokar — dehqon qo‘riqchisi D) kashovarz — ziroatchi oddiy qo‘shchilar 25 / 25 VI asrda Vizantiyaning yirik savdo hunarmandchilik markazlari bo’lgan shaharlarni aniqlang. 1.Konstantinopol 2.Aleksandriya 3.Antioxiya 4.Edessa 5.Quddus 6.Afina A) 2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 3,4,5,6 D) 1,4,5,6 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6