Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 6-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiada 6-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Aprel 29, 2022 704 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Tarix olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar. 1 / 25 Yangi davlat yoki yangi sulola asoschilarini toping. 1.Kudzula Kadfiz 2.Kanishka 3.Lyu Ban 4.U Di 5.Diodot 6.Demetriy 7.Salavkiy 8.Antiox 9.Kir II 10.Sin Shixuandi 11.Doro I 12.Solon 13.Trayan 14.Sargon I 15.Chandragupta 16.Ashoka A) 1,4,5,7,9,10,12,14,16 B) 2,4,5,7,9,10,11,13,14,15 C) 1,3,5,7,9,10,14,15 D) 1,3,5,7,9,10,14,15,16 2 / 25 Solon islohotlari natijasida jamiyatda qanday o`zgarishlar sodir bo`lmagan? A) qarz uchun qul qilish bekor qilindi B) dehqonlar qarzlari qisqartirildi C) Xalq majlisi faoliyati tiklandi D) barcha afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyati yuzaga keldi 3 / 25 Dovon poytaxti Ershini egallab olgan Xitoy qo`shinlari nima sababdan shaharni tashlab chiqib ketadi? A) Qish kirib qolganligi sababli B) Aholining tovon to`lashi evaziga C) Aholining bosqinchilarga o`tkazgan tazyiqi tufayli D) ”Samoviy otlar”ni qo`lga kiritgach bu yerda qolish zarur emas edi 4 / 25 Quyidagi berilganlar orasidan xato javobni toping. A) Xitoyga ko`chmanchi qabilalar hujum qila boshlaganidan foydalangan chekka viloyatlar aholisi ajralib chiqib, o`z davlatini tashkil qila boshladi B) Elamda jahondagi eng qadimgi yozuvlardan biri yaratilgan C) G.Shliman 1870-yilda Turkiyaning Hisorlik tepaligi xarobalari hududida qazishma ishlarini boshlab yubordi, chindan ham Troya qoldiqlarini topdi D) XVII asrdan keyin Hind daryosi vodiysi tez-tez ro`y beruvchi toshqinlar, o`rmonlar va changalzorlar kengayishi natijasida zavolga yuz tutdi 5 / 25 Arxeologik va yozma manbalar mil.avv. VI-IV asrlarda O`rta Osiyo xalqlarining qanday sohalar taraqqiyotida yuksak darajaga erishganliklaridan dalolat beradi? A) badiiy o`ymakorlik, ganchkorlik, kulolchilik, kavushdo`zlik B) dehqonchilik, chorvachilik, me`morchilik, ganchkorlik C) kulolchilik,dehqonchilik, badiiy o`ymakorlik, ganchkorlik D) zargarlik, hunarmandchilik, tikuvchilik, kulolchilik, binokorlik 6 / 25 Quyidagilardan noto`g`ri javobni aniqlang. A) yunon-fors urushlari tugadi- mi.avv. V asro`rtalari B) Xeroneya jangi- mil.avv.IV asr 2-yarmi C) Drakont qonunlari- mil.avv. VII asr 2-yarmi D) Solon islohotlari- mil.avv.VI asr oxiri 7 / 25 Noto`g`ri fikrni aniqlang. A) Kushonlar davriga oid Eski Termiz, Dalvarzintepa va Ayritomda muhtasham buddaviylik ibodatxonalari bo`lgan, aynan shu yerdan buddaviylik O`rta Osiyo bo`ylab tarqalgan B) Mezolit davri oxirida Old Osiyoda xo`jalikning yangi tarmoqlari ibtidoiy ziroatchilik, chorvachilik, hunarmandchilik vujudga kelgan C) Qadimgi misrliklar, hindlar va shumerlarda quyosh kalendarlari, shumerlarda yil davomiyligi 354 kun qilib belgilangan oy taqvimi bo`lgan D) Sargon I Shumer va Akkadni birlashtirgan mingyillikda Xitoyda qabilalar ittifoqi paydo bo`la boshlagan 8 / 25 Asosan qaysi sohalar Afina davlatiga katta daromad keltirar edi? A) kumush konlari va tuz qazib olish B) kumush konlari va teri mahsulotlari C) dengiz savdosi va kulolchilik D) tuz qazib olish va oltin konlari 9 / 25 Qaysi mulohazada xatolik mavjud? A) Platon dunyoda ezgulik qonunlari mavjudligi, faqat ularni bilish va ularga rioya qilgan holda yashash kerakliligini isbotlagan B) Dajla daryosi bo`yi Salavkiyadan Baqtriyagacha karvon yo`li qurib bitkazilgach, jahondagi ko`pgina davlatlar bilan savdo va madaniy aloqalar jonlangan C) Gannibal, Brut, Mark Antoniy va Kleopatralar dushman qo`liga asir tushishni xohlamay, o`z joniga qasd qilgan D) Brut shimoliy Yunonistonda qo`shin to`plab, Rimga jiddiy xavf slogan 10 / 25 Quyidagi voqealarni xronologik to`g`ri tartibda joylashtiring. 1.Oktavian va Antoniy flotlari o`rtasida jang bo`lib o`tishi 2.Sarkarda Mark Krass tomonidan Spartak qo`shinlarining tor-mor keltirilishi 3.Rim imperiyasi kuch-qudratining qayta tiklanishi 4.Kushon podsholigida Kanishkaning hukmronligi boshlanishi 5.Xitoyda U Di hukmronligining yakunlashishi A) 3,4,2,1,5 B) 5,2,3,1,4 C) 2,5,1,4,3 D) 5,2,1,4,3 11 / 25 Xom g`ishtdan ko`p xonali uylar qurila boshlangan tarixiy davrda ……. A) toshga ishlov berishning yangi usullari:silliqlash, sirlash, arralash, teshikchalar parmalash qo`llanila boshlangan B) O`rta Osiyoning janubiy tumanlarida ziroatchilik xo`jaligiga o`tilgan C) O`rta Osiyoda ilk shahr alomatlariga ega bo`lgan manzilgoh vujudga kelgan D) spool idishlar hayvonlar, qushlar va o`simlik naqshlari bilan bezatila boshlangan 12 / 25 Afinada qachon davlat boshqaruvida demokratiyaga o`tildi? A) mil.avv. VI asr o`rtalari B) mil.avv. VI asr oxiri C) mil.avv. V asr oxiri D) mil.avv. VI asr boshlari 13 / 25 Ismi “astron” so`zidan kelib chiqqan shaxs bir davlatda munajjimga tenglashtirilgan. Ushbu davlatdagi palestralarda o`qitilgan fanlarning homiysi bo`lgan xudo? A) Poseydon B) Apollon C) Zevs D) Afina 14 / 25 Kir II ning massaget qabilalaridan mag`lubiyatga uchraganidan qancha vaqt o`tib Doro III qo`shinlari makedonlar tomonidan tor-mor qilindi? A) 190 yil B) 857 yil C) 200 yil D) 860 yil 15 / 25 Quyidagi hukmdorlarning qaysilari Hindistoning bir qismini bosib olishga muvaffaq bo`lgan? A) Aleksandr M. va Demetriy B) Diodot va Kanishka C) Demetriy va Kanishka D) Demetriy va Diodot 16 / 25 Qaysi inshoot ham maqbara, ham ibodatxona vazifasini bajargan? A) Galikarnas maqbarasi B) Artemida maqbarasi C) Misr ehromlari D) Piza minorasi 17 / 25 Olimp tog`ida ilk marotaba muqaddas olov yondirilgan vaqtda qanday voqea sodir bo`ldi? A) Yunonistonda teatr paydo bo`lgan B) troya jangi bo`lgan C) yunon yil hisobi boshlandi D) yunonlarda sport vujudga keldi 18 / 25 Qaysi voqea sak va massagetlar ahamoniylar tarkibidan ajralib chiqqan asrda yuz bergan? A) Rimda davlat boshqaruvining respublika shakli o`rnatildi B) Yunonistonda jamoat inshootlari toshdan barpo etila boshlandi C) Xeroneya yaqinidagi jangda yunonlar tor-mor etilgan D) O`rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan 19 / 25 Qaysi hukmdor davrida Kushonda yangi-yangi shaharlar qurilgan? A) Kudzula Kadfiz B) Yevtidem C) Vima Kadfiz D) Kanishka 20 / 25 Quyidagilardan oily xudo deb hisoblangan Zevsning inisini ko`rsating. A) Pompeyos B) Gelios C) Aid D) Apollon 21 / 25 Yunon-fors urushlarida Plateya yaqinidagi jangdan 50 yil o`tib ……. A) Kambiz Misrni bosib oldi B) Perikl vafot etdi C) yunon-fors urushlari tugadi D) Perikl Afina strategi lavozimiga saylandi 22 / 25 Salavkiylar hukmdori Antiox tomonidan qurilgan Marg`iyona Antioxiysi hozirgi kunda qaysi davlat hududdida joylashgan? A) Afg`oniston B) Tojikiston C) Turkmaniston D) Eron 23 / 25 Afinada xalq boshqaruvi bekor qilingan qonunlar amalga kirgan davr? A) VII asrning 1-yarmi B) VI asrning 2-yarmi C) VII asr oxiri D) VI asr o`rtalari 24 / 25 Quyidagilardan qaysi biri noto`g`ri? A) Suqrot- o`z-o`zingni anglagin va bilgin B) Demokrit-hamma narsa atomlardan tashkil topgan C) Arximed- “Evrika” D) Geraklit- hamma narsa oqadi 25 / 25 Aleksandriya Esxata qal`asi nima uchun qurilgan? A) Askarlar to`plash uchun B) Saklarga qarshi kurash uchun C) Tayanch qal`a sifatida D) So`g`diylarga qarshi kurashish uchun 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6