Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 6-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiada 6-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Aprel 29, 2022 647 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 7 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Tarix olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar. 1 / 25 Qaysi inshoot ham maqbara, ham ibodatxona vazifasini bajargan? A) Piza minorasi B) Misr ehromlari C) Artemida maqbarasi D) Galikarnas maqbarasi 2 / 25 Olimp tog`ida ilk marotaba muqaddas olov yondirilgan vaqtda qanday voqea sodir bo`ldi? A) troya jangi bo`lgan B) yunonlarda sport vujudga keldi C) Yunonistonda teatr paydo bo`lgan D) yunon yil hisobi boshlandi 3 / 25 To`g`ri fikrni aniqlang. A) Mil. avv. II asr oxirlarida Yunon-Baqtriya eng katta sarhadlarga ega bo`lib, bu davrda Hindistonning bir qismi ham davlat tarkibiga qo`shib olingan B) Baqtra, Maroqanda, Marg`iyona Antioxiysi va Termiz Salavkiylar davlatining yirik shaharlari hisoblangan C) Shoh yo`li mil.avv. VI-IV asrlarda Qora dengiz bo`yidagi Efes shahrini qadimgi Fors davlati poytaxtlari – Suza va Persepol bilan bog`lab turgan D) Kanishka davrida Afg`oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo`shib olingan 4 / 25 Aleksandriya Esxata qal`asi nima uchun qurilgan? A) Saklarga qarshi kurash uchun B) So`g`diylarga qarshi kurashish uchun C) Tayanch qal`a sifatida D) Askarlar to`plash uchun 5 / 25 Dovon poytaxti Ershini egallab olgan Xitoy qo`shinlari nima sababdan shaharni tashlab chiqib ketadi? A) Aholining tovon to`lashi evaziga B) Aholining bosqinchilarga o`tkazgan tazyiqi tufayli C) Qish kirib qolganligi sababli D) ”Samoviy otlar”ni qo`lga kiritgach bu yerda qolish zarur emas edi 6 / 25 Salavkiylar hukmdori Antiox tomonidan qurilgan Marg`iyona Antioxiysi hozirgi kunda qaysi davlat hududdida joylashgan? A) Eron B) Tojikiston C) Afg`oniston D) Turkmaniston 7 / 25 Ismi “astron” so`zidan kelib chiqqan shaxs bir davlatda munajjimga tenglashtirilgan. Ushbu davlatdagi palestralarda o`qitilgan fanlarning homiysi bo`lgan xudo? A) Poseydon B) Apollon C) Afina D) Zevs 8 / 25 Yunon-fors urushlarida Plateya yaqinidagi jangdan 50 yil o`tib ……. A) Perikl vafot etdi B) Kambiz Misrni bosib oldi C) Perikl Afina strategi lavozimiga saylandi D) yunon-fors urushlari tugadi 9 / 25 Noto`g`ri fikrni aniqlang. A) Kushonlar davriga oid Eski Termiz, Dalvarzintepa va Ayritomda muhtasham buddaviylik ibodatxonalari bo`lgan, aynan shu yerdan buddaviylik O`rta Osiyo bo`ylab tarqalgan B) Sargon I Shumer va Akkadni birlashtirgan mingyillikda Xitoyda qabilalar ittifoqi paydo bo`la boshlagan C) Mezolit davri oxirida Old Osiyoda xo`jalikning yangi tarmoqlari ibtidoiy ziroatchilik, chorvachilik, hunarmandchilik vujudga kelgan D) Qadimgi misrliklar, hindlar va shumerlarda quyosh kalendarlari, shumerlarda yil davomiyligi 354 kun qilib belgilangan oy taqvimi bo`lgan 10 / 25 Arxeologik va yozma manbalar mil.avv. VI-IV asrlarda O`rta Osiyo xalqlarining qanday sohalar taraqqiyotida yuksak darajaga erishganliklaridan dalolat beradi? A) zargarlik, hunarmandchilik, tikuvchilik, kulolchilik, binokorlik B) kulolchilik,dehqonchilik, badiiy o`ymakorlik, ganchkorlik C) dehqonchilik, chorvachilik, me`morchilik, ganchkorlik D) badiiy o`ymakorlik, ganchkorlik, kulolchilik, kavushdo`zlik 11 / 25 Kir II ning massaget qabilalaridan mag`lubiyatga uchraganidan qancha vaqt o`tib Doro III qo`shinlari makedonlar tomonidan tor-mor qilindi? A) 190 yil B) 857 yil C) 860 yil D) 200 yil 12 / 25 Yunon koloniyalarining tashkil topish davrini ko`rsating. A) mil.avv. VIII-V asrlar B) mil.avv. IX-VIII asrlar C) mil.avv.VIII-VI asrlar D) mil.avv.VII-VI asrlar 13 / 25 Qaysi hukmdor davrida Kushonda yangi-yangi shaharlar qurilgan? A) Vima Kadfiz B) Yevtidem C) Kudzula Kadfiz D) Kanishka 14 / 25 Afinada qachon davlat boshqaruvida demokratiyaga o`tildi? A) mil.avv. V asr oxiri B) mil.avv. VI asr o`rtalari C) mil.avv. VI asr oxiri D) mil.avv. VI asr boshlari 15 / 25 Asosan qaysi sohalar Afina davlatiga katta daromad keltirar edi? A) dengiz savdosi va kulolchilik B) kumush konlari va tuz qazib olish C) kumush konlari va teri mahsulotlari D) tuz qazib olish va oltin konlari 16 / 25 Quyidagilardan qaysi biri noto`g`ri? A) Suqrot- o`z-o`zingni anglagin va bilgin B) Geraklit- hamma narsa oqadi C) Demokrit-hamma narsa atomlardan tashkil topgan D) Arximed- “Evrika” 17 / 25 Qaysi voqea sak va massagetlar ahamoniylar tarkibidan ajralib chiqqan asrda yuz bergan? A) Rimda davlat boshqaruvining respublika shakli o`rnatildi B) Yunonistonda jamoat inshootlari toshdan barpo etila boshlandi C) O`rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan D) Xeroneya yaqinidagi jangda yunonlar tor-mor etilgan 18 / 25 Quyidagi hukmdorlarning qaysilari Hindistoning bir qismini bosib olishga muvaffaq bo`lgan? A) Demetriy va Diodot B) Demetriy va Kanishka C) Diodot va Kanishka D) Aleksandr M. va Demetriy 19 / 25 Quyidagi berilganlar orasidan xato javobni toping. A) XVII asrdan keyin Hind daryosi vodiysi tez-tez ro`y beruvchi toshqinlar, o`rmonlar va changalzorlar kengayishi natijasida zavolga yuz tutdi B) Xitoyga ko`chmanchi qabilalar hujum qila boshlaganidan foydalangan chekka viloyatlar aholisi ajralib chiqib, o`z davlatini tashkil qila boshladi C) G.Shliman 1870-yilda Turkiyaning Hisorlik tepaligi xarobalari hududida qazishma ishlarini boshlab yubordi, chindan ham Troya qoldiqlarini topdi D) Elamda jahondagi eng qadimgi yozuvlardan biri yaratilgan 20 / 25 Quyidagilardan noto`g`ri javobni aniqlang. A) yunon-fors urushlari tugadi- mi.avv. V asro`rtalari B) Solon islohotlari- mil.avv.VI asr oxiri C) Xeroneya jangi- mil.avv.IV asr 2-yarmi D) Drakont qonunlari- mil.avv. VII asr 2-yarmi 21 / 25 Makedoniylik Aleksandr Sug`d qo`g`olonidan so`ng qishlash uchun ketgan shahar qaysi ahamoniy hukmdor tomonidan bosib olingan? A) Kambiz II B) Doro I C) Kir II D) Kserks 22 / 25 Quyidagilardan oily xudo deb hisoblangan Zevsning inisini ko`rsating. A) Pompeyos B) Apollon C) Aid D) Gelios 23 / 25 Solon islohotlari natijasida jamiyatda qanday o`zgarishlar sodir bo`lmagan? A) dehqonlar qarzlari qisqartirildi B) qarz uchun qul qilish bekor qilindi C) barcha afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyati yuzaga keldi D) Xalq majlisi faoliyati tiklandi 24 / 25 Xom g`ishtdan ko`p xonali uylar qurila boshlangan tarixiy davrda ……. A) toshga ishlov berishning yangi usullari:silliqlash, sirlash, arralash, teshikchalar parmalash qo`llanila boshlangan B) O`rta Osiyoning janubiy tumanlarida ziroatchilik xo`jaligiga o`tilgan C) O`rta Osiyoda ilk shahr alomatlariga ega bo`lgan manzilgoh vujudga kelgan D) spool idishlar hayvonlar, qushlar va o`simlik naqshlari bilan bezatila boshlangan 25 / 25 Doro I hukmronligining nechanchi yili Marafon jangi bo`lib o`tdi? A) 36 B) 15 C) 28 D) 32 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6